M kariyev, R. Alimov
Chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarida
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarida
va yaralanishlarida tibbiy yordam koTsatish 1. Jang maydonida birinchi tibbiy yordam. Chanoq yopiq jaro- hatlarida shpris-tyubikdan analgetik yuboriladi va jarohatlanganni orqasi bilan yotgan holatda zambilda, shitda joylashtiriladi, oyoq bukilgan holatga keltirib, tagiga kiyimli xalta yoki yostiqcha shaklda qilingan shinel qo'yib olib chiqiladi. Oyoqning tizza bo‘g‘imiga ro'molcha yoki bint o‘raladi. 0‘q bilan jarohatlanganda jarohat sohasiga aseptik bog'lam qo'yiladi, tabletkali antibiotik ichiriladi va analgetiklar yuboriladi. 2. Shifokorgacha bo'lgan yordam: birinchi tibbiy yordam ken- gaytiriladi. Jarohatlanganiarga yurak vositalari, analgetiklar yuborila- di, bog'lam to'g'rilanadi. Sovuq havoda bemorlarni isitishga chora ko'riladi. Ko'chirishda orqaga yotgan holatda asosan qattiq bo'lgan zambillarda olib boriladi. Oyoqlari tizzasida bukilgan, tagiga valik qo'yiladi. Birinchi bo'lib chanoq yopiq jarohatlari bo'lgan jarohatlanganlar ko'chiriladi. 3. Birinchi shifokor yordami: tibbiy saralashda 3 guruh bo'ladi: I guruh: o'qdan jaoohatlanganlar, chanoq a’zolari va chanoq yopiq shikastlarda shokning I, II, III darajadagilarda BrTPda qarshi muolaja qilinadi. Bunday jarohatlanganlar transportirovkani yomon o'tkazadilar: 1—11 darajadagi shok 111—IV darajaga o'tishi mumkin. Shokka qarshi muolaja va transportirovka BrTP ga qaratiigan. Ko'chirish birinchi galda qilinadi. II guruh: shok belgilari o'qli jarohatlar va chanoq yopiq jarohat yaradorlari. Qabul - saralash palatkasida antibotik,qoqshol anatoksini, og'riqsizlantirish, bog'lamning to'g'riligi, transport immobilizatsiya va qovuqning holati tekshiriladi. Ko'chirish ikkilamchi (tartib asosida) galda bajariladi. III guruh: jarohatlanganlar va terminal holatdagilar BrTP da simptomatik davolash uchun qoldiriiadi. Hamma BrTP da qolganlarga keng ta’sirli antibiotiklar, qoqshol anatoksini yuboriladi. Oyoqning son qismi tashqi qon ketish bilan jarohatlanganda bosuvchi bog'lam yoki Mikulich bo'yicha tampona- da qilinadi. Siydik ajralmay siydik qopi to'lib ketganda bog'lov xo- 140 nasida kateterizatsiya yoki ko'rsatmalarga ko'ra siydik qopi punksiya qilinadi. Siydik qopini punksiya qilish texnikasi: 1. Yaradorni orqasi bilan yotqiziladi. 2. Qov birlashmasidan qorin o‘rta chizig‘i bo'yicha 2 sm yuqorida teri va atrof to'qimani 0,5% li 30—50 ml novokain bilan anesteziya qilinadi. 3. Steril uzun igna unga rezinkali trubka kiydirilgan nay bilan yuqorida aytilgan sohaga teriga perpendikulyar holatda anesteziya qilgan qismdan 4-5 sm cbuqurga kiritiiadi. Siydikni Jane shprisi bilan tortiladi. 4. Aspiratsiyadan keyin igna olinadi. Punksiya qilin- gan joyni yod, kleol bilan artiladi va aseptik bog'lam qo‘yiladi. Og‘ir chanoq jarohatlarida shokka qarshi yaxshi chora bulib Shkol- nikov — Selivanov bo'yicha chanoq ichi anesteziyasi hisoblanadi. Shkolnikov - Selivanov bo'yicha chanoq ichi anesteziyasi texnikasi: 1. Jabrlanuvchi orqasiga yotqiziladi. 2. Yonbosh suyagining old-yuqori o'sig'i 1 sm ichkarisidan teri va teri osti yog* qavatiga 0,25% li novokain eritmasi yuborilib og'riqsizlantiriladi. 3. Teri va teri osti yog 1 qavatining anesteziyalangan sohasi orqali uzun ignali novokain to‘ldirilgan shpris sanchiladi. 4. Yonbosh suyagi devorini his qilgan holda ignani orqaga va pastga 12—14 sm chuqurlikkacha tushiriladi, novokain eritmasi yu- boriladi. 5. Ichki yonbosh chuqurchasi sohasiga yetib borgandan so‘ng u yerga 300 ml gacha 0,25% li novokain eritmasi yuboriladi. Ikki to- monlama blokadada har tomonga 250 ml 0,25% ml li eritma yubo- riladi. 6. Ignani tortib olgandan keyin punksiya o‘rni yod.kleol bilan artiladi va aseptik bog‘lam qo'yiladi. 7. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichida saralash paytida jabrlanuvchilar 6 guruhga bo'linadi. I guruh— to k xtovsiz qon ketayotgan bemorlar, shoshilinch jarrohlik xonasiga yo'llanadi. II guruh - siydik pufagi va to'g‘ri ichakning qorin ichi shikasti bo'lgan yaradorlar va II. Ill darajali shok belgitari bo'lganlar I— 2 soat davomida shokka qarshi palataga yotqiziladi va ahvoli yaxshilangandan keyin jarrohlik palataga olinadi. ill guruh - to'g'ri ichak, siydik pufagi va orqa uretraning qorindan tashqari shikasti va II—III darajali shok holatida boMgan yaradorllar shokka qarshi palataga yuboriladi. Shokdan chiqqandan keyin uning jarohatiga xos moslama yoki epetsistostoma qo'yiladi va frontning gospital bazasiga ko‘chiriladi. IV guruh - chanoq ichi a’zolari shikastlanmagan holda chanoq 141 shikasti olgan yaradorlar, old uretra va tashqi jinsiy organlar jarohali va shok belgilari bo'lmagan jabrlanuvchilar maxsuslashgan jarrohlik yordam bosqichiga ko'chiriladi. V guruh — 7-10 kun davomida davolanib ketadigan yuza yurn- shoq to'qimasi jarohatlanganlar MTYda tuzalguncha ushlab turiladi. VI gumh — agonal holatdagi jarohatlanganlar MTYning simptoma- tik davo bo'limiga yuboriladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling