M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
Shu bilan kasallikning kechishiga ijobiy tasir qiladi. Balgam
kochiradigan bunday vositalarga turli-tuman, koproq osimlik- lardan tayyorlangan preparatlar kiradi. Bevosita tasir etadigan balgam kochiruvchi preparatlarga triðsin, yod va brom saqlagan preparatlar kiradi. Oshqozonosti bezining fermenti hisoblangan triðsin oqsil moddalarni parchalaydi. Balgam kochiruvchi sifatida uning eritmalari nafas yoli orqali yuborilganda, balgamdagi oqsillarni parchalab, uni yumshatadi. Kop balgam ajralishi bilan kechadigan ayrim kasalliklarda (bronxoektatik kasallik) triðsinni qollash yaxshi natija beradi. Bevosita tasir etuvchilarga kaliy yodid va natriy yodid hamda bromgeksin preparatlari kiradi. Ular qabul qilinganidan song shilliq pardalar (chunonchi, bronx shilliq pardalaridan ham) chiqariladi. Ular pardada joylashgan sekret ishlab chiqaradigan hujayralarda faoliyatini yaxshilaydi va balgamning suyuqlik darajasi oshadi, uning kochishi esa osonlashadi. Balgamni yumshatish xususiyati ishqoriy moddalarda ham bor. Chunonchi, natriy gidrokarbonat ingalatsiya yoli bilan yubo- rilganda ham balgam suyulib, ajralishi yengillashadi. Bilvosita va bevosita bronxlar sekretsiyasiga tasir etib, balgamni reflektor yol bilan hamda bronxlar shilliq pardasi orqali ajralib balgamni suyultiruvchi preparatlarga novshadil arpabodiyon tomchilari kiradi. Preparatlar. A l t e y i l d i z i (Radix Althaeae). Òarkibida 35%gacha shilimshiq, asparagin, betain, pentan moddasi va kraxmal saqlaydi. 132 Ekstrakt, kukun, damlama va qiyom korinishida ishlatiladi. «Kokrak termasi» tarkibiga hamda yotalga qarshi, bolalarga beriladigan quruq mikstura tarkibiga kiradi. A r p a b o d i y o n m e v a s i (Fructus Anisi Vulgaris). Òarkibida anetol (80%) saqlovchi efir moylari, oqsil moddalari bor. Balgam kochiradigan vosita sifatida arpabodiyon moyi (28 tomchidan) ishlatiladi. Damlama sifatida (1 choy qoshiq mevasini 1 stakan qaynab turgan suvga solib, chorak stakandan kuniga 3 4 marta) ichni yumshatish uchun beriladi. B o t q o q l e d u m i o t i (Herba Ledi palustris). Òarkibida ledol saqlaydigan efir moylari, arbutin glikozid, oshlovchi moddalar bor. Damlama shaklida (10200 ml), bir osh qoshiqdan balgam kochiruvchi dori sifatida beriladi. A n d i z i l d i z i (Radix Inulae). Òarkibida laktonlar, inulin va boshqa moddalarni saqlovchi efir moylari bor. Asosan qaynatma shaklida (10100 ml) osh qoshiqda balgam kochiradigan dori sifatida beriladi. Q i z i l m i y a i l d i z i (Radiz Glycirrhizae). Òarkibida glitsirrizin, flavonoidlar, pektinlar, kraxmal va boshqa moddalar saqlaydi. Asosan damlama, qiyom shaklida (15200 ml) balgam kochiruvchi dori sifatida osh qoshiqda kuniga 34 marta ichiladi. Ò e r m o p s i s o t i (Herba Thermopsidis). Òarkibida termopsis alkaloidi (11,25%), glikozid, oshlovchi moddalar, askorbin kislota va boshqa moddalar saqlaydi. Balgam kochiradigan dori sifatida damlama shaklida (0,6180 ml) bir osh qoshiqdan 2 4 marta beriladi. Quruq ekstrakt shaklida 0,010,05 g dan tabletka holida chiqariladi. M u k a l t i n (Mucaltinum). Òarkibida dorivor gulxayri otidan olinadigan polisaxaridlar aralashmasi bor. 0,05 g li tabletkalar korinishida ishlab chiqariladi. P e r t u s s i n (Pertussinum). Òarkibida sudralib osuvchi togjambul yoki oddiy togjambul ekstrakti, kaliy bromid, etil spirti, qand qiyomi bor. Osh yoki choy qoshigida kuniga 2 3 mahal ichiladi. Yuqorida keltirilgan balgam kochiradigan preparatlardan tashqari, bronxlarning shilimshiq ishlab chiqarvchi hujayralariga bevosita tasir etadigan va ularning faoliyatini zoraytirib, suyuq balgam hajmini kopaytiradigan har xil dori preparatlari ham mavjud. Bularni mukolitik vositalar deb ham yuritiladi. A ts e t i l s i s t e i n (Acethylcysteinum) balgamni suyultiradi va uning ajralishini osonlashtiradi. 20%li eritmasi 25 ml dan kuniga 133 34 mahal 1520 daqiqadan hidlanadi (ingalatsiya). 10%li eritmasidan mushaklar orasiga 2 ml yuboriladi. B r o m g e k s i n (Bromhexinum). N- siklogeksil N- metil- N- (2-amino-3, 5-dinitrobenzil)ammoniy xlorid. Draje holida (0,0040,008 g) kuniga 23 mahal ichiladi. N a t r i y b e n z o a t (Natrii benzoas). Kukun, eritma va mikstura (aralashma) shaklida balgam kochiradigan dori sifatida buyuriladi. K a l i y y o d i d (Kalii iodidum). Mukolitik vosita tariqasida, suvdagi 13% li eritmasi qollaniladi. Boshqa kasalliklarda (qalqonsimon bez va boshqalar) ham buyurilishi mumkin. Natriy yodid ham shunday tasirga ega va ushbu dozada beriladi. N o v s h a d i l a r p a b o d i y o n i tomchilari (Liquor Ammonii anisatus). Òarkibida anis (arpabodiyon) moyi, ammiak (novshadil) eritmasi bolib, 1015 tomchidan beriladi. Flakonda 25 ml dan ishlab chiqariladi. Rp: Jnf.rad. Althaeae 6,0180 ml D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 34 marta ichiladi. # Rp: Herbae Thermopsidis 0,01 Natrii hydrocarbonatis 0,25 D.t.d. N.10 in tabulettis S. 1 tabletkadan kuniga 34 marta ichiladi. # Rp: Pertussini 100 ml D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 34 marta ichiladi. # Rp: Sol Acetylcycteini 20%10 ml D.t.d. N. 10 in ampullis S. Hidlash uchun. # Rp: Tab. Bromhexini 0,008 N. 20 D.S. 1 tabletkadan kuniga 34 marta ichiladi. Bronxolitiklar Bularga bronxlar devoridagi silliq muskullarni boshashtira- digan, spazmda bronxlarni kengaytiradigan moddalar kiradi va ular bronxolitiklar deyiladi. Bronxolitiklar bronxial astma 134 kasalligida yaxshigina kor qiladi. Ular bu kasallik xurujining oldini oladi va uni bartaraf etadi. Malumki, bronxlar silliq muskullari parasimpatik va simpatik nervlar orqali boshqariladi. Parasimpatik nervlar mushakda qisqartiruvchi, simpatik nervlar esa aksincha tasir korsatadi. Bosh- qacha qilib aytganda, parasimpatik nervga tegishli M- xolinoretseptorlar qozgatilsa, bronxlar torayadi, simpatik nervga tegishli b- adrenoretseptorlar qozgatilsa, bronxlar kengayadi. Shuning uchun bronxial astma xurujida xolinoretseptorlarni boglab, parasimpatik nerv tasiri yoqotiladi yoki adrenoretsep- torlarni qozgatib simpatik nerv faoliyati oshiriladi, natijada bronxlar kengayadi va nafas siqilishi yoqoladi. Bronxolitiklarga tasir mexanizmi turlicha bolgan, bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar kiradi. Ular, asosan, quyidagi guruhlardan iborat: β -adrenomimetiklar; M-xolinoblokatlar; miotrop tasirli preparatlar. β -adrenomimetiklarga izadrin, α - va β - adrenoretseptorlarni qozgatuvchilardan adrenalin, efedrin va boshqalar kiradi. Izadrin β 2 -adrenoretseptorlarni qozgatib, bronx devoridagi silliq muskullarni boshashtiradi va bronxlar kengayadi. Bu tasir kasallik tufayli bronxlar torayib qolganda yaqqol namoyon boladi. Izadrin shu bilan birga β 1 - adrenoretseptorlarni qozgatib yurak urishini tezlashtiradi. Qon bosimiga deyarli tasir etmaydi. Bronxial astma xurujida izadrinni ingalyator yordamida nafas yoli orqali yuborilganda ancha samarali boladi va boshqa azolarga bolgan tasiri uncha bilinmaydi. Orsiðrenalin sulfat bronxlarni kengaytirish tasiri boyicha izadringa oxshaydi. Lekin β 2 -adrenoretseptorlarga tasiri koproq va kor qilishi uzoqroq. Parenteral, enteral va ingalatsiya yollari bilan qabul qilinadi. Salbutamol va fenoterol. Bularning qozgatuvchi tasiri koproq, tasir bronx silliq muskullaridagi β 2 - adrenoretseptorlarga qaratilgan. Shuning uchun β 1 - adrenoretseptorlari mavjud azolarga tasiri kamroq. Ular ingalatsiya yoli bilan yuboriladi. Òabletkalari ichish uchun beriladi. Adrenalin bir vaqtda ham α - ham β - adrenoretseptorlarni qozgatadi. Shuning uchun bronxlarni kengaytiradi, yurak urishini tezlashtiradi va boshqalar. Lekin uning bunday tasiri qisqa muddatli bolgani uchun bronxial astma xurujining ogir kechishida inyeksiya qilinadi. 135 Efedrin. Òasiri boyicha adrenalinga oxshab, α -, β - drenoretseptorlarni qozgatib, bronxlarni kengaytiradi. Lekin adrenalindan farqli olaroq tasir muddati uzoq va MNS ni qozgatadi. Shu sababli efedrinning bronxial astma xurujida, xurujning oldini olish maqsadida turli yollar bilan yuboriladi. Efedrinning atropin bilan aralashmasi (efaton) ingalatsiya yoli bilan yuboriladi. Bronxolitiklarga M- xolinoblokatorlardan atropin, metatsin va boshqa preparatlar kiradi. Atropin bronx silliq muskullaridagi M-xolinoretseptorlarni bloklab, parasimpatik nerv tasirini cheklaydi. Natijada muskullar boshashadi va bronxlar kengayadi. Shunga asosan atropin bronxial astma xurujida inyeksiya qilinadi. Lekin bu tasir β -adreno- mimetiklarnikiga nisbatan kuchsizroq. Miotrop tasir korsatadigan bronxolitiklardan koproq eufillindan foydalaniladi. U tarkibida teofillin va etilendiamin saqlaydi. Preparat boshqa tasiridan tashqari bronx muskullariga bevosita tasir etib, uni boshashtiradi. Ichki rektal mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Yuqorida keltirilgan uch guruh preparatlaridan tashqari bronxial astma kasalligida balgamni suyultiradigan glikozidlar, antigistamin preparatlar ham qollaniladi. Preparatlar. O r s i ð r e n a l i n s u l f a t (Orciðrenalini sulfas). Aerozol- ingalator 400 ta ortacha doza saqlaydi. 0,05% eritmasi ampulalarda 1 ml dan, tabletkasi 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Bronxial astma xurujini bartaraf etish va oldini olish uchun ishlatiladi. Izadrin, salbutamol, adrenalin gidroxlorid togrisidagi malumotlar Adrenomimetiklar guruhida; atropin sulfat M- xolinoblokatorlar guruhida; Eufillin kofein guruhida berilgan. Aerozol efatin preparatining 10 ml da 0,05 g atropin sulfat, 0,04 g novokain, 10 ml gacha etil spirti bor. Bronxial astma xurujida ishlatiladi. Rp: Sol. Orciðrenalini sulfatis 0,05%1 ml D.t.d N. 10 in ampullis S. no 1 ml muskullar orasiga yuboriladi. # Rp: Aerosoli «Ephatin» N. 2 D.S. Bronxial astma xurujida hidlanadi. 136 YURAK-QON ÒOMIR ÒIZIMIGA ÒASIR EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI Kardiotonik vositalar Kardiotonik vositalarga quyidagi guruh preparatlar kiradi: A. Yurak glikozidlari. Angishvonagul preparatlari kordigit, digitoksin, digoksin, medilazid, selanid, lantozid, angishvonagul bargi damlamasi. Adonis preparatlari adonizid oti damlamasi. Marvaridgul preparatlari marvaridgul nastoykasi, korglikon. Strofant preparatlari strofantin K, strofantidin atsetat. Chitrani preparatlari kardiovalen. B. Noglikozid kardiotonik sintetik preparatlaramrion, milrinon. Yurak glikozidlari Yurakning ayrim kasalliklarida yurak muskullarining faoliyati uning qisqarish kuchi sekin-asta yoki birdan zaiflashib qoladi. Natijada yurakning umumiy faoliyati izdan chiqib, kelayotgan qonning hammasini katta va kichik qon aylanish doirasiga toliq haydab bora olmaydi va yurak faoliyati yetishmovchiligi namoyon boladi. Bunda tana toqimasida va organlarda qon yigilib qolib shishlar paydo bola boshlaydi, kislorod yetishmasligi sababli organlarning faoliyati izdan chiqishi mumkin. Yurak faoliyati yetishmasligi ikki korinishda bolishi mumkin: surunkali va otkir yetishmovchilik. Yuqorida keltirilgan hislatlar yurak faoliyatining surunkali yetishmovchiligiga taalluqli. Otkir yetishmovchiligi esa yurak faoliyatining zaiflashishi bilan birdaniga va keskin ravishda yuz beradi. Bu holat kopincha qon bosimining haddan tashqari kotarilib ketishida, yurak urishining haddan tashqari tezlashishi- da, yurak infrarkti va boshqa kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Bunda tezda davo choralari koriladi, aks holda yurak urishi toxtab qolishi mumkin. Yurak faoliyatining surunkali va otkir yetish- movchiligida samarali va ishonchli kor qiladigan dori vositalaridan hisoblangan yurak glikozidlaridir (29- rasm.) Yurak glikozidlari osimliklardan olinadigan, kimyoviy tuzilishi boyicha murakkab organik moddalar bolib, yurak faoliyatiga tanlab ragbatlantiruvchi tasir korsatadi va yurak yetishmov- chiligini davolashda kor qiladi. Kimyoviy tuzilishi boyicha yurak glikozidlari azot saqlovchi birikmalar bolib, qandli va qandsiz qismlardan iborat. Yurak glikozidlarining biologik tasiri qandsiz 137 qismiga bogliq. Qandli qismi esa yurak glikozidlarining sorilishini, pardalardan otishini, toqimalarda ushlanishini taminlaydi. Keyingi vaqtlarda yurak glikozidlarini saqlovchi bir qator osimliklar aniqlangan. Bunda Respublikamizning olimlari, ayniq- sa, Osimliklar kimyosi institutining xodimlari va farmakolog- larning hissalari kattadir. Bular orasida angishvonagulning bir necha turi, marvaridgul, adonis, strofant, sambitgul, chitrangi, chirmovchi gul, nashasimon kendir yurak glikozidlari saqlovchi asosiy osimliklar hisoblanadi. Ulardan olinadigan yurak glikozidlari ozining kimyoviy tuzilishi boyicha bir-biriga oxshaydi, lekin glikon va aglikon xarakteri boyicha farqlanadi. Bir osimlikda bir necha glikozid bolishi mumkin. Ularning farmakologik tasir mexanizmi umuman olganda deyarli bir xil, lekin farmokinetikasi va farmodinamikasi, ichak tizimidan sorilishi, tasir kuchi, tanadan chiqib ketish muddatiga kora farqlanadi. Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik xossalaridan biri, ular kasallangan yurakka tanlab tasir korsatib, uning susaygan faoliyatini jonlantiradi. Kasallik tufayli qisqarish qobiliyati zaiflashib charchagan yurak faoliyatini sekin-asta tiklaydi. Bunday tasir kordiotonik tasir deyiladi. Uning zaminida yurak glikozidlarining tasirida yurak mushagining (miokardning) qisqarish kuchining oshishi (sistolik tasir), uning boshashishiga ketgan vaqtning uzayishi (diastonik tasir), yurak otkazuvchi nerv sistemasidan mushakka kelayotgan impulslarning sekinlashi va yurak urushining sekinlashishi (bradikardiya) va boshqa ijobiy ozga- rishlar yotadi (27- rasm). Yurak glikozidlarining bunday tasir mexanizmi ularning miokardda sodir bolayotgan bioximik jarayonlarga, elektrolitlar balansiga bolgan samarasi bilan tushun- tiriladi. 27-rasm. Yurak faoliyatining zaiflashishida glikozidlarning sistola va diastolaga tasiri ( ↓ ) . Sistola Diastola 138 Yurak glikozidlarining tasnifi. Yurak glikozidlari tasir kuchi davomiyligiga kora quyidagilarga ajratiladi: sekin, uzoq va kuchli tasir etuvchi glikozidlar; tez, qisqa va kuchli tasir etuvchi glikozidlar; ortacha kuchli va malum muddatli tasir etuvchi glikozidlar; Sekin, uzoq va kuchli tasir etuvchi yurak glikozidlariga digitalis preparatlari kiradi. Ular ogiz orqali yuborilganda qutblanmagan, liðofil xususiyatli bolgani sababli meda-ichak tizimidan sekin-asta soriladi. Qonga otgandan song plazma oqsillari bilan boglanadi. Òerapevtik samarasi 23 soatdan keyin boshlanib, 812 soatdan song yuqori darajaga yetadi, 2 hafta ichida asta-sekin kamayib boradi. Bu guruh preparatlar miokardga kuchli kardiotonik tasir korsatadi. Ular jigarda metabolizmga uchrab, kopchilik qismi buyraklar orqali sekin chiqib ketadi. Bir qismi esa toqimalarda, miokardda yigilib qoladi. Digitalis preparatlari shu sababli kumulatsiya holatini beradi. (28- rasm). Òez, qisqa va kuchli tasir etuvchi yurak glikozidlariga stro- fantin va korglikon preparatlari kiradi. Ular qutblangan bolgani uchun suvda yaxshi eriydi va bevosita venaga yuborish uchun moljallangan. Shuning uchun ham ularning tasiri tez yuzaga chiqadi. Yuqori darajadagi tasiri 11,5 soat ichida boshlanadi. Umumiy tasiri esa 45 soat davom etadi. Ular plazma oqsillari bilan birikma hosil qilmaydi, jigarda metabolizmga uchrab, buyrak orqali va koproq safro bilan chiqib ketadi. Kumulatsiya holatini bermaydi. Lekin bemorga berilgan boshqa glikozidlarning kumulativ tasirini kuchaytirishi va tezlashtirishi mumkin. Bu 28- rasm. Yurak glikozidlarini tasir muddati boyicha taqqoslash. 10 20 30 40 50 60 70 80 90 Tasiri, % Digitoksin Lantozid Strofantin 1 2 3 4 5 6 7 8 910 1112 1 2 3 4 5 6 7 kun soat 139 guruhga kiruvchi preparatlar, ayniqsa, strofantin-K, qadimdan ishlatib kelinadi, tasiri boyicha yuqori samarali dori preparati hisoblanadi. Har xil kasallik sababli yurak faoliyatining otkir va ayrim surunkali yetishmovchiligida strofantin-K zarur va ishonchli preparatdir. U tez kor qilib yurak faoliyatini tiklashda samarali shifobaxsh dori hisoblanadi (29- rasm). Shu maqsadda strofantin- K va korglikon faqat venaga osh tuzining izotonik eritmasi yoki glukoza eritmasi tarkibida asta-sekin yuboriladi. Ayrim hollarda tomchilab infuziya qilinadi. Ortacha kuchli va malum muddatli tasir etuvchi glikozidlarga, asosan, adonis va marvaridgul preparatlari kiradi. Bularning kopchiligi ogiz orqali yuboriladi, qonga sorilib, tasiri 3040 min ichida yuzaga chiqadi. Yuqori darajada kor qilishi 1 2 soat ichida seziladi, umumiy tasir etish muddati 34 kunni tashkil etadi. Bu preparatlar kumulativ tasir korsatmaydi, yurakka bolgan kardiotonik tasiri boyicha digitalis va strofant preparatlariga qaraganda kuchsiz. Bradikardiya holatini deyarli keltirib chiqarmaydi. Digitalis va strofant glikozidlaridan asosiy farqi bu osimliklar preparatlari markaziy nerv tizimiga tinchlan- tiruvchi tasir etadi. Shu sababli bu preparatlar yurak faoliyati yetishmasligining yengil shaklida, yurak nevrozida koproq beriladi. Yurak glikozidlarining salbiy tomonlarini hisobga olgan holda sintetik ravishda kardiotonik tasirli dori vositalarini olishga erishildi. Ular steroid va adrenergik xususiyatga ega bolmagan preparatlar bolib, yurak faoliyati yetishmovchiligida kardiotonik tasir kor- satadi. Bular qatoriga amrinon preparatini kiritish mumkin. U musbat inotrop tasir etishdan tashqari qon tomirlarni kengaytirib, qon bosimini tushiradi va yurakka bolgan yuklamani kamaytiradi. Shuning uchun amrinon yurak faoliyatining qon aylanishi susayib qolishi bilan kechadigan otkir yetishmovchiligida qisqa muddatli 1 2 3 4 5 29-rasm. Strofantinning baqaning ajratib olingan yuragiga tasiri: 1 dastlabki holat; 2, 3, 4, 5 strofantinning tasiri. 140 davo korsatish uchun qollanadi. Preparat ayrim davlatlarda reyestrga olingan. Amaliyotda ishlatilishi chegaralangan. Preparatlar. D i g i t o k s i n (Digitoxinum). Angishvonagul osimligining turlaridan olinadigan glikozid. 0,0001 g dan tabletkalar, 0,00015 dan shamchalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,1 mg dan ichish uchun beriladi; 0,15 mg dan kuniga 12 marta shamcha shaklida togri ichakka qoyiladi. Yuqori dozasi: bir martalik 0,5 mg, kecha-kunduzlik 1 mg. D i g o k s i n (Digoxinum). Angishvonagulning tukli turidan olinadigan glikozid. 0,00025 g dan tabletkalarda, 0,0001 g dan bolalar uchun, 0,025% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ichish uchun birinchi kuni (kecha-kunduzlik dozasi) 11,25 mg (45 ta tabletka), 2kuni 3 ta tabletka, 3 kuni 3 ta tabletka ichiladi. Venaga 0,250,5 mg 5%, 20%, 40% li glukoza eritmasining 10 ml bilan birga sekin yuboriladi. D i g a l e n - n e o (Digalen-neo). Malla angishvonagul bargidan olinadigan neogalen preparat. 15 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 15 tomchidan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi kattalar uchun bir martalik 0,65, kecha-kunduzlik 1,95. K o r d i g i t (Cordigitum). Qirmizi angishvonagulning quruq bargidan tayyorlangan ekstrakt. Òarkibida digitoksin va boshqa glikozidlarni saqlaydi. 0,8 mg dan tabletkalar, 0,0012 g dan shamchalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,40,8 mg dan kuniga 24 marta ichish uchun beriladi. S e l a n i d (Celanidum). Òukli angishvonagulning bargidan olinadigan glikozid. 0,25 mg dan tabletkalar shaklida; 0,02 % eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,05% eritmasi 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. 0,02 % eritmasi 1 ml dan ampulada; 0,05% eritmasi 10 mldan flakonda ishlab chiqariladi. L a n t o z i d (Lantozidum). Novogalen preparat. Òukli angishvonagulning bargidan tayyorlangan. 15 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. 1520 tomchidan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. S t r o f a n t i n -K (Strophanthinum-K). Strofant Kombe urugidan olingan yurak glikozidlari aralashmasi. Òarkibida, asosan, K-strofantin va K-strofantozid saqlaydi. 0,025 % li va 0,05% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,025% li yoki 0,05 % li eritmasidan 0,51 ml dan 5%, 10%, 20%, 40% li glukoza yoki osh tuzining 1020 ml izotonik eritmasi bilan birga venaga sekin-asta, ayrim hollarda tomchilab yuboriladi. 141 M a r v a r i d g u l n a s t o y k a s i (Tincturae Convallariae). Marvarid otidan 70% li spirt yordamida olingan preparat. 25 ml dan flakonda, 30 ml dan landish-valeriana tomchilari, 26 ml dan adonizid va natriy bromid bilan ishlab chiqariladi. 1520 tomchidan kuniga 23 marta beriladi. K o r g l i k o n (Corglyconum). Marvaridgul va uning turlari bargidan olingan tozalangan preparat. 0,06% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,06 % li eritmasi 0,51 ml dan 10%, 20%, 40% li glukoza yoki osh tuzining 20 ml izotonik (0,9% li) eritmasi bilan birga sekin venaga yuboriladi. Yuqori bir martalik dozasi venaga 1 ml, bir kecha-kunduzligi 2 ml. B a h o r g i a d o n i s o t i (Herba Adonidis vernalis). Òarkibida K-strofantin, simarin, adonatoksin, flavonli glikozid va boshqalarni saqlaydi. Qirqilgan oti, quruq ekstrakti damlama tayyorlash uchun qollaniladi. A d o n i s b r o m (Adonis-brom). Plyonka qoplangan tabletkalar. Òarkibida 72,5% li kaliy bromid, 1 g da 36,5 BÒB Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling