M kariyev, R. Alimov
VIII bob. QORINNING 0‘Q TEKKAN SHIKASTLARI
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
VIII bob. QORINNING 0‘Q TEKKAN SHIKASTLARI
VA ULARNI TIBBIY EVAKUATSIYA BOSQICHLARIDA DAVOLASH Mashg‘ulotning maqsadi: qorinning o'q tekkan jarohatlarining tas- nifi, simptomatikasi, diagnostikasi va davolash prinsiplarini o'rganish. Talabalarni qorinning o'q tekkan jarohatlari holatlarida BrTPda bi- rinchi vrachlik yordamini ko'rsatishga o'rgatish. Asosiy o‘quv savollari: qorin jarohatlarining uchrashi va tasnifi. Qorinni teshib o‘tuvchi jarohatlaming simptomlari. Shok, qon yo'qotish, peritonit. Bularning teshib o'tuvchi jarohatlar oqibatini aniqlashdagi ahamiyati. Qorin jarohatlarida birinchi tibbiy yordam va shifokor yordami. BrTP, ATO, HDG larda tibbiy yordam hajmi va tashkillashti- rish. Qorinning o‘q tekkan jarohatlarining oqibatlari. Nurlanish kasal- ligida qorin jarohatlari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari. Mashg'ulot o'tkazish metodikasi (uslubi). Mashg‘ulot auditoriyada, palatalar, bog'lov xonasida, jonlantirish bo‘limida va jarrohlik bo'limi- ning operatsiya xonasida olib boriladi. 0‘quv xonasi (auditoriya)da qorin jarohatlariga barcha nazariy savollar ko‘rib chiqiladi. Palata- larda talabalar shu bemorlarni tekshiradilar, bog'lov xonalarda o'qituvchi nazorati ostida bog'lam almashtiradilar, davolovchi va diag- nostik manipulyatsiyaiami bajaradilar. Operatsiya xonasida qorin bo‘shlig‘i a’zolarida operativ aralashuvlar va diagnostik manipulyatsiyalar talabalarga ko'rsatiladi. Amaliy mashg'ulotning jihozlari: Jadvallar: - «Qorinning o‘q tekkan jarohatlarining tasnifi»; - «Qorinning o‘q tekkan jarohatlarida kirish va chiqish teshik- larining joylashishi; -«Ingichka ichakning o‘q tekkan jarohatlarini jarrohlik davolash (operatsiyalar sxemasi)»; - «Yo'g'on ichakning o‘ng va chap yarmining jarohatlarini jarrohlik davolash (operatsiyalar sxemasi, yo‘g‘on ichak oxirlarini qorinning old devoriga 2 tabaqali g'ayritabiiy anus tipida chiqarish)»; - «Qorin bo'shiig'i a’zolarida turli xil operatsiyalardan so'ng drenajlar kiritish sxemasi». Diagnostika uchun zarur asbob-anjomlar: troakar, qidiruvchi xlor- vinil kateterlari, laparaskop va boshqalar. Mashg'ulot matni. I. Ikkinchi jahon urushi davrida qorinning o‘q tekkan jarohatlariga uchrash soni 1,9 % dan 5 % gacha bo'lgan. Zamonaviy janglarda bunday jarohatlar 10% gacha ko‘tarildi (M.Ganzon, 1975), D.Rignault 123 (1984) ma’lumotlariga ko'ra esa qorindan jarohat olganlar soni 20% dan oshib ketadi. 2. Qorin jarohatlarining tasnifi: Qurolning turiga ko‘ra jarohatlarni o‘q, bomba parchalari tekkan hamda sovuq qurollardan jarohatlanishlar farqlanadi. Birinchi jahon urushi yillarida bomba parchalaridan shikastlanish 60%; o‘q-doridan shikastlanish (qoringa) 39 %; sovuq qurollar bilan qoringa yetkazilgan jarohatlar 1% ni tashkil etgan, Ikkinchi jahon urushida qorinning bomba parchalardan shikast- tanishi — 60,8%, o‘q-doridan qorinning jarohatlanishi — 39,2% ni tashkil etgan. Jazoirdagi harbiy harakatlar vaqtida (A.Delveix, 1959) o‘qdan jarohatlanish 90 % ni; bomba parchalaridan jarohatlanish 10 % qayd etilgan. Qorin a’zolari va to’qimalarning shikastlanishi tabiatiga ko‘ra ja- rohatlar quyidagilarga bo'linadi: I. Teshib o‘tmaydigan jarohatlar: a) qorin devori to‘qimalarining shikastlanishi bilan; b) me’da osti bezi, ichak, buyrak, siydik yo‘li, siydik pufagining qorin pardadan tashqari shikastlanishi bilan. II. Qorin bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi jarohatlar. a) qorin bo'shlig’i a’zolarining shikastlanishi; b) kovak a’zolarning shikastlanishi; d) parenximatoz a’zolar shikastlanishi; e) kovak va parenximatoz a’zolarning shikastlanishi; f) torakoabdominal va abdomin-torakal shikastlanishlar; g) buyrak, siydik yo‘li va qovuq jarohatari bilan qo’shilib kelishi; h) umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning jarohatlari bilan qo'shilib kelishi. Qorinni teshib o’tmaydigan jarohati qorin orti organlari shikast- lanmasa, yengil jarohat turiga kiradi. Ularning xarakteri snaryad ja- rohatining formasiga va kattaligiga bog'liq. Undan tashqari uning tezligi va yo'nalishiga bog’liq. Qoringa perpendikulyar yo’nalgan o‘q qorin devorini teshib o’tib, tiqilib qoladi. Bunda qorin pardani shikastlamasligi mumkin. Qorin devorining qiyshiq va tangensial jarohatlari katta kinetik energiyali snaryadlar chiqarishi mumkin. Bunday holatda o‘q parchasi ichkariga kirib, ingichka va yo‘g‘on ichaklarni jarohatlaydi. Buning natijasida jarohatlangan soha nekrozi yoki perforativ peritonit rivoj- lanadi. Umuman olganda, qorin devorining jarohatini klinikasi yengil, lekin shok simptomlari va qorin (teshigi) devorini teshib o’tuvchi simptom paydo bo’ladi. BrTP sharoitida bundan tashqari ATO ning qabul saralash 124 bo'limining yoki alohida qorin devori jarohatining diagnostikasi pasaya- di, shuning uchun bar bir jarobat teshib o'tuvchi jarohat deb qara- lishi kerak. BrTP da davolasb taktikasi shundan iboratki: yaradorlar- ni tezkor ATO ga ko‘chiriladi. Operatsiya xonasida jarohat xarakte- rini aniqlash uchun tekshiriladi. Ikkinchi jahon urushida teshib 0 ‘tuvchi yaralar 3 marta ko‘p uchragan (teshib o'tmaydiganlarga nisbatan). Amerikalik muailiflarning ma’lumotlariga ko'ra Vyetnamda qorinni teshib o'tuvchi yaralar 98,2% ni tashkil etgan. Kamdan kam hollarda o‘q yoki o‘q parchalari ichki a'zolarga shikast yetkazmaydi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida qorin bo‘shlig‘idagi jarohatlar operatsiya qilinganda (83,8%) bir va bir nechta a’zolar bir vaqtning o'zida jarohatlangani aniqlangan. Parenximatoz a’zolar orasida jigaming 1 jarohatlanishi 80% ni tashkil qiladi; taloqning jarohatlanishi esa 20% ni tashkil qilgan. 60 - 80-yillardagi mahalliy nizolar nati- jasida qorin bo'shlig'ini teshib o'tuvchi jarohat 61,5% ni, parenximatoz a’zolarda 11,2% ni, parenximatoz va bo'shliq a’zolardagi aralash ja- rohatlar 27,3 % ni tashkil qilgan. Shu bilan bir vaqtda qorin bo‘shlig‘ini teshib o'tadigan jarohatning kirish teshigi 49,4% miqdorda tananing qorin devoridan tashqari sohalarida joylashgan. Ikkinchi jahon urushi davrida 70% dan ortiq qorin jarohatida shok kuzatilgan. Operatsiya vaqtida 80% hollarda 500 — 1000 ml gacha qon aniqlangan (qorin bo‘shlig‘ida). Qorin bo‘shlig‘idagi teshib o'tuvchi jarohatning klinikasi va simptomatikasini 3 ta patologik bosqich aniqlaydi: shok, qon ketish va bo'shliqli a’zolarning perforatsiyasi (oshqozon-ichak,qovuq). Birinchi soatlarda qon yo‘qotish va hushdan ketish klinikasi namoyon bo'ladi. Jarohatlangandan so'ng, 5—6 soat o'tgach, peritonit rivojlanadi. Teshib 0 ‘tuvchi qorin jarohatida 12,7% absolyut belgilar (simptom) namoyon bo'ladi: charvi va ichak jarohatdan tashqariga tushishi yoki jarohat kanalidan suyuqlik oqishi, ya’ni qorin bo‘shlig‘idagi a’zolardan o't suyuqligi va ichak saqlamalari oqadi. Bunday hollarda birinchi ko‘zdan kechirishdayoq qorinni teshib o'tuvchi jarohat diagnozi qo'yiladi. Qorin jarohatini aniq simptom- lari bo'lmaganda, jarohat juda og'ir bo'lganda, jang maydonidan olib chiqish kechiktirilganda, og'ir ob-havo sharoitida (issiq sovuq va uzoq muddatli transportirovka qilinganda) birinchi tibbiy yordam uchun aniq diagnoz qiyinlashadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling