M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Бадиий адабиёт, 1949,68 б
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
Бадиий адабиёт, 1949,68 б.
20 Алавия М. Узбек маросим кушиклари. - Тошкент: Фан, 1974,49 б. 21 Кароматов Ф. Узбекская инструментальная музыка. - Ташкент: Фан, 1972, 161 с. 155 Asqar Musaqulov qo‘shiqlarni uch guruhga: a) marosim: to ‘y va motam qo‘shiqlari; b) nomarosim lirika: mehnat qo‘shiqlari, allalar, termalar,ishqiy- maishiy qo‘shiqlar; d) bolalar folkloridagi lirik qo‘shiqlarga bo‘ladi. Bu tasnifni boshqa tasniflarga qaraganda nisbatan mukammal deyish mumkin. Biroq bu' o‘rinda mavsum marosim bilan bog‘liq qo‘shiqlar e’tibordan chetda qolmoqda. M.Alaviya tasnifiga kelsak, unda oilaviy marosim qo‘shiqlariga o ‘rin ajratilmagan. Mehr bayt- lari esa umuman xalq qo‘shiqlarining tasnifi doirasiga kirmaydi. F.Karomatov tasnifida ko‘pgina noaniqliklar ko‘zga tashlanadi. Bi- rinchidan, maishiy va oilaviy marosim deb ajratilishida noaniqlik mavjud. Chunki oilaviy marosimlar maishiy xususiyati bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, sotsial-norozilik qo‘shiqlari deyish ham tasnifda chalkashlikka olib keladi. Turkiyalik olimlar Abdurahmon Guzal va Ali Turinlar turku- larni 1) Mavzusiga ko‘ra; 2) Qurilishiga ko‘ra ikki guruhga ajrata- dilar. Qardosh qoraqalpoq mutaxassislari qo‘shiqlarni besh turga: 1) Mavsum qo‘shiqlari; 2) To‘y qo'shiqlari; 3) Motam qo‘shiqlari. 4) Cho‘pon qo‘shiqlari; 5) Diniy qo‘shiqlarga bo‘lishgan22 Sibir va turkiy xalqlarda qo‘shiqlar musiqaga munosabatiga qa- rab tasnif etilgan. Tuvalik folklorshunos Z.K. Kirgis qo‘shiqlarni: 1) uzun irlar; 2) Qisqa irlar; 3) Naqorat (kojamiktar)larga bo‘ladi. Qo‘shiqIarning tasnifi masaiasida xorijlik olimlarning ham fikri turlicha. Ayrimlari qo‘shiqlarning ijro etilishi holati va musiqiyligiga qarab tasnif etilish kerak desa, ayrimlari ijro o‘miga qarab tasniflash lozim deyishadi. Ayrim olimlar qo‘shiqning ma’lum bir turi yuzasi- dan fikr bildirsa, boshqasi boshqa bir tur xususiyatidan kelib chiqib, fikr yuritadilar. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling