M. M. Protodyakonov tasnifi haqida nima bilasiz?


Download 20.28 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2024
Hajmi20.28 Kb.
#1836019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qazib olingan ko‘mir, qum, to‘kilgan tuproq-hozir.org

Transheya ochiq kon lahimi bo‘lib, qo‘ndalang kesimi trapet­siya shaklida bo‘ladi, asos (tagi) bilan cheklangan va yon tamonlari qiya tekislik bilan tushgan.

Qidiruv transheyalari qidiruv kanavalaridan, asosan, kattaligi


15


jihatidan farq qiladi hamda ko‘ndalang kesimi yuzasi mustahkam- lagichsiz, yon tomonlari turg‘unlik bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Yer osti kon lahimlari ochiq kon lahimlariga nisbatan har xiligi bilan xarakterlanadi: vertikal (tik), gorizontal (tekis), qiya (ma’lum bir burchak ostida).

Yer osti kon lahimlarining uzunligi taqqoslanganida baland- ligi va kengligiga nisbatan katta bo‘lsa (kichik kon lahimining ko‘ndalang kesimi yuzasi katta bo‘lsa) kamera deyiladi.

3- rasm. Kon lahimining qo‘ndalang kesimi yuzasi.


Shurf deb vertikal (tik) kon lahimiga aytiladi. Odatda, kichik ko‘ndalang kesim yuzasi 1-4 m2 gacha chuqurligi 20-40 metrga- cha bo‘ladi.

Gorizontal yer osti kon lahimlariga shtolnya, kvershlag, shtrek, rassechka kiradi.



Shtolnya gorizontal yer yuzasi bilan tutash kon lahimi bo‘lib, geologik qidiruv yoki kon qazish ishlari - tashish, shamollatish va suv chiqarish uchun xizmat qiladi.

Kvershlag gorizontal yer osti kon lahimi bo‘lib, yer yuziga chiqmaydi. Tog‘ jinslari orasidan foydali qazilma yotqizig‘iga ko‘ndalang o‘tkazilgan va tashish, shamollatish, ishchilar yurishi,

16


suv chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr va aloqa kabellari o‘tka- zilgan kon lahimidir.

Shtrek gorizontal yer osti kon lahimi bo‘lib, foydali qazilma yotqzig‘iga parallel o‘tkazilgan bo‘ladi.

Rassechka gorizontal kon lahimi bo‘lib, yer yuziga chiqmaydi va u kon qidiruv ishlari uchun mo‘ljallangan shurf, shtolnya, shtrek, ko‘tarilmalar ichidan foydali qazilmalarga ko‘ndalang o‘ti- ladi. Rassechkalar uzunligi 20-30 metr, ba’zida 50-100 metr gacha bo‘ladi.

Gorizontal kon lahimi foydali qazilma ichidan ko‘ndalang o‘til- gan bo‘lsa, ort deyiladi. Ortning yuzasi shtrekning yon devoridan, foydali qazilma ichidan o‘tiladi. Qiya kon lahimlariga shurf, shaxta stvollari (vertikal o‘qi qiya bo‘lsa), shuningdek, uklon, ko‘tarilma, bremsberg, gezenk, pech, prosek va hokazolar kiradi.




Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling