M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
galda miya postlogida ichki tormozlanish jarayonini kuchaytirishi
va toplanishidan iborat. Bromidlarning bunday tasiri markaziy nerv tizimining qozgaluvchanligi kuchayganda koproq bilinadi. Shuning uchun ham bromidlar nevroz va nevrotik holatlarda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatilganda ancha samaralidir. Nerv tizimi zaifroq odamlar bromidlar tasiriga sezuvchan, nerv tizimi kuchliroqlar esa, aksincha, kam sezuvchan boladi. Shuning uchun ham brom preparatlarini tibbiyot amaliyotida ishlatish chogida bu etiborga olinadi. Bromidlar tutqanoq kasalligida ham kor qiladi. Bunday tasiri, kattaroq dozalar buyurilganida aniqroq seziladi. Bromidlar uyqusizlikning ayrim hollarida uyquni yaxshilaydi. Qollanilishi. Bromidlar, asosan, asab tizimi buzilishi natijasida kelib chiqadigan holatlar: nevroz, nevrotik holatlarda, bezovtalik va injiqlik, uyqusizlik, isteriyada tavsiya etiladi. Brom preparatlari hozirgi vaqtda tutqanoq kasalligida davo uchun ishlatilmaydi. Chunki u mavjud preparatlarga nisbatan kuchsiz. Depressiya holatlarida, miksedema kasalligida, uxlatadigan va neyroleptik preparatlar bilan zaharlanishda, organizm bu prepa- ratlarni kotara olmaydigan paytlarida ularni tavsiya etib bolmaydi. Zaharlanish. Bromidlar uzoq muddat davomida qabul qilinsa, tana toqimalarida yigilib, kumulatsiyaga sabab boladi. Bu holatni bromizmsurunkali zaharlanish deyiladi. Bromizmning asosiy belgilari: umumiy tinchlanish, kamharakat bolib qolish, xotira- ning susayishi, mudroq bosishi, teriga toshma toshishi, burun va 59 koz shilliq pardalarining yalliglanishi (rinit, konyunktivit, bron- xit) va boshqalardir. Surunkali zaharlanishda brom preparatlarini berish toxtatiladi. Kasalga koproq miqdorda suv ichish, shu bilan birga 2025 g osh tuzi eritmasi holida ichish tavsiya etiladi. Ogir holatlarda gemodializ qilinadi. Natriy bromid. Òinchlantiruvchi dori sifatida kop ishlatila- digan preparat. Suvda yaxshi erigani uchun Bexterev aralashmasi tarkibiga kiradi. Preparat ayrim hollarda uyqusizlikda ham tavsiya etiladi. Kaliy bromid. Asosan yurak-qon tomirlar kasalliklariga duchor bolgan bemorlarga tinchlantiruvchi va uxlatuvchi preparat sifatida beriladi. Bu preparatni venaga yuborish mumkin emas (chunki kaliy ionlari yurakning otkazuvchi tizimini va miokard qisqa- ruvchanligini susaytiradi). Valeriana va passiflora preparatlari ham markaziy nerv tizimining qozgalishida tinchlantiruvchi tasir korsatadi. Bu tasir preparatlarning markaziy nerv tizimiga reflektor yol bilan yoki bevosita tormozlovchi tasir korsatishiga bogliq. Valeriana preparatlari silliq mushaklarni boshashtiradi. Demak, ular tinchlantiruvchi tasiridan tashqari, qisman spazmolitik va ogriq qoldirish xossalariga ham ega. Òinchlantiruvchi tasiri natijasida uyquni yaxshilaydi, kongil aynishini kamaytiradi. Yurak nevrozida, nevrasteniyada va isteriyada, vasvasada ular kop ishlatiladi. Arslonquyruq tarkibida ham efir moylari, zaharsiz alkaloidlar (leonurin) bor. Valerianaga oxshash tinchlantiruvchi tasirga ega. Ayrim tasirlari boyicha valerianadan kuchliroq, qon bosimini pasaytiradi. Kopincha yurak nevrozida, giðertoniyaning boshlan- gich davrida va uyqusizlikda uning nastoykasi beriladi. Preparatlar. N a t r i y b r o m i d (Natrii bromidum) 0,150,5 g dan kukun, tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,15 0,5 g dan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi; 5% li eritmasi 510 ml dan venaga yuboriladi. K a l i y b r o m i d (Kalii bromidum) 0,5 g dan kukun va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,11 g dan 23 marta ovqatdan keyin, mikstura va tomchi holida ichish uchun buyuriladi. V a l e r i a n a n a s t o y k a s i (Tincturae Valerianae). Òarkibi: borneol va izovaleriat kislota efiri, valeriana kislotasi, alkaloidlar, valeriana, xatinin va boshqalar. 10, 15, 20, 25, 30 va 50 ml 60 dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 2030 tomchidan kuniga 34 marta ovqatdan keyin ichish uchun beriladi. V a l e r i a n a i l d i z i (Radix Valerianae). Maydalangan ildiz 7,5 g dan qogoz xaltalarda ishlab chiqariladi. 620 g 200 ml suvda damlama sifatida, ovqatdan song 1 osh qoshiqdan 3 marta ichishga buyuriladi. V a l o k a r m i d (Valocarmidum). Òarkibi: valeriana nastoykasi 10 ml, landish nastoykasi 10 ml, belladonna nastoykasi5 ml, natriy bromid4 g, mentol0,25 g, suv30 ml. 30 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 1020 tomchidan 23 marta ichish uchun tavsiya etiladi. K o r v a l o l (Corvalolum). Òarkibi: bromizovalerian kislotaning etil efiri2 g, natriy ishqori (1 n.eritma)7,8 ml. 1520 tomchidan ichish uchun yoki til ostiga qandga shimdirilib bir kecha-kunduzda 23 marta ovqatdan keyin istemol qilish uchun buyuriladi. A r s l o n q u y r u q n a s t o y k a s i (Tinctura Leonuri). Òarkibida alkaloidlar, efir moyi, saponinlarni saqlaydi. 25 ml dan flakonlarda ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 3050 tomchidan kuniga 34 marta ichish uchun beriladi. Osimlikning suyuq ekstrakt va briketi mavjud. S u y u q p a s s i f l o r a e k s t r a k t i (Extractum Passiflorae fluidum). Òarkibida alkaloidlar (garman, porgarman), saponin va boshqalar bor. 25 ml dan flakonda eritma holida ishlab chiqariladi. 2030 kun davomida 2030 tomchidan bir kecha-kunduzda 3 marta ichish uchun buyuriladi. Rp.: Sol. Aminazini 2,5%1 ml D.t.d. N. 10 in ampullis S. 0,5% novokain eritmasiga 1 ml qoshib mushaklar orasiga yuborish uchun. # Rp.: Tabl. Phenaziðami 0,5 mg D.t.d. N. 50 S. 1 tabletkadan 23 marta ichish uchun. # Rp.: T-rae Valerianae 30 ml D.S. 2030 tomchidan kuniga 3 marta ichish uchun. Antidepressantlar Antidepressant (depressiyaga qarshi) preparatlar deb, bemor- ning ruhan tushkunlik holatini, kayfiyatni yaxshilaydigan dori vositalariga aytiladi. Malumki, ayrim ruhiy holatlar ruhiy tush- 61 kunlik, kamharakatlik, kamhafsalalik va kayfiyatning buzilishi bilan kechadi. Ruhiy tushkunlikning (depressiya) ogir shakllari hayot uchun xavfli hisoblanadi. Antidepressantlar tasir mexanizmiga kora quyidagi guruhlarga bolinadi: 1. MAO ingibitorlari qaytmas (nialamid iðrazida) va qaytar tasir korsatadigan (pirazidol, inkazan, moklobemid) preparatlar; 2. Neyronal qayta ushlanish ingibitorlari (imiðramin, dezið- ramin, amitriðtilin, azafen, ftoratsizin). Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari guruhiga kiruvchi preparatlar monoaminooksidaza fermenti faolligini pasaytiradi. Natijada katexolamin va serotoninning parchalanishi kamayadi va shu tariqa ularning tasir kuchi oshadi, miya poyasiga nisbatan qozgatuvchi tasiri yuzaga keladi. Ushbu guruh preparatlari ichida nialamid kop qollanilib, terapevtik tasiri 814 kun davomida asta-sekin yuzaga chiqadi. MAO fermentining tosilishi 1112 soat davom etadi. Bemorni davolash 14 oy davom etadi. Nialamid preparatining MAO fermentiga tasiri iðraziddan kuchsiz va zaharliligi ham kamroq. Rezerpin tasiri bilan bogliq bolgan tushkunlik holatini yoqotadi. Nojoya tasiri ancha kam. Iprazid MAOning faol ingibitori hisoblanadi va qaytmas tasirga ega, uxlatuvchi analgetik, neyroleptiklar tasirini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari guruhiga pirazidol va inkazan preparatlari ham kiradi. Pirazidol MAO fermentini tosishi bilan birga noradrenalinning presinaptik parda orqali qaytadan otishini tormozlaydi. Òasir doirasi ancha keng. Ruhiy tushkunlikning har xil shakllarida keng qollaniladi. Inkazan tasiriga kora pirazidolga yaqin. Rezerpinning antagonisti bolgan fenamin, d- dofa, 5- oksitriðtofan tasirini kuchaytiradi. Xolinolitik tasiri yoq. Keyingi guruh boshqacha nom bilan, yani uch siklik anti- depressantlar ham deyiladi. Bu guruhga kiruvchi preparatlar MAO fermentiga tasir etmay, markaziy nerv tizimida adrenergik jarayonlarni zoraytiradi. Bu guruhga asosan imizin va amitriðtilin kiradi. Imizin (imiðramin) preparati antidepressiv, birmuncha sedativ va ayrim hollarda esa psixostimullovchi tasir korsatadi. Antidepressiv samarasining mexanizmi yuqorida qayd qilingan adrenergik jarayonlarning zorayishi bilan bogliq. Sedativ samara 62 (mexanizmi yuqorida bayon qilingan) esa imizinning markaziy M- xolinoretseptorlarini tosuvchi tasiri bilan tariflanadi. Preparatning psixostimullovchi tasiri ayrim hollarda bilinar- bilinmas umumiy qozgalish, kayfiyatning yaxshilanishi, uyquning buzilishiga olib kelishi mumkin. Imizin periferik M-xolinoblokatorlik xossasiga ham ega. Shuning uchun kasallarni davolashda atropinga xos bolgan ozgarishlar namoyon boladi. Amitriðtilin farmakologik tasiri boyicha imizinga yaqin. Lekin amitriðtilinda antidepressiv tasir kuchliroq va psixosedativ holat bilan birga kechadi. Psixostimullovchi tasiri bilinmaydi. Bundan tashqari, amitriðtilinning M- xolinoblokatorlik va antigistaminlik tasiri imizinnikidan kuchliroq. Amitriðtilinning psixosedativ tasiri markaziy M- xolinolitik xossasi bilan bogliq bolsa kerak, degan fikr bor. Bunday xususiyatlarning borligi sababli bemorlarni davolashda preparat samarasi imizinga nisbatan tezroq yuzaga chiqadi. Nojoya tasiri imizinniki kabidir. Preparatlar. N i a l a m i d (Nialamidum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,050,075 g dan kunning birinchi yarmida 23 marta ichish uchun beriladi, bir kecha- kunduzlik yuqori dozasi 0,3 g. P i r a z i d o l (Pyrazidolum) 0,025 va 0,05 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan song 0,050,075 g dan kuniga 2 marta ichiladi. Keyinchalik dozasi oshiriladi (0,0250,05 g dan 0,150,3 g gacha). I n k a z i n (Incazinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. 12 tabletkadan kuniga 12 marta (ertalab va kechqurun) ichish uchun beriladi. Keyinchalik doza 0,0250,15 g gacha oshiriladi. Yuqori terapevtik bir martalik dozasi 0,3 g. S e f e d r i n (Cephedrinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,025 g dan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik 0,2 g, bir kecha- kunduzlik 0,5 g. I m i z i n (Imizinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida (draje), 1,25% li eritmasi 2ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,0250,05 g dan boshlanib 0,10,15 g gacha ichish uchun beriladi. 1,25% li eritmasi 2 ml dan kuniga 12 marta mushaklar orasiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik 0,1 g, bir kecha-kunduzlik 0,3 g, mushaklar orasiga bir martalik0,05 g, bir kecha-kunduzlik0,2 g. A m i t r i ð t i l i n (Amitriðtylinum) 0,025 g dan tabletkalar shaklida,1% li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 63 Ovqatdan keyin 0,025 g dan bir kunda 3 marta ichish uchun, keyin dozasi oshiriladi (ertalab va peshinda 0,025 g dan bir kunda kechqurun va yotishdan oldin 0,05 g dan). 1% li eritmasi 2 ml dan kuniga 46 marta venaga va mushaklar orasiga yuboriladi. Markaziy nerv tizimini qozgatuvchi vositalar Bu guruhga kimyoviy tuzilishi, olinishi, farmakologik tasiri, tasir mexanizmi va ishlatilishi jihatidan har xil bolgan kopchilik dori preparatlari kiradi. Ularning oziga xos umumiy farmakologik xususiyati ular markaziy nerv tizimining turli nuqtalariga har xil tasir qiladi. Bunday tasir markaziy nerv tizimi faoliyatini ragbatlantiradi, qozgatadi, susaygan markazlarni jonlantiradi va faoliyatini tiklaydi. Qator xastaliklarni davolashda ushbu dori preparatlaridan foydalaniladi. Bu preparatlar har xil bolgani uchun markaziy nerv tizi- mining tasir qiladigan sohasiga qarab quyidagicha tasniflanadi: • asosan bosh miyaga; • asosan uzunchoq miyaga; • asosan orqa miyaga tasir etadigan preparatlar (11- rasm). Asosan bosh miyaga tasir etadigan preparatlar oz navbatida psixostimulatorlar va nootrop preparatlarga bolinadi. Psixostimulatorlar Psixostimulatorlar deb, asosan markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliyatini oshiradigan, qozgatadigan va shu tufayli turli 1. A. Psixostimulator: kofeintfenomin. 2. Antidepressantlar 3. Nootroplar Analleptik kofein, labolin, sintiton Strixnin B A D 11- rasm. Markaziy nerv tizimini qozgatuvchi dori preparatlarining asosiy tasir etish joyi. 64 ozgarishlarni keltirib chiqaradigan dori vositalarga aytiladi. Ularga ikki guruh preparatlar kiradi: • ksantinlar: kofein, kofein-benzoat, natriy, etimizol, bemitil; • arilalkilaminlar (fenilalkilaminlar) fenamin, sidnokarb. Bu ikkala guruh farmakologik tasiri jihatidan bir-biriga yaqin bolsa ham, amaliy jihatdan alohida ahamiyatga ega bolgan ozgacha xususiyatlari mavjud preparatlardir. Fenilalkilaminlarga kiruvchi asosiy preparatlardan fenaminning kimyoviy tuzilishi katexolaminlarga (adrenalin, noradrenalin) yaqin turadi. Fenamin gematoensefalik tosiqdan miya toqimasiga otadi va katexol-o-metil-transferaza va monoamidoksidaza ferment- lari tasirida parchalanmaydi. Shu sababli fenaminning markaziy nerv tizimiga tasiri boshqa psixostimulatorlarnikiga nisbatan kuchliroq, periferik tasiri esa kuchsizroqdir. Farmakologik xossalari. Fenaminning markaziy nerv tizimiga qozgatuvchi tasirida oliy nerv faoliyatining zorayishi kuzati- ladi, aqliy va jismoniy qobiliyat (aql-zakovat, mehnat qilish) yaxshilanadi; xotira, fikr yuritish, tushunish va har xil murakkab masalalarni yechish qobiliyati, idrok otkirlashib, kayfiyat yaxshilanadi. Uyquga talab kamayadi. Kishida bardamlik, tetiklik va quvvat oshadi, charchash hissi sezilmaydi. Bunday ozgarishlar tana toqimalarining va nerv hujayralarining zaxira quvvati hisobiga bolishini aytib otish darkor. Shu sababdan fenamin va uning preparatlari tufayli yuzaga keladigan bunday qozgalishdan keyin aksincha holat nerv faoliyatining susayishi, quvvatsizlik, boshashish, charchash va shunga oxshash oqibatlar kuzatiladi. Fenamin nafas markazini ham qozgatadi. Preparatlarning bunday tasiri ayniqsa nafas susaygan holatlarda yaxshi seziladi (masalan, odam uxlatadigan va narkozga sabab boladigan moddalardan zaharlanganda). Boshqacha qilib aytganda, fenaminni nafas analeptigi deb aytish mumkin. Nafasning bunday qozga- lishi preparatning bevosita nafas markaziga tasiri bilan bogliq. Fenamin ishtahani yaxshigina kamaytiradi, moddalar almashi- nuvini esa kuchaytiradi. Shu sababli preparat qabul qilinsa, odam bir qadar ozadi. Lekin fenamin markaziy nerv tizimiga, boshqa azo va tizimlarga tasir otkazadigan bolgani uchun ozish maqsadida qollanilmaydi. Fenaminning periferik nerv tizimiga korsatadigan tasiri adrenalinga oxshash. Yurak urishini tezlashtiradi, yurakning qisqarish kuchini oshiradi, kopchilik qon tomirlarni toraytirib, qon bosimini kotaradi, qondagi qand miqdorini oshiradi. 65 Fenaminning bunday tasiri adrenalindan kuchsizroq, ammo uning tasiri uzoqroq davom etadi. Fenaminning periferik samarasi ham qisman adrenalin singari, simpatik nervning presinaptik pardasidan mediatorlar ajralishini kopaytirishi va shu bilan bir qatorga uning bevosita α va β - adrenoretseptorlarni qozgatishidan kelib chiqadi. Qollanilishi. Fenamin kopincha uyqu, narkoz moddalari va neyroleptik preparatlardan zaharlanishda, narkolepsiyada, depres- siya holatlarida, alkogolizm va morfinizmda, ayrim holatlarda esa (aqliy va jismoniy) ish qobiliyatini oshirish uchun beriladi. Psixomotor qozgalishda, giðertoniya kasalligida, kardioskle- rozda, miokard infarktida, yurak faoliyati zaiflashganda, giðerti- reozda, yosh bolalarga va qariyalarga fenamin tavsiya etilmaydi. Fenamin va uning boshqa preparatlari sport musobaqalarida ishlatilishi man etilgan (doping) dori vositalar royxatiga kiritilgan. Bundan tashqari ular va narkotik moddalarni nazorat qilish Ozbekiston davlat nazoratiga olingan. Fenamin takror berilmaydi, chunki odam unga organib qoladi. Shu sababdan uni qollash juda cheklangan. Preparatlar. F e n a m i n (Phenaminum) 0,01 g dan kukun va tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,0050,01 g dan 12 marta kunning birinchi yarmida ovqatdan song ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi bir martalik 0,01 g, kecha-kunduzlik0,02 g. M e r i d i l (Meridilum). Meridilning psixostimulatorlik tasiri fenamindagidan kuchsizroq, meridil aqliy va jismoniy qobiliyatni tiklaydi, kayfiyatni yaxshilaydi. Yurak qon-tomirlar tizimiga va moddalar almashinuviga deyarli tasir etmaydi. Preparatga qaramlik hollari bolmaydi. Preparat, asosan, depressiya (tushkunlik holatlarida, kongilni vahima bosgan, odam charchagan) holatlarida beriladi. 0,01 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan song 12 tabletkadan ichish uchun beriladi. S i d n o f e n (Sydnophenum). Psixostimulatorlik tasiri boyicha fenaminga yaqin, lekin undan kuchsizroq, tasiri esa uzoqroq; qon bosimini kamroq kotaradi. Òasir mexanizmi asosan monoaminooksidaza fermenti faolligini kamaytiradi. 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,005 g dan kunning birinchi yarmida qabul qilinadi, kecha-kunduzi 12 marta beriladi. S i d n o k a r b (Sydnocarbum) Psixostimulatorlik tasiri kuchli, lekin fenaminga nisbatan zaharsizroq, simpatik nervlarga periferik tasiri deyarli bilinmaydi. Markaziy nerv tizimiga tasiri sekin-asta 66 boshlanib, uzoq davom etadi. Òasiri tugagach, fenaminga xos nojoya holatlar kuzatilmaydi. 0,0050,01 g dan tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,0050,01 g dan kunning birinchi yarmida 12 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik 0,075 g, kecha-kunduzlik 0,15 g. Ksantinlar (kofein va uning preparatlari) Kofein choy osimligining bargida, kofe va kola urugida boladigan alkaloid. Kofein oz kimyoviy tuzilishi jihatidan organizmdagi meta- bolitlarga purin unumlariga (trioksiðurin peshob kislotasiga) yaqin turadi va shuning uchun tasir doirasi ancha keng, kopchilik azo va tizimlarga xilma-xil tasir korsatadi. Markaziy nerv tizimining bosh miya postlogiga qozgatuvchi tasir etib, uyquni qochiradi. Odamni tetik, bardam qiladi. Ruhiy, aqliy va jismoniy qobiliyatni sezilarli oshiradi. Kofeinnning bunday tasiri bevosita bosh miya hujayralariga qaratilgan. Kofeinning miyaga tasiri kop tomondan uning dozasiga va odamning nerv faoliyatiga bogliq. Oliy nerv faoliyati zaif kishilarga kofein katta dozada yuborilsa, nerv hujayralarining holdan toyishi va turli nerv-psixik ozgarishlar kuzatilishi mumkin. Bunday holat tarkibida kofein saqlovchi mahsulotlar (choy, kofe) istemol qilganda ham kuzatilishi mumkin. Kofein kattaroq dozada uzunchoq miyadagi nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni ham qozgatadi, ularning funk- sional faoliyatini oshiradi. Shuning uchun ham kofeinni kopincha nafas analeptiklari qatoriga qoyiladi. Lekin bu jihatdan kofein boshqa analeptiklarga korazol, kordiamin va bemegridga qaraganda kuchsizroq. Nafasni qisman chuqurlashtiradi. Opkada havo almashinuvini (ventilatsiya) oshiradi. Kofeinni markaziy nerv tizimiga, jumladan, nafas markaziga korsatadigan tasiri, shu markazlar faoliyati susayganda, masalan, ruhiy va jismoniy charchash hollarida, har xil sabablarga kora nafas susayganida namoyon boladi. Kofein ozining psixosti- mulatorlik va analeptik tasiri boyicha fenaminga nisbatan kuchsiz. Yurak-qon tomirlar tizimi kofein tasirida ikki xil ozgarishga uchrashi mumkin. Alkaloid adashgan nerv markazini qozgatgani uchun yurak urishi sekinlashishi bradikardiya bolishi mumkin, lekin terapevtik dozalarda kofein yurakka bevosita tasir qilib, uning ishini tezlashtiradi, qisqarish kuchini oshiradi. Shu sababdan, kofein yurak ishini jonlantiradigan stimulator hisoblanadi (12-rasm). 67 Qon tomirlarga tasiri ham turlicha. Òomirlarni harakatlan- tiruvchi markazni qozgatgani uchun kofein periferik qon tomirlari tonusini oshiradi, oqibatda qon bosimi kotarilishi mumkin. Bunday tasir qon bosimi pasaygan holatda yaxshi namoyon boladi (karaxtlik, kollaps). Shu bilan bir vaqtda qon tomirlarining silliq mushaklariga bevosita tasir etib, ularni boshashtiradi, qon tomirining tonusini pasaytiradi. Umuman olganda, kofein tasirida qon bosimi normal holatdan qisman kotarilishi mumkin. Kofein ayrim azolar yurak, buyrak, skelet, mushaklarning qon tomirlarini kengaytiradi. Miya qon tomirlarining kofein tasirida ozgarishi aniq sezilmaydi. Lekin kopchilikning fikricha, ular sezilarli darajada qisqaradi. Kofeinning bosh ogrigida qollanilishi uning tasirida miyaning ichki bosimi pasayib, miya toqimasining shishishi kamayishiga bogliq bolsa kerak. Kofein tasirida moddalar almashinuvi kuchayadi. Chunki buyrakusti bezlarida adrenalin ishlab chiqarilishi ortadi, qonda esa qand miqdori qisman oshishi mumkin. Alkaloid ayrim hollarda peshob ajralishini oshiradi. Chunki buyrak qon tomirlari kengayishi hisobiga birlamchi peshob filtratsiyasi kuchayadi. Qollanilishi. Uxlatuvchi, narkoz vositalari bilan zahar- lanishda, yurak ishi zaiflashganda (kollaps va boshqa holatlarda), bosh ogrigida, stenokardiya va hokazolarda, hayotda kofein choy, kofe ichimliklari sifatida ishlatiladi. Bu ichimliklar haddan tashqari kop istemol etilsa, odamda qisman qaramlik holati yuz beradi. Kofein giðotoniya holati, nevralgiya, narkolepsiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, bosh ogrigida tavsiya etiladi. Giðertoniya kasalligi, psixomotor qozgalish, uyqusizlikda, miokard infarkti, glaukoma, miokarditda tavsiya etilmaydi. 12- rasm. Xolinergik nervdan impulsning otish sxemasi: 1baqaning ajratib olingan yuragiga kofeinning (1:100), 2kofein benzoatning (1:300) tasiri. 1 2 68 Kofein natriy benzoati. Suvda yaxshi erishi va parenteral yol bilan yuborilishi sababli tez yordam korsatishda qollaniladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling