M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Балашов Д.М. О радовой и видовой систематизации фольклора. // Русский
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyim qizim sochlari qora tolga halinchak, 14 Oyim qizim ketadi qorayerga kelinchak, 14
- Hay-hay о ‘Ian, hay о ‘lan, jonim qizim, yor-yor, 13 Hur qizlarning ichida podshoh qizim, yor-yor. 13
23
Балашов Д.М. О радовой и видовой систематизации фольклора. // Русский фольклор. Том 17. -Ленинград; Наука, 1977 23-33 с; Пропп В. Жанровой состав русского фольлора. // Фольклор и действительность. - Москва, 1976 66-69 с. da ijro etilgan. «Qoshingni qora deydilar», «Kichkinajon kichki- na», «Boychechab> bevosita Navro‘z, ya’ni bahorgi marosim bilan bog‘liq. Oilaviy-maishiy marosim qo‘shiqlari safiga to'y, farzandning tug‘ilishi, xatna to‘yi va nikoh to\vi, motam marosimi bilan bog‘liq yig‘i-yo‘qlov, motam yor-yorlari va shomon aytmari bilan bog‘liq kinna, badikni kiritish mumkin. M otam yor-yorlari balog‘at yoshiga yetgan qiz turmushga chiq- may, bevaqt olamdan o ‘tgan paytda aytilgan. To‘y yor-yorlarga qa- raganda, motam yor-yorlari hazin, mungli ohangi bilan ajralib turadi. Matnda izchil band tuzilishi, qofiyalanishida rang-baranglik, har xil- lik ko‘zga tashlanadi. Oyim qizim sochlari qora tolga halinchak, 14 Oyim qizim ketadi qorayerga kelinchak, 14 Orzusiga yetmagan, armonli qiz, yor-yor, 13 Oxiratga kelinchak, darmonli qiz, yor-yor 13 Hay-hay о ‘Ian, hay о ‘lan, jonim qizim, yor-yor, 13 Hur qizlarning ichida podshoh qizim, yor-yor. 13 Oilaviy-maishiy deyiilishga sabab, faqat to‘y yoxud aza emas, balki har bir oila hayotida duch kelinadigan marosimlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, kinna, badik, olqishlar maxsus tashkil etilgan marosimlardagina ijro etilgan. Biroq davrlar o‘tishi bilan ko‘proq maishiylik kasb eta borgan va uni istagan paytda kushnoch, fol- bin yoki tabib ijro etishi mumkin bo‘lgan. Shuning uchun so‘zning magik qudratiga asoslangan matnlarai biz aytimlar deb tahlil etish tarafdorimiz. Nomarosim qo‘shiqlari esa asosan lirik qo‘shiqlardan tashkil topgan bo‘lib, marosim qo‘shiqlaridan farqlanib turadigan jiha- ti ularning biror~bir marosim bilan maxsus bog'lanm aganligi, istalgan paytda, istagan joyda aytilishidir. Bu yo‘nalishdagi qo‘shiqlar: 158 1.Mehnat qo‘shiqlari. 2. Tarixiy qo‘shiqlar. 3.Termalar. 4. Bolalar qo'shiqlari: allalar, huyalar, bolalarning o ‘zi tomoni dan kuylanadigan qo‘shiqlar. 5. Lirik qo'shiqlarga bo‘linadi. Mutaxassislar mehnat qo‘shiqlarini xalq lirikasining eng qadimiy janrlaridan biri sifatida bilishadi. Mehnat qo‘shiqlari ham qachon- lardir maxsus marosimlar tarkibida ijro etilgan. Keyinchalik davr- lar o‘tishi bilan marosim unutilib, faqat qo‘shiq matni qolgan. Misol uchun qo‘sh, o‘rim, oblo baraka, xo‘p mayda, yorg‘ichoq qo‘shiqlarini olaylik. Qadimda qo‘sh haydash ham, o‘rim ham, oblo baraka ham maxsus marosim sanalgan. Mehnat qo‘shiqlarining o‘zi ko‘plab a) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar (qo‘sh, oblo baraka, yorg‘ichoq qo'shiqlari), b) chorvachilik bilan bogTiq qo‘shiqlar (sog‘im qo‘shiqlari: (hushey- hushey, turey-turey, churey-churey), d) kasb-hunar (charx, bo'zchi, gilam to ‘quvchilar va hokazo) qo‘shiqlaridan tashkil topgani hol da, tarixiy qo‘shiqIar tarixda bo‘lib o‘tgan biror bir voqea yoxud shaxs haqida to‘qilgan satrlardir. Tarixiy qo‘shiqlarning eng go‘zal namunasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk kitobi»da keltirilgan. Bu kitobdagi to‘rtta marsiyani yig‘i-yo‘qlov namunasi emas, tarixiy-qahramonlik qo‘shig‘i namunasi sifatida o‘rganmoq lozim. 0 ‘zbeklardagi «Namoz», «Mardikorlar» kabi qo‘shiqlami ham ushbu turkumga kiritish mumkin. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling