M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
ampulada ishlab chiqariladi.
Rp.: Sol. Promedoli 2%1 ml D.t.d. N. 5 S. 1 ampuladan teri ostiga yuborish uchun. # Rp.: Tabl. Codeini purii 0,01 D.t.d. N. 5 S. 1 tabletkadan yotalni kamaytirish uchun ichiladi. # Rp.: Tabl. Analgini 0,5 D.t.d. N. 10 S. 1 tabletkadan bosh ogrigiga ichiladi. # Rp.: Tabl. Ibuprofeni 0,2 D.t.d. N. 20 S. 1 tabletkadan kuniga 23 marta ovqatdan keyin ichiladi. Psixotrop dori vositalari Bu guruh dori vositalar odamning oliy nerv faoliyatiga tanlab tasir etib, ruhiy-emotsional, kayfiyat va boshqa holatlarni ozgartiradigan preparatlarni oz ichiga oladi. Ular tasir turi, mexanizmi, ishlatilishi va boshqa korsatkichlari jihatidan har xil farmakologik guruhga mansub bolib, turli kimyoviy sinflarga kiradi. Ular farmakologik tasiri, tasir mexanizmi, kimyoviy tuzi- lishi va ishlatilishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Òasirning xiliga qarab ular ikki guruhga psixosedativ va psixostimulator vosita- larga bolinadi. Psixosedativ vositalar Psixosedativ vositalar deb, ruhiy emotsional qozgalishni tinchlantiruvchi dori vositalariga aytiladi. Preparatlarning bunday tasiri asosan ruhiy va emotsional tizim faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan ozgarishlarda yaxshi namoyon bolib, tasiri koproq bilinadi. Ruhiy holat, vajohatlanish, hayajonlanish, harakatning qozgalishi tinchlanadi. Bular odamning es-hushiga tasir qilmaydi, uyquga sabab bolmaydi. 50 Psixosedativ vositalar farmakologik tasiri boyicha neyrolep- tiklar, trankvilizatorlar va sedativ vositalarga bolinadi. Neyroleptiklar Neyroleptiklarning kimyoviy tuzilishi boyicha tasnifi: • fenotiazin unumlari (aminazin, propazin, levomepromazin, alimemazin, meterazin, etaperazin, triftazin, ftorfenazin, tioproperazin); • tioksanten unumlari (xlorprotiksen, zuklopentiksol); • butirofenon hosilalari (galoperidol, trifluperidol, drope- ridol, benpiridol); • difenilbutilpiðeridin hosilalari (flushpirilen, pimozid, penfluridol); • dibenzodiazepin hosilalari (azaleptin, olanzapin); • indol unumlari (karbidin); • benzamid hosilalari (sulpirid, tiaprid, sultoprid). Bularning orasida fenotiazin unumlari asosiy neyroleptiklardan hisoblanadi. Neyroleptiklarning tasir doirasi ancha keng, shunga kora kopchilik kasalliklarni davolashda durustgina naf beradigan preparatlar hisoblanadi (5- jadval). 5 - j a d v a l Neyroleptiklarni farmakologik tasiri boyicha taqqoslash r a lt a r a p e r P i r i s a t k i g o l o k a m r a F - i v k n a r T k il r o t a z il i n z o k r a N h s a ll a i s n e t o p a g h s i s u Q i h s r a q v i z n e t o p i G - r e t o p i G k i m n i z a n i m A n i z a r e p a t E n i z a tf i r T + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + + belgilarning son qiymati preparatning tasir kuchini korsatadi. Bu guruhga kiruvchi preparatlarning bir qancha asosiy farmakologik xossalari quyidagilardan iborat. Òinchlantiruvchi tasiri. Neyroleptiklarning bunday tasiri asosiy bolib, psixomotor yoki ruhiy, harakat qozgalishi holla- rida yaxshi namoyon boladi. Xususan, kasalning ruhiyati buzilishiga aloqador qozgalish holati (agressiv holat, harakat qozgalishi, ruhiy qozgalish, bezovtalik, vahima va xavotirlanish 51 hislari) kamayadi yoki butunlay yoqoladi (10- rasm); bemor tinchlanadi.Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi tasiri antiðsixotik effekt bilan namoyon boladi. Ularning bunday tasiri natijasida ruhiy kasallikda kuzatiladigan ogir kechadigan belgilari alah- lash (notogri fikrlash va xulosa chiqarish tafakkurning buzilishi), gallutsinatsiya (korish, eshitish, hid va tam sezishning buzilishi, yoq narsalarni korishi va eshitish) bartaraf etiladi. Potensiallovchi tasiri. Kopchilik neyroleptiklar bir qancha preparatlarning, chunonchi, narkoz vositalari, uxlatuvchi va ogriq qoldiruvchi (ayniqsa, narkotik analgetiklar) dorilarning tasir kuchi va muddatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda ayrim neyroleptiklar analgetiklar bilan birga ishlatilganda yangicha farmakologik tasir ham yuzaga chiqadi. Neyroleptiklarning bunday xususiyati tibbiyot amaliyoti uchun ancha muhimdir. Shuning uchun neyroleptiklar jarrohlik amaliyotida anesteziologiyada, bemorni operatsiyaga tayorlashda neyroleptoanalgeziya uchun ishlatiladi. Giðotenziv tasiri. Ayrim neyroleptik preparatlar markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi va turlicha tasir korsatib, kopchilik hollarda qon tomirlarini kengaytiradi va shu yol bilan qon bosimini asta-sekin pasaytiradi. Preparatlarning bunday giðotenziv tasiri qon bosimi kotarilganda giðertoniyada ancha yaxshi namoyon boladi. Shuning uchun ham bu guruh preparatlar, ayniqsa rezerpin, giðertoniya kasalligida ishonchli va samarali bolib, keng qollaniladi. Qusishga qarshi tasiri. Bu guruh ayrim vakillarining (etaperazin) tasiri natijasida bosh miyaning IV qorinchasida joylashgan qusish markazini ishga tushiruvchi tuzilmalar trigger zonasining faoliyatini susaytiradi. Boshqacha aytganda, 10- rasm. Kalamushlarning elektr toki tasirida tajovuzkorlik holati (a) va trankvilizatorlar tasirida bu holatning qaytarilmasligi (b). a b 52 neyroleptiklarning qusishga qarshi tasiri ularning qusish markazini tormozlab qoyishiga bogliq. Bu preparatlar turli sabablarga kora toxtovsiz qusish hollarida yaxshi kor qiladi (homiladorlik, miya osmalari, nur kasalligi, zaharlanish). Giðotermik tasiri. Neyroleptiklar tarkibiga kiradigan ayrim preparatlar issiqlikni idora etuvchi markaz qozgaluvchanligini susaytirishi natijasida, tanadan kop issiqlik chiqishi va issiqlik ishlab chiqarishning kamayishi hisobiga tana haroratini pasaytiradi. Bunday giðotermiya tashqi muhit harorati pastroq bolganda aniqroq namoyon boladi. Allergiyaga qarshi tasiri. Bunday tasir koproq aminazinga xosdir. Aminazin gistaminoretseptorlarni tosib qoyishi sababli kopchilik allergik holatlarni bartaraf etadi, shu bilan bir qatorda bu ozgarishlarning oldini oladi. Aminazin allergiyaga qarshi dori sifatida deyarli ishlatilmaydi, chunki uning asosida sintez qilingan, ancha kuchli tasir korsatadigan va samarali yangi dori preparatlari malum (diðrazin). Òana mushaklarini boshashtiradigan, yani miorelak- satsiyalovchi tasiri. Ayrim neyroleptiklar tana mushaklari tonusini pasaytirib, tana harakati faolligini kamaytiradi. Ularning bunday tasiri retikular formatsiyaga kor qilishiga bogliq bolishi mumkin. Periferik tasiri. Kopchilik neyroleptiklar vegetativ nerv tizimiga adrenoblokator, simpatolitik va M-xolinoblokator sifatida tasir korsatadi. Shuning uchun ham ular solak, bronxlar va meda sekretsiyasini kamaytiradi. Òasir mexanizmi. Neyroleptiklarning asosiy tinchlantiruvchi tasiri ularning qisman retikular formatsiyani susaytirishi bilan ifodalanadi. Natijada, retikular formatsiyada bosh miya markaz- larining faoliyatini qozgatadigan impulslar kuchaymaydi. Mar- kaziy nerv tizimi faoliyati susayadi, odam ruhiy orom olib, harakatlari ham tinchlanadi. Bundan tashqari, neyroleptiklar dofaminergik retseptorlar (D 2 retseptorlar)ni tosib qoyish yoli bilan ham koproq antiðsixotik tasir korsatadi. Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi xossasi ularning limbik tizimiga va giðotalamusga kor qilishiga bogliqligi ham inkor etilmaydi. Qollanilishi. Neyroleptiklar koproq psixiatriya amaliyotida qollaniladi. Ayniqsa, psixomotor qozgalish, yani ruhiy va hara- kat reaksiyalarining kuchayishi bilan birga davom etadigan ruhiy, nevrotik kasallik va holatlarda bu preparatlar kop tavsiya etiladi. Bu preparatlar shizofreniya, alkogolizm va narkotik moddalar tufayli boladigan psixoz holatlarida ham beriladi. Jarrohlik amaliyotida esa neyroleptanalgeziya uchun, ogriq qoldiruvchi, 53 narkoz uchun ishlatiladigan preparatlarning kuchini oshirish (potensiyalash) maqsadida anesteziologiyada qollaniladi. Bundan tashqari, qattiq ogriq boladigan hamma holat va kasalliklarda (miokard infarkti, xavfli osmalar, buyrak va ot toshi kasalligi xurujida, otkir pankreatit, endoarterit va boshqalar), karaxtlikning oldini olish va uni davolash uchun neyroleptiklar (droperidol) narkotik analgetiklar (fentanil, promedol) bilan birga qollanadi. Neyroleptiklar kopincha giðertoniya krizi paytida, ayniqsa, giðertenziya (giðertoniya) kasalligida kor qiladigan dorilardandir. Aminazin, asosan rezerpin va tarkibida rezerpin saqlagan boshqa preparatlar ana shunday dorilardandir. Neyroleptiklarning ayrimlari homiladorlik toksikozlarida markaziy nerv tizimi va organizmning zaharlanishi tufayli toxtovsiz qusish hollarida buyuriladi. Moneliklar. Kopchilik neyroleptiklarni, ayniqsa, fenotiazin unumlarini jigar, buyrakning ogir kasalliklari, umumiy tushkunlik (depressiya) holati, uyqu, narkoz, ogriqni qoldiruvchi dorilar bilan zaharlanish, giðotoniyada qollab bolmaydi. Zaharlanish. Neyroleptiklar uzoq vaqt va katta dozalarda ishlatilganida zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunda odamda umumiy boshashish kuzatiladi, tonus pasayadi va ruhiy tushkunlikka tushib, uyquchan, kamharakat bolib qoladi, atrof- muhitdagi voqealarga qiziqmay qoyadi, juda beparvo bolib, hadeb mudrayveradi. Shunday hollarda preparatlarni qabul qilish toxtatilib, ularning antogonistlari, psixostimulatorlardan kofein, fenamin hamda antidepressantlar tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, neyroleptiklar ekstrapiramidal ozgarishlar berishi mumkin. Masalan, parkinsonizm (qolning titrashi va h.k.), katatoniya holati (mushaklarning tortishib qolishi), katalepsiya holati (oz xohishicha bajariladigan harakat faoliyatining buzilishi) va boshqalar. Ayrim hollarda fenatiazin unumlari allergiya holatini keltirib chiqaradi. Bunday hollarda preparatlar berilishi toxtatiladi va zaruriyat tugilsa, simptomatik davo korsatiladi. Aminazin. Neyroleptiklarning yuqorida qayd etilgan farma- kologik xususiyatlari aminazinga xosdir. Aminazinning antiðsixotik, tinchlantiruvchi tasiri ancha kuchli, potensiyalovchi, giðotenziv, giðotermik va periferik (xolinolitik va adrenolitik) tasirlari ham bir qadar sezilarli. Bundan tashqari, u qusishga qarshi yaxshi kor qilib, tana mushaklarini sezilarli darajada boshashtiradi. Bu preparat kopincha ruhiy va harakat qozgalishi bilan kechadigan kasalliklarda psixoz holatlarida qollanadi. Aminazinning nojoya tasirlaridan biri toqimani mahalliy qitiqlovchi tasiri hisoblanadi. Natijada aminazin tushgan joyda 54 toqimaning qizarishi (giðeremiya), achishishi va qichishi kuzatiladi. Preparat mushaklar orasiga inyeksiya qilinsa, infiltratlar paydo bolishi, venaga yuborilganida esa tromboflebitlar boshlanishi mumkin. Shuning uchun, aminazinning bunday tasirini kamaytirish maqsadida turli choralar koriladi. Chunonchi, aminazinni muskullar orasiga yuborishdan oldin novokainning 0,5% eritmasi yoki osh tuzining izotonik eritmasida (0,9%), venaga yuborishdan oldin esa glukozaning 10% li eritmasida yoki osh tuzining izotonik eritmasida suyultirish lozim. Aminazin och qoringa ichilsa, turli ozgarishlar (ogriq, ich qizishi, zarda qilish va boshqalar) kelib chiqishi mumkin. Bunday ozgarishlarning oldini olish maqsadida preparatni ovqatdan keyin qabul qilish buyuriladi. Ftorfenazin. Kuchli antiðsixotik tasirga ega, lekin sedativ va giðotenziv tasiri uncha yaxshi bilinmagan. Qusishga qarshi tasiri aminazindan kuchliroq. Shuning uchun ham, asosan, psixomotor qozgalishlarda, nevrotik holatlarda va qusishni kamaytirish maqsadida beriladi. Òriftazin va ftorfenazin. Bular asosan antiðsixotik va qusishga qarshi dorilar sifatida qollaniladi. Ularning spazmolitik tasiri kam, adrenolitik tasiri esa sust, qon bosimini ozgartirmaydi. Hozir ftorfenazinning uzoq tasir korsatib turadigan preparati ftorfenazindekanoat olingan, u 714 kun davomida tasir otkazib turadi. Galoperidol. Preparat ancha kuchli antiðsixotik tasirga ega. Sedativ tasiri ortacha, lekin qusishga qarshi yaxshigina kor qiladi. Giðotenziv, giðotermik, periferik tasiri deyarli bilinmaydi. Narkoz moddalari, uxlatuvchi va ogriq qoldiruvchi preparat tasirini kuchaytiradi, adrenolitik va xolinolitik tasiri sust. Droperidol. Òasiri qisqa muddatli bolishi bilan galoperidoldan ajralib turadi. Droperidol anesteziologiya amaliyotida neyrolepta- nalgeziya uchun, asosan fentanil bilan birga ishlatiladi. Fentanil ogriq qoldirish tasirini kuchaytiradi va uzaytiradi. Preparatlar. A m i n a z i n (Aminazinum) 0,0250,050,1 g dan tablet- kalar (drajelar) shaklida; 2,5% li eritmasi 1, 2, 5 ml; 0,5% li eritmasi 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan song 0,0250,1 g dan kuniga 23 marta ichish uchun beriladi. 2,5% li 15 ml eritmasi, 40%li glukozaning 10 ml eritmasi bilan birga venaga yuboriladi. F t o r f e n a z i n (Phtorphenazinum). Òabletkada 1; 2,5 va 5 mg; 0,25% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Davo qilish 55 kichik dozadan (1 mg) boshlanadi va sekin-asta kuniga 1020 mg gacha kotariladi. Eritmasi mushaklar orasiga yuboriladi (kuniga 10 mg dan). Ò r i f t a z i n (Triftazinum) 0,001; 0,005 va 0,1 g dan tabletkalar (drajelar) shaklida, 0,2% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. D r o p e r i d o l (Droperidolum) 13 (paraftorbenzoil) propil- 4 (2- okso 1- benzimidazolinon) 1, 2, 3, 6- tetragidropiridin. 0,25 % li droperidolning 14 eritmasi ampulada ishlab chiqariladi. 0,25 % li droperidolning 14 eritmasidan 0,5 ml qoshib mushak orasiga yuboriladi. Bu aralashma bemorni jarrohlik operatsiyasiga tayyorlash oldidan beriladi. X l o r p r o t i k s e n (Chlorprotixenum) 0,0150,05 g dan tabletkalar (drajelar) shaklida; 2,5% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,0250,05 g dan kuniga 24 marta ichish uchun, 0,25% li eritmasi 12 ml dan mushak orasiga yuboriladi. R e z e r p i n (Reserpinum) 0,00010,00025 g dan kukun va tabletka shaklida, 0,1% 0,025% li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,0001 g dan kuniga 24 marta ovqatdan song ichish uchun buyuriladi. Mushak orasiga 0,1% li yoki 0,25% li eritmasi 0,30,5 ml dan yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun bir martalik 0,002 g, bir kecha-kunduzlik 0,01 g. Òrankvilizatorlar Òrankvilizator farmakologik xossalari boyicha neyroleptiklarga yaqin bolib, tibbiyot amaliyotida kop ishlatiladigan preparat- lardan hisoblanadi. Bu ikkala guruh preparatlari ilgari bir-biriga yaqin nom bilan, yani neyroleptiklar katta trankvilizatorlar deb atalar edi. Òinchlantiruvchi tasirining borligi ularning umumiy xossasidir. Òrankvilizator sozi lotincha bolib, tinchlantiruvchi, osoyish- talik beruvchi degan manoni bildiradi. Kopincha bu guruh preparatlar ataraktik vositalar deb ham ataladi (ataraxia oso- yishitalik, begamlik). Òrankvilizatorlar kimyoviy tuzilishi boyicha quyidagicha tasnif qilinadi: • benzodiazepinlar (xlozepid, sibazon, fenazepam, noze- pam, lorazepam, bromazepam, mezapam, gidazepam, kloba- zam, alprazolam, tetrazepam, tofizopam); • propandiol almashingan karbamin efirlari (meprotan); • difenilmetan hosilalari (amizil, gidroksizin); 56 • har xil guruhga mansub trankvilizatorlar (oksilidin, bus- piron, mebikar, stressplant). Òrankvilizatorlar markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliya- tiga oziga xos tarzda tinchlantiruvchi tasir qilib, ruhiy holatni uncha ozgartirmagani holda koproq emotsional holatni yaxshi- laydi, his-hayajonlarning qozgalishiga yol qoymaydi. Òajanglik, agressorlik, besaranjomlik, vahima, xavotirlanish, bezovtalanish, qorqish va tashvishlanish kabi his-tuygular yoqoladi. Natijada odam tinchlanadi. Shu sababli ular uyqu kelishini tezlashtiradi. Bu preparatlarning neyroleptiklardan farqi shundaki, ular psixo- motor qozgalishga kuchli kor qilmaydi. Antiðsixotik tasir etmaydi. Parkinsonizm holatini bermaydi, aksincha trankvilizatorlar tana muskuli tonusini boshashtiradi. Ularning ayrimlari qisman uxlatuvchi, narkozga sabab boluvchi va ogriq qoldiruvchi moddalar tasirini kuchaytiradi. Giðotenziv, giðotermik, qusishga qarshi tasirlar ularning kopchiligida kam namoyon boladi. Òrankvilizatorlarning tasir mexanizmi shundan iboratki, ular neyroleptiklar singari retikular formatsiya, giðotalamus va koproq giðpokamp bolimi faoliyatini susaytirib, his-hayajonlarning kelishini va boshqa shunga oxshash hollarni kamaytiradi. Qollanilishi. Òrankvilizatorlar oziga xos tasir etgani sababli kopchilik patologik holatlar va kasalliklarda tavsiya etiladi. Giðertoniya kasalligi, meda va on ikki barmoq ichak yara kasalligi, uyqusizlikda kop qollaniladi. Ayniqsa, kongilda tashvish, vahima, qorquv, hayajonlanish va bezovtalik, shunga oxshash boshqa holatlarda, ayrimlari esa isteriya, tutqanoq kasalliklarida ham buyuriladi. Narkozga sabab boladigan uxlatadigan dori moddalari bilan zaharlanishda, depressiya holatlarida trankvilizatorlarni buyurish tavsiya etilmaydi. Òrioksazin tinchlantiruvchi tasirga ega. Narkotik va uxlatuvchi dorilar tasirini kuchaytiradi, qisman giðotermiya beradi. Kopincha nevrozda, hayz korish bilan bogliq xavotirlikda qollaniladi. Sibazon. Farmakologik tasiri xilma-xil bolib, tinchlantiruvchi tasiri koproq bilinadi. Periferik nervlarga (adrenoxolinergik tizimga) kor qiladi. Òana mushaklari tonusini boshashtiradi. Kopincha shizofreniya, psixasteniya (qorqish, tashvish, vahima holatlari bilan davom etadigan hollarda), nevroz va boshqa holatlarda tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, paranoid va tutqanoqlarda ham beriladi. Miasteniya (mushaklarning boshashib qolishi), glaukoma kasalliklarida berilmaydi. Xolzepid. Farmakologik xossalari boyicha meprotan guruhiga yaqin turadi. Òasirining ayrim tomonlari kuchliroq. Psixomotor 57 qozgalishni, qorqish, hayajonlanish va boshqa xil emotsional holatlarni kamaytiradi. Qisman qon bosimini tushiradi, yalligla- nishga qarshi tasiri ham sezilarli. Ruhiy kasalliklar (vahima, qorqish va boshqalar), alkogolizm, tutqanoq, uyqusizlikda buyuriladi. Shok, glaukoma, allergiya kasalliklarida bu preparatni berish tavsiya etilmaydi. Fenazepam. Farmakologik xossalari boyicha sibazonga oxshash. Òinchlantiruvchi, uxlatuvchi va titroqqa qarshi tasir korsatadi. Òana mushaklarini qisman boshashtiradi. Diazepamga nisbatan kam zaharli. Kopincha nevrotik, nevrozga oxshash va psixopatik holatlarda (hayajonlanish, qorquv va tashvish hislari bilan davom etadigan hollarda), uyqusizlik va boshqalarda tavsiya etiladi. Jigar va buyrak kasalliklarida berilmaydi. Mebikar. Òinchlantiruvchi tasirga ega. Uyqu keltiradi, tana mushaklarini boshashtiradi. Bezovtalik, qorqish va vahimani kamaytiradi. Bu preparat emotsional qozgalish, vahima bilan otadigan paranoid holatlarda buyuriladi. Homiladorlikning birinchi choragida berilmaydi. Preparatlar. Ò r i o k s a z i n (Trioxazinum) 0,3 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,30,6 g dan kuniga 23 marta ovqatdan song ichish uchun buyuriladi. S i b a z o n (Seduksen) (Sibazonum) (Seduxenum) 0,005 g dan tabletka shaklida; 0,5% li eritmasi 2 ml dan ampulalarda ishlab chiqariladi. 0,00250,005 g dan kuniga 23 marta ovqatdan song ichish uchun buyuriladi. 0,5% li eritmasi 14 ml dan mushaklar orasiga, bazan venaga ham yuboriladi. X l o z e p i d ( E l e n i u m ) (Chlozepidum) (Elenium). 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,005001 g dan kuniga 34 marta ovqatdan keyin ichish uchun beriladi. Kecha-kunduzlik ortacha dozasi 0,020,03 g. F e n a z e p a m (Phenazepamum) 0,00050,001 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,00050,001 g dan kuniga 23 marta ichish uchun buyuriladi. M e b i k a r (Mebicarum) 0,3 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 13 tabletkadan kuniga 3 marta ichiladi. Sedativ dori vositalari Sedativ vositalarga oliy nerv tizimining qozgaluvchanligini pasaytiradigan, kimyoviy tuzilishi turlicha bolgan quyidagi prepa- ratlar kiradi. 58 1. Osimlik preparatlari (valeriana ildizi, valokormid, valo- sedan, korvalol, valokordin, arslonquyruq va passiflora otlari). 2. Bromidlar (natriy va kaliy bromid, bromkamfora). Sedativ vositalar neyroleptiklar va trankvilizatorlarga nisba- tan oldinroq kashf etilgan va tibbiyot amaliyotida qadimdan ishlatib kelinadi. Ular ozining farmakologik tasiri boyicha trankvilizatorlarga yaqin turadi. Chunki sedativ vositalar ham tinchlantiruvchi xossaga ega, lekin trankvilizatorlardan farq qilib, his-hayajonlarga kuchsiz tasir etadi. Ruhiy ozgarishlarda esa kor qilmaydi. Oziga xos tinchlantiruvchi farmakologik xossalarga ega bolgan preparatlarning vakili bromidlar bolib, ular sedativ vositalar guruhining asosiy preparatlari hisoblanadi. Bromni Balard kashf etgan va keyinchalik uning tuzlari dori sifatida ishlatiladigan boldi. Brom preparatlari avval turli kasalliklarda (zaxm, sil, yurak kasalliklari) qollanilgan. Bromidlarning asosiy farmakologik xossasi ularning birinchi Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling