M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Har b ir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kim lar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o 'rin tutadi. 1.2. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o 'q itu v c h i va o 'q u v c h i m unosabatlari, o 'q itu v c h i psixologiyasi, maktablarda ta’ lim -tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o 'rin n i egallaydi. Ijtim oiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o 'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har b ir elementni alohida tahlil qilish im konini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi. Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat. Ijtim o iy psixologiya tu rli ijtim o iy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati k a b ila rn i o 'rgan adi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. M uloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtim oiy www.ziyouz.com kutubxonasi asoslari, vazifalari, tiz im i, d iniy h is-tuyg‘ ular, diniy guruhlar psixologiyasini o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling