M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
(Tincura schizandrae). Òarkibida sxizandrin, efir moylari,
vitaminlar, organik kislota mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 2025 tomchidan kuniga 23 marta ichiladi. S u y u q l e v z e o e k s t r a k t i (Extractum Leuzeae fluidum). Òarkibida efir moylari, qatronlar bor, organik kislota tuzlari mavjud. Ovqatdan oldin 2030 tomchidan kuniga 23 marta ichiladi. Z a m a n i x a n a s t o y k a s i . (Exinopanaks nastoykasi) (Extractum Echinopanacis). Òarkibida alkaloidlar, glikozidlar, efir moyi mavjud. 50 ml dan flakonda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 3040 tomchidan kuniga 23 marta ichiladi. S a p a r a l (Saparalum). Manjuriya aramidisidan olinadi. Òabletka holida 0,05 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 23 martadan 1530 kun dovomida qabul qilinadi. P a n t o k r i n (Pantocrinum). Òarkibida kiyik shoxining spirtli- suvli ekstrakti mavjud. 3050 ml dan flakonda; 1 ml dan ampulada; 0,15 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin 3040 tomchidan kuniga 24 marta ichiladi; 1 2 ml dan kuniga teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. E l e u t e r o k o k k n i n g s u y u q e k s t r a k t i (Extractum Eleutherococci fluidum). Òarkibida kumarin unumlari mavjud. 50 ml li flakonlarda ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin 2040 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. R o d i o l a n i n g s u y u q e k s t r a k t i (Ext. Rhodiolae fluidum). Osimlik ildizi sariq rangda bolgani uchun xalq tabobatida Oltin ildiz deb yuritiladi. Uning suyuq ekstrakti quvvatni oshiruvchi, bardamlik beruvchi, charchashni yoqotuvchi dori sifatida 3040 tomchidan kuniga 23 marta ovqatdan oldin ichiladi. Flakonda 30 mg dan ishlab chiqariladi. Rp.: T-rae Schizandrae 50 ml D.S. 2025 tomchidan ovqatdan oldin ichiladi. 78 PERIFERIK NERV TIZIMIGA TASIR ETADIGAN VOSITALAR Periferik nerv tizimi markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan nervlardan tashkil topib, ular markazdan chiquvchi impulslarni ichki azolar, toqimalar va tizimlarga yetkazib beradi. Boshqacha aytganda, markaziy nerv tizimi shu periferik nervlar orqali ichki azolar va tizimlar faoliyatini boshqaradi. Bular efferent yoki markazdan qochuvchi nervlar deyiladi. Shu bilan birga markazga intiluvchi efferent nervlar ham malum. Bular, asosan, analizatorlardan (eshitish, korish, hid va tam sezish) va sezuvchi nervlar orqali, toqima va azolardan impulslarni markazga yetkazib beradi (sezuvchi nervlar). Efferent nervlarga tasir etadigan vositalar Efferent nervlarga parasimpatik, simpatik va harakat nervlari kiradi. Ichki azolar funksiyasi parasimpatik va simpatik nervlar orqali bajariladi. Harakat nervlari esa tana mushaklarining qisqarishi va harakatini taminlaydi (13- rasm). Simpatik va parasimpatik nervlar faoliyati boyicha bir-biriga zid antagonistlardir. Parasimpatik nerv qozgalganda koz qorachigini toraytirsa, koz ichki bosimini paraytirsa, koz akkomadatsiyasini spazm qilsa, solak ajralishini kuchaytirsa, bronxlarni toraytirsa bradikardiyaga sabab boladi va meda-ichak sekretsiyasi va harakatini oshiradi, simpatik nerv esa aksincha ozgarishlarga sabab boladi (koz qorachigini, bronxlarni kengaytiradi, taxikardiya boladi, qon bosimini kotaradi va hokazo). Bu ikkala nerv oz yonalishida nerv hujayralaridan tashkil topgan tuguncha (gangliy) hosil qiladi va shuning hisobiga preganglionar hamda postganglionar qismdan tashkil topgan. Parasimpatik nerv tugunlari (gangliysi) innervatsiyalanuvchi azoga yaqin yoki ularning ozida joylashgan, simpatik nervniki esa orqa miyaga yaqin boladi. Bu degani, parasimpatik nervning preganglionar qismi uzun bolib, postganglionar tolasi qisqa. Simpatik nervlarda esa buning aksi (14- rasm). Sinapslar deb, nerv oksonlarining (tolalar) nerv hujayrasi va organ toqimalari bilan tutashgan joyiga aytiladi. Zamonaviy tushuncha boyicha nerv tolalarining oxiri presinaptik parda bilan chegaralanadi. Bu parda esa boshliqda (depo) ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalarni mediatorlarni saqlaydi. Innervatsiya qilina- digan azoning shu sathida postsinaptik parda bolib, u turli 79 kimyoviy moddalar (mediatorlar, dori moddalari) bilan reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega. Bu postsinaptik parda retseptorlar deb yuritiladi (15- rasm). Presinaptik va postsinaptik pardalar orasida boshliq bolib, u sinaptik boshliq deyiladi. Bu boshliqning asosiy vazifasi nerv tolasi oxiridan (depodan) chiqadigan kimyoviy moddalar mediatorlarni joylashtirishdan iborat. 1921- yilda avstraliyalik farmakolog O. Levi tomonidan oddiy, lekin ahamiyatga sazovor bolgan tajriba otkazildi. Ikki baqaning yuragi Shtraube usuli boyicha ajratib olinib, ozuqaviy suyuqlik (Ringer-Lokk) solingan umumiy kanyulaga ornatiladi va ularning qisqarishi kimograf tasmasiga yoziladi. Birinchi yurakka kelayotgan yurakni tormozlovchi adashgan nerv tolasi kuchsiz elektr toki bilan qozgatiladi. Natijada birinchi yurakning qisqarishi zaif- lashib, asta-sekin toxtaydi (14- rasm). Biroz vaqt otgach ikkinchi yurakning faoliyati ham oz- ozidan zaiflashadi va nihoyat, toxtaydi. Bu hodisani Levi 13- rasm. Vegetativ innervatsiya sxemasida xolinetik va adrenergik nervlar. Bosh miya Tarakolyumbal bolim Sakral bolimi Orqa miya Koz Solak bezlari Soch Ter bezlari Yuza arteriyalar Yurak Jigar Meda Taloq Ichki organlar arteriyalari Ingichka ichak Buyrakusti bezlari Yogon ichak Togri ichak Jinsiy bezlar arteriyalari 80 quyidagicha tariflaydi. Birinchi yurakning adashgan nervi qozga- tilganida uning oxiridan ajraladigan kimyoviy modda oldin birinchi yurakka tasir etganidan song (yurak toxtashi) Ringer eritmasi orqali ikkinchi yurakka otib, unga ham tormozlovchi tasir etadi. Boshqacha qilib aytganda, adashgan nervning postganglionar qismi oxiridan impulslarning yurakka otishi kimyoviy modda ishtirokida bajariladi. Bu kimyoviy modda nerv oxirida ishlab chiqariladi, ular mediatorlar deb ataladi. Bu nazariya tufayli kopchilik dorilarning tasir mexanizmi aniqlandi. Shu asosda yangi-yangi shifobaxsh dori moddalari olindi. Shunday media- torlar vegetativ nervlar tugunchasida va nerv-mushak sinapsida ham borligi aniqlandi. Keyinchalik esa markaziy nerv tizimidagi sinapslarda ham mediatorlarning qatnashishi aniqlandi. Simpatik va parasimpatik nervlarning preganglionar qismidan gangliyga impuls otishida va postganglionar parasimpatik nervlardan azolarga impuls uzatilishida mediator sifatida atsetilxolin moddasi qatnashadi, simpatik nervning postganglionar qismidan azoga impuls otishini noradrenalin va adrenalin taminlaydi. Atsetilxolinning postsinaptik pardaga tasiri uzoq chozilmaydi. Chunki u xolinesteraza (atsetilxolinesteraza) fermenti tasirida gidrolizlanib, xolinga va sirka kislotasiga parchalanadi. Hosil bolgan xolinning taxminan 50% i presinaptik parda orqali qaytadan depoga otib, sitoplazmaga yigiladi va atsetilxolin biosintezida qatnashadi. 14- rasm Î. Lyovining baqaning ajratib olingan yuraklari ustida otkazgan tajribasi: 1 Ringer-Lokk eritmasi; 2 baqa yuraklari; 3 birinchi baqa yuragiga kelayotgan vagus nervini kuchsiz elektr toki bilan qozgatish; 4 yuraklar qisqarishini yozish (kimogramma). Qozgalish Vagis nervi 1 2 3 4 81 Xolinoretseptorlarga tasir etadigan vositalar Umuman mediator atsetilxolin tasir etadigan, qutblangan postsinaptik parda xolinoretseptor nomi bilan yuritiladi. Atsetilxolin tasirida postsinaptik pardaning qutbi ozgarishi natijasida uning ionlar otkazuvchanligi oshadi. Atsetilxolin qozgatuvchi samara korsatadigan azolarda (silliq mushaklarning qisqarishi, bezlar sekretsiyasining oshishi va boshqalar) natriy ionlari alohida yollar bilan hujayra sitoplazmasiga kirib, xolinoretseptorni depolyarizatsiya (qutbining ozgarishi)ga uchratadi. Kaliy ionlari esa hujayra ichidan tashqari toqimaga chiqib, pardani giðerpolyarizatsiyalaydi (15- rasm). Bu atsetilxolinning azolar faoliyatiga tormozlovchi tasirini keltirib chiqaradi. Shuni aytib otish zarurki, natriy va kaliy ionlarining hujayradagi va uning tashqarisidagi miqdori turlicha. Shu sababdan membrana tashqi sathiga yigilgan natriy ionlari oziga anionlarni tortib, parda ichki sathini manfiy qutblantiradi, tashqi sath esa musbatlangan boladi. Demak, atsetilxolin yoki boshqa moddalar tasirida postsinaptik pardaning potensiali buziladi. Oqibatda qutbi buzilgan va buzilmagan parda qismlari ortasida mahalliy biotok hosil boladi. Ushbu tok hujayraning butun sathiga tarqaladi, bunda har xil samaralar kuzatiladi. Keyin esa jarayon AÒFning energiyasi hisobiga natriy va kaliy nasosi orqali bajariladi. Shuning bilan xolinoretseptorning tinch holati tiklanadi (repolyarizatsiya). Xolinoretseptorlarning kimyoviy sezuvchanligi har xil boli- shini hisobga olgan holda ular akademik S.V.Anichkovning taklifi boyicha ikki guruhga bolinadi: muskaringa sezgir M- xolinoretseptorlar; nikotinga sezgir N- xolinoretseptorlar. 15- rasm. Xolinergik sinapsdan impulsning otishi. impuls sinoptik pufakchalar atsetilxolin presinaptik parda postsinaptik parda xolinoretseptor K+ XE Na + 82 M- xolinoretseptorlar parasimpatik nervining postganglionar tolalari oxiriga yaqin bolgan postsinaptik pardada, N-xolino- retseptorlar esa vegetativ nervlar tugunlarigangliyda, MNÒda va boshqa joylarda joylashgan (harakat nervi oxiri, korotid sinus, buyrakusti bezi magiz qismida va boshqalar). Azolarda joylashgan M-xolinoretseptorlar tuzilishi va kimyoviy moddalarga sezuvchanligi boyicha har xil bolishi (M 1 M 2 M 3 M 4 xolinoretseptorlar) aniqlangan. Xolinoreseptorlarning mohiyati shundaki, turli dori preparat- lari tanlab tasirlab, ularni qozgatishi yoki tosishi mumkin. Bunday dorilar bilan kasallik tufayli azolarning ozgargan faoliyatini tiklash yoki kasallikni bartaraf etish mumkin. Xolinoretseptorlarga tanlab tasir korsatadigan barcha dori vositalari (xolinergik vositalar) farmakologik tasiriga kora 2 xil boladi: xolinomimetik va xolinoblokator vositalar. Xolinomime- tiklar xolinoretseptorlarni qozgatadi, xolinoblokatorlar esa xoli- nomimetiklarga qarshi olaroq xolinoretseptorlarni tosib, impuls otishini toxtatadi. Bu ikki guruh preparatlar tasir etish joyiga qarab bolinadi. M va N- xolinoretseptorlarga tasir etuvchilar: • M va N- xolinomimetiklar (atsetilxolin, karbaxolin); • M va N- xolinoblokatorlar (siklodol); Antixolinesteraz vositalar (fizostigmin, galantamin, prozerin, piridostigmin bromid, oksazil, xinotilin, distigmin bromid, aminostigmin, amiridin, takrin, armin, dezoksiðeganin gidro- xlorid, stafaglabrin sulfat). M- xolinoretseptorlarga tasir etuvchilar: • M- xolinomimetiklar (pilokarpin, aseklidin); • M- xolinoblokatorlar (atropin, skopolamin, gomatropin gidrobromid, platifillin, beladonna preparatlari, bangidevona va mingdevona barglari); • sintetik xolinoblokatorlar (spazmolitin, aprofen, arpenal, metatsin, buskopan). N- xolinoretseptorlarga tasir etuvchilar: • N- xolinomimetiklar (sititon, lobelin gidroxlorid); • N- xolinoblokatorlar (benzogeksoniy, pentamin, dimekolin, imexin, gigroniy, kvateron, kamfoniy, paxikarpin, pirilen, temexin); • kuraresimon moddalar (miorelaksantlar) depolyarizatsiya qilmaydigan (tubokurarin xlorid, diðlatsin, piðekuroniy bromid, vikuroniy bromid, atrokuriy, terkuroniy, kvalidil, melliktin) va depolyarizatsiyalovchilar (ditilin, dioksoniy). 83 M va N-xolinomimetiklar Ularga atsetilxolin va karbaxolin preparatlari kiradi. Atsetilxolin M va N- xolinoretseptorlarga bevosita qozgatuvchi tasir etadi. M- xolinomimetik tasiri ustunroq: bradikardiya, tomirlarning kengayishi, bronxlar va hazm azolari mushaklarining qisqarishi, bezlar sekretsiyasining oshishi va h.k. M- xolino- retseptorlar tosib qoyilganda (atropin bilan) N- xolinomimetik tasirni kuzatish mumkin. Atsetilxolin tibbiyot amaliyotida tasiri qisqa muddatli bolgani uchun kam ishlatiladi. Chunki uni xolinesteraza fermenti parchalaydi. Eksperimental farmakologiya va fiziologiyada koproq qollaniladi. Karbaxolin. Xolinesteraza fermenti tasirida ancha sekin parchalanadi. Shuning uchun tasiri uzoqroq choziladi. Glaukoma kasalligida, taxikardiyada, ichak va siydik qopi atoniyasida (tonusining boshashishi) beriladi. Ateroskleroz, tutqanoq, homi- ladorlikda, bronxial astmada tavsiya etilmaydi. Atsetilxolin (Acethylcholinum) gigroskopik kristall oq modda. Ampulalarda 0,1 va 0,2 g dan quruq holda chiqariladi. Òeri ostiga, mushaklar orasiga (25 ml) yuboriladi. Preparatlar. K a r b a x o l i n (Carbacholinum). Kukun, 0,00050,01 g dan 23 marta ichish uchun beriladi. 0,01%0,0251 ml dan teri ostiga va mushaklar orasiga yuboriladi. 0,51% li eritmasi 23 tomchidan 26 marta kozga tomiziladi. Antixolinesteraz dori vositalari Bularga xolinesteraza fermentining faolligini pasaytirib, atsetilxolinning sinapsda parchalanishi (gidrolizi)ning oldini oladigan va uning sinaps boshligida yigilishiga sabab boladigan va shu tufayli xolinoretseptorlarning qozgalishini taminlaydigan preparatlar kiradi. Demak, ular ham M va N-xolinomimetiklarga oxshash tasir korsatadi, lekin bu tasir mediator atsetilxolin orqali amalga oshiriladi. Ular qollanilishi va tasirining davomiyligiga kora ikki guruhga bolinadi: vaqtinchalik tasir etuvchi vositalar: fizostigmin, prozerin, galantamin va boshqalar; uzoq muddatli yoki qaytmas tasirga ega fosfororganik birikmalar: xlorofos, tiofos va h.k. Antixolinesteraz vositalarning bilvosita M- xolinomimetik tasiri bir qator silliq mushaklarning (hazm yollari, bronxlar, 84 ot yollari, siydik qopi) qisqaruvchanligi va tonusi oshishi bilan namoyon boladi (16- rasm). Òerapevtik dozalarda ular bradikar- diya, katta dozalarda taxikardiya keltirib chiqaradi. Arterial bosim pasayadi, bronxlar, hazm yollari, ter bezlari sekretsiyasini ku- chaytiradi. N- xolinomimetik tasiri nerv-mushak otkazuv- chanligida, vegetativ gangliylarda sodir boladi. Kichik dozalarda skelet mushaklari va vegetativ gangliylardagi qozgalish impulslarining otishini yengillashtiradi, katta dozalarda esa susaytiradi. Ular markaziy nerv tizimiga tasir qilib, kichik dozalarda uni qozgatadi, katta dozalarda esa susaytiruvchi tasir korsatadi. Koz qorachigini toraytiradi (mioz), bu koz rangdor par- dasida joylashgan aylanma silliq mushaklarning qisqarishiga bogliq. Kozning ichki bosimi pasayadi, chunki aylanma mushaklarning qisqarishi koz rangdor pardasining yupqalashishiga olib keladi va u tortiladi. Natijada rangdor parda asosida joylashgan Fontan boshligi hamda Shlemm kanali kengroq ochiladi va kozning old kamerasidagi ichki suyuqlik koproq chiqishi hisobiga kozning ichki bosimi tushadi. Kozning masofaga moslanishi (akkoma- datsiyasi) spazmga uchraydi. Kozning kiðriksimon tanasi mushak- larining qisqarishi Sinn boylamlarining boshashishiga olib keladi, natijada koz gavhari qalinlashib, yumaloq shaklga kiradi. Oqibatda korish nuqtasi yaqinlashadi. Odam yaqinni yaxshi korib, uzoqni aniq korolmaydi. Antixolinesteraz moddalar ichak va siydik qopi atoniyasida, glaukomani davolashda qollaniladi. Miasteniyada, kuraresimonlar tasirli preparatlarining antagonisti sifatida ishlatilishi nerv-mushak sinapsidan impuls otishini yengillatishiga asoslangan. Poliomiye- litlarning asoratlarini va qator nevrologik buzilishlarni davolashda ishlatiladi. Fizostigmin salitsilat. Fizostigmin Afrikada osadigan kalabar dukkaklaridan olingan alkaloid. Uning tuzli preparati xolinesteraza faolligini vaqtinchalik yoqotadi. Òasiri 1015 daqiqadan song boshlanib, 24 soat davom etadi. Asosan, otkir glaukomada, pilokarpin naf qilmaganda, nevrologiya amaliyotida tavsiya etiladi. Prozerin. Sintetik preparat. Antixolinesteraz tasiri boyicha 16- rasm. Fizostigmin(2)ning (1:400000) va atropin(1)ning (1 : 100000) quyonning ajratib olingan ingichka ichak peristaltikasiga tasiri ( ↓ ). 2 1 85 fizostigmindan kuchsizroq, gematoensefalik tosiqdan otmaydi. Òasiri 23 soat davom etadi. Prozerin miasteniya, yarim falajlik va falajlik holatlarida, glaukomada, ichak atoniyasida tuguruqni tezlashtirish uchun tavsiya etiladi. Stenokardiya, bronxial astma, tutqanoq, homiladorlik, bradikardiyada tavsiya etilmaydi (preparat Davlat reyestriga kiritilgan). Galantamin gidrobromid. Garbiy Kavkaz ortida uchraydigan Voronov galantusi alkaloidi. Zaharli tasiri kam. Miasteniya, mushaklar distrofiyasi, yarim falajlik va falajlik hollarida, insult, xolinoblokatorlar (atropin) bilan zaharlanishda va poliomiyelit kasalliklari asoratida beriladi (Davlat reyestriga kiritilgan). Galantomin mahalliy tasirlovchi bolgani uchun koz kasallik- larida qollanilmaydi. Oksazil. Antixolinesteraz tasiri boyicha prozerindan kuchliroq va zaharsizroq, tasir muddati uzoqroq (510 s) preparat. Yuqorida aytilgan xastaliklarda buyuriladi (prozerin, galantaminga qarang). Dezoksiðeganin gidroxlorid. Ozbekiston Fanlar akademiya- sining osimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan isiriqdan ajratib olingan alkaloid bolib, uning farmakologiyasi tola organilgan. Preparatning qaytadigan antixolinesteraz tasiri aniqlangan. U yarim falajlik, mushaklarning boshashib qolishida (miasteniya), poliomiyelit, nevrit, polinevrit kasalliklarida qol- laniladi. Uzoq muddat tasir etadigan antixolinesteraz preparatlarga asosan, fosfororganik birikmalarFOB (xlorofos, dixlofos, butifos va h.k.)ga kiradi. Ular qishloq xojaligida va uy sharoitida zararkunandalarga qarshi ishlatilganda zaharlanish holatlari uchrab turadi. Zaharlanish har xil yollar orqali (teri, meda-ichak, nafas yollari) yuz berishi mumkin. FOBlar liðofil bolgani uchun qonga yaxshi soriladi va xolinesteraza fermentini tosib, atsetilxolinning sinapslarda yigilishiga sabab boladi. Shuning uchun ular bilan zaharlanganda M- xolinomimetiklar bilan zaharlanish natijasida boladigan ozgarishlar (koz qorachigining torayishi, bradikar- diya, qusish, ich ketishi va boshqalar) kelib chiqadi. FOBlar bilan otkir zaharlanishda shoshilinch choralar korish darkor. Agar ular teriga yoki shilliq pardaga tushgan bolsa, natriy bikarbonatning 35 % li eritmasi (1 stakan suvga 2 choy qoshiq soda) bilan yaxshilab yuviladi, meda-ichak orqali tushgan bolsa (qusish va ich ketish hollari bolmagan taqdirda), meda qayta-qayta yuviladi, shimib oluvchi (karbolen) va surgi dorilar (tuzli surgilar) beriladi. Agar zaharlanish nafas orqali sodir bolsa, bemorni toza havoga olib chiqish kerak. Qonga 86 sorilgan FOBni tanadan chiqarib yuborish maqsadida peshob haydaydigan preparatlar (laziks), dezintoksikatsiyalovchi suyuq- liklar (gemodez) va boshqalar yuboriladi. Shu tadbirlar bilan birga FOBlarning antagonistlari bolgan M- xolinoblokatorlar (atropin sulfat) va xolinesterazaning reaktivatorlari yuborilishi tavsiya etiladi. Òibbiyot (oftalmologiya) amaliyotida FOBlar guruhiga taalluqli armin preparati kichik konsentratsiyada (0,01%) koz tomchisi sifatida ishlatiladi. Diðiroksim. Oz molekulasida tortlamchi azot saqlaydi. Shuning uchun gematoensefalik tosiqdan markaziy nerv tizimiga ota olmaydi. M- xolinoblokatorlar bilan birga yuborish mumkin. Ogir hollarda kuniga bir necha martadan inyeksiya qilinadi. Izonitrozin. Òasiri jihatidan diðiroksimga oxshash. Gematoensefalik tosiqdan yaxshi otadi. Zarur bolganda preparat qayta-qayta yuboriladi. Preparatlar. F i z o s t i g m i n s a l i t s i l a t (Physostigmini salicylas). Kukun. Koz tomchisi 0,251% li eritma, 12 tomchidan kuniga 1 6 marta tomiziladi. Kopincha pilokarpin bilan birga ishlatiladi. P r o z e r i n (Proserinum). Kukun, tabletkalari 0,015 g dan, ampulada 0,05% li eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin 0,010,015 g dan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. 0,05% li eritmasi 2 ml dan bir kecha-kunduzda 12 marta teri ostiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martaligi 0,015 g, bir kecha-kunduzligi 0,05 g. G a l a n t a m i n g i d r o b r o m i d (Galantamini hydrobro- midum). 0,250,51% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,250,5% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yoki 1% li eritmasi 0,251 ml dan venaga bir kecha-kunduzda 12 marta yuboriladi. Yuqori dozasi: teri ostiga bir martaligi0,01 g, bir kecha-kunduzligi0,02 g. A r m i n (Arminum). 0,01% li eritmasi 10 ml dan flakonlarda ishlab chiqariladi. 12 tomchidan kuniga 23 marta kozga tomiziladi. D e z o k s i ð e g a n i n g i d r o x l o r i d (Desoxypeganini hydrochloridum). 2,3- trimetilen 34- digidroxinazolin gidroxlorid. Òabletkada 0,05 va 0,1 g dan, 1%li eritmasi 12 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Òabletkasi kuniga 3 marta ichiladi. Bir kecha- kunduzlik dozasi 0,150,3 g. D i ð i r o k s i m (Diðiroximum). 15% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 15% li eritmasi 13 ml, ogir hollarda 87 710 ml dan teri ostiga xolinoblokatorlar bilan birga inyeksiya qilinadi. I z o n i t r o z i n (Isonitrosinum). 40% li eritmasi 3 ml dan mushaklar orasiga, ogir holatlarda venaga yuboriladi. Zarur bolganda har 4045 minutda yuboriladi. M-xolinomimetiklar Bu guruhga kiruvchi dori vositalari azolar toqimasida parasimpatik nervning postganglionar tolasi tutashgan joyida joylashgan postsinaptik parda hisoblangan xolinoretseptorlarga tanlab tasir etib, ularni qozgatadi. Natijada parasimpatik nerv Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling