M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Hoy bola-bola, yor-yor


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

165


Hoy bola-bola, yor-yor,
Omon bola yor-yor.
Hay-hu, ho-ho-ho.
Oq otingni maqtaysan,
Bo ‘z otimga yetmaydi.
О ‘yinchingni maqtaysan,
Qarsoqchidan о ‘tmaydi.
Hoy bola-bola, yor-yor,
Omon bola yor-yor.
Hay-hu, ho-ho-ho.
Bu raqs o‘yin sifatida san’atshunoslar tomonidan o ‘rganilgan 
bo‘lsa-da, bu o‘yinning verbal qismi, ya’ni so‘z komponenti olimlar 
e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Bu raqsda kuylanib kelinayotgan 
«Omonyor», «Gulbog1», «Dig'ajon», «Hoy bola-bola, yor-yon>lar 
xalq qo'shiqlarining eng yorqin namunalaridir.
«Qarsoq» bo'ri degani, ya’ni «Bo‘ri o‘yini» raqsi va qo‘shiqlari 
asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan joylarda to‘y-tomoshalarda, 
gap-gashtaklarda, Navro‘z bayramlarida sevib ijro etilgan.
Ishirokchilarning qarsak chalib, doira hosil qilishi, raqqosning 
o'rtada turishi uch narsani yodimizga soladi. Birinchisi-qadimda 
ovchilaming ovga chiqib, halqa hosil qilib, o‘ljasiga hujum qilishi. 
Ikkinchisi - o‘tov chang‘arog‘ining aylana shaklda ekanligi, unga 
birikkan uvuqlar bizga raqqosni o'rtaga olib, davra hosil qilgan qar- 
soqchilarni eslatadi. 
Uchinchisi, «Ko‘pkari» (boshqa bir nomi 
«Ko‘kbo‘ri») o ‘yini, ya’ni ko‘pkari o'yinida ham chavandozlar dast- 
lab davra hosil qilishib, keyin «o‘lja» - uloqqa tashlanishadi.
Bizning nazarimizda har uchala holat ham xalqimizning mav- 
sumiy marosimi, ya’ni Navro‘z bilan bog‘liq. Chunki qish kirishi 
bilan ko‘klam-bahoming yaxshi kelishi uchun ko‘plab marosimlar 
o‘tkazilgan. Shulardan birinchisi ov, ikkinchisi ko‘pkari va nihoyat ba- 
hor kelishi bilan chorvadorlar keng yaylovlarga chiqib o‘tov tikishgan.
Fuod Ko‘prili qadimda turklarning kuy- ko'klarning soni 365 ta, 
ya’ni yil kunlariga teng bo‘Iib, har kuni hoqon huzurida ayri bir kuy
1 6 6


chalinganini urg‘ulaydi. 0 ‘tovdagi uvuqlar soni ham odatda 52 ta, 
ya’ni yillik hafitaga tengligi tasodifiy bo‘lmasa kerak.
Navro‘zga bag‘ishlangan ko‘pgina marosimlar, udumlar, aytim va 
qo‘shiqIar zamirida quyoshga boigan topinch yotganini ko‘rishimiz 
mumkin. Qarsak o‘yinidagi halqa bizga kunni-quyoshni ham eslatadi. 
Qolaversa, qo‘shiq matni naqoratidagi «hu», aslida xu, qii, ku (gu) 
kun-quyosh so‘zi bilan o‘zakdosh emasmikan degan taxmin uyg‘otadi. 
Nima bo‘lganda ham, bu o‘yin qo‘shiqlari maxsus tadqiq etilishi lozim.
Tasnifni yana davom ettirish mumkin. Misol uchun, erkak va 
ayol qo‘shiqlari, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, 
Surxondaryo, Qashqadaryo; Jizzax, Samarqand, Buxoro; Tosh­
kent, Namangan, Andijon, Farg'ona hamda Xorazm qo‘shiqlari de­
yish ham mumkin. Biroq bunday tasniflar ikkilamchi tasnifga ki- 
radi. Eng muhimi esa qaysi turkum qo‘shiqlari bo‘lmasin, marosim 
qo‘shiqlarimi yoxud nomarosim qo‘shiqlari yuqorida biz tilgaolgan 
barcha turkumlik uchun birdek boigan umumiy mezonlardan kelib 
chiqqan holda tasnif etilmog‘i lozim.
Xulosa qilib aytganda, xalq qo‘shiqlaridagi maishiy yo‘nalganlik 
va ijro о4 mi masalalari uning o‘ziga xosligini ko‘rsatib turuvchi omil- 
lardan hisoblanib, ularning tasnifida eng awalo har bir janr-ning yu­
zaga kelishi, taraqqiy etishi va bugungi jonli og‘zaki ijro jarayonidagi 
holati, poetik xususiyatlari, badiiy tasviriy vositalari, mifologik tafak­
kur tabiati, obrazlar tizimi yaxlitlikda olib qaralishi zarur boiadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling