M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

faoliyat subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli 
rivojlana olmaydi. A.A. Bodalyev fikricha, hatto o'yin faoliyatida bola 
muloqotda bo'ladi. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o'rgatish 
masalasi turadi. Mehnat ta’limi jarayonida kishilar doimo muloqotga 
ehtiyoj sezadilar. M uloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u 
insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni 
barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi.
Jam oa m uhitini shakllantirishda ikkinchi y o 'n a lish jam oa 
a’zolarining ruhiy madaniyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda 
o'quvchilarga ularning insoniy m uloqot, inson shaxsi, bir-birini 
baholash xususiyatlari («men va boshqalar», «men boshqalaming ko'zi 
bilan») to'g'risidagi mulohazalarini rag'batlantiruvchi axborotni berish 
zarur. Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish mumkin. 
Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o'rgatish shular jumlasidan. 
Ruhiy madaniyatga o'rgatishni o'smirlik yoshidan boshlash muhim, 
chunki o'z shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda
www.ziyouz.com kutubxonasi


vujudga keladi. O'smirlikda o'zining «Men»i xususida ziddiyatli 
kechinmalar boshlanadi. O'z ruhiy holati haqida xayol surish 
kuchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g'oyat tanlab o'tkaziladigan 
yoshda inson shaxsi, shaxslararo muloqot to'g'risidagi axborot zarurdir.
N.P. Anikeyeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir 
shaxs muayyan 
ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsning tabiatini 
to'laroq ochib berishi yoki uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya — 
rollami tanlash albatta insonning o'z mohiyatiga, uning kuchiga, 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling