haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissi, yangicha tafakkur shakllanishi
jarayonidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etish muammolarini teran
yoritish talab etiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo'ladilar?
3. O'smirlar bilan o'spirinlar muloqoti o'rtasida qanday farq bor?
4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foyda-
lanadilar?
5. Muloqot madaniyati nima?
6. EGO holatiga qanday xususiyatlar kiradi?
7. Muloqotning mazmuni nimaga bog'liq?
8. Transaksiya nima?
9. Qiziqarli muloqot qachon yuzaga keladi?
lO.Transakt tahlilga ko'ra muloqotdagi nizoning sabablari nimada?
Mavzu yuzasidan psixologik testlar
1. Go'daklar ko'proq kim bilan muloqotda bo'ladilar?
a) onasi bilan;
b) otasi bilan;
d) opasi bilan;
e) akasi bilan.
2. Bog'cha yoshidagi bolalar kim bilan ko'proq muloqotda bo'ladilar?
a) onasi bilan;
b) otasi bilan;
d) tarbiyachilar bilan;
e) o'rtoqlari bilan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Kishiga muloqot nima uchun kerak?
a) muloqot kishilarga kerak emas;
b) shaxs uchun katta ahamiyatga ega;
d) muloqot ongni o ‘stiradi, dunyoqarashni shakllantiradi;
e) muloqot kishilarni yaqinlashtiradi.
4. 0 ‘yin mashqlarining ahamiyati nimada?
a) o ‘yin bolalarning asosiy faoliyati;
b) o ‘yin shaxsni tarbiyalaydi;
d) o ‘yin mashqlari muloqotni shakllantiradi;
e) o ‘yin mashqlari jismoniy chiniqtiradi.
Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi
Do'stlaringiz bilan baham: |