M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent


shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/62
Sana25.10.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1720855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. 
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro 
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, 
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning 
keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta 
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal 
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, 
muloqot jarayonida 
kommunikativ
 (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro 
birgalikda harakat qilish) va 
perseptiv
 (o'zaro birgalikda) idrok etish 
amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Har b ir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan 
muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, 
bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ ni guruh va 
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, 
ongimiz ham rivojlanmaydi. Kim lar bilandir bo'lgan muloqotdan 
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik 
faoliyatda muhim o 'rin tutadi.
1.2. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa 
tarmoqlari bilan bog‘liqligi
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan 
bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy 
bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik 
asoslari, o 'q itu v c h i va o 'q u v c h i m unosabatlari, o 'q itu v c h i 
psixologiyasi, maktablarda ta’ lim -tarbiya jarayonlarini boshqarish 
muhim o 'rin n i egallaydi.
Ijtim oiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi 
muhim o 'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning 
tarkibidagi har b ir elementni alohida tahlil qilish im konini beradi. 
Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan, 
deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi 
axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining 
o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining 
muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
Ijtim o iy psixologiya tu rli ijtim o iy guruhlar, jamoaning psixik 
namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, 
raqobati k a b ila rn i o 'rgan adi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq 
qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish 
uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
M uloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. 
Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtim oiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


asoslari, vazifalari, tiz im i, d iniy h is-tuyg‘ ular, diniy guruhlar 
psixologiyasini o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot 
madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi 
psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling