M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
Bachadonga deyarli tasir etmasligi va kuchli ogriq qoldirish
xossasini hisobga olib metoksifluran akusherlik amaliyotida keng ishlatiladi. Xloretil. Yengil va tez uchuvchan suyuqlik bolib, buglari nafas yoli orqali yuborilsa, umumiy narkoz holatini keltirib 13 chiqaradi. Bunda tasiri ancha kuchli namoyon boladi va ogriqni yaxshigina qoldiradi. Narkozning qozgalish davri roy-rost korinadi. Bundan tashqari xloretilning jarrohlik narkoz tasir doirasi kichik (tor) bolgani uchun zaharlanish davriga otib ketish xavfi bor. Shu sababdan u jarrohlik narkoz olish uchun ishlatilmaydi, faqat raush narkozda (narkozning birinchi analgeziya davrida) qollaniladi. Bundan tashqari, mahalliy ogriqlar toqimani muzlatish yoli bilan qoldiriladi, chunki xloretil +120°C da buglanib ketadi. Shu sababdan sepilsa, u tez buglanib toqimani muzlatadi. Bundan tashqari, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarini bajarishda, shikastlanish bilan bogliq ogriqlarni qoldirishda tavsiya etiladi. Preparat maxsus shisha ampulalarda 30 ml dan ishlab chiqariladi. Gazsimon narkoz moddalari. Bu guruhga kiruvchi narkoz moddalari uchuvchan suyuqliklarga qaraganda qator ustunliklarga ega, chunonchi, nafas yollarini tasirlamaydi, jarrohlik narkoz davri qozgalish bosqichisiz va tez boshlanadi, narkoz moddasini yuborish toxtatilgandan song uygonish tezda namoyon boladi va asoratlar deyarli kuzatilmaydi (1- jadvalga qarang). Gazsimon narkoz moddalarining asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular keltirib chiqargan jarrohlik narkoz davri yuzakiroq bolgani uchun tana mushaklari toliq boshashmay, ayrim reflekslar qisman saqlanib qoladi. Shu sababli ular aksariyat kuchliroq tasirli ingalatsion (efir, ftoretan) va noingalatsion (tiopental-natriy, ketamin va boshqalar), ayrim hollarda esa mushaklarni boshashtiruvchi moddalar (miorelaksantlar) bilan birga jarrohlik operatsiyalarini bajarishda, kuchli ogriq bilan kechadigan xastaliklarda (miokard infarkti, otkir pankreatit) va shikastlanishlarda ishlatiladi. Gazsimon narkoz moddalariga azot (I) oksid va siklopropan kiradi. Azot (I) oksid rangsiz, havodan ogirroq, suvda eruvchan gaz, xirurgik narkoz holati qozgalish davrisiz boshlanadi. Buning uchun azot (I) oksid kislorod bilan birga (7080% azot (I) oksid, 2030% kislorod) maxsus narkoz moslamalari yordamida asosan nafas yoli traxeyaga mutaxassislar (anesteziolog) tomonidan yuboriladi. Narkoz tez boshlanib, asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Lekin narkoz holati uncha chuqur bolmagani sababli tana mushaklarining tonusi qisman saqlanadi. Narkoz tugagach, 1015 daqiqada azot (I) oksid nafas yollari orqali chiqib ketadi va uning qondagi konsentratsiyasi kamayib, uygonish boshlanadi. 14 Azot (I) oksid kopincha, yuqorida aytilganidek, boshqa narkoz moddalari bilan birga jarrohlik amaliyotida (ginekologiya, urologiya, travmatologiya va b.) va ayrim kasalliklarda ogriqni qoldirish maqsadida qollaniladi. Siklopropan rangsiz, oziga xos hidli, tez yonuvchan gaz. Nafas yollarini tasirlamaydi, narkoz qozgalish davrisiz tez boshlanadi. Bu borada siklopropan azot (I) oksiddan kuchliroqdir, narkoz ancha chuqurroq namoyon boladi. Narkoz berish toxta- tilgach, uygonish davri tezda yuzaga keladi, asoratlar deyarli kuzatilmaydi. Siklopropan qator kamchiliklarga ega. Chunonchi, u tez yonadi, portlovchi xususiyati bor. Bundan tashqari, miokardning katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin) sezuv- chanligini oshiradi. Shu sababli narkoz davrida ushbu preparatlarni qollash taqiqlanadi. Aks holda yurak faoliyati izdan chiqib, arit- miya (yurakning notekis urishi) holati yuz beradi. Siklopropan, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda, jarrohlik amaliyotida juda kam holatlarda juda ehtiyotlik bilan mutaxassis (anesteziolog) tomonidan qollaniladi. Siklopropan 12 litrli polatdan yasalgan ballonlarda 5 atmosfera bosimi ostida suyultirilgan holda ishlab chiqariladi. Noingalatsion narkoz moddalari yoki nafas yoli orqali yuborilmaydigan moddalar uchmaydigan suyuqliklardir. Ular venaga va togridan togri ichak orqali yuborishga moljallangan. Bu yol bilan yuborish (togri ichakka) ilk bor rus jarrohi F.I.Pirogov tomonidan taklif etilgan. Bu usulning qator afzalliklari bor. Chunonchi, narkoz moddasini yuborish ancha qulay va oson, xirurgik narkoz qozgalish davrisiz boshlanadi. Narkoz moddasi venaga bevosita qonga yuborilganidan song u nafas yoli orqali chiqarilmagani uchun narkozning chuqur- yengilligini boshqarib turishning imkoni yoqligi uning kamchiligi hisoblanadi. Bu moddalar, asosan, jigarda metabolizmga uchrab, siydik bilan chiqariladi va shunda ularning qondagi miqdori kamayadi, narkoz holati yoqoladi. Shu sababdan ushbu narkoz usuli dozalantirilgan narkoz deyiladi. Narkoz holati esa uncha chuqur bolmay, kopincha uzoq davom etmaydi (2030 min). Shu sababdan noingalatsion narkoz moddalari asosan qisqa muddatli jarrohlik operatsiyalarini bajarishda qollaniladi. Uzoq davom etadigan operatsiyalarni bajarishda esa bazis (asos) narkoz sifatida kopincha ingalatsion narkoz moddalari (azot (I) oksid, ftoretan, efir) bilan birga ishlatiladi. Shu maqsadda bemorga oldin venaga eritmali narkoz moddasi yuboriladi va narkoz holati boshlangandan keyin ingalatsion narkoz moddasi (efir, azot (I) 15 oksid) qollaniladi. Natijada ingalatsion narkoz moddasi kam sarflanadi, lekin narkoz ancha chuqur va uzoq davom etadi. Bundan tashqari, narkoz qozgalish davrisiz va asoratsiz kechadi. Shu bilan birga ingalatsion narkoz moddasini yuborishdan oldin kopchilik bemorlarda boladigan turli salbiy holatlar (qorqinch, hayajonlanish, tushkunlik va boshqalar) kuzatilmaydi. Noingalatsion narkoz moddalariga turli kimyoviy tuzilishga ega bolgan preparatlar kiradi. Ularning tasir etish muddati: qisqa 15 min (propanidid, ketamin), ortacha 2030 min (tiopental, predion) va uzoq 5060 min (natriy oksibutirat) bolishi mumkin. Òiopental-natriy. Kukun holida flakonlarda ishlab chiqariladi. Venaga moljallangan eritmasi turgun bolmagani uchun ishlatishdan oldin (ex tempore) tayyorlanadi va asta-sekin tomirga yuboriladi. Kichik dozalarda uyqu, kattaroq dozalarda narkoz holatini keltirib chiqaradi. Narkoz holati deyarli chuqur va tana mushaklari boshashgan boladi. Narkoz moddasi adashgan nerv (vagus nervi) faoliyatini oshirgani uchun nafas yollari sekretsi- yasini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi (bradikardiya). Bularning oldini olish maqsadida atropin yoki metatsin inyeksiya qilinadi. Narkoz 2025 min davom etadi. Narkoz moddasi, asosan, jigarda parchalanib, metabolitlar shaklida buyrak orqali chiqariladi Narkoz holatidan 1015 min otgach uygonish davri boshlanadi. Òiopental natriy eritmasi togri ichak orqali ham yuborilishi mumkin. Bu yol kopincha yosh bolalarda qollanadi. Preparat ingalatsion narkoz moddalari bilan birga bazis narkoz sifatida ham beriladi. Ayrim holatlarda miorelaksantlar (tana mushaklarini boshashtiruvchi preparatlar tubokorarin va boshqalar)dan ham foydalaniladi. Òiopental natriy 20 ml hajmli flakonlarda quruq kukun holida 0,5 1 g dan ishlab chiqariladi. 22,5% li eritmasi yuborishdan oldin inyeksiya uchun moljallangan sterillangan suvda tayyorlanadi. 5% iliq eritmasi togri ichakka yuborish uchun qollaniladi. Viadril flakonlarda kukun holida ishlab chiqariladi. Eritmasi venaga yuborishdan oldin 5% li glukoza yoki osh tuzining izotonik (0,9%) yoki 0,25% li novokain eritmasida tayyorlanadi. Preparat tasiri 35 daqiqa otgach boshlanadi, tana mushaklari yaxshigina boshashadi, nafas va yurak-tomir tizimiga tasir etmaydi. Viadril boshlangich davrda, ingalatsion narkoz moddalari bilan birgalikda bazis narkoz ham miorelaksantlar yuborib qollanilishi mumkin. 16 Preparat toqimalarga mahalliy tasir etgani uchun teri ostiga yuborish taqiqlanadi. Venaga yuborilganida tomir boylab ogriq sezilishi mumkin. Shu sababli preparat yuborilgandan song shu shpris orqali 0,25% li novokain eritmasi (1020 ml) yuborish tavsiya etiladi. Òromboflebitlarda (qon ivishi yuqori bolib tromblar yigilishi) viadril ishlatilmaydi. Preparat 20 ml hajmli flakonlarda 0,5 g dan ishlab chiqariladi. Eritmasi venaga yuborishdan oldin tayyorlanadi. Natriy oksibutirat. Kimyoviy tuzilishi va farmakologik tasiri boyicha 8-oksimoy kislota (GOMK) va 8-aminomoy kislota (GAMK)ga yaqindir. GAMK biogen modda bolib, markaziy nerv sistemasida neyromediator vazifasini bajaradi va metabolik jarayonlarda qatnashib, markaziy tormozlanish jarayonini taminlaydi. Natriy oksibutirat gematoensefalik tosiqdan otib, markaziy nerv tizimini tinchlantiradi (sedativ tasir), mushaklarni bo- shashtiradi, katta dozalarda esa uyqu va narkoz keltirib chiqaradi. Ogriq qoldiruvchi tasiri uncha bilinmaydi. Preparat nootrop tasir korsatgani sababli u antigiðoksant hisoblanadi. Organizm- ning, jumladan, miya toqimasining, yurak, koz tor pardasining kislorod tanqisligiga bolgan chidamliligini oshiradi. Natriy oksibutirat anesteziologiyada noingalatsion modda sifatida yengil, uzoq davom etmaydigan jarrohlik amaliyotida hamda narkozning boshlangich davrida bazis narkoz sifatida akusherlik, ginekologiya, bolalar va qariyalarda jarrohlik muolajalarini bajarishda ishlatiladi. Preparat venaga, mushaklar orasiga va ogiz orqali yuborilishi mumkin. Preparat venaga tez yuborilsa, turli kutilmagan ozgarishlarni (harakatlar qozgalishi, nafasning zaiflashishi, qon bosimining pasayishi va boshqalar) keltirib chiqarishi mumkin. Oksibutirat natriy giðokaliyemiyada (qonda kaliyning kama- yishi), homiladorlik davri toksikozlarida ehtiyotlik bilan yuboriladi. Propanidid. Yogsimon suyuqlik bolib, suvda erimaydigan, maxsus detergentlarda eriydigan modda. Venaga sekin-asta yuboriladi. Ota qisqa tasirli narkoz moddasi hisoblanadi. Narkoz holati tezda (2040 sek) boshlanadi va 35 min davom etadi. Qozgalish davri bolmaydi. Narkoz davri tugagach, 23 min dan song bemor hushiga keladi. Preparat qisqa muddatli muolajalarda, jarrohlikda (yopishib qolgan balgamlarni olib tashlash, tishni sugurish, yiringli yaralarni tozalash va boshqalar) hamda tashxis qoyishda (kateterizatsiya, bronxoskopiya va boshqalar) qollanadi. 17 Preparat 5%li eritma shaklida ampulalarda 10 ml dan ishlab chiqariladi. Ketamin. Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq rangli kukun, ogriqni yaxshigina qoldiradi. Mushaklar orasiga yuborilganida ogriq qoldiruvchi tasiri sekin-asta yuzaga chiqib (68 min. davomida), uzoq davom etadi (2 soatgacha). Venaga yuborilganida esa tasiri 1 min mobaynida boshlanadi va 515 min davom etadi. Bunda nafas olish va chiqarish ozgarmaydi. Preparat jigarda metabolizmga uchrab, jigar oti va siydik bilan chiqib ketadi. Ketamin narkozning boshlangich davrini taminlash, bazis narkoz, kombinatsiyalangan narkoz uchun ishlatilishi mumkin. Ketaminning bir ozi qisqa muddatli jarrohlik amaliyotida, ogriqli muolajalarni bajarishda, shikastlangan bemorni transportda olib yurish uchun ishlatiladi. Narkoz susayishi mumkin. Preparat miyada qon aylanishi buzilganda, giðertoniyada, stenokardiyada, yurakning ogir kasalliklarida, tutqanoq xastali- gida berilmaydi. Preparatlar. Narkoz uchun ishlatiladigan e f i r (Ather pronarcosi) oziga xos hidli, oson alangalanadi, 100 va 150 ml li toq sariq rangli shisha idishlarda ishlab chiqariladi. Idish operatsiya oldidan ochilib ishlatiladi. Maxsus maska va narkoz apparatlari orqali yuboriladi. F t o r o t a n (Phthorothanum) yoqimli hidli, chuchmal va achchiq mazali, tiniq uchuvchan suyuqlik; yonmaydi va alangalanmaydi, ogzi germetik berkitilgan 50 ml li toq sariq rang shisha idishlarda ishlab chiqariladi. Maxsus narkoz apparatlari yordamida yuboriladi. Ò r i x l o r e t i l e n (Trichloraethylenum pro narcosi) oziga xos hidli, rangsiz, tiniq uchuvchan suyuqlik. Ishlatiladigan konsentratsiyada alangalanmaydi va portlamaydi. 100 ml dan shisha idishlarda ishlab chiqariladi. M e t o k s i f l u r a n (Methoxyfluranum) rangsiz, tiniq, meva hidli, uchuvchan suyuqlik, 1020 mldan shisha idishlarda ishlab chiqariladi. X l o r e t i l (Aethiylii chloridum) tiniq, rangsiz, yengil uchuvchan, oziga xos hidli suyuqlik, 30 ml dan ampulalarda ishlab chiqariladi. A z o t (I ) o k s i d (Nitrouz axyde) N 2 O oziga xos hidli, rangsiz, havodan ogirroq gaz, alangalanmaydi. Sigimi 10 l li metall ballonlarda, yuqori atmosfera bosimi ostida suyultirilgan 18 holda ishlab chiqariladi. Maxsus moslamalar vositasida kislorod bilan (7080% azot (I) oksid, 3020% kislorod) intratraxeal yuboriladi. S i k l o p r o p a n (Cyclopropane) C 3 H 6 oziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan gaz. 12 ml li polat ballonchalarda suyuq holda 5 atmosfera bosimi ostida ishlab chiqariladi. Maxsus moslamalar yordamida yuboriladi. Ò i o p e n t a l n a t r i y (Thiopentalumnatrium) oziga xos hidli, quruq, sargish yoki sargish yashil tusli gigroskopik govak massa yoki kukun, 20 ml sigimli flakonlarda 0,51 g dan ishlab chiqariladi. 12% li eritmalari yuborishdan oldin sterillangan suvda tayyorlanadi va venaga asta-sekin yuboriladi. P r e d i o n i n y e k s i y a u c h u n (Predionum pro injectioni- bus). V i a d r i l . Oq yoki oqish-sargish tusdagi govak massa yoki kukun. Sigimi 20 ml li germetik yopiq flakonlarda yoki ampulalarda 0,5 g dan ishlab chiqariladi. 2,55% eritmalari 5% li glukoza, osh tuzining izotonik (0,9%) yoki 0,25% li novokain eritmasida yuborishdan oldin tayyorlanadi. Venaga yuboriladi. O k s i b u t i r a t n a t r i y (Natrii oxybutyras). Oq yoki oq- sargish tusli kristall kukun. Kukunning 20% li eritmasi 10 ml dan ampulada, 5% li qiyomi 400 ml li idishlarda; 66,7% li eritmasi 37,5 ml li flakonlarda ishlab chiqariladi. Venaga sekin-asta yuboriladi. P r o p a n i d i d (Propanidide) sargish tusli yogsimon suyuqlik. 5% li eritmasi 10 ml li ampulada chiqariladi. Venaga sekin-asta yuboriladi. K e t a m i n g i d r o x l o r i d i (Ketamini hydruchloridum) oq yoki oqish tusli, oziga xos hidli kukun; 5% li eritmasi 2 va 10 ml dan ampulalarda ishlab chiqariladi. Ayrim davlatlarda 1% li eritmasi 20 ml dan, 5% li eritmasi esa 10 ml dan flakonlarda ishlab chiqariladi. Rp.: Aetheris pro narcos 150 ml D.t.d. N. 5 S.Operatsiya xonasiga # Rp.: Aethylii chloridi 30 ml D.t.d. N. 5 in ampullis S.Operatsiya xonasiga 19 # Rp.: Sol. Proponididi 5%10 ml D.t.d. N. 5 S.Operatsiya xonasiga (venaga sekin-asta yuborish uchun) Etil spirti Etil spirti (etanol) jamiyat va kishi sogligi uchun zararli va xavfli modda. Hayotda sodir boladigan kopchilik kongilsiz hodisalar (ogrilik, birovning joniga qasd qilish, oilaning buzilishi, transport avariyalari, ish qobiliyatining pasayishi, ruhiy kasalliklar va boshqalar)ning sababchilaridan biri spirtli ichimliklarga ruju qoyishdir. Etanol turli yollar (mevalar sharbatini aynitish, sintez) bilan olinadi va ayrim ichimliklar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari u kimyo-farmatsevtika sanoatida konservant, erituvchi, ajratib oluvchi modda sifatida, dorilar (nastoyka tindirma, suyuq ekstrakt) tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirtining farmakologik tasiri uning ishlatilish usuli va maqsadiga, konsentratsiyasi va miqdoriga bogliq. Shunga kora uning ikki xil tasiri tafovut etiladi; mahalliy va umumiy (rezorbtiv) tasir. Mahalliy tasiri. Etil spirtining toqimalar va turli mikroblarga korsatadigan bevosita tasiri. Etanolning bunday tasiri uning konsentratsiyasiga qarab turlicha namoyon boladi. Amaliyotda etil spirtining 96, 70 va 40° li eritmalaridan foydalaniladi. 96 darajali eritmasi toqima va mikroblar hujayrasidan suvni oziga tortib olib, uni burishtirib, denaturatsiyalaydi. Natijada mikroblar oladi (bakteriotsid tasir), toqima yuzasida esa yupqa denaturatsiya parda chuqurida (ter va yogning chiqish yollarida) joylashgan mikrob- larni spirt tasiridan xoli qiladi. Shu sababdan etanol (96°) antiseptik (terida, shilliq qavatda, boshliqlarda joylashgan mikroblarga qarshi) preparat sifatida ishlatilmaydi. Lekin dezinfeksiyalovchi (tana sathidan tashqarida joylashgan mikroor- ganizmlarga qarshi) modda sifatida, asosan, xirurgik asboblarni (pinset, qaychi, igna, shpris va boshqalar) mikroblardan xoli qilishda keng qollaniladi. Etil spirti (96°) kuchli dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi. Etil spirtining 70° li eritmasi ham kopchilik mikroblarga qarshi tasir etadi (bakteriotsid). Òoqimalarni esa kam ozgartiradi. Denaturatsiya pardasi deyarli hosil bolmagani uchun teri, shilliq 20 parda chuqurida joylashgan mikroblarni ham oldiradi. Shu sababdan etanolning 70° li eritmasi antiseptik sifatida xirurgiya va boshqa sohalarda keng ishlatiladi (jarrohlik operatsiyalaridan oldin qollarga, operatsiya joylariga surtish va boshqalar uchun). Etil spirtining 40° li eritmasi esa teriga qitiqlovchi tasir etib, qon tomirlarini kengaytiradi, toqimaning qon bilan tamin- lanishini yaxshilaydi. Shu sababdan toqimalarning yalliglanishida (miozit, angina va boshqalar) u bilan kompress qilinadi va teriga surtiladi. Etil spirti ichilganida qonga sorilishidan oldin meda-ichak shilliq pardasiga mahalliy tasir etib, turli ozgarishlarga sabab boladi. Chunonchi, 10° li eritmasi meda sekretsiyasini kuchay- tiradi, lekin pepsin fermenti faolligini ozgartirmaydi; 20° dan yuqori eritmasi esa meda sekretsiyasi va pepsin faolligini kamaytiradi. Spirtning 40° dan yuqori konsentratsiyasi meda-ichak shilliq pardasiga mahalliy tasir etib, yuqorida qayd etilgan morfologik ozgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan spirtli ichimliklarga ruju qoygan kishilarda meda-ichak kasalliklari (gastrit, yara, eroziya, rak va boshqalar) kop uchraydi. Umumiy (rezorbtiv) tasiri. Etil spirtining meda-ichak yolidan qonga sorilishi uning konsentratsiyasi, miqdori, boshliqdagi ovqat massasi va uning tarkibiga bogliq. U nahorga qabul qilinsa, qondagi maksimal konsentratsiyasi 30 min da yuzaga chiqadi, meda-ichakda ovqatning bolishi bu jarayonni sekinlashtiradi (16 soatgacha). Ayniqsa, kartoshka, goshtli va yogli taomlar spirt sorilishini sekinlashtiradi. Sorilgandan song uning miqdori toqimalarda va qonda deyarli bir xil boladi. Biologik tosiqlardan (gematoensefalik, yoldosh va b.) oson otadi va umumiy farmakologik tasirini korsatadi. Etanolning asosiy farmakologik rezorbtiv tasiri markaziy nerv sistemasiga (MNS) qaratilgan. Bu tasir kop tomondan narkoz moddalarining tasirini eslatadi. Jumladan, MNSga tanlab tasir etishi, uning faoliyati bosqichma-bosqich tormozlanishi (qozgalish, narkoz davrlari), narkoz holatining namoyon bolishi, nihoyat, spirtning katta miqdorda organizmni zaharlashi bunga misol bola oladi. Etil spirtining MNSga tasiri ham 3 davrdan tashkil topadi: qozgalish, narkoz va falajlik. Lekin, ushbu davrlarning davom etish muddati narkoz moddalarinikidan ozgacha. Chunonchi, spirtning qozgalish davri ancha uzoq (23 soat), narkoz davri esa qisqa bolib, tezda falajlik davriga otib ketadi (4- rasm). MNSning spirtga bolgan sezuvchanligi turlicha. Bosh miya postloq qismining sezuvchanligi yuqori bolgani uchun spirtning 21 tasiri natijasida tormozlanish jarayoni susayadi. Bu esa oz navbatida ruhan va harakat qozgalishiga sabab boladi, boshqacha aytganda, qozgalish davri namoyon boladi. Bunda umumiy qozgalishdan tashqari kayf (gifopiya) holati kuzatiladi. Odamning kayfi chog bolib, sergap, ezma, sozlari tushunarsiz, poyma-poy, manosiz boladi. Spirt sezgilarni pasaytirib, diqqat- etibor, xotira, his etish qobiliyatini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, odamning fikr yuritishi buziladi, xayoli chalgib, turgan joyini, ozini bilmay qolishi mumkin. Shu bilan birga odam oz qobiliyatlariga ortiqcha baho berib, ozining xatti-harakati va atrofda roy berayotgan hodisalarni tahlil qila olmaydi. Odamning harakati noaniq va nomuvofiq bolib, muvozanatni togri saqlash reflekslari (vestibular apparat faoliyati) buziladi, orqa miya reflekslari ham zaiflashib boradi. Ogriqni sezish kamayadi, uyqu hissi kuchayadi; bu davrda es-hush saqlanadi. Etanol tasiridagi bu keltirilgan ozgarishlar mastlik holatiga tegishli bolib, uning namoyon bolishi va kechishi spirtning qondagi konsentratsiyasiga bogliq. Uning konsentratsiyasi 1 1,5 g/l ga yetganda chuqur mastlik holati kuzatiladi. Uning miqdori oshgan sari bosh va orqa miya faoliyati tormozlanib, es-hush, sezgilar, harakat butunlay yoqoladi, kopchilik reflekslar ham yoqoladi. Bu xirurgik narkoz davri hisoblanadi. Lekin u uzoq davom etmay, keyingi davr falajlik davriga otib ketadi. Spirtning qondagi konsentratsiyasi 34 g/l ga yetganda narkoz davri, 4 6 g/l ga etganda esa falajlik zaharlanish davri boshlanadi. Bunda qon bosimi tushib ketadi, nafas zaiflashadi, qorachiq refleksi yoqoladi. Òibbiy yordam korsatilmasa, nafas va yurak faoliyati toxtaydi. Bu xavfli holatlar spirtning katta miqdorda uzunchoq miyada joylashgan nafas, tomir-harakat va boshqa markazlar faoliyatining falajlanishi bilan tushuntiriladi. Etil spirtining MNSga tasir mexanizmi boyicha turlicha fikrlar, nazariyalar mavjud. 4- rasm. Efir va etil spirtini tasir muddatlari boyicha taqqoslash: I qozgalish davri; II jarrohlik narkoz davri; III falajlik davri. I II III I II III efir etil spirti 22 Umuman olganda, uning asosiy tasir etish joyi nuqtasi nerv hujayralarining pardasi (devori) va miya toqimasida joylashgan turli fermentlar deb qaraladi. Alkogolning bunday tasiri uning ortacha miqdorini bir marta qabul etilganda sodir boladi va tasir natijasida kelib chiqqan ozgarishlar vaqtinchalik bolib, vaqt Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling