M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
a
l a g i m i s o b n o Q i r i s a t a g r a l x n o r B i r i s a t - u l g i g a d n o Q - q i m a z o k i r i s a t a g i r o d d o v e l g U a g i v u n i h s a m l a i r i s a t - it h s a l z e T i d a r i n i g il i h c p o K i d a r it y a r o t i d a r a t o K i d a r it y a g n e K i d a r i h s O - it h s a l z e T i d a r q o y il r a y e D i d a r it y a r o T q o r p o K i d a r a t o k n a m s i Q i d a t a g z o q - it h s a l z e T i d a r i n i g il i h c p o K i d a r it y a r o t i d a r a t o K - it y a g n e K i d a r i d a r i h s O - it h s a l z e T i d a r - it h s a l z e T i d a r i n i r a l m i r y A i d a r it y a g n e k n a m s i Q i d a r i h s u t q o r p o K i d a r it y a g n e k i d a r i h s O - it h s a l z e T i d a r Adrenoblokatorlar Ularning asosiy farmakologik xossasi α− va β− adrenoretsep- torlarni tosib, simpatik nerv oxiridan imðulslarning toqima va azolarga nisbatan simpatik nerv tasirini bartaraf etishdan iborat. Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenomimetiklarning antagonisti bolgani uchun qarama-qarshi effektlarni keltirib chiqaradi. Adrenoblokatorlar tanaga yuborilganidan song adreno- retseptorlarga otirib olib, mediatorlar (noradrenalin va adre- nalin)ni adrenoretseptorga kor etishiga yol qoymaydi. Natijada postsinaptik pardaning depolyarizatsiyasiqutbsizlanishi bolmay- di, nerv impulsining azoga otishi esa toxtaydi. Adrenoblokatorlar tasir etadigan adrenoretseptorlarning turiga qarab α va β− adrenoblokatorlarga bolinadi α -adrenobloka- 114 torlar tanlab adrenoretseptorlarini tosib, organlarga impuls oti- shini toxtatadi. Shu sababli ular α -adrenoretseptorlarli azolar (teri, shilliq parda va qorin boshligida joylashgan azolarning qon tomirlari, koz rangdor pardasining radial mushagi) faoliyatini ozgartira oladi. α -adrenoblokatorlar noradrenalinga nisbatan adrenalinning tasirini koproq yoqotadi. Noradrenalinning tasirini esa adrenoblokatorlarning kattaroq dozasi bartaraf etadi. Shu sababli, azolar qon tomirlarining simpatik nerv mediatori noradrenalin orqali boshqarilgani uchun adrenoblokatorlarning farmakologik tasiri uncha bolmaydi. Lekin qondagi adrenalinning ushbu qon tomirlarini qisqartiruvchi tasiri butunlay bartaraf etiladi. α -adrenoblokatorlarga qoramig alkaloidlarining unumlari (digidroergotoksin va digidroergotamin) hamda sintetik preparatlar: fentolamin, tropafen, pirroksan kiradi. Qoramig (Shoxkuya). Asosan javdar bugdoy boshoqlarida parazitlik qiluvchi zamburug sklerosiylaridan iborat. Uning asosiy alkaloidlari (ergotamin, ergotoksin, ergometrin) va ularning birikmalari bachadon miometriysini tanlab qisqartiradi. Ularning bunday tasiri tugmagan ayol bachadoniga sust, tuqqan ayol bachadoniga ortacha, homilalik ayol bachadoniga esa kuchli boladi. Alkaloidlarning preparatlari, asosan, tugruqdan keyingi qon ketishida, bachadonning involutsiyasini (qaytadan oz shakliga kelishi) tezlashtirish maqsadida ishlatiladi. Fentolamin. Venaga yuborilganida qon bosimini qisman tushiradi. Preparatning bunday samarasi, ayniqsa, adrenalin tasirida qon tomirlarining torayishi hisobiga yuzaga kelgan giðertoniyada yaxshi bilinadi. Preparat kopincha periferik azolarda qon aylanishi buzilganda (endoarteriit, Reyno kasalligi) tavsiya etiladi. Fentolamin buyrakusti bezining miya qismi shishlarida keng ishlatiladi. Pirroksan gematoensefalik tosiqdan yaxshi otgani uchun markaziy nerv tizimiga α -adrenoblokatorlik tasir korsatib, tinchlantiradi. Shu sababli preparat simpatik nervning tonusi oshishi bilan bogliq hollarda (diensefal kriz, giðertonik kriz) va ayrim ruhiy kasalliklarda tavsiya etiladi. α -adrenoblokatorlarning qolgan boshqa preparatlari fentolaminga yaqin. Umuman olganda α -adrenolitiklar tibbiyot amaliyotida uncha kop ishlatilmaydi. Chunki ular giðertoniyada uncha kor qilmaydi. β− adrenoblokatorlar deb, β 1 va β 2 -adrenoretseptorlarni tosib simpatik nervdan azoga impuls otishini toxtatib qoyadigan 115 preparatlarga aytiladi. Bu preparatlar (anaprilin, visken) β - adrenoretseptorlarga ega azolar (yurak, bronxlar, ayrim qon tomirlari, meda-ichak va boshqalar) faoliyatini ozgartiradi. Ayniqsa, ularning yurak faoliyatiga bolgan tasiri ahamiyatga sazovordir. Chunki β -adrenoblokatorlarning tibbiyotda keng ishlatilishi shu tasiri bilan bogliq. Ularning tasirida yurakning qisqarish tezligi kamayadi. Bu esa sinus tugunchasidagi β 1 - adrenoretseptorlarning tosilishi natijasida simpatik nervning va adrenalinning tasiri bartaraf etilishi bilan tushuntiriladi. β 1 - adrenoblokatorlarning bunday kor etishi, ayniqsa, kuchli taxikar- diya (poroksizmal taxikardiya)da yaxshi seziladi. β -adreno- blokatorlar miokardning qisqarish kuchini va yurak ishini susay- tiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular adrenalinning antagonisti bolgani uchun yurakning sistolik va daqiqalik hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, β 1 -adrenoblokatorlar koranar qon tomirlarini uncha kengaytirmasa ham stenokardiyada kor qiladi. β -adrenoblo- katorlarning yurakka bolgan yana bir ijobiy farmakologik tasiri yurak qozgalishini va avtomatizmini susaytirishidir. Ushbu xususiyatiga kora ular aritmiyaga qarshi vosita sifatida ancha samarali qollaniladi. Demak, β 1 -adrenoblokatorlar amaliy kolami jihatidan α - adrenoblokatorlarga nisbatan ancha ahamiyatliroq. β - adrenoblokatorlarning nohush tasirlaridan biri shuki, ular bronxlarning torayib qolishiga sabab bolishi mumkin. Chunki bronxlar β 2 -devori silliq mushaklaridagi β 2 -adrenoretseptorlar ham bloklanadi va ularning mushaklari tonusi oshishiga olib keladi. Shu sababdan preparatlar bronxial astmada berilmaydi. Shuni hisobga olgan holda, keyingi paytlarda yurakning β 1 - adrenoretseptorlari tanlab tosadigan, bronxlarning β 2 -adrenoret- septorlariga esa tasir etmaydigan preparatlar olindi. Ularni selektiv β 1 -adrenoblokatorlar yoki β 1 -kardioblokatorlar deyiladi. Bularga misol qilib konkor, kordanum, atenolol (betakard) va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu preparatlar terapevtik dozada β 1 - adrenoretseptorlarni bloklab, yurak urishini sekinlashtiradi, miokardni kislorodga bolgan ehtiyojini kamaytiradi, qon bosimini tushiradi. Lekin kattaroq dozalarda β 2 -adrenoretseptorlarni ham bloklab, bronxlarni toraytirib qoyishi mumkin. Keyingi vaqtlarda bunday salbiy xususiyati bolmagan dori preparati ham olindi. Bu nebilet dori vositasidir. U superselektiv β 1 -adrenoblokator deb yuritiladi va giðotenziv, antianginal va aritmiyaga qarshi preparat sifatida ancha samarali hisoblanadi. 116 β 1 va β 2 -adrenoblokatorlarni yurak blokadasi, bradiaritmiya, bronxial astma, allergiya holatlarida tavsiya etilmaydi. Bulardan atenolol, visken, timolol va boshqalar Respublikamiz davlat reyestriga kiritilgan. Bazi β - adrenoblokatorlar ichki simpatomimetik tasirga ham ega (trazikor, visken) bolib, kopincha bradikardiya bilan kechadigan yurak aritmiyasida (ekstrasistoliya va b.) beriladi. Chunki bu preparatlar yurak urishini sekinlashtirmay ijobiy tasir korsatadi. Bundan tashqari α− va β− adrenoretseptorlarni bloklaydigan- «gibrid» preparatlar ham olingan (labetalol, proksodolol). Ular asosan giðotenziv dori vositalari hisoblanadi va giðertoniya kasalligida yuqori samara beradi. Anaprilin (inderal, obzidan) tibbiyot amaliyotida kop ishlatiladigan β - adrenoblokatorlar hisoblanadi. U yurak β 1 - adrenoretseptorlarini tosib, bradikardiyani keltirib chiqaradi, sistolani susaytiradi, sistolik hajm kamayadi. Atrioventrikular otkazuvchanlikni sekinlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. β 2 - adrenoretseptorlarni bloklab, bronxlar tonusini oshiradi. Anaprilin aritmiyaga qarshi ancha samarali dori hisoblanadi va paroksizmal taxikardiyada, xilpillovchi aritmiyada kop ishlatiladi. Undan tashqari, anaprilin stenokardiyada, miokard infarktida va glaukoma xastaligida ham beriladi. Visken (pindolol). Koronar qon tomirlarini kengaytiradigan, aritmiyaga qarshi, giðotenziv tasir korsatadigan β 1 - va β 2 - adrenoblokator. U tasirlari boyicha anaprilindan kuchsizroqdir. Ichki simpatomimetik tasirga ega. Òrazikor (oksiðrenalol) ning anaprilindan farqi, miokardning qisqarish kuchini kamroq susaytiradi. Lekin aritmiyaga qarshi bolgan tasiri ancha samaralidir. Shu sababli preparat koproq taxiaritmiyaning deyarli hamma turlarida ishlatiladi. Ayrim hollarda stenokardiyada ham buyuriladi; β 1 va β 2 - adrenoretseptorlarni bloklaydi. Ichki simpatomimetik tasir korsatadi. Atenolol tanlab β 1 - adrenoretseptorlarni bloklaydi. Ichki simpatomimetik tasiri yoq. Giðotenziv, taxiaritmiyaga qarshi tasir korsatadi. Stenokardiyada ham beriladi. Simpatolitiklar Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenoblokatorlardan far- makologik tasir etish mexanizmi boyicha farq qiladi. Sim- patolitiklar bevosita adrenoretseptorlarga tasir korsatmay, 117 simpatik nerv tolalari oxiridagi mediatorlar deposiga kor qilib, ayrim preparatlari noradrenalinning sintezini toxtatadi, boshqalari esa (oktadin, ornid, rezerpin) mediatorning depodan chiqishini tezlashtiradi, uning qayta sorilishini esa kamaytiradi (25-rasm). Erkin holda qolgan noradrenalin MAO fermenti yordamida parchalanadi. Natijada depoda mediator kamayib ketadi va impulsning otishi toxtaydi. Demak, simpatolitiklar farmakologik tasiri va samarasi boyicha adrenoblokatorlarga oxshasa ham ulardan tasir etish mexanizmiga kora farqlanadi. Simpatolitiklar ham adrenoblokatorlar singari kopchilik qon tomirlari tonusini pasaytiradi, ularni kengaytiradi va qon bosimini tushiradi. Bu samara qon bosimi kotarilganida koproq namoyon boladi. Shuni aytib otish kerakki, ayrim hollarda simpatolitiklar tasirida qon bosimi pasayishidan oldin qisman kotariladi va keyinchalik pasayib boradi. Bunday holat preparatlar tasirida depodan noradrenalinning ajralishi va adrenoretseptorlarning qisman qozgalishi natijasida kelib chiqadi. Simpatolitiklarning giðotenziv tasiri asosiy hisoblanib, tibbiyot amaliyotida giðertoniyani davolashda ishlatiladi. Bu guruhga rezerpin, oktadin, ornid preparatlari kiradi. Rezerpin va oktadin noradrenalinni depodan chiqarib yuborib, mediator zaxirasini kamaytiradi, hosil bolayotgan yangi molekulalar KOMÒ va MAO tasirida parchalanib turadi. Bundan tashqari, oktadin noradrenalinning depoga qayta otishini kamaytiradi. Bu preparatlar yuborilgandan keyin ularning giðotenziv tasiri asta-sekin boshlanib, 1224 soat ichida yuqori pogonaga kotariladi; qon bosimi tushishidan oldin qisman kotariladi (1020 min), keyin esa asta-sekin pasaya boradi. Preparatlar, asosan, giðertoniya kasalligining I va II bosqichida tavsiya etiladi. 25-rasm. Adreno- va simpatolitiklarning tasir etish joyi: 1simpatik nervning preganglionar tolasi; 2simpatik nervning gangliysi; 3simpatik nervning postganglionar tolasi; 4simpatolitiklar; 5adrenolitiklarning tasir etish joyi; 6silliq mushak. 1 2 3 4 5 5 6 118 Simpatolitiklardan rezerpin va oktadin yurak-qon tomir tizimiga tasir etishidan tashqari meda-ichak harakatini oshiradi, koz qorachigini toraytiradi. Bu ikki preparat kop jihatdan bir- biriga yaqin bolsa ham ayrim korsatkichlari boyicha farq qiladi. Masalan, rezerpin gematoensefalik tosiqdan yaxshi otgani uchun markaziy nerv tizimiga neyroleptiklarga xos bolgan tasir korsatadi. Oktadin esa bunday xossaga ega emas. Ornid. Farmakologik tasiri boyicha rezerpin va oktadindan qisman farq qiladi. U depodan mediator ajralib chiqishiga yol qoymaydi. Preparat ayrim nohush tasirlarga ega bolgani uchun tibbiyot amaliyotida kamroq ishlatiladi. Asosan taxiaritmiyada tavsiya etiladi. Preparatlar. A d r e n a l i n g i d r o x l o r i d (Adrenalin hydrochlorodum) 0,1% li eritmasi 10 ml dan flakonda parenteral yol bilan yuborish uchun ishlab chiqariladi. 0,1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga, ayrim hollarda 0,30,75 ml dan yurak boshligiga yuboriladi; sirtga (oftalmologiya va otolaringologiya amatiyotida) ishlatiladi. Yuqori dozasi: teri ostiga 0,1% li eritmadan 1 ml, bir kecha-kunduzda 0,1% li eritmadan 5 ml. N o r a d r e n a l i n g i d r o t a r t r a t (Noradrenalini hydro- tartras) 0,2% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 5% li glukozaning 1 litriga 0,2% li noradrenalin eritmasidan 24 ml qoshib venaga tomchilatib yuboriladi. E f e d r i n g i d r o x l o r i d (Ephedrini hydrochloridum) 0,025 g dan kukun, tabletkada holida, 5% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,0250,05 g dan kuniga 23 marta teri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun va teri ostiga bir martalik0,05 g, kecha- kunduzlik0,15 g. M e z a t o n (Mezatonum) 1% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,010,025 g dan kuniga 23 marta ichish uchun, teri ostiga va mushaklar orasiga 0,31 ml dan (1% li eritmasi), 1% li eritmasi 0,10,3 ml dan (40% glukoza eritmasi bilan) venaga; 0,250,5% li eritmasi 25 tomchidan burunga va ogiz boshligiga; kozga 1% li eritmasi 2 tomchidan; 1% li eritmasidan 0,30,5 ml dan mahalliy ogriq qoldiruvchi dorilarga qoshib ishlatiladi. I z a d r i n (Isadrinum) 0,005 g li kukun, tabletka holida, ampulada 0,05% li eritmasi 1 ml dan; 0,5%1% li eritmasi 25 100 ml dan flakonda chiqariladi. 0,005 g dan kuniga til ostiga (shimilgunicha) 23 marta; 0,51% li eritmasi 0,51 ml dan 119 kuniga 23 marta ingalatsiya uchun; 0,05% li eritmasidan 0,51 ml dan teri ostiga yuboriladi. O r s i ð r e n a l i n s u l f a t (Orciðrenalini sulfas) (Alupent) 0,05% li eritmasi 1 ml dan ampulada 0,02 g dan va aerozol ingalatori (400 martalik dozani saqlaydi) shaklida ishlab chiqariladi. 0,05% li eritmasi 1 ml dan venaga sekin (3 min davomida); 0,05% li eritmasi 12 ml dan teri ostiga yoki mushaklar orasiga; 0,010,02 g dan kuniga 34 marta ichish uchun; ingalator yordamida ingalatsiya qilish uchun buyuriladi. S a l b u t a m o l (Salbutamolum). Aerozol ingalatori (10 ml eritmasi 200 martalik dozani saqlaydi). Kuniga 12 marta ingalatsiya uchun (har biri 0,001 g) buyuriladi. N a f t i z i n (Naphthyzinum) 0,05%0,1% li eritmasi 12 tomchidan burunga tomiziladi. D i g i d r o e r g o t a m i n (Dihydroergotaminum) 0,2% li eritmasi 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 1020 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. F e n t o l a m i n (Phentolaminum) 0,025 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,0250,050,1 g dan kuniga 35 marta ichiladi. Ò r o p a f e n (Tropaphenum) 12% li eritmasi 1 ml dan kuniga 13 marta teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga yuboriladi (yuborishdan oldin ampuladagi kukun 1 yoki 2 ml distillangan suvda eritiladi). A n a p r i l i n (Anaprilinum). 0,010,04 g dan tabletka shaklida; 0,1% li eritmasi 15 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan 15 min oldin 0,025 g dan kuniga 24 marta ichiladi. 0,1% li eritmasi 23 ml dan sekin-asta venaga yuboriladi. P i n d o l o l (Pindololum, Visken) 0,05 g dan tabletka; 0,02% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin 0,005 g dan kuniga 3 marta ichiladi; 0,02% li eritmasidan 2 ml venaga sekin-asta yuboriladi. A t e n o l o l (Atenolol). Selektiv β 1 -adrenoblokator (kardio- selektiv), tasir muddati 69 soat. Òabletkada 0,1 g dan ishlab chiqariladi. 0,51 tabletkadan kuniga 1 marta beriladi. Ò a l i n o l o l (Talinololum). Kardioselektiv. Draje holida ishlab chiqariladi. 1 drajedan kuniga 2 marta beriladi. L a b e t a l o l (Labetalol). Bir vaqtda β 1 - va β 2 - adrenoretsep- torlarni bloklaydi (gibrid). Òabletkada 0,10,2 g dan; 1% eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Òabletkalari (0,1 g) kuniga 23 marta ovqat bilan birga qabul qilinadi. 120 O k t a d i n (Octadinum). 0,025 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan keyin 0,010,025 g dan kuniga 13 marta ichiladi. R e z e r p i n (Reserpinum) (Neyroleptiklar guruhiga qarang). P r a z o z i n (Prazosinum). α - adrenoblokatorlar. Òabletka holida 0,001 va 0,005 dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 23 marta beriladi. Rp.: Sol.Adrenalini hydrochloridi 0,1%1 ml D.t.d. ¹ 10 in ampullis S.0,5 ml dan teri ostiga yuborish uchun. # Rp.: Sol. Mesatoni 1%1 ml D.t.d. ¹ 5 in ampullis S. 1 ml dan teri ostiga yuborish uchun. # Rp.: Sol. Ephedrini hydrochloridi 3%10 ml D.S. Burunga tomizish uchun. # Rp.: Sol. Isadrini 1%25 ml D.S. Ingalatsiya uchun. # Rp.: Sol. Naphthizini 0,05%10 ml D.S. 12 tomchidan kuniga 23 marta burunga tomizish uchun. # Rp.: Tab.Anaprilini 0,01 D.t.d. ¹ 20 S. 1 tabletkadan kuniga ovqatdan oldin 24 marta ichiladi. # Rp.: Tab.Atenaloli 0,1 D.S.1/2 tabletkadan kuniga 1 marta ichiladi. # Rp.: Tab.Prozosini 0,001 ¹ 50 D.S. 1- kun 1 ta tabletka kechqurin, keyingi kunlardan 1 tabletkadan 23 marta beriladi. Afferent nervlarga tasir etuvchi dori vositalari Afferent nervlar deb, yuqorida qayd qilinganidek, organ va toqimalarda joylashgan nervlar oxiriga tasir olib boradigan yoki markazga intiluvchi nervlarga aytiladi. Ularga korish, eshitish, 121 maza, hid sezish va ogriq sezish nervlari kiradi. Ogriq, harakat sezish, tuygu retseptorlariga tasir etadigan dori vositalari ikki guruhga bolinadi: retseptorlarni tosuvchilar (bloklovchilar) va qozgatuvchilar. Dori vositalarining kopchiligi sezuvchi nerv oxiriga kor qiladi. Shuningdek, bazilari, undan tashqari, sezuvchi nerv tolalaridan otadigan qozgalish impulslariga tosqinlik qiladi. Bularga ogriq qoldiruvchi dori vositalari (anestetiklar) kiradi. Mahalliy ogriq qoldiruvchi dori vositalari (mahalliy anestetiklar) Òana toqimalariga duch kelgan joyda sezuvchi nervlar retseptorlarini va nerv tolalaridan ogriq impulsi otishini tosa- digan hamda ularning qozgalishiga tosqinlik qiladigan dori vositalari mahalliy ogriq qoldiruvchilarmahalliy anestetiklar deyiladi. Sezuvchi nerv retseptorlarining qozgalishiga tosqinlik qiladigan vositalarga burushtiruvchi, qoplab va shimib oluvchi moddalar kiradi. Ular ogriq sezish retseptoriga bevosita tasir korsatmaydi, lekin ularga tasir etadigan turli moddalarning kor qilishiga tosqinlik qiladi. Bularning kopchiligi kimyoviy tuzilishi boyicha aromatik kislotalarning murakkab efirlarii yoki amidlari hisoblanadi hamda xlorid kislota tuzi sifatida ishlab chiqariladi. Ushbu anestetiklar organizmga yuborilgandan song gidrolizga uchraydi va asoslar hosil boladi. Bu jarayon faqat ishqoriy sharoitda (toqimaning pH muhiti 7,357,4 ga teng bolganda) yuz beradi va preparatning ogriq qoldiruvchi tasiri yuzaga chiqadi. Yalliglan- gan toqimada esa kislotali muhit bolgani sababli anestetiklar (anestezindan boshqa) gidrolizga uchramaydi va ularning ogriq qoldiruvchi tasiri namoyon bolmaydi. Mahalliy anestetiklarning asoslari suvda va nerv tolasini oragan muhitda erimaydi va shu sababli mikrokristallar shaklida Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling