M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Hoy bola-bola, yor-yor
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hoy bola-bola, yor-yor, Omon bola yor-yor. Hay-hu, ho-ho-ho.
165
Hoy bola-bola, yor-yor, Omon bola yor-yor. Hay-hu, ho-ho-ho. Oq otingni maqtaysan, Bo ‘z otimga yetmaydi. О ‘yinchingni maqtaysan, Qarsoqchidan о ‘tmaydi. Hoy bola-bola, yor-yor, Omon bola yor-yor. Hay-hu, ho-ho-ho. Bu raqs o‘yin sifatida san’atshunoslar tomonidan o ‘rganilgan bo‘lsa-da, bu o‘yinning verbal qismi, ya’ni so‘z komponenti olimlar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Bu raqsda kuylanib kelinayotgan «Omonyor», «Gulbog1», «Dig'ajon», «Hoy bola-bola, yor-yon>lar xalq qo'shiqlarining eng yorqin namunalaridir. «Qarsoq» bo'ri degani, ya’ni «Bo‘ri o‘yini» raqsi va qo‘shiqlari asosan chorvachilik bilan shug‘ullangan joylarda to‘y-tomoshalarda, gap-gashtaklarda, Navro‘z bayramlarida sevib ijro etilgan. Ishirokchilarning qarsak chalib, doira hosil qilishi, raqqosning o'rtada turishi uch narsani yodimizga soladi. Birinchisi-qadimda ovchilaming ovga chiqib, halqa hosil qilib, o‘ljasiga hujum qilishi. Ikkinchisi - o‘tov chang‘arog‘ining aylana shaklda ekanligi, unga birikkan uvuqlar bizga raqqosni o'rtaga olib, davra hosil qilgan qar- soqchilarni eslatadi. Uchinchisi, «Ko‘pkari» (boshqa bir nomi «Ko‘kbo‘ri») o ‘yini, ya’ni ko‘pkari o'yinida ham chavandozlar dast- lab davra hosil qilishib, keyin «o‘lja» - uloqqa tashlanishadi. Bizning nazarimizda har uchala holat ham xalqimizning mav- sumiy marosimi, ya’ni Navro‘z bilan bog‘liq. Chunki qish kirishi bilan ko‘klam-bahoming yaxshi kelishi uchun ko‘plab marosimlar o‘tkazilgan. Shulardan birinchisi ov, ikkinchisi ko‘pkari va nihoyat ba- hor kelishi bilan chorvadorlar keng yaylovlarga chiqib o‘tov tikishgan. Fuod Ko‘prili qadimda turklarning kuy- ko'klarning soni 365 ta, ya’ni yil kunlariga teng bo‘Iib, har kuni hoqon huzurida ayri bir kuy 1 6 6 chalinganini urg‘ulaydi. 0 ‘tovdagi uvuqlar soni ham odatda 52 ta, ya’ni yillik hafitaga tengligi tasodifiy bo‘lmasa kerak. Navro‘zga bag‘ishlangan ko‘pgina marosimlar, udumlar, aytim va qo‘shiqIar zamirida quyoshga boigan topinch yotganini ko‘rishimiz mumkin. Qarsak o‘yinidagi halqa bizga kunni-quyoshni ham eslatadi. Qolaversa, qo‘shiq matni naqoratidagi «hu», aslida xu, qii, ku (gu) kun-quyosh so‘zi bilan o‘zakdosh emasmikan degan taxmin uyg‘otadi. Nima bo‘lganda ham, bu o‘yin qo‘shiqlari maxsus tadqiq etilishi lozim. Tasnifni yana davom ettirish mumkin. Misol uchun, erkak va ayol qo‘shiqlari, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, Surxondaryo, Qashqadaryo; Jizzax, Samarqand, Buxoro; Tosh kent, Namangan, Andijon, Farg'ona hamda Xorazm qo‘shiqlari de yish ham mumkin. Biroq bunday tasniflar ikkilamchi tasnifga ki- radi. Eng muhimi esa qaysi turkum qo‘shiqlari bo‘lmasin, marosim qo‘shiqlarimi yoxud nomarosim qo‘shiqlari yuqorida biz tilgaolgan barcha turkumlik uchun birdek boigan umumiy mezonlardan kelib chiqqan holda tasnif etilmog‘i lozim. Xulosa qilib aytganda, xalq qo‘shiqlaridagi maishiy yo‘nalganlik va ijro о4 mi masalalari uning o‘ziga xosligini ko‘rsatib turuvchi omil- lardan hisoblanib, ularning tasnifida eng awalo har bir janr-ning yu zaga kelishi, taraqqiy etishi va bugungi jonli og‘zaki ijro jarayonidagi holati, poetik xususiyatlari, badiiy tasviriy vositalari, mifologik tafak kur tabiati, obrazlar tizimi yaxlitlikda olib qaralishi zarur boiadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling