M. M. Protodyakonov tasnifi haqida nima bilasiz?


- rasm. Ko‘mir shaxtasining qirqimi


Download 20.28 Kb.
bet6/7
Sana02.06.2024
Hajmi20.28 Kb.
#1836019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qazib olingan ko‘mir, qum, to‘kilgan tuproq-hozir.org

5- rasm. Ko‘mir shaxtasining qirqimi:

1, 2, 12 - vertikal stvollar; 3, 4, 5, 10, 11 - gorizontal kon lahimlari; 6, 7, 8, 9 - qiya kon lahimlari; 13 - nasos kamerasi; 14 - qazish ishlari olib borilayotgan kavjoy.


Kon-geologik omillarga kon lahimining o‘tish usuliga ta’sir etuvchi tog‘ jinslarining mahkamligi, ko‘mir yotqizig‘ining yoki ruda ta’nasining qalinligi, foydali qazilma yotqizig‘ining yotish burchagi, gazdorligi, suvdorligi, kon bosimining urishi yoki otilib chiqishi kiradi.

Bu ko‘rsatkichkar ichida, asosan, kon-geologik sharoitlarga katta ta’sir etuvchi tog‘ jinsining mahkamligidir.

Mahkamlikka qarab kon lahimini qanday o‘tish texnologiyasi orasidagi chegara kombaynlar yordamida yoki burg‘ilash-port- latish usuli bilan aniqlanadi.

Kon lahimlari ko‘ndalang kesimi yuzasi, o‘tilishi lozim bo‘lgan masofasi, xizmat qilish muddati, kon lahimini qazib o‘tish chuqurligi, yotish burchagi, kon massasini tashish transporti va ish- lab chiqarish jarayonlarga qarab tanlanadi.

Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bu burg‘ilash portlatish usuli. Bu usuli yordamida ruda konlarida 100 %, ko‘mir konlarida 65 % gacha kon lahimlari o‘tiladi.


20



KON LAHIMLARINI O‘TISHDA
XAVFSIZLIK ISHLARINI TA’MINLASH

Kon lahimlarida ishlash zavod va qishloq xo‘jaligi ishlaridan farqliroq bo‘ladi. Bularga o‘ziga yarasha ish joyining alohidaligi, kon lahimlarining havosining o‘zgarishi va o‘ziga xos texnologik kon ishlari bajarilishi kiradi.

Lahim o‘tuvchining ish joyi statsionar emas, o‘zgaruvchan bo‘ladi, ya’ni kon lahimlari o‘tilganida uning yuzasi va o‘lchamlari o‘zgarib, kavjoy siljib boradi, kondagi havoning o‘zgarish (kislo- rodning kamayishi va azotning yuklashi, ularda oksid va boshqa gazlarni, shuningdek, changlarning ko‘pligi) va suv bosimi ishlash quvvatiga ta’sir etadi.

O‘ziga yarasha texnologik vaziyatga PMni qo‘llash, ishlatilayot- gan mashinalarning tor joyda yurishi va boshqalar kiradi.

Bularning hammasini kon lahimlari o‘tishda ishlash qiyinlashti- radi va mehnat muhofazasini o‘rnini oshiradi.

Texnika xavfsizligi sanoat travmatizimini yo‘qotish, texnologik jarayonlarni o‘rganish va yaxshilash, ishchilar xavfsizligini ta’min- lash, og‘ir ishlarni mexanizasiyalash va avtomatizatsiyalash, sanoat sanitariyasi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, kasbiy kasalliklar oldini olish bo‘yicha, kon lahimi havosining me’yoriy biologik tav- sifi, suvlarni lahimlardan chiqarish va kon lahimlari kerakli yoritish moslamalarini ta’minlashga qaratilgan.




Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling