M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
teng bolgan adonis quruq ekstraktidan 0,345 g bor;
tabletkasining massasi 0,6 g gacha. 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Rp: Tab. Digoxini 0,25 mg N. 10 D.S. Sxema boyicha qabul qilinadi. # Rp: Tab. Celanidi 0,0025 N. 30 D.S. 1 tabletkadan kuniga 12 marta ichiladi. # Rp: Sol. Strophanthini K 0,05%1 ml D.t.d N. 5 in ampullis S. 1 ml ni 10% glukozaning 10 ml ga qoshib venaga asta- sekin yuboriladi. # Rp: Jnf. Herbaye Adonis vernalis 4,0200 ml D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 34 marta ichiladi. # Rp: T-rae Convallariae 15 ml. D.S. 15 tomchidan kuniga 23 marta ichiladi. 142 Aritmiyaga qarshi qollaniladigan vositalar Yurakning ritmik togri, bir tekisda qisqarishining buzilishi aritmiya deyiladi. Bu holat yurakning ozida boladigan kasalliklar va undan tashqaridagi har xil patologik ozgarishlarda kuzatilishi mumkin. Yurakning ishemik kasalligida, miokard infarktda, revmokardit, miokardit, kardioskleroz kasalliklarida va asab tizimi xastaliklarida, organizm intoksikatsiyasida, elektrolitlar almashinu- vining buzilishi va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili kuzatiladi. Òaxiaritmiya ritmning tezlashishi bilan kechadigan turi. Bunga ekstrasitologiya, paroksizmal taxikardiya, titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiyalar misol boladi. Bulardan havflisi yurakning titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiya hisoblanadi. Chunki u ayrim hollarda yurakning toxtab qolishiga olib keladi. Shuni qayd qilib otish kerakki, oxirgi vaqtlarda aritmiya kasalligi kop uchrab turadi. Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom etadi va ritm juda sekinlashib qolsa, kollaps holatiga olib kelishi mumkin. Buning asosiy sababi yurak sinus tugunining zaiflashishi va impuls chiqishining kamayishi yoki Giss boglamlarini bloklanishi hisoblanadi. Bu guruhga yurak qozgalishi, otkazuvchi tizim va avtoma- tizmni tormozlaydigan, qoshimcha qozgalish ochogida pato- logik impulsning paydo bolishini kamaytiradigan preparatlar kiradi. Aritmiya kasalligiga duchor bolgan bemorlarni davo qilishda antiaritmik preparatlardan foydalaniladi. Ularning asosiy farmakologik tasiri yurak qozgaluvchanligini pasaytirish, yurak avtomatizmini, otkazuvchi tizimlarini tormozlash bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday tasiri koproq miokardning patologik ozgargan joylaridan paydo boladigan qoshimcha impulslarga qaratilgandir. Ular sinus tuguncha avtomatizmiga ham kor qiladi. Atrioventrikular tuguncha va Giss boglamiga bolgan tasiri ancha sezilarli (30-rasm). Antiaritmik preparatlarning tasir etish mexanizmi asosiy elektrolitlar kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda otishini sekinlashtirishdan iborat. Natijada elektrolitlar balansining mahalliy buzilishi yoqoladi. Malumki, elektrolitlar balansining bunday ozgarishi yurak qozgaluvchanligi va avtomatizmini kuchaytiradi. Shunday qilib, antiaritmik preparatlar tasirida hujayra 143 membranasining ikki tomonidagi elektrolitlar soni baravarlashadi, uning elektr qutbi barqarorlashadi. Aritmiyaga qarshi qollaniladigan dori vositalari farmakologik tasiri va tasir mexanizmi boyicha turli guruhlarga bolinadi. 1. Miofibril membranasini barqarorlaydigan dori vositalari. Ular membranadan natriy va kaliy ionlarining otishini kamay- tiradi. Bularga xinidin, novokainamid, aymalin va boshqalar kiradi. 2. Hujayra membranasidan kaliy ionlarining otishini kopaytiradigan dori vositalari. Mahalliy anestetiklar lidokain, trimekain bunday tasirga ega bolgan preparatlar hisoblanadi. 3. Kalsiy antagonistlari. Kalsiy ionlarining hujayra pardasidan otadigan yolini tosib, ularning hujayraga kirishiga yol qoymaydi. Verapamil, nifediðin va boshqalar shular jumlasidandir. 4. Adrenoblokatorlar va simpatolitiklar. Ular simpatik nerv tasirini kamaytirib yurak urishini sekinlashtiradi. Miokard qozgaluvchanligini va otkazuvchanligini susaytiradi. Shu bilan birga hujayra pardasidan natriy va kaliy ionlarini otishini ham qiyinlashtiradi. Ularga anapirilin, atenolol, konkor va boshqalar kiradi. Xinidin sulfat hujayra membranasini turgunlashtirib, natriy ionlarining kirishini kamaytiradi. Xinidin miokardning hamma bolimlari va otkazuvchi tizimiga tasir etadi. Avtomatizmni susaytiradi, samarali refrakter davrini uzaytiradi, otkazuvchan- 30- rasm. Yurakning otkazuvchi sistemasi. Sinus tuguni A-B tuguni Chap bolmacha Giss tutami Ong qorincha Ong bolmacha Chap qorincha 144 likni pasaytiradi. Shu sababli avtomatizm hamda otkazuvchanlik buzilishi bilan bogliq aritmiyalarda qollaniladi. Xinidin, shuningdek adashgan nervdan yurakka impulslar otishini va simpatik nerv tasirini kamaytiradi. Xinidin miokard qisqaruvchanligini sezilarli ravishda pasaytiradi. Preparat ichilganda yaxshi sorilib maksimal konsentratsiya 23 soatda qonda kuzatiladi. Jigarda faolsizlanadi va buyraklar orqali chiqariladi. Nojoya tasirlari: quloqlarning shangillashi, bosh ogrishi, korishning buzilishi. Xinidin yurak dekompensatsiyasi, blokadalar hamda idiosinkraziya (sezuvchanlikning oshishi) holatlarida tavsiya etilmaydi. Novokainamid. Farmakologik tasiri xinidinga oxshash, lekin 23 marta kuchsizroq. Miokard qisqaruvchanligiga kamroq tasir etadi. Parasimpatik va simpatik tasirlarni kamaytirish xususiyatiga ega. Enteral va parenteral yuboriladi. Hazm yollarida tez soriladi. Buyraklar orqali asosan ozgarmagan holda chiqariladi. Odatda, novokainamidni bemorlar yengil otkazadi, lekin otkazuvchanlik buzilishi, arterial bosimning tushishi, dispepsiyalar, terida toshmalar bolishi mumkin. Etmozin. Xinidinga qaraganda miokard qisqaruvchanligi va otkazuvchanligiga kam tasir etadi. Koronar tomirlarni kengay- tiradi. Hazm yollarida yaxshi soriladi. Ichga va parenteral buyuriladi. Artimiyaga qarshi tasiri xinidindan tezroq yuzaga chiqadi. Ekstrasistolalarning, navbatdan tashqari qisqarishi, paroksizmal taxikardiyalar, yurakning tez urishi xurujida, xilpil- lovchi aritmiyalarda naf beradi. Preparat kam zaharli. Kongil aynishi va bosh aylanishiga sabab bolishi mumkin. Aymalin. Rauvolfiya osimligidan olingan alkaloid. Yurakka xinidin kabi tasir etadi, ammo miokard qisqaruvchanligini kam ozgartiradi. Koronar qon aylanishini yaxshilaydi. Arterial bosimga tasiri kuchsiz. Ekstrasistoliyalar, bolmachalarning xilpillovchi aritmiyalarida, paroksizmal taxikardiyada ishlatiladi. Kam zaharli, nojoya tasirlaridan dispepsiyalar va holsizlik kuzatilishi mumkin. Lidokain yurak avtomatizmini susaytiradi. Bu tasir Purkinye tolalari va qorinchalar mushaklarida roy beradi, sinus-bolmacha tugunida kuzatilmaydi. Natijada ozga impuls ochoqlar qozga- luvchanligi susayadi. Lidokain venaga yuborilganida tasiri tez rivojlanib qisqa muddatli boladi. Qorinchalar aritmiyasida tayin- lanadi. Odatda tasiri osoyishta otadi, lekin giðotoniya, uyqu- chanlik, bosh aylanishlar kuzatilishi mumkin. Meksiletin lidokain hosilasi bolib, turgun birikmadir. Ichakda yaxshi soriladi. Òerapevtik tasir doirasi keng emas. Yurak 145 va gemodinamika korsatkichlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Qorinchalar ekstrasistolasida qollaniladi. Allapinin lappokonit alkaloidning gidrobromid tuzi. Pre- parat yurak bolmachasidan, Gis boglamidan va Purkinye tolala- ridan qozgalishning otishini sekinlashtiradi. Qorincha va qorincha usti ekstrasistoliyasida, paroksizmal taxikardiya, bolmachaning xilpillashida va fibrilatsiyasida, titrashida, qorincha va qorincha usti taxikardiyasida keng qollaniladigan samarali preparat hisob- lanadi. Allapinin Ozbekiston Fanlar Akademiyasining osimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan yaratilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Respublika davlat reyestriga va asosiy preparatlar royxatiga kiritilgan. Amiodaron harakat potensiali davomiyligini va qorinchalar hamda bolmachalarda samarali refrakter davrini uzaytiradi. Bunda repolarizatsiya sekinlashadi. Amiodaron sinus-bolmacha va bolmacha-qorincha tugunlarida avtomatizmni, otkazuvchanlik va qozgaluvchanlikni kamaytiradi. Bu artimiyaga qarshi tasirni belgilaydi. Amiodaron miokardning kislorodga bolgan ehtiyojini kamay- tirib stenokardiya (toj tomirlarining torayishi) xurujlarida ijobiy tasir etadi. Preparat yurakka simpatik tasirni kamaytiradi. Yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi va arterial bosimni tushiradi. Yurak tomirlarining qarshiligini kamaytirib koronar qon aylanishini yaxshilaydi. Qorincha usti va qorinchalar aritmiyalarida, stenokardiyada qollaniladi. Amiodaron yuqori samarali preparat hisoblanadi. Nojoya tasirlari: dispepsiyalar, bradikardiya, bolmacha- qorincha bloki, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, teri rangining ozgarishi kuzatilishi mumkin. Verapamil aritmiyaga qarshi tasirga ega, shuningdek, koronar yetishmovchilikda ham samara beradi. U kalsiy ionlarining hujayraga kirishini susaytiradi. Miokardga kalsiy ionlari kirishining susayishi, qisqaruvchanlikning kamayishiga, koronar va periferik tomirlarning kengayishiga olib keladi. Ichaklarda yaxshi soriladi. Eng yuqori tasiri 1,52 soatda rivojlanadi. Peshob va ot bilan ozgarmagan va ozgargan holda chiqariladi. Verapamil supraventrikular aritmiyalar va stenokardiyada ishlatiladi. Ichish va venaga yuborish uchun buyuriladi. Nojoya tasirlari: bradikardiya, giðotenziya, bosh aylanishi, dispepsiyalar, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. 146 Yuqorida keltirilgan dori vositalaridan tashqari aritmiyaning turiga, kelib chiqishiga, korinishiga va bemorning hol-ahvoliga qarab, turli guruhlarga mansub preparatlar ham qollanilishi mumkin. Chunonchi, ayrim yurak glikozidlari, kaliy saqlagan, tinchlantiruvchi, yurakning adrenergik va xolinergik boshqarilishiga tasir etuvchi preparatlar va boshqalar shular jumlasidandir. Yurak glikozidlaridan digitoksin, digoksin, asosan, supraven- trikular aritmiyada tavsiya etiladi. Kaliy saqlagan preparatlar asosan giðokaliyemiya bilan bogliq aritmiyaning turli shakllarida beriladi. Kaliy saqlovchi aralashma miokard infraktida kuzatiladigan yurak ritmini buzilishida buyuriladi. Yurakning simpatik boshqarilishiga tasir etuvchilarga, yuqorida qayd etilganidek, β− adrenob- lakotorlar, simpatolitiklar kiradi. Ular, asosan, taxikardiyaning turlarida beriladi. Chunki ular simpatik nerv tasirini tosib, yurak urishini sekinlashtiradi. Adrenomimetiklardan adrenalin gidroxlorid, izodran bradiaritmiyada tavsiya etiladi. Bundan tashqari bradiartimiyada M- xolinoblakotorlar ham qollanilishi mumkin. Ular parasimpatik nervni bloklab, yurakka bolgan tormozlovchi tasirini bartaraf etadi. Agar ushbu preparatlar kor qilmasa va kasallik ogirlashib yurak urishi haddan tashqari sekinlashaversa, yurak urishini stimulatsiya etadigan elektrokardiostimulatorlardan foydalaniladi. Preparatlar. X i n i d i n s u l f a t (Chinidini sulfas). Xininning ong tomonga otuvchi izomeri. Kukun. 0,1 g dan kuniga 45 marta ichish uchun beriladi, zarurat bolganda, dozasi oshiriladi. N o v o k a i n a m i d (Novocainamidum). 0,25 g dan tabletka shaklida, 10% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishalb chiqariladi. 0,51 g dan kuniga 34 marta ichish uchun, 10% li eritmasi 510 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. 10% li eritmasi 5% li 210 ml glukoza eritmasi bilan birga venaga yuboriladi. A y m a l i n (Ajmalinum). Alkaloid. 0,05 g li tabletka shaklida; 2,5 % li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,1 g dan kuniga 45 marta ichish uchun, 10 % li eritmasi 5% li 2 10 ml glukoza eritmasi bilan venaga yuboriladi. E t m o z i n (Etmozinum). 0,1 g dan tabletka shaklida, 2,5 %li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. A n a p r i l i n (Anaprilinum). 0,010,04 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan 1530 min oldin 1 tabletkadan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. Dozasi asta-sekin oshirib boriladi. 147 A s p a r k a m (Asparcamum). Pananginga yaqin. Kaliy asparginat bilan magniy asparginant aralashmasi. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin ichiladi. D o l a n a n a s t o y k a s i (T-ra Crategi). 25 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 20 tomchidan kuniga 3 marta ichish uchun beriladi. A l l a p i n i n (Allapininum). Akonit oti alkaloidi lappokoni- tikning preparati. 0,025 g dan tabletka va 0,5 % eritmasi 2 ml dan ampulalarda ishlab chiqariladi. Òabletkalari kuniga 23 marta ichiladi. K o r d a r o n (Cordaronum). Òabletkada 0,2 g dan va 5% li eritmasi 3 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Rp: Sol. Novocainfmid 10%5 ml D.t.d. N. 5 in ampullis S. 5 ml dan muskullar orasiga yuboriladi. # Rp: Òab. Allapinini 0,025 N. 20 D.S. 1 tabletkadan kuniga 23 marta ovqatdan 30 min oldin ichiladi. # Rp: Òab. Cordaroni 0,2 N. 60. D.S. Sxema boyicha beriladi. Koronar qon aylanishini oshiruvchi dori vositalari Yurak tomir tizimi kasalliklari orasida yurak toj tomirining torayishi bilan kechadigan xastaliklar songgi vaqtda kop uchramoqda. Bu kasalliklar kopincha yurak faoliyatini ishdan chiqaradi va bemorlarning hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Chunki koronar tomirning torayishi miokardning qon bilan, birinchi navbatda kislorod bilan taminlanishini izdan chiqaradi. Bu holatni yurak ishemik kasalligi (YIK) deyiladi. YIKning sabablari har xil bolib, bunda ruhiy-emotsional omillar, koronar tomirlarning ateroskelerozi, umumiy ateroskeleroz, kam harakatchanlik, giðer- toniya kasalligi va boshqalarning tasiri kattadir. YIKning kori- nishlaridan biri stenokardiya bolib, u vaqti-vaqtida qattiq yurak ogrigi xuruji bilan kechadi. Stenokardiya yurakning kislorodga bolgan ehtiyoji va uning taminlanishi ortasidagi nomuvofiqlik tufayli rivojlanadi. Stenokardiyaning asosiy asoratlaridan biri miokard infarkti hisoblanadi. Bunda miokard ayrim qismlarining 148 qon bilan taminlanishi butunlay toxtaydi va natijada toqimaning nobud bolishi kuzatiladi. Bu kasallikda kuchli va uzoq davom etadigan ogriqlar boladi. Miokard infarkti yurak faoliyatiga har xil asoratlari bilan tasir etadi. Ayrim hollarda esa yurakni butunlay toxtatadi. Shuni aytish kerakki, songgi vaqtda miokard infarktining bu xil asoratlari ancha kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi oz vaqtida samarali davo qilishni yolga qoyilganligidir. Miokard infarkti koronar qon tomirining trombozi, qonning ivib qolishi natijasida ham koproq uchrab turadi. Bunga asosiy sabab toj tomirlarning ateroskelerozidir. Stenokardiya kasalligini davolashda hozirgi vaqtda quyidagi guruh antianginal dori vositalari qollaniladi: vazodilatorlar, kalsiy antagonistlari va β - adrenoblokatorlar. Vazodilatorlar qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar bolib, ularga organik nitratlar, benzoxinolin, purin unumlari va boshqalar kiradi. Vazadilatorlarning asosiy preparatlari quyidagilar: Nitratlar nitroglitserin, nitrosorbid, izosorbid mononitrat, erinit, kordigit, nitrogranulong va boshqalar. Nitratlar hozirgi vaqtda stenokardiyani davolashda asosiy samarali preparatlar hisoblanadi. Ularning oziga xos bolgan xususiyatlari quyidagilar: ishlatishga qulay; ogiz shilliq qavatida yaxshi va tez soriladi; qonga sorilgandan song togri jigarga bormasdan katta qon aylanish doirasiga otadi, farmakologik tasirini tez royobga chiqaradi. Nitratlar chunonchi, nitroglitserinning farmakologik tasiriga kelsak, ular qon tomir devoridagi silliq mushaklarni tanlab boshashtiradi, qon tomir devorining qarshiligini kamaytiradi, qon bosimi pasayadi. Natijada birinchi galda kattaroq vena, keyinchalik arteriya qon tomirlari, shu bilan bir qatorda koronar qon tomirlari ham kengayadi. Bunday tasir oqibatida ishemiya holidagi miokardning qon bilan taminlanishi oshadi, ikkinchi tomondan periferik venalarning kengayishi yurakning ong bolmacha va qorinchaga bolgan yuklamani, arteriyalarning kengayishi esa chap qorincha keyingi yuklamasini kamaytiradi. Bu esa oz navbatida miokardning qisqarish kuchining pasayishiga va kislorodga bolgan talabni kamayishiga olib keladi. Natijada miokardda ogriq sezilishi yoqoladi. Shunday qilib, nitratlarning stenokardiyaga naf qilishi asosan miokardning kislorodga bolgan talabini kamaytirishga va qisman uni qon bilan taminlanishini tiklanishiga bogliq. Nitratlarning tomir silliq mushaklarini boshashtiruvchi tasir mexanizmi ularning tanada azot oksidi hosil qilishiga bogliq. 149 Nitratlarga xos bolgan qon bosimining pasayishi ham shunday tasir bilan tushuntiriladi. Bunday tasir qon tomir endoteliy hujayralarida ishlab chiqariladigan relaksatsiya faktoriga oxshaydi. Bundan tashqari nitratlar trombotsitlarning agregatsiyasini kamaytiradi va tromb hosil bolishining oldini oladi. Nitratlar stenokardiyada ishlatilishi boyicha ogriq xurujida va xurujning oldini olish maqsadida beriladigan, tasir davomiyligiga kora qisqa va uzoq muddat kor etadigan preparatlarga bolinadi. Birinchi guruhga nitroglitserin va trinitrolong misol boladi. Nitroglitserin (tabletkasi yoki 1% spirtli eritmasi, inyeksiya uchun suyuq dori shakli) xuruj vaqtida beriladi. Òasiri 23 min.da boshlanib, 1030 min davom etadi. Òrinitrolongning tasiri 24 min da boshlanib, 34 soat davom etadi. Shu sababli xurujni bartaraf etish va oldini olish maqsadida ham qollaniladi. Ikkinchi guruh nitratlarga ichish uchun moljallangan quyidagi preparatlar kiradi: sustak, nitrong, nitrosorbit, erinit va boshqalar. Ularning tasiri 3040 min dan keyin boshlanib, 45 soat davom etadi. Bularning tasiri birinchi guruhga qaraganda sustroq. Nitratlarning nojoya tasirlari: boshning loqillab ogrishi, qon bosimining haddan tashqari tushib ketishi, katta dozalarda metgemoglobin hosil bolishi. Bundan tashqari nitratlar qayta- qayta berilsa, ularning tasiri pasayib boradi. Bunday holat nitroglitserinning transdermal dori shaklini qollashda va uning eritmasini sekin-asta infuziya qilishda roy beriladi. Nitratlar miyaga qon quyilganda, giðotoniya va glaukoma (kozning ichki bosimi kotarilishi) kasalliklarida tavsiya etilmaydi. Miotrop tasir korsatadigan boshqa dori vositalariga kimyoviy tuzilishi har xil bolgan miotrop, qon tomir silliq mushaklariga tasir etuvchi spazmolitik tasir korsatadigan kopgina preparatlar kiradi. Ular kopchilik qon tomirlarini, jumladan, yurak-qon tomirini ham kengaytiradi. Miotrop antianginal preparatlarga quyidagilar kiradi: 1) ben- zil izoxinolin unumlari; 2) purin unumlari 3) har xil kimyoviy guruhga kiruvchi vositalar. Izoxinolin unumlariga papaverin gidroxlorid va no-shpa preparatlari kiradi. Ushbu preparatlar periferik qon tomirlar bilan bir qatorda koronar tomirlar torayishini bartaraf qiladi. Bunda yurakning qisqarishi, miokardning kislorodga bolgan talabi ozgarmaydi. 150 Purin unumlariga teobromin, teofillin va eufillin preparatlari misol bola oladi. Bular ham ayniqsa, eufillin, miotrop tasir korsatib koronar qon tomirini kengaytiradi, lekin yurak faoliyatini oshiradi, umumiy qon bosimiga tasiri uncha katta emas: Stenokardiyada yuqorida keltirilgan preparatlardan tashqari nonaxlazin, karbokromen, kordaron, kurantil preparatlari ham ishlatiladi. Bu preparatlarning yurakka ijobiy tasiri va ishlatilishi bir-biriga oxshaydi. Ularning tasiri natijasida yurakda qon aylanishi yaxshilanadi, miokardning qon bilan taminlanishi oshadi. Stenokardiya kasalligida kalsiy antagonistlari ham keng qollaniladi. Bularga verapamil, nifediðin, diltiazem va boshqalar kiradi. Verapamil koronar qon tomirini kengaytirib, yurakda qon aylanishini oshiradi, miokardning kislorodga bolgan talabini kamaytiradi. Bundan tashqari preparat aritmiyaga qarshi va giðotenziv (qon bosimining pasayishi) tasir korsatib, miokard- ning qon bilan taminlanishini yaxshilaydi. Lekin yurak otkazuvchi tizimiga tasiri veramapilga qaraganda kuchsiz, qon bosimini yaxshigina tushiradi, aritmiyaga qarshi tasiri bilinar-bilinmas. Diltiazem oz farmakologik tasiri boyicha verapamilga yaqinlashadi. Yurak otkazuvchi tizimiga va qon tomirning silliq mushaklariga tasiri nisbatan kuchliroqdir. Ushbu dori vositalari kalsiy antagonistlari guruhining asosiy preparatlari hisoblanadi va ular Ozbekiston Davlat reyestriga kiritilgan. Stenokardiyaga davo korsatishda β -adrenoblokatorlar pre- paratlari ham qollaniladi. Bularga anaprilin, pindolol, konkor, atenolol, kordanum va boshqalar misol bola oladi. Ushbu preparatlardan anaprilin va pindolol bir vaqtda simpatik nervlarga tegishli β 1 - va β 2 - adrenoretseptorlarni tosadi, yurak urishini sekinlashtirishi bilan bir qatorda bronx silliq mushaklarining tonusini oshirishi, nafasni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun faqat yurak β 1 - adrenoretseptorlarini tanlab tosuvchi selektiv dori vositalari qollaniladi. Bular miokard qisqarishini sekinlashtirib, uning kislorodga bolgan talabini kamaytiradi. M i o k a r d i n f a r k t i yurak toj tomirlarining qisqarib qolishi yoki koproq tromb bilan bekilib qolishi natijasida miokardning malum qismida hujayralarning nobud bolishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Kasallikning asosiy belgisi yurak sohasida kuchli ogriq bolishi va uning tarqalishidir. Miokard infarktida ayniqsa u kardiogen shok bilan asoratlangan bolsa, bir qator dori vositalaridan foydalaniladi. 151 Ogriqni kamaytirish maqsadida narkotik analgetiklar va narkoz uchun vositalar ishlatiladi. Neyroleptanalgeziyadan foydalanish ham kuchli ogriqsizlantirib kor qiladi. Miokard infarktida odatda yurak ritmining buzilishi bilan kechgani sababli aritmiyaga qarshi vositalardan keng foydalaniladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling