M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
Reversiv siljish registrlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
4.2.3. Reversiv siljish registrlar
Oʻz nomi bilan atalgancha, ma’lumotni bir darajadan ikkinchisiga siljitish ikki yoqlama bajariladi. 4.29-rasmda ikkita ketma-ket axborot kirishiga (axborotni chapga DSL va oʻngga DSR siljitish uchun), yozish parallel kirishlariga (D0...D2), S sinxro kirishiga, barcha triggerlarni nollash -R kirishiga, M1, M0 ikkita rejim tanlash kirishiga ega boʻlgan uch darajali reversiv registr chizmasi berilgan. 4.29-rasm. Reversiv siljish registri Chetdagi darajalardan tashqari barcha D-kirishlariga multipleksorning 1 va 2 kirishlari orqali chap va oʻng qoʻshni triggerlarning chiqishlari ulangan. Agar 125 M1q0, M0q1 boʻlsa, u holda D kirishlariga multipleksorning birinchi kirishlari ulangan va axborot nolinchi triggerdan tashqari barcha triggerlarga chap qo'shni triggerdan yoziladi, ya’ni oʻngga siljish yuz beradi. DSR kirishi ushbu rejimda axborotni ketma-ket kiritish uchun xizmat qiladi. Agar M1q1, M0q0 boʻlsa, u holda D kirishlariga multipleksorning ikkinchi kirishlari ulangan va axborot oxirgi triggerdan tashqari barcha triggerlarga oʻng qo'shni triggerdan yoziladi, ya’ni chapga siljish yuz beradi. Ma’lumotlarni parallel kirishi uchun bu rejimda DSL kirishi ishlatiladi. M1q MDq1 holatda parallel yozish QiqDi takt signalining musbat fronti yordamida bajariladi. Axborotni saqlash uchun M1=MD=0 kombinatsiyasini berish kerak. Bu holda triggerlarning D-kirishiga chizmada koʻrsatilmagan multipleksorning nolinchi kirishiga ulanadi. Navbatdan tashqari yozish yuz bermasligi uchun YoKI-VA chizmasi ushbu rejimda sinxroimpulslarning oʻtishiga tusqinlik qiladi. Xuddi shunday chizma asosida 1533IR13 8-darajali registr olingan. Reversiv registr ikkilik sonlarni tez (atigi n taktichida) koʻpaytirish va boʻlish uchun ishlatiladi; masalan, 5 soni oʻrniga chapga 2-daraja siljiganidan soʻng 20 soni paydo boʻldi. 4.30-rasm. Siljish registrni koʻpaytirish va boʻlish uchun ishlatish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling