M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Termani mutaxassislar ham lirik, ham epik turga kiritishadi. 
To‘g‘ri, termaning professional ijodkor- baxshi tomonidan ijro etili- 
shi, doston kuylash an’anasi bilan chambarchas bog‘liqligi, uni epik 
tur deya tadqiq etish imkonini beradi. Biroq unda epik voqelik emas, 
ijodkoming ma’lum bir holatdagi kechinmalari o‘z ifodasini topadi. 
Ya’ni baxshi terma kuylash orqali o‘zini doston aytishga, tinglovchi- 
ni esa doston tinglashga tayyorlagan. «Kunlarim», «Do‘mbiram», 
«Nima aytay» kabilari ana shunday termalar sirasiga kiradi. «Oq
159


olma qizil olma» to‘plamida noma’lum shoirqan yozib olingan «Bibi 
shaylanayotir» termasi shu paytgacha yozi^ 0ijngan termalaming 
eng go‘zal namunasidir.
Bolalar qo‘shiqlari atamasini ham keng ma’noda tushunmoq 
kerak. Birinchi o‘rinda kattalar tomonidan boiaiarga atab aytiladigan 
qo‘shiqlar: alia va huyalar. Alla hamma uchui^ tushunarli. «Huya» bu 
O'zbekistonning janubiy viloyatlarida otalarr\jng bolalarni erkalatish 
uchun aytgan qo‘shiqlaridir. Alladan farqli to»^on]_imi faqat erkaklar 
ijro etadi. Huya aytish an’anasi bugungi ku^gacha yaxshi saqlanib 
kelinayapti. Ikkinchisi esa bolalarning o‘zi tQmonidan kuylanadigan 
qo‘shiqlar. «Boychechak», «Chittigul», «Oq terakmi ko‘k terak», 
chorlamalar shular jumlasidandir.
0 ‘zbek xalq qo'shiqlarining asosiy qismini ]jrjk qo‘shiqIar tash­
kil etadi. Bu o ‘rinda lirik deganda, biz sevgi-muhabbat haqidagi 
ishqiy-maishiy qo‘shiqlarni nazarda tutamjZi Lirik qo'shiqlarni 
ham Aytishuv yo‘nalishidagi (o‘lan va lapar\ aytishuv yo‘nalishida 
boimagan, turli mavzudagi qo'shiqlarga ajraty, tasniflash mumkin.
0 ‘lan ham, lapar ham qadimda to‘y kun^ qjz uzatish marosimi- 
da aytilgan. Qiz va yigitlar tarafina-taraf Ьо‘ць shodu-xurramligini
baxtiyorligi yoxud afsus nodamatini, xullas, kechinmalarini qo'shiq 
orqali ifoda etishgan. Har ikkalasi ham aytish UVga, ya’ni qiz va yigit- 
ning so‘z musobaqasiga asoslanadi. Faqat lapariarcia voqebandlikku- 
zatilsa, o‘lanlarda bu holat kuzatilmaydi. Bugungi kunda o‘lan ham, 
lapar ham istalgan sharoitda, istalgan joyda ijro etilishi mumkin. 
0 ‘lanlar asosan chorvachilik bilan shug‘ull^ngan; ko‘chmanchi ha- 
yot kechirgan urug‘ lar orasida uchrasa, laparl^r k0 ‘proq о ‘ troqlashgan 
hayot tarziga mosligi ko‘zga tashlanadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling