M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Yoryurgan ко ‘chalarni,
Supuray sochim bilan.
Chang chiqsa suv sepay,
Ко ‘zdagi yoshim bilan.
2. Murojaat qo‘shiqlari. Bunday qo‘shiqlarda qahramonning 
so'zlari kimgadir - sevgilisi, yaqinlari yoki boshqa bir kimsaga mu­
rojaat tarzda bo‘ladi.
Otma meni toshlar bilan,
Uchib ketay qushlar bilan.
Qushlar qaytsa, men qaytmasam,
Ко ‘zing to ‘Isin yoshlar bilan.
3. Aytishuv qo‘shiqlarining eng go‘zal namunasi о‘Ian va 
laparlardir. Ularda qiz va yigit juft bo‘lib yoxud tarafma-taraf bo‘lib, 
aytushuvda o ‘zaro inusobaqalashadilar.
Yigit:
Kakang keldi deganda, kakang keldi, yor-yor.
Xo 'rozlarning ichida, dakang keldi, yor-yor.
Qiziq-qiziq о ‘landan ayt oxun qiz, yor-yor,
Tarap bo ‘lib aytmoqqa akang keldi, yor-yor.
Qiz:
Bulbullarning qo ‘ngani gul bo ‘ladi, yor-yor,
Olamdagi bor so ‘zni, til biladi, yor-yor.
Tarap bo ‘lib aytmoqqa kepsiz, aka, yor-yor,
Oxunliging bu yerda kim biladi, yor-yor.
163


Qo‘shiqlaming asosiy qismi barmoq vaznidagi to‘rtliklardan 
iborat bo‘lib, aruz vaznidagi namunalar ham uchraydi. To‘rtliklar 
qo‘shiqning eng qadimiy namunasi ekanligini mutaxassislar e ’tirof 
etishadi. Qo‘shiqlarda bir xil turoqlarga amal qilinishi qo‘shiqning 
ohangdorligini ta’minlab, uning poetik xususiyatini kuchaytirishga 
xizmat qiladi.
Xo ‘p hayda-yo, xo ‘p hayda, mayda-yo, may da. 7+5=12 
Qalqon tuyog'im hayda, mayda-yo, mayda. 
7+5=12 
Temir tuyog'im hayda, mayda-yo, mayda. 
7+5=12

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling