M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
Xirmonni qilgin mayda, mayda-yo, mayda.
7+5=12 (Yanchiq qo ‘shiqlari) Takrorlar xalq qo‘shiqlari badiiyati tizimidagi muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Satr boshida, o‘rtasida yoki oxirida kelishidan qat’i nazar takrorlar qo‘shiqdagi ilgari surilgan mazmunni ochib berishga xizmat qilish barobarida, ohang va kuyning yaxlitligini ta’minlab be radi. Qo‘shiqlardagi naqoratlar esa an’anaviy naqoratlar va noan’anaviy naqoratlarga boiinadi. An’anaviy naqoratlarda: so‘z; misra; to‘rtlik takrorlanib keladi. Bular an’anaviy naqoratlar. Bu naqoratlar turli xil qo‘shiqlarda uchrashi mumkin. To‘g ‘rirog‘i, bu yerda ohangni ushlab turuvchi naqoratlar qoladi, faqat matn o‘zgaraveradi. Har qanday matn ushbu naqorat ohangiga mosla- shadi. Takrorlarda matn bilan chambarchas bog‘liqlik ko‘zga tash- lansa, naqoratda mazmun bilan bog‘liqlik sezilmaydi. Bu o ‘rinda ohang muhim ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqari, faqat ayrim qocshiqlaming o‘zigagina xos bo'lgan m a’lum tovush (ha, hu) va misra takrorlanib kelish holat- lari borki, ularni noan’anaviy noaqoratlar sifatida baholash mumkin. Qo‘shiqning kuyga munosabatiga kelsak, hamma, hatto motam qo‘shiqlarida ham musiqiy ohang mavjud, biroq motam marosimi qo‘shiqlari biror bir musiqiy asbob jo ‘rligida kuylanmaydi. Motam 164 marosimi va ayrim mavsum marosim qo‘shiqlarini inobatga ol- maganda, hamma holatlarda qo‘shiqlarga biror musiqa asbobida kuy chalinishi mumkin. Shungako‘ra qo‘shiqlarni: soz bilan ijro etiladi- gan qo‘shiqlar; hech qanday sozsiz ijro etiladigan qo‘shiqlarga bo‘lish mumkin. Hozirgi jonli jarayonda o‘zbek qo‘shiqlari doira, do'mbira, dutor, balomon, tor va hakazo musiqa asboblari jo'rligida ijro etiladi. Qan day musiqa asbobi tanlanishi qo‘shiq mazmuni va ijro etilayotgan vaziyatdan kelib chiqiladi. Qo‘shiq va raqs haqida so‘z ketar ekan, ularning hamma davr- larda kuy bilan birgalikda uyg‘unlikda qaralganligining guvohi bo‘lamiz. Fuod Ko‘prili turklarning adabiy qarashlari diniy tasav vurlar hamda raqs va musiqa bilan birgalikda taraqqiy etganini yoza- di. Yoxud «Chig‘atoy lug‘ati»da qo‘shiq «raqs havosiga bog'langan kuy» tarzda kelgani aytiladi. Qo‘shiqlarning raqsga munosabatiga kelsak, hech bir qo'shiq yo'qki, unda harakat bo‘lmasin. Yig‘i-yo‘qlov, motam qo'shiqlarida ham garchand harakatlar raqs deb atalmasa-da, raqs elementlarini o‘zida to‘la saqlab qolgan. Birgina misol, motam marosimida azador o‘zining yuzlarini timdalab, sadr tushishi motam marosimidagi raqs- nirvg eng qadimiy ko‘rinishlaridan biridir. Qo ‘ shiq va raqsning eng mukammal uy g‘ uni igini biz «Beshqarsafo> qo'shiqlari va o‘yinida ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘yinni o'rgangan san’atshunos olim Muhsin Qodirov, uni o‘zbek xalq san’atining qa dimiy ko‘rinishlaridan biridir, deydi. Bu 0 ‘yinda qarsak va qo‘shiq qaytariqlari alohida ahamiyatga ega. Raqqoslar doira shaklini yasab, qarsak ohangiga mos harakatlar qilishadi. Qarsakning turlari ko‘p: mayda qarsak, yakka qarsak, qo‘sh qarsak va hokazo. Cholg‘u as bobi vazifasini ko'pincha qarsaklar bajaradi. Biroq bu qo‘shiq kuy- siz ijro etiladi, degani emas. Qarsak ham, kuy ham, naqoratlar ham eng mukammal uyg‘unlik kasb etadi. 0 ‘rtada raqqos turli harakatlar bilan raqs tushadi, davradagilar qarsak chalib, kuyga mos qo'shiq ijro etishadi. Qarsak o‘yinlarida naqoratlar muhim ahamiyatga ega. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling