M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
yemiriladi.
Ayrim hollarda ditrazin tasir korsatib, koproq meda-ichak faoliyatining buzilishiga olib keladi (kongil aynishi, qayt qilish, bosh ogrigi). Bazan allergik holat ham kuzatiladi. Ditrazin asosan filariozda tavsiya etiladi. Xloksil preparati jigar, ot yoli, ot qopi va medaosti bezida uchraydigan gelmintlarga (fassioloz, opistorxoz va klonorxoz) tasir korsatib, ularni halok qiladi. Kasallikning 3540% ini bartaraf etadi. Kop hollarda xastalikni ancha yengillashtiradi. Bunday hollarda bemorlarga davo qilish qaytarilishi mumkin. Xloksil tana uchun zararsiz. Ayrim hollarda uning tasirida yemirilgan gijjalar hisobiga allergik reaksiya kuzatilishi mumkin. Bazi bir vaqtlarda sanchiq, ogriq seziladi. Yuqorida keltirilgan preparatdan tashqari gelmintozda geksa- xloretan, tartrat kislotaning natriyli tuzi va boshqalar qollaniladi. Ular xastalikni butunlay bartaraf eta olmasa ham, uni ancha yengillashtiradi. Preparatlar. V e r m o k s (Vermox). 0,1 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Enterobiozda 0,1 g dan 1 marta, boshqa gijjada kun davomida 0,1 g beriladi. D e k a r i s (Decaris). 0,15 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Kechki ovqatdan keyin 0,15 g dan 1 marta ichiladi. Bolalarga 2,5 mg dan har 1 kg vaznga qarab beriladi. P i ð e r a z i n a d i ð i n a t (Piðerazini adiðinas). 0,5 g dan tabletka, 5% li eritma holida flakonda ishlab chiqariladi. Askaridozda ovqatdan 1 soat oldin yoki keyin 1 kecha-kunduzda 34 g dan 2 kun ichiladi. Bolalarga 5% li eritma holida yoshiga qarab beriladi. 263 F e n e s a l (Phenasalum). 12 g dan kukun holida ishlab chiqariladi. 2 g dan kuniga 1 marta ichiladi. Bolalarga yoshiga qarab beriladi. E r k a k p a p o r o t n i kn i n g q u y u q e k s t r a k t i (Extractum Filicis maris spissum). 0,5 g dan kapsulada ishlab chiqariladi. Bemor 2 kun tayyorlangandan keyin, kun davomida 47 g (teniozda va difillabatriozda) yoki 2030 min 1,52 g (geminolepidozda) ichiladi. D i t r a z i n s i t r a t (Ditrazini citras). 0,1 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 1 kecha-kunduzda 2 mg/kg dan 3 marta 10 kun davomida ichish uchun beriladi. X l o k s i l (Chloxylum). Kukun. Har 10 min da 2 g dan kuniga 510 g 25 kun davomida ichiladi. A n t i m o n i l - n a t r i y t a r t r a t . Kukun. 0,0010,0012 g/kg dan (1% li eritma) venaga yuboriladi. Rp.: Tab. Vermox 0,1 N2 D.S. 1 tabletka 1 marta ichiladi # Rp.: Tab. Ditrazini citras 0,1 N10 D.S. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalari Antiseptika grekcha sozdan olingan bolib, anti qarshi, septikaschirish manosini bildiradi, dezinfeksiya esa dez yoq qilish, infetsere yuqtirish degan sozlardan tashkil topgan. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar mikroblarga qarshi tasirga ega bolgan oddalar bolib, ular tasir etish kuchi va qollanishi boyicha bir-biridan farq qiladi. Ushbu guruh prepa- ratlari kimyoterapevtik vositalarga qarama-qarshi olaroq mikroor- ganizmlarning turiga qarab, tanlab tasir qilmasdan, umumiy antimikrob farmakologik tasir korsatadi. Antiseptik moddalar tana yuzasidagi (teri, shilliq qavatlar) va boshliqlardagi mikroor- ganizmlarga qarshi; dezinfeksiyalovchi vositalar esa tashqi muhit- dagi (bemorning kiyimi, buyumlari, xona chiqindilari va hokazo) mikroorganizmlarni yoqotish maqsadida qollaniladigan prepa- ratlar hisoblanadi. Ular mikroblarga baktereostatik va bakteriotsid tasir etadi. Bakteriostatik tasir mikroblarni halok etmasdan, ularning kopayishini toxtatib qoyadi, bu xil tasir koproq antiseptik moddalarga xos. Bakteriotsid tasir esa mikroblarni nobud qiladi, bu asosan dezinfeksiyalovchi vositalarga xos xususiyatdir. 264 Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning kopchiligi ham antiseptik, ham dezinfeksiyalovchi moddalar sifatida ishlatilishi mumkin. Chunki ular antiseptik modda sifatida kichik konsen- tratsiyada, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida esa kattaroq konsen- tratsiyalarda qollaniladi. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalarni amalda qollash tarixi XIX asrning 30-yillaridan boshlangan. N. P. Nelyubin 1828- yili turli buyumlarni zararsizlantirish uchun ohakdan foydalanishni taklif etgan. Keyinroq esa L.Lister ohakni tibbiyot xizmat- chilarining qolini yuvish uchun taklif qilgan. 60-yillarda J. Lister fenolni zararsizlantiradigan modda ornida jarrohlik amaliyotiga kiritgan. Lister tomonidan joriy etilgan bu usul (antiseptika) jarrohlik amaliyotidan keyin boladigan yiringli asoratlarning keskin kamayishiga olib keldi. Listerning xizmati faqat jarrohlik amaliyotida emas, balki yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda ham juda katta samara berdi. Bundan tashqari, taklif etilgan usul mikroblarga qarshi tasirchan yangi kimyoviy moddalarni topish va amalda joriy etishda ham katta ahamiyatga ega boldi. Shu tufayli bir qator kimyoterapevtik preparatlar kashf etildi. Bunda L. Paster, I. Mech- nikov, R. Kox, P. Erlix kabi olimlarning xizmatlari alohida orin egalladi. Antiseptik preparatlarning mikroblarga qarshi tasiri yuqori darajada bolishida toqimalarga mahalliy qitiqlovchi yoki kuydiruvchi tasir etmasligi talab qilindi. Hozirgi vaqtda antiseptik va dezinfeksiyalovchi preparatlar tibbiyot amaliyotida keng kolamda ishlatiladi. Antiseptiklar asosan eritma, surtma, liniment shaklida qollaniladi. Ushbu kimyoviy moddalar tuzilishi boyicha quyidagicha tasnif qilinadi: 1. G a l o g e n l a r xloramin B, pantotsid, xlorgeksidin, yodoform, yodinol. 2. O k s i d l o v c h i l a r vodorod peroksid eritmasi, gidroperit, kaliy permanganat. 3. K i s l o t a v a i s h q o r l a r salitsil kislota, benzoy kislota, bor kislota, natriy tetraborat, piotsid. 4. A l d e g i d l a r v a s p i r t l a r formaldegid, lizoform, geksametilentetramin, siminal, etil spirti. 5. O g i r m e t a l l t u z l a r i kumush tuzlari: kumush nitrat, protargol, kollargol; mis tuzlari; mis sulfat, rux tuzlari: rux sulfat, rux oksidi; qorgoshin preparatlari qorgoshinli plastir. 6. F e n o l l a r karbol kislota, trikrezol, rezorsin, fenilsalitsilat. 265 7. B o y o q l a r metilen koki, brilliant yashili, etakridin laktat. 8. D e t e r g e n t l a r kationli sovunlar: serigel, demitsid, etoniy, dekametoksin, sovunli spirt. 9. Q a t r o n l a r , n e f t n i q a y t a i s h l a s h m a h s u l o t l a r i qayin qatroni, ixtiol, vinilin, sovunli spirt. 10. H a r x i l t a b i i y v o s i t a l a r lizotsim, umkalor, evkalimin, ASD-3 preparati, tomitsid, yapon soforasi tindirmasi. 11. B i t v a q o t i r k a n a s i g a q a r s h i v o s i t a l a r nittifor, pedilin, Rid, antibit, itaks, benzilbenzoat. Ushbu kiyoviy moddalarning antiseptik va dezinfeksiyalovchi tasiri bakteriya proteidlarining koagulatsiyaga uchrashi, bak- teriyalar hujayra pardasining buzilishi, erkin sulfgidril guruhining boglab olinishi, bakteriya fermentlari bilan raqobatlashish bilan bogliq. Kislotalardan borat kislota va uning natriyli tuzi qisman bakteriofungistatik tasir korsatadi, 24% li eritmasi ogiz boshligi, kozni, ayrim hollarda qovuqni chayish, yuvish uchun ishlatiladi. Benzoy kislota esa 0,1% li eritma holida konservant sifatida ishlatiladi. Salitsil kislota bakteriostatik, fungitsid (zamburuglarni ol- dirish) va keratolitik (teri toqimasini yemirish) xossalariga ega. Kopincha sogal va qadoqlarni kuydirish maqsadida, sekin bitadigan yaralarning chetiga bitishini tezlashtirish maqsadida qoyiladi. Ishqorlardan natriy va kaliy gidroksid kuydiruvchi tasir korsatadi. Sogallarni yoqotish uchun buyuriladi. Spirtlardan tibbiyot amaliyotida asosan etil spirtining 96 va 70% ligi ishlatiladi. 96%li spirt jarrohlik asboblarini (skalpel, qaychi, igna va shprislarni) dezinfeksiya qilish uchun, 70%li spirt antiseptik sifatida (qolni, operatsiya maydonini va boshqalar) keng miqyosda ishlatiladi. Izopropil spirti etanolga nisbatan ikki barobar zaharli bolib, antibakterial tasiri boyicha undan kuchli hisoblanadi. 6872% li konsentratsiyasi teriga surtish uchun va ketgutni sterillash uchun qollaniladi. Aldegidlardan asosan formaldegid kuchli dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi. Uning 25% li eritmasi jarrohlik asboblarini, qolqopni, 10%li eritmasi ekskretlarni (chiqindilarni), balgamni dezinfeksiyalash maqsadida qollaniladi. Bundan tashqari, 4% li 266 eritmasi toqima va azolarni konservatsiyalash uchun, giðergid- rozda (kop terlash) mahalliy davo uchun ishlatiladi. Òibbiyot amaliyotida taklif etilgan fenol kuchli bakteritsid va fungitsid tasirga ega. Sporali bakteriyalar va viruslar fenol tasiriga chidamli. U teri orqali va shilliq parda sathidan yaxshi soriladi, mahalliy ogriqsizlantiruvchi tasirga ega. Kichik konsentratsiyada toqimalarga qitiqlovchi tasir korsatadi, yuqori konsetratsiyada esa kuydiradi. Qonga sorilgandan song rezorbtiv tasiri namoyon bolib, markaziy nerv tizimining kuchli qozgalishi natijasida titroq boshlanadi. Keyinchalik esa falaj holati kuzatiladi, nafas toxtashi tufayli olimga olib keladi. Fenol bilan zaharlanishda darhol osimlik moyi (paxta, zigir, kanakunjut moyi) bilan meda yuviladi. Fenol teriga tokilgan taqdirda uni spirt bilan yuvib tashlash zarur, song simptomatik davo korsatiladi. Hozirgi vaqtda fenol, toqimalarni tasirlashi tufayli antiseptik sifatida ishlatilmaydi. U, asosan, dezinfeksiyalovchi modda sifatida (13% li eritma) ishlatiladi. Òrikrezol fenolning orto-, para-, metametil unumining aralashmasi bolib, fenoldan 310 marta kuchliroq. Zaharli tasiri boyicha fenolga oxshash. Shuning uchun ham trikrezol, asosan, dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi. Galogen va galogen saqlovchi moddalardan xlor va xloramin antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida tibbiyotda ishlatiladi. Xlor kopchilik grammusbat va grammanfiy mikroblarga bakteritsid tasir korsatadi. Bunday tasir xlorning juda kichik konsentratsiyasida (0,0002%) namoyon boladi; yuqoriroq konsentratsiyasida esa kislotalarga chidamli mikroorganizmlarni, viruslarni va parazitlarni nobud qiladi. Xlorning bakteritsid tasiri organik aralashmalar ishtirokida ancha susayadi, bunday ozgarish giðoxlor kislotaning hosil bolishi bilan bogliq bolsa kerak, chunki ishqoriy sharoitda uning dissotsiyalanishi kuchayib, antiseptik tasiri ancha kamayadi. Xlor, xlorli ohak ichimlik suvini, atrof-muhitni, chiqindilarni (balgam, peshob, najasni) dezinfeksiyalash uchun, bazan quruq ohak holida ishlatiladi. Jangovar zaharlovchi moddalarni (iðrit, luizit va boshqalar) degazatsiya etishda ham samaralidir. Xlor bilan zaharlanishda nafas yollari qattiq tasirlanib, opka shishi va metabolik atsidoz rivojlanishi mumkin. Bunda zudlik bilan kislorod beriladi, shok holatiga qarshi tadbirlar koriladi. Xloramin ozidan asta-sekin xlorni ajratadigan preparat hisoblanib, antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda sifatida 0,1 12% li eritmalari qollaniladi. 267 Yod uzoq otmishdan keng ishlatib kelinayotgan antiseptik hisoblanadi. U bakteriyalarga, sporali bakteriyalarga, amyoba va qisman zamburuglar va viruslarga qarshi kuchli tasir etib, ularni nobud qiladi, yodning dezinfeksiyalovchi tasiri xlorga nisbatan kuchliroq bolib, muhitning pHga, haroratga va tasir etish muddatiga bogliq. Lekin xlorga oxshab uning tasirini organik va qaytaruvchi moddalar kamaytiradi, alkogol esa kuchaytiradi. Yodning kamchiliklari toqimalarni boyashi, qitiqlashi, qisman achishtirishi, yuqori konsentratsiyada kuydirishi, regene- ratsiyani sekinlashtirish holatlarini aytib otish joiz. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar (isitma, toshma toshishi) kuzatiladi. Yod toqimalardan va meda-ichakdan yaxshi soriladi hamda qalqon- simon bezning gormonlari sintezida qatnashadi. Òibbiyot amaliyo- tida esa antiseptik sifatida operatsiyalardan oldin teriga surtish uchun, murtak bezi yalliglanganda (anginada) yodning glitserin bilan aralashmasi, terining zamburugli kasalliklarida, shikast- lanishda va boshqa holatlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, yod rentgenokontrast preparatlar tarkibiga kiradi va piyelografiya (buyrakni tasvirlash), angiografiya (qon tomirlarini tasvirlash) maqsadida qollaniladi. Yod preparatlari balgam kochiruvchi sifatida va tireotoksikoz, giðotireoz, amyobiazda beriladi. Oksidlovchilar. Vodorod peroksidi va kaliy permanganati kuchli oksidlovchilar hisoblanib, toqimalarga (organik moddalarga) tushganda ozidan kislorod molekulasini ajratadi. Ularning antiseptik tasiri ana shu kislorodga bogliq. Vodorod peroksidining 3%li eritmasi toqimaga tushganda gazsimon kislorod ajralib, antiseptik tasir korsatadi va toqimani mexanik ravishda tozalanishiga komak beradi. Òibbiyot amaliyotida yiringli yaralarni, jarohatlarni davolashda va yalliglanishda (stomatit, gingivit, pulpit, otit va h.k.) keng qollaniladi. Yiringlash, chirish bilan bogliq bolgan noxush hidni yoqotish maqsadida, yuvish va chayish uchun ishlatiladi. Kaliy permanganat organik moddalar (qand, komir, tanin) bilan birikishi oqibatida portlash sodir boladi. Antiseptik preparat sifatida yalliglanishning kop turlarida chayish va yuvish uchun 0,020,1%li eritmasi qollaniladi, 25%li eritmasi kuygan joyga qoyiladi. Natijada yupqa parda hosil bolib, mikroblar kopayi- shidan va boshqa tasirlardan saqlaydi, kuyish sathidan suv chiqib ketishini kamaytiradi. Boyoqlardan tibbiyot amaliyotida brilliant yashili va metilen koki ishlatiladi. Ularning asosiy farmakologik xossasi bu mikroblarga bolgan bakteritsid tasiridir. 268 Brilliant yashili antiseptik sifatida yodga yaqin bolib, toqimaga qitiqlovchi, kuydiruvchi tasir korsatmaydi. Shuning uchun ham u yosh bolalarning teri yara kasalliklarida kop qollaniladi. Metilen koki antiseptik modda sifatida brilliant yashilidan kuchsizroq. Bolalarda boladigan stomatit va terining yiringli kasalliklarini davolash uchun tavsiya etiladi. 1%li eritmasi xromosmon preparatining tarkibiga kiradi. Metgemoglobinni gemoglobinga tiklash maqsadida, amil nitrat, sulfanilamidlar bilan zaharlanishda buyuriladi. Ogir metall saqlagan birikmalardan simob, rux, kumush, vismut va mis preparatlari mikroorganizmlarga qarshi antiseptiklar sifatida ishlatiladi. Ular mikrob hujayralari tarkibidagi oqsil bilan birikib, albuminat hosil qiladi, oqsilni choktiradi. Boshqacha aytganda, ular bakteritsid tasir korsatadi. Simob va vismut preparatlari ayrim mikroorganizmlarga (spiroxetalarga) tanlab, kuchli tasir korsatadi, kumush va rux, mis preparatlari esa har xil kokklarni halok etadi. Ogir metall preparatlarining kichik konsentratsiyalari antiseptik vositalar sifatida qollaniladi. Asosan mikroblar fermenti tarkibidagi SH-guruhi bilan boglanib, moddalar almashinuvini buzadi, natijada mikroblarning rivojla- nishi toxtaydi, yani bakteriostatik tasiri namoyon boladi. Suvda eriydigan simob preparatlaridan sulema (simob dixlorid) kuchli antiseptik va dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi. Simobning boshqa preparatlari ham (simob monoxlorid, surtmalari) antiseptik vosita sifatida dermatologiyada (teri kasalliklari), oftalmologiyada (koz kasalliklari) qollaniladi. Kumush preparatlaridan protargol burishtiruvchi, antiseptik va yalliglanishga qarshi mahalliy tasirga ega. Yuqori nafas yollari (15%), siydik chiqarish yollari, koz shilliq pardasi yalligla- nishida (13%) keng qollaniladi. Rux va mis preparatlarining sulfatli tuzi, surtmasi burishti- ruvchi va antiseptik vositalar sifatida, konyunktivitda va teri kasalliklarida ishlatiladi. Bundan tashqari, ularning 12% li erit- masi qustiruvchi preparatlar sifatida ichish uchun (1 osh qoshiqdan 3 martagacha) berilishi mumkin. Antiseptik moddalar sifatida, yuqorida keltirilganlardan tashqari, bir qator vositalar detergentlar (sirt faol moddalar), oltingugurt preparatlari, yashil sovun, sovunli spirt va boshqalarni aytib otish lozim. Preparatlar. B o r k i s l o t a (Acidum boricum). Kukun, 5%li surtma holida ishlab chiqariladi. Ogizni chayish uchun 24% li suvdagi va spirtli 269 eritmasining 1 choy qoshigi 1 stakan suvga qoshiladi. Spirtli eritmasi (0,55%) quloq tomchisi shaklida 35 tomchidan kuniga 23 marta tomiziladi. 5%li surtmasi teri qurib qolganida surtiladi. S a l i t s i l a t k i s l o t a (Acidum salicylicum). Ortobenzoy kislota. Kukun va pasta holida chiqariladi. 25% lisi sepish uchun aralashmalar tarkibida, 110% li surtma, pasta va spirtli eritma shaklida sirtga qollaniladi. E t i l s p i r t i (Spiritus aethylicus). 9096% lisi dezinfeksiya uchun, 70% lisi antiseptik va 40% lisi kompress uchun mol- jallangan. F o r m a l i n (Formalinum). 40%li formaldegid eritmasi. Flakonda 10%li eritma, 100 ml dan ishlab chiqariladi. Antiseptik va terlashga qarshi 0,51%, azolar boshligini yuvish uchun 1:2000, 1:3000 eritmasi, asboblarni dezinfeksiyalash uchun 0,5% li eritmasi qollaniladi. F e r e z o l (Pheresolum). Òarkibida 60% fenol va 40% trikrezol bor. Shisha flakonda 10 ml dan ishlab chiqariladi. Faqat sirtga qollash uchun preparat faqat papilloma, sogal, kondilomalarga surtiladi. Sog toqimaga, ayniqsa, shilliq pardalarga surish man etiladi. Ò o z a f e n o l (Phenolum purum). Kukun, 35%li eritma holida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. X l o r a m i n B (Chloraminum B). Kukun, 0,255% li eritmasi qolni, yaralarni yuvish uchun, 1,52,5% lisi metall bolmagan buyumlarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. B r i l l i a n t y a s h i l i (Viride nitenta). Kukun, 12% li spirtli eritmasi antiseptik sifatida qollaniladi. M e t i l e n k o k i (Methylenum caeruleum). Kukun, 1% li spirtli yoki suvli eritmasi antiseptik sifatida, ampulada 20 va 50 ml, 1% li eritmasi 25% li glukoza bilan (Xromosmon) venaga yuborish uchun qollaniladi. Y o d n i n g s p i r t l i e r i t m a s i (Solutio Iodi spirituosae). Sirtga qollash uchun antiseptik sifatida 510% li eritmasi, 3 10 tomchilab ichish uchun 5% li eritmasi, 20 tomchi 5% li eritmasi yoki 10 tomchi 10% li eritmasi beriladi. V o d o r o d p e r o k s i d (Solutio Hydrogenii peroxydi). 3% li eritmasi sirtga qollaniladi. K a l i y p e r m a n g a n a t (Kalii permanganas). Kristall kukun. Yaralarni yuvish uchun 0,10,5%li eritmasi, kuygan joylarni yuvish uchun 0,010,1%li eritmasi qollaniladi. N o v s h a d i l e r i t m a s i (Ammonium causticum salutum). Flakonda 10, 40, 100 ml dan, ampulada 1 ml dan ishlab 270 chiqariladi. Ichish uchun 510 tomchidan 100 ml suv bilan, qolni yuvish uchun 0,5%li eritmasi (5 l suvda 25 ml) tavsiya etiladi. Rp.: Sol. Viridis nitentis spirituosae 2%10 ml D.S. sirtga qollash uchun # Rp.: Sol. Glukosae 25%50 ml Methyleni coerulei 0,5 D.t.d. N. 3 in amp. S. venaga yuborish uchun. # Rp.: Sol. Zinci sulfatis 0,25%10 ml D.S. 2 tomchidan kuniga 2 marta kozga tomiziladi. # Sol. Formalini 50 ml D.S. 1/2 choy qoshigini 1 stakan suvga qoshib oyoqni yuvish uchun. Nazorat savollari 1. Antibiotiklar deb qanday tasirli preparatlarga aytiladi? 2. Antibiotiklar qanday guruhlarga bolinadi? 3. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi tasirli preparatlarga misollar keltiring. 4. Dorilar allergiyasi nima? 5. Antiblastom dori vositalari qanday kasalliklarda tavsiya etiadi? ANÒIBLASÒOM PREPARAÒLAR Blastoma (neoplazma, rak) deb, ayrim toqimalar, hujayra- larning betoxtov bolinishi natijasida kelib chiqadigan shishlar, patologik ozgarishlarga yetiladi. Bunday osmalar atrofidagi toqimalarga ildiz yoyib (infiltratsiya), osishi davrida ularning ayrim hujayralari limfa va qon orqali tarqalib metastaz beradi. Òanada intoksikatsiya holati turli ozgarishlarga sabab boladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu osmalar bir toqima yoki azo kasalligi bolmasdan, butun organizm uchun xavfli kasallikdir. Blastomalarga duchor bolgan bemorlarni davolashning bir qancha usullari mavjud: jarrohlik usuli, kimyoterapiya, nur bilan davolash, kriogen va giðertermiya usuli. 271 Bularni jarrohlik yoli bilan davolash radikal usul hisoblanadi. Davo samarasi kasalni iloji boricha erta aniqlashga bogliq. Xastalik boshlanishidayoq aniqlanib, osma jarrohlik yoli bilan olib tashlansa, bemor butunlay davo topishi mumkin. Lekin kop hollarda bu xastalikni aniqlash qiyin. Chunki u deyarli ozga- rishsiz, ogriqsiz va boshqa belgisiz boshlanib, rivojlanadi. Kopincha bemorlar shikoyati kasallikning 23 bosqichiga otishda kuzatiladi. Ushbu davrlarda esa metastazlar paydo bolib, jarrohlik usulida davolash hech naf bermaydi. Kimyoterapiya boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Rak osmasi tananing qaysi toqimasi va azolarida joylashgan bolmasin (jigarda, opkada, qon tarkibida va b.), kimyoterapiya usuli ijobiy natijalarni berishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan, bu usul kop hollarda asosiy davo chorasi hisoblanmaydi. Faqat boshqa usullar bilan (jarrohlik, nur bilan davolash va b.) birga yoki ketma-ket qollanilsa, samarali boladi. Blastoma xastaligida kimyoterapiya maqsadida beriladigan antiblastom preparatlar tasir etishi, tasir mexanizmi va ishlatilishi boyicha turlicha. Ular blastoma hujayralariga sitostatik tasir korsatadi, natijada bakteriyada RNK va DNK yangi hujayralar uchun zarur bolgan moddalarning sintezi izdan chiqadi. Shuning bilan birga, kopchilik kimyoterapevtik preparatlar nojoya tasirlarga ega. Masalan, ularning sitostatik tasiri doimo bolinib turadigan normal hujayralarda ham kuzatiladi. Òeri, shilliq qavatining epitelial hujayralari va qon ishlab chiqarish toqima- sining fiziologik regeneratsiyasi izdan chiqadi. Natijada birinchi galda oq qon tanachalari leykositlarning ishlab chiqarilishi Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling