Birinchi tibbiy yordam. O'z-o'ziga, o'zaro yordam ko'rsatish, asep-
tik bog‘lam qo'yishdan iborat. Ko'krakning ochiq pnevmotoraksli jaro-
hatlari okklyuzion bog'lamlar qo'yish bilan amalga oshiriladi.
Buning
uchun individual paketchaning klyonka qobig'i ishlatiiadi.
Vrachgacha bo‘lgan yordam. Bemor hayotini saqlashga qaratilgan
muolajalalar bajariladi. Yuqori nafas yo'llari to‘siqlari cheklanadi,
okklyuzion
bog'lamlar
qo'yiladi,
qopqoqli
pnevmotoraksda
plevra
bo'shlig'iga yo'g'on
igna kirgiziladi, og'riqni cheklovchi, yurak-qon
tomir ish faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qilinadi.
Nafas
olish buzilishi asfiksiya natijasida ro‘y berganda og
£
iz bo‘shlig‘i so'lak,
qon, o'zga jismlardan tozalanadi. Bunday bemorlar BrTP birinchi
navbatda evakuatsiya qilinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: