M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda. 
7+5=12
(Yanchiq qo ‘shiqlari)
Takrorlar xalq qo‘shiqlari badiiyati tizimidagi muhim unsurlardan 
biri hisoblanadi. Satr boshida, o‘rtasida yoki oxirida kelishidan qat’i 
nazar takrorlar qo‘shiqdagi ilgari surilgan mazmunni ochib berishga 
xizmat qilish barobarida, ohang va kuyning yaxlitligini ta’minlab be­
radi.
Qo‘shiqlardagi naqoratlar esa an’anaviy naqoratlar va 
noan’anaviy naqoratlarga boiinadi. An’anaviy naqoratlarda: so‘z; 
misra; to‘rtlik takrorlanib keladi. Bular an’anaviy naqoratlar. Bu 
naqoratlar turli xil qo‘shiqlarda uchrashi mumkin. To‘g ‘rirog‘i, 
bu yerda ohangni ushlab turuvchi naqoratlar qoladi, faqat matn 
o‘zgaraveradi. Har qanday matn ushbu naqorat ohangiga mosla- 
shadi. Takrorlarda matn bilan chambarchas bog‘liqlik ko‘zga tash- 
lansa, naqoratda mazmun bilan bog‘liqlik sezilmaydi. Bu o ‘rinda 
ohang muhim ahamiyat kasb etadi.
Bulardan tashqari, faqat ayrim qocshiqlaming o‘zigagina xos 
bo'lgan m a’lum tovush (ha, hu) va misra takrorlanib kelish holat- 
lari borki, ularni noan’anaviy noaqoratlar sifatida baholash mumkin.
Qo‘shiqning kuyga munosabatiga kelsak, hamma, hatto motam 
qo‘shiqlarida ham musiqiy ohang mavjud, biroq motam marosimi 
qo‘shiqlari biror bir musiqiy asbob jo ‘rligida kuylanmaydi. Motam
164


marosimi va ayrim mavsum marosim qo‘shiqlarini inobatga ol- 
maganda, hamma holatlarda qo‘shiqlarga biror musiqa asbobida kuy 
chalinishi mumkin. Shungako‘ra qo‘shiqlarni: soz bilan ijro etiladi- 
gan qo‘shiqlar; hech qanday sozsiz ijro etiladigan qo‘shiqlarga 
bo‘lish mumkin.
Hozirgi jonli jarayonda o‘zbek qo‘shiqlari doira, do'mbira, dutor, 
balomon, tor va hakazo musiqa asboblari jo'rligida ijro etiladi. Qan­
day musiqa asbobi tanlanishi qo‘shiq mazmuni va ijro etilayotgan 
vaziyatdan kelib chiqiladi.
Qo‘shiq va raqs haqida so‘z ketar ekan, ularning hamma davr- 
larda kuy bilan birgalikda uyg‘unlikda qaralganligining guvohi 
bo‘lamiz. Fuod Ko‘prili turklarning adabiy qarashlari diniy tasav­
vurlar hamda raqs va musiqa bilan birgalikda taraqqiy etganini yoza- 
di. Yoxud «Chig‘atoy lug‘ati»da qo‘shiq «raqs havosiga bog'langan 
kuy» tarzda kelgani aytiladi.
Qo‘shiqlarning raqsga munosabatiga kelsak, hech bir qo'shiq 
yo'qki, unda harakat bo‘lmasin. Yig‘i-yo‘qlov, motam qo'shiqlarida 
ham garchand harakatlar raqs deb atalmasa-da, raqs elementlarini 
o‘zida to‘la saqlab qolgan. Birgina misol, motam marosimida azador 
o‘zining yuzlarini timdalab, sadr tushishi motam marosimidagi raqs- 
nirvg eng qadimiy ko‘rinishlaridan biridir.
Qo ‘ shiq va raqsning eng mukammal uy g‘ uni igini biz «Beshqarsafo> 
qo'shiqlari va o‘yinida ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘yinni o'rgangan 
san’atshunos olim Muhsin Qodirov, uni o‘zbek xalq san’atining qa­
dimiy ko‘rinishlaridan biridir, deydi. Bu 
0
‘yinda qarsak va qo‘shiq 
qaytariqlari alohida ahamiyatga ega. Raqqoslar doira shaklini yasab, 
qarsak ohangiga mos harakatlar qilishadi. Qarsakning turlari ko‘p: 
mayda qarsak, yakka qarsak, qo‘sh qarsak va hokazo. Cholg‘u as­
bobi vazifasini ko'pincha qarsaklar bajaradi. Biroq bu qo‘shiq kuy- 
siz ijro etiladi, degani emas. Qarsak ham, kuy ham, naqoratlar ham 
eng mukammal uyg‘unlik kasb etadi. 0 ‘rtada raqqos turli harakatlar 
bilan raqs tushadi, davradagilar qarsak chalib, kuyga mos qo'shiq 
ijro etishadi. Qarsak o‘yinlarida naqoratlar muhim ahamiyatga ega.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling