Rus folklorshunosi D.M.Balashov xalq qo‘shiqlarini 1) Mavsum;
2) to‘y; 3) motam marosimi folklori namunasi sifatida o‘rgansa,
V.Propp mavsum va oilaviy marosim deb ikki guruhga ajratadi.23
Shu o ‘rinda qo‘shiqlarni qaysi mezonlar asosida tasnif etish lozim,
degan savolning qo‘yilishi tabiiy, albatta.
Bizning nazarimizda qo‘shiqlaming
tasnifida eng awalo bitta
mezonga amal qilish lozim. To‘g‘ri, qo‘shiq janrining tur va uzvlar-
ning har biri o‘z spetsifik xususiyatlariga ega ekanligi tabiiy. Biroq
bu xususiyatlar ularni tasnif etilishida
yaxlit bir mezondan kelib
yondoshishga monelik qila olmaydi. Shunday ekan, qo‘shiqlar ijro
o‘rni, holati, musiqaga munosabati va badiiyatidan kelib chiqib: 1)
ijro o‘rni; 2)
poetik strukturasi; 3) musiqiyligi va raqsga munosa-
batiga qarab tasnif etilishi lozim.
Ijro o‘miga qarab tasnif etilganda qo‘shiqlar, marosim va noma-
rosim qo‘shiqlariga ajraladi.
0 ‘z navbatida marosim qo‘shiqlari ham ikki:
mavsutniy ma
rosim
va
oilaviy-maishiy marosimlar qo ‘shiqlariga
bo‘linadi. Mav-
sumiy marosim qo'shiqlari tematik va
funksional xususiyatlariga
ko‘ra, yilning to ‘rt mavsumi bilan bog'liq (navro'z, sust xotin,
choy momo,
oblo baraka, yasun-yusun) bilan bog‘liq qo'shiqlami
kiritish mumkin.
Marosim qo‘shiqlari inson hayotining eng muhim davrlafi, buril-
ish nuqtalari (tug‘ilish, balog‘at, uylanish, o‘lim) va ulaming tabiat-
ga munosabati o‘z aksini topgan bo‘lib, maishiy, psixlologik hamda
estetik funksiyani ham bajarib keladi.
Ayrim mavsumiy marosim qo'shiqlari davrlar о‘tishi
bilan
lirik qo‘shiqlarga aylangan holatlar mavjud. «Qoshingni qora
deydilar»,«Kichkinajon - kichkina», bolalaming «Boychechak»,
«Cho‘chvara qaynaydi», «Oftob chiqdi olamga» qo‘shiqlari ana
shular jumlasidandir. Bu qo‘shiqlar dastlab faqat mavsum marosimi-
Do'stlaringiz bilan baham: