Yaratiladigan yangi qo‘llanmalar oldiga o‘quvchi yoshlarning
ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g‘oya asoslarini
singdirish; vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, o‘tmish va buyuk
kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni
shakllantirish; bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot
madaniyatini o‘zlashtirishni ta’minlash kabi maqsadlar qo'yiladi.
«Muloqot psixologiyasi» fanidan o'quv qo'llanma hozirga qadar
yetarlicha sifat va mazmunda yaratilmagan. Mazkur o'quv qo‘llanmada
har bir mavzuni mustahkamlash uchun savollar, psixologik test va
masalalar, shuningdek psixologik xususiyatlami aniqlovchi metodikalar
(uslubiyat) berilgan. Bular dars samaradorligini oshirib, talabalarni
mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi.
Mazkur o'quv qo'llanma akademik litsey, kasb-hunar kollejlari
o'quvchilari hamda pedagogik yo'nalishdagi institutlar bakalavrlari,
shuningdek, rahbar xodimlarga, ota-onalarga mo'ljallangan.
O'quv qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalaringizni quyidagi
manzilga yuborishingizni so'raymiz: 716019, Namangan shahri,
Uychi ko'chasi, 316-uy, Namangan Davlat universiteti, pedagogika
va psixologiya kafedrasi. Tel: 266-55-01, 226-53-81, faks 2266107.
NamDU @ Uzpak. Uz.
www.ziyouz.com kutubxonasi