M kariyev, R. Alimov
‘q tekkan ko‘krak jarohatlarida tibbiy yordam ko‘rsatishning
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
0‘q tekkan ko‘krak jarohatlarida tibbiy yordam ko‘rsatishning
umumiy prinsiplari. Ko'chirishning barcha bosqichlarida tibbiy yor- dam o‘pkaning nafas olish faoliyatini yaxshilaydigan mexanik sabab- larni bartaraf etish va qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan 4 ta shart bajarilishi lozim. Ulardan dastlabkisi — ko‘krak devorining butunligini va uning egiluvchanligini tiklash. Ochiq pnevmatoraksda berkituvchi (okklyuz- ion) bog‘lovni qo‘yish ushbu vazifani amalga oshirishning eng oddiy misoli boia oladi. Ko'krak devorining harakatchan «darcha-oyna» shaklida sinishini yopishqoq tasma yordamida mahkamlash ham shu toifa choralarga kiradi. . Ikkinchi shart — shikastlangan o'pkani siqib ko‘ks oralig‘ining siljishiga olib keluvchi plevra bo‘shlig‘i sig‘imini olib tashlash. Eng oddiy choralardan pnevmatoarksda old tomondan II, lit qovurg‘alar oralig‘idan o‘tirgan holatda va orqa qo‘ltiq chizig‘idan VI, VII qovurg‘alar oralig‘idan gematoraksda ham punksiya qilish. Albatta har ikkala holatda plevra bo‘shlig‘ida naycha (drenaj) qo‘ygan afzal- roq va imkoniyat bo'lganda uni bajarish shart. Uchinchi shart - nafas yo41aridagi shilliq va balg'amni olib tash- lab, kekirdak va bronxlar o‘tkazuvchanligini va o'pka ventilyatsiyasini 114 ta’minlash. Yuqorida ko'rsatilgan tadbirlar, xususan, ko'krak devorini mahkamlash, shu vazifaga to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor. Og'riqni bar- taraf etish ham o‘ta muhimdir. Og‘riqni qoldiruvchi vositalardan shi- kastlangan joylarda bajariladigan novokainli yoki spirt-novokainli blokadalar samaralidir. Ayrim hollarda traxeya va bronxlardan qon, shilliqlami aktiv tortish zarur. Bemor tilini yutganda havo o'tqazuv nayni qo'yish, maska yoki shu maqsadlarni ko'zlaydi. O'tkir nafas yetishmovchiligining eng og'ir holatlarida traxeostomiya bajariladi. To‘rtinchi shart — yurak-qon tomir reanimatsiyasiga taailuqlidir: 1) yurak tamponadasida darhol perikard punksiyasi bajariladi; 2) ko'krak devoridagi yirik qon tomirlardan qon ketishida (qovurg'alararo yoki ko'krak ichki arteriyasi) — qisqich yoki ligatura yordamida qon ketishini to‘xtatish; 3) yalpi o'tkir qon ketishda vena ichiga qon va plazma o‘mi bosuvchi suyuqliklarni quyish. Boshqa jarohatlar kabi yara infeksiyasining oldini olish uchun stolbnyak anatoksini va keng miqyosdagi antibiotiklar qo'llaniladi. O'q tekkan ko'krak jarohatlarini davolash umumiy qoidalarini bil- gan holda tibbiy ko'chirish bosqichlaridagi davolash tadbirlarini asos- lash bir muncha oson. I. Birinchi tibbiy yordam. Jang maydoni (j ar °hat o'chogi) da ko'krak jarohatiga aseptik bog'lam qo'yiladi. Teshib kiruvchi jarohat- larda berkituvchi (okklyuzion) bog'lov qo'yish uchun shaxsiy bog'lov paketi qo'llaniladi. Mazkur paketning ichki (steril) yuzasi bilan ko'krak jarohati berkiladi. Ustidan yostiqchasi qo'yiladi va nihoyat ko'krak atrofidan aylantirib bint bilan mahkamlanadi. Og'iz bo'shlig'i tozal- anib, yuqori nafas yo'llarining o'tkazuvchanligi tiklanadi va bemor yarim-o'tqizilgan holda saqlansa, nafas olishi yengillashadi. Tyubikli shprisdan analgetiklar yuborilib, tabletka shaklidagi antibiotiklar ber- iladi. II. Shifokor ko'rigidan awalgi yordam (BrTP). Awalroq qo'yilgan bog'lamalar qayta ko'riladi. Zarur bo'lsa bog'lovlar qo'llanadi. Og'riqni qoldiruvchi va yurak vositalari yuboriladi. Ayrim hollarda ichish uchun alkogol berish mumkin. Asfiksiya bo'lib nafas olish faoliyati to'xtaganda og'iz bo'shlig'ini qon, shilliq va h.k. lardan tozalab, «og'izdan og'izga», «og'izdan burunga* yoki nafas naychasi yordamida oddiy nafas ol- diruvchi moslama bilan sun’iy nafas oldiriladi. Birinchi navbatda ko'p qon yo'qotgan ochiq pnevmatoraksli yoki asfiksiya holatidagi yara- dorlar ko'chiriladi. III. Birinchi shifokor yordami (BrTP). Tibbiy saralash vaqtida yaradorlar 3 guruhga bo'linadi: 1- guruh — BrTP ning bog'lov xonasida hayotiy koTsatmalar bo'yicha birinchi shifokor yordamiga muhtoj bo'lgan og'ir jarohat- langan klapanli pnevmatoraks, yurak tamponadasi belgilari bo'lganlar, katta pnevmatoraks va og'ir o'tkir kamqonlilik, 2-3-darajali 115 plevrapulmonal shoki bo'lgan yaradorlar kiradi. Agar bu bemorlarga BrTP da tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, keyingi bosqichlarga ko'chirish ularning nobud boMishigacha olib keladi. 2- guruh — yengil yaradorlar: ko‘krakning teshib kirmagan jaro- hatlari, ochiq yoki klapanli pnevmatoraksi bo'lmagan kichik kirish va chiqisli teshikli teshib o'tuvchi yoki koT ko'krak jarohatlari. Ko'krak ichki yoki tashqi qon ketishi bolmagan va nafas faoliyati buzilmagan yaradorlar. Bu yaradorlarga tibbiy yordam BrTP ning qabul-saralash cltodirida ko‘rsatiladi: bog‘lamlar sozlanadi, antibi- otiklar, qoqshol anatoksini va ogTiqni qoldiruvchi dori-darmonlar yuboriladi va keyingi bosqichga ko'chirishga tayyorlanadilar. 3- guruh - oMim arafasidagi bemoriar. Ular BrTP da simptoma- tik davoianib parvarish uchun qoldiriladi. Berkituvchi (okklyuzion) bog‘Iam qo'yish texnikasi. 1) Ko'krakning teshib kiruvchi jarohatlarini berkitish uchun av- valdan tayyorlangan steril salfetkalar qo'llaniladj, ularning dastlabki qa- vatlari steril vazelin moyi yoki Vishnevskiy malhami bilan shimdiriladi va ko'krak keng bint yoki yopishqoq tasma bilan mahkamlanadi. 2) Ko'krakning katta jarohatlarida Vishnevskiy malhami bilan shimdirilgan dokali yostiqcha (tampon) bilan jarohat teshigi toMdiriladi (tamponada). 3) Moyli tampon ustidan katta aseptik bog'lam qo‘yiladi va ko‘krakka bint yoki yopishqoq tasma bilan mahkamlanadi. Qovurg‘alarning «darcha» shaklidagi sinigMda kurakning harakat- chan qismini mahkamlash. I. Darchaning ustiga undan kattaroq pax- ta va dokadan tayyorlangan yostiqcha qo‘yiladi. 2. Mazkur yostiqcha (bogMam) yopishqoq tasma yordamida mahkamlanadi. Gematoraksda plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish texnikasi: 1. Yo'g'on ignaga kalta rezina naychasi ulanadi va ikkinchi uchi- ga shpris ulanadi, shpris bilan plevra bo‘shlig‘idan suyuqlik (qon) tortiladi, shpris olingan paytda naychani qisqich bilan qisib qo‘yish plevra bo‘shlig'iga havo kirishining oldini oladi. 2. Yarador muoloja vaqtida o'tirish yoki chalqancha yarim yotgan holatda boMishi kerak. 3. Qo‘ltiq orqa chizig'i bo'ylab 6-7-qovurg‘a oralig‘ida to'qimalar 0,5%li novokain bilan anesteziya qilinadi (10,15ml). 4. Shu joydan yo‘g‘on igna qovurg'aning yuqori qirrasi bo'yicha kiritiladi. Ko'krak ichki fastsiyasi va parital plevra varag'idan igna o‘tish paytida jarroh to‘qima!ar qarshiligidan keyingi «erkinlik» ni his qiladi. Igna uchi plevra bo‘shiig‘iga tushadi. 5. Plevra bo‘shlig‘iga to'plangan qonni shpris yordamida asta sekin iloji boricha to‘liq olishga harakat qilish kerak. 6. Qonni tortib olgach plevra bo‘shlig‘iga antibiotik (1 mln.birlik 116 penitsillin) yuborish zarur. 7. Pirovardida ignani olib tashlab punksi- ya o‘rnini yod bilan surib steril salfetka qo‘yib yopishqoq tasma bi- lan mahkamlanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling