M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
farmakologiya asoslari
0 + + + + + + + + + + 0 + + + + + + + + + + + + 0 + belgisi tasir kuchini korsatadi belgisi tasiri yoqligini bildiradi 0 belgisi ogirlashtiradigan tasirni korsatadi Davo korsatishda tutqanoq xurujining nechoglik tez yoki kam qayd qilib turishi, davom etish vaqti, uning turi, bemorning yoshiga qarab bitta preparat yoki tarkibida bir necha dori vositalarini saqlagan (piraminal, difenin, gluferol va boshqa) preparatlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Òalvasaga qarshi qollaniladigan mavjud dori vositalari bemorni darddan butunlay forig qilib yubormay, kasallik xurujini ancha kamaytiradi, uning kechishini yengillashtiradi, davom etishini qisqartiradi, xolos. Preparatlar uzoq vaqt (bir necha oy) beriladi. 11,5 oylik tanaffusdan keyin davolash qaytariladi. Ozbekiston davlat reyestriga kiritilgan va asosiy preparatlar royxatida qayd etilgan tutqanoqqa qarshi dori vositalari 2- jadvalda berilgan. Fenobarbital uxlatadigan tasirga ega bolgani uchun katta tutqanoq turiga davo qilishda uning kichikroq dozasidan (0,05 g) foydalaniladi va u samarali hisoblanadi. Preparat bilan uzoq muddat davo qilishda uning kumulatsiyaga va qaramlikka sabab bolishini nazarda tutish lozim. Davo davrida bemorda uyquchanlik holati kuzatilishi mumkin. Difenin fenobarbital singari preparat bolib (1958- y), uxlatuvchi tasiri bolmasligi bilan boshqa dorilardan farqlanadi. 32 Bosh miyaning harakat markaziga bolgan tasiri kuchliroq. Òutqanoqning katta xurujlarida keng ishlatiladi va ancha samarali hisoblanadi. Uning tasiri natriy, kaliy va kalsiy ionlariga, hujayra parda potensialiga, aminokislotalar va neyromediatorlarga (no- radrenalin, atsetilxolin, GAMK) qaratilgan. Difenin bromidlar, fenobarbital va trankvilizatorlar (nozepam) bilan birga qoshib berilishi mumkin. Difenin jigar va buyrakning ogir kasalliklarida, yurak faoliyatining yetishmovchiligida berilmaydi. Benzonal fenobarbitalga oxshab tutqanoqqa qarshi tasir etadi, lekin uning uxlatuvchi-tinchlantiruvchi tasiri kuchsizroq. Katta tutqanoqning hurujlarida boshqa preparatlar (geksamidin, karbamazepin, difenin) bilan birga qollanilishi mumkin. Barbituratlar (fenobarbital, benzonal), ayniqsa, benzonal jigar mikrosomal fermentlari faolligini oshiradi; ular induktorlar hisoblanadi. Shuning uchun ularni boshqa preparatlar bilan tavsiya etganda buni nazarda tutish kerak. Aks holda qoshib ishlatilayotgan dorilar metabolizmga koproq uchragani sababli ularning samarasi bolmasligi mumkin. Geksamidin tasiri boyicha fenobarbitalga oxshab ketadi, lekin unga qarama-qarshi olaroq, uxlatuvchi-tinchlantiruvchi xususiyati deyarli yoq va kumulatsiya keltirib chiqarmaydi. U, asosan, katta tutqanoq xurujida tavsiya etiladi. Karbamazepin tutqanoqqa qarshi tasiri boyicha yuqori samarali preparat. Bundan tashqari antidepressiv va qisman ogriq qoldiruvchi xossaga ega. Preparat psixomotor qozgalishda (asosan katta xurujli tutqanoqda) qollaniladi. Kichik tutqanoqda ham samarali; yosh bolalarga ham tavsiya etiladi. Natriy valproat preparati tutqanoqning katta va koproq kichik shakllarida ishlatiladi. Uning bunday tasir etishi tormozlanish mediatori hisoblangan gammaaminomoykislotasining (GAMK) metabolizmini taminlaydigan GAMK transferaza (GAMK Ò)ning faolliligini kamaytirish bilan tushuntiriladi. Natijada GAMK yigila borib, preparat va postsinaptik qutblanish va postsinaptik parda qozgaluvchanligini kamaytiradi. Natriy valproat keng ishlatiladigan asosiy preparatlardan hisoblanadi. Keyingi paytda shunga yaqin GAMKergik preparatlar: vigobatrin, gavapentin va boshqalar olingan. Xlorakon yuqorida keltirilgan preparatlarga nisbatan ancha xavfsiz, nojoya tasiri deyarli bilinmaydi, terapevtik tasir doirasi keng. Bemorlar xlorakon bilan davolanishni yengil otkazadilar. 33 Preparat asosan katta xurujlarda va psixomotor ekvivalent holatida beriladi. Preparatlar. F e n o b a r b i t a l (Phenobarbitalum) 0,050,1 g dan ishlab chiqariladi. 0,05 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Bemor shifokor nazorati ostida bolishi zarur. D i f e n i n (Diðheninum) 0,117 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Yarim yoki bitta tabletkadan kuniga 13 marta ovqatdan keyin ichiladi. B e n z o n a l (Benzonalum) 1- benzil, 5- etil, 5- fenilbar- biturat kislota 0,1 g va 0,05 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Kuniga 3 marta ichiladi. G e k s a m i d i n (Hexamidinum) 0,125 g va 0,25 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi; 1 tabletkadan 1 marta ichiladi. K a r b a m a z e p i n (Carbamazepine) 0,2 g li tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan (0,1 g) kuniga 23 marta beriladi. Keyinchalik dozasi 0,41,2 g gacha oshiriladi (kuniga 4 6 tabletka). N a t r i y v a l p r o a t (Natrium valproatum) 0,15; 0,2; 0,3; 0,5 g li tabletka; 0,15 va 0,3 g li kapsulada ham ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan (0,15 g) kuniga 23 marta buyuriladi, keyinchalik preparat dozasi oshirib boriladi. X l o r a k o n (Chloraconum). 0,25 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan (2 tabletkadan) kuniga 34 marta ichiladi. Zaruriyat tugilsa, bir kecha-kunduzda 4 tagacha buyuriladi. Parkinsonizmga qarshi dori vositalari Parkinson kasalligi va parkinsonizm (Parkinson kasalligiga oxshash simptomlar alomatlar bilan kechadigan holat) tana mushaklari tonusining oshishi, normal harakatlarning qiyinlashib qolishi (spastik holat), qol-oyoqlar, boshning toxtovsiz harakatda (titrab, tebranib, tremor) turishi, yuz tuzilishining ozgarib (niqoblanib) qolishi va boshqa belgilar bilan kechadi. Bu kasallikda dofamin mediatorining kamayib ketishi natijasida tormozlanish tasirining zaiflashishi kuzatiladi. Demak, bu xastalikning davosi uchun ikki tizimning muvozanatini saqlab turadigan yoki dofaminergik va xolinergik tizimga tasir etuvchi preparatlar ishlatilishi orinlidir. Shu maqsadda quyidagi pre- paratlar qollanadi: dofaminergik retseptorlarni qozgatuvchi (dofaminergik) preparatlar (levodopa, madopar, midantan, gludantan, memantin); 34 xolinergik tizimni tormozlaydigan (atsetilxolinergik) prepa- ratlar (siklodol, tropatsin, biðeriden, didiðel.). Bemorga davo korsatishda bu dori preparatlari uzoq vaqt davomida beriladi va ular vaqt-vaqti bilan almashtirib turiladi. Levodopa. Preparat gematoensefalik tosiqdan otib, neyron- larga kira oladigan va dofaminni kopaytiradigan dori vositasi hisoblanadi. Dofaminning oshishi esa kasallik alomatlarini kamaytiradi. Levodopa harakatsizlanish (akineziya)ga koproq, mushaklarning tonusi oshishi (rigidlik)ga kamroq, mushaklar titrashi (tremor)ga yanada kuchsizroq tasir etadi. Preparatning tasiri sekin-asta namoyon bolib, bir haftadan keyin boshlanadi va bir oy mobaynida samarasi yuzaga chiqadi. Dori tasirida nutq yaxshilanadi, solak oqishi kamayadi. Levodopa bilan davo qilishda uning dozasini oshirib turish tavsiya etiladi. Preparat ovqatdan keyin ichiladi. Kopincha levodopa markaziy va periferik xolinoblokatorlar bilan birga tavsiya etilmaydi. Uning karbidopa preparati bilan birga qoshilgan preparati (karbidopa-levodopa) Respublika davlat reyestriga kiritilgan. Midantan dofaminergik retseptorlarning sezuvchanligini oshiradi, neyronal depodan dofaminning ajralishini kopaytiradi, uning qaytadan depoga sorilishini kamaytiradi. Preparat tasirida akineziya va rigidlik ancha kamayadi. Òremorga deyarli tasir etmaydi. Siklodol. Farmakologik tasiri boyicha markaziy va periferik ganglioblokator hisoblanadi. Bunda harakatlantiruvchi impuls- larning neyronlararo otishi tosiladi. Natijada rigidlik va akineziya sezilarli darajada kamayadi. Òitroq holatiga esa tasiri kuchliroq. Preparat ogiz orqali qabul qilinganida solak oqishi, terlash qisman kamayadi. Preparat glaukoma kasalligida, taxiaritmiya va adenomada qollanilmaydi. Siklodol Ozbekiston davlat reyestriga va asosiy dori vositalari royxatiga trigeksifenidil nomi bilan kiritilgan. Preparatlar. L e v o d o p a (Levodopa) 0,25 va 0,5 g dan kapsulada va tabletkada ishlab chiqariladi. Boshlangich dozasi 0,25 g dan kuniga bir marta, keyinchalik har 23 kunda 0,25 g ga oshirib boriladi. Bir kecha-kunduzlik maksimal dozasi 6 g. M i d a n t a n (Midantanum) 0,1 g dan parda bilan qoplangan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 24 marta ovqatdan keyin ichiladi. Davo kursi 24 oy. S i k l o d o l (Cyclodolum) 0,001; 0,002; 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,0010,002 g dan ichish uchun kuniga 35 23 marta beriladi. Bir martalik yuqori dozasi 0,01 g; kecha- kunduzlik dozasi ham 0,01g. Rp.: Tabl.Diðhenini N. 20 D.S. 1 tabletkadan kuniga 23 marta ovqatdan keyin ichish uchun. Rp.: Tabl. Midantani 0,1 N. 100 D.S. 1 tabletkadan kuniga 23 marta. Ogriq qoldiruvchi dori vositalari Insoniyatning evolutsion taraqqiyoti davomida paydo bolgan ogriqni sezishni idrok etishi (analgetiklar) fiziologik jarayondir. Bu hisning asosiy zaruriyati odam organizmiga xavf solayotgan tasirot togrisida darak berish, shu bilan birga bunga qarshi tadbir korish va bolajak kongilsiz asoratlarning oldini olish imkoniyatlarini ishga solishdir. Boshqacha aytganda, ogriqning bolishi organizmni xavfli tasirlardan himoya qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, ogriq sezgisi jarrohlik yoli bilan bemorlarga davo korsatishda katta tosiq hisoblanadi. Haddan tashqari ogriq bolishi uyquning buzilishiga, notinchlikka, ish qobiliyati, hara- katning pasayishiga, ayniqsa, ogriqning zorayib ketishi ancha xavfli bolgan karaxtlik holatiga sabab bolishi mumkin. Masalan, miokard infarkti, otkir pankreatit, buyrak tosh kasalligining xuruji, suyaklarning sinishi, xavfli osmalar, katta jarohatlanishlar va shikastlanishlarda shu holatlar kuzatilishi mumkin. Ogriq sezgisi alohida sezuvchi nervlarning retseptorlari notsitseptorlar orqali amalga oshiriladi. Bular organizmning deyarli hamma toqimalarida joylashgan sezuvchi nervlar (afferent nervlar yoki markazga intiluvchi nervlar) tolalarining oxirida bolib, mexanik, fizikaviy, kimyoviy va boshqa tasirlar natijasida ularda hosil bolgan impulslar nerv tolalari orqali orqa miyaga otib, kotariluvchi afferent yol bilan retikular formatsiyaga, talamus, giðotalamus, bazal gangliyalar, limbik tizim va, nihoyat, bosh miya postlogidagi sezish markaziga boradi, shundagina ogriq seziladi. Ogriq sezgisi retseptorlarini endogen moddalar ham tasirlab, ogriqqa sabab bolishi mumkin (masalan, gistamin, bradikinin va boshqalar). Ogriq sezish faqat jarrohatlanish, lat yeyishda bolib qolmasdan, toqimalarning yalliglanishi, shishlar, ezilish, yaralar, qon yetishmagan toqimalarda ham paydo bolishi mumkin. Otgan asrning 70-yillarida hayvonlarning miya toqimasida ogriq qoldiradigan moddalar topilgan (Djo Xyuz, Xao Li). Ular 36 neyropeptidlar bolib, oz tarkibida turli aminokislotalar qoldi- gini saqlaydi (endorfin, enkefalin, dinorfinlar). Ushbu neyropep- tidlar ogriq impulslarini otkazishda qatnashadigan opiat retsep- torlarini bloklab, ogriqni qoldiradi. Bu borada narkotik anal- getiklarning ornini bosadigan ogriqsizlantiruvchi neyropeptid moddalarni topish togrisida ishlar olib borilgan. Òibbiyot amaliyotida, ayniqsa, anesteziologiyada ishlatiladigan ogriq qoldiruvchi dori vositalari farmakodinamikasi va ishlatilishi boyicha quyidagi guruhlarga bolinadi: narkoz moddalari (umumiy anestetiklar), narkotik analgetiklar, nonarkotik analgetiklar va mahalliy anestetiklar. Narkotik analgetiklar Opiy (qora dori) koknoridan olinadi. Bu guruhga markaziy nerv tizimiga tasir etib, ogriqni qoldiradigan dori preparatlari, oftob tasirida qurib, qotib qoladigan osimlik shirasi kiradi. Uning tarkibida 20 ga yaqin alkaloidlar mavjud. Bular orasida koproq uchraydigani morfin hisoblanadi. Ushbu alkaloidlar ozining kimyoviy tuzilishi boyicha 2 sinfga: fenantren va benzilizoxinolin unumlariga bolinadi. Fenantren unumlariga morfin, kodein, dionin va boshqalar, izoxinolin unumlariga esa papaverin va boshqalar kiradi. Ò a v s i f i : A. Narkotik analgetiklar: morfin guruhiga mansub preparatlar: morfin, morfilong, omnopon, kodein, etilmorfin gidroxlorid, nalorfin, pentazolin, buprenorfin; feninpiðeridin va boshqa opioid sintetik analgetiklar: promedol, prosidol, fentanil, remifentalin, loperamid, tramadol. B. Opiat retseptorlar antagonistlari nalokson, naltrekson. Morfin gidroxlorid ikki yonalishda: markaziy nerv tizimi va mushaklarga farmakologik tasir korsatadi. Markaziy nerv tizimiga tasiri ahamiyatli hisoblanib, u turlicha namoyon boladi. Uning tasirida bir qator bosh miya markaz- larining faoliyati susayadi, ayrimlari esa aksincha zorayadi (6- rasm). Morfinning markaziy nerv tizimi (sistemasi)ga susaytiruvchi- tormozlovchi tasiri quyidagilardan iborat: Ogriqsizlantiruvchi tasiri. Morfinning bu tasiri asosiy farmakologik xossasi hisoblanib, tibbiyot amaliyotida aynan shu maqsadda qollaniladi. Ogriqni qoldiruvchi tasiri boshqa 37 analgetiklarga nisbatan ancha kuchliroq namoyon bolib, surunkali va kuchli ogriqlarni bartaraf etadi. Keng tarqalgan tushuncha boyicha alkaloidning ogriqsizlantiradigan tasiri uning afferent yolining markaziy qismida impulslarning neyronlararo otishini susaytirishga hamda subyektiv emotsional ogriq va bunga javoban yuzaga keladigan reaksiyaning ozgarishiga bogliq deb qaraladi. Bunday tasir natijasida kuchli ogriq impulslarining bosh miya talamus qismidagi afferent yollaridan otishi kamayadi. Morfin- ning zikr etilgan ushbu effekti opiat retseptorlari orqali amalga oshadi. Òinchlantiruvchi tasiri. Morfinning bunday samarasi odamning ruhiy va jismoniy jihatdan tinchlantirishi bilan namoyon boladi. Alkaloidning koproq retikular formatsiyaga, shu bilan birga giðotalamus va limbik tizimlarga bolgan tasiridan kelib chiqsa kerak, degan fikrlar bor. Bunday tasir emotsional holatning ozgarishiga va uyquga olib keladi. Eyforiya holati. Morfinning tasiri natijasida odamning kayfiyati kotariladi, ruhiy osoyishtalik seziladi, salbiy emotsional kechinmalar, kongilsiz his-tuygular yoqola boradi. Kongli chog boladi, tetiklik va yoqimli his-tuygular hukmronlik qiladi. Eyforiya holatida ogriqsizlantirishdan tashqari lohaslik, qorquv, xavotir- lanish, ochlik, chanqoqlik hislari yoqoladi. Atrof-muhitda yuz berayotgan turli hodisalarga ijobiy baho beriladi. Eyforiya (kayf) holati morfin takror qabul qilingach tez yuzaga chiqadi. Odamning morfinga qaram bolib qolishi narkomaniya (bangilik, giyohvandlik) holati eyforiya bilan tushuntiriladi. 6- rasm. Morfinning markaziy nerv sistemasiga tasiri. susaytiradi bosh miya postlogi ogriq markazi nafas markazi yotal markazi qusish markazi tomir harakati markazi koz harakati nerv markazi adashgan nerv markazi orqa miya neyroni qozgatadi 38 Uxlatuvchi tasiri. Morfin ortacha terapevtik dozada odamda mudroq holatini keltirib chiqaradi, ayrim hollarda rosmana uyqu boladi. Uyqu yengil va yuzaki bolib, aniq tushlar korish bilan davom etadi, tez-tez bolinib turadi. Uyquning bunday oziga xos yengil bolishi morfin tasirida bir vaqtda markaziy nerv tizimi ayrim markazlarining qozgaluvchanligi oshishi bilan izohlanadi. Nafas markaziga tasiri. Morfin ortacha terapevtik dozada qisman, kattaroq dozada esa kuchliroq tasir etib, nafas markazining qozgaluvchanligini pasaytiradi. Natijada opka ventilatsiyasi kamayadi, nafas olish susayadi, tanada kislorod yetishmasligi bilan bogliq ozgarishlar namoyon boladi. Bu tasir yosh bolalarda va qariyalarda koproq seziladi. Yotal markaziga tasiri. Morfinning susaytiruvchi tasiri natijasida yotal refleksi ancha kamayadi. Shuning uchun ham morfinning yotalga qarshi tasiri yaqqol koriladi. Qusish markaziga tasiri. Kopchilik hollarda morfin qayt qilish markazining qozgalishini susaytiradi. Lekin ayrim hollarda va ayniqsa itlarda bu markaz qozgalib, qayt qilish kuzatiladi. Bunday tasir bosh miyaning IV qorinchasi ostida joylashgan trigger zonasidagi xemoretseptorlarning qozgalishi bilan tushuntiriladi. Morfinning markaziy nerv tizimiga qozgatuvchi tasiri. Morfin yuqorida qayd etilganlardan tashqari, bosh miyaning ayrim markazlari faoliyatiga ragbatlantiruvchi tasir korsatadi. 1. Koz harakat nervi markazi qozgalishi natijasida koz rangdor pardasidagi aylanma silliq mushaklarning qisqarishi hisobiga koz qorachigi torayadi. Yoruglikka bolgan refleks saqlanadi. 2. Adashgan nerv markazining qozgalishi natijasida yurak urishi sekinlashadi (bradikardiya), nafas yollari torayadi, nafas olish qiyinlashadi, solak oqishi ayrim hollarda kuzatiladi, qayt qilish shu nerv faoliyatiga bogliq deb qaraladi. Demak, morfinning markaziy nerv tizimiga bolgan asosiy tasiri ancha murakkab va turlichadir. Ular orasida tibbiyot uchun eng muhimi uning ogriqsizlantiruvchi tasiri hisoblanadi. Chunki u mavjud analgetiklar orasida ogriqni qoldirish xossasi boyicha yetakchi orinlardan birini egallaydi. Afsuski, uning qator kam- chiliklari va nojoya tasirlari ham mavjud. Morfinning periferik tasiri silliq mushakli azolarga qaratilgan. U opiat retseptorlari bolgan kopchilik silliq mushaklarga bevosita tasir etib, ularning tonusini oshiradi va qisqartiradi (6- rasmga qarang). Ayniqsa, meda-ichak yoli silliq mushaklari, sfinkterlar 39 qisqaradi, ichak peristaltikasi susayadi, ovqat massasining ichakdan yurishi sekinlashadi. Natijada qabziyat kuzatiladi. Peshob ajralishining qiyinlashishi qovuq sfinkterlarining qisqarib qolishidan kelib chiqadi. Morfinning ishlatilishi. Òibbiyot amaliyotida morfin gidro- xloridi dori vositasi sifatida koproq jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin kuchli ogriq bilan kechadigan shikastlanish, kuyish jarohatlarida, buyrak va ot tosh kasalliklari xurujida, miokard infarktida, otkir pankreatitda, endoarteritda (qorason), xavfli osmalar va boshqa kasalliklarda tavsiya etilishi mumkin. Bunday holatlarda morfinning qaramlik keltirib chiqarishini yodda tutib, uning oldini olish tadbirlari koriladi. Qollashga moneliklar. Morfin 2 yoshgacha bolgan bolalarga va 60 yoshdan oshgan bemorlarga, tugruqni ogriqsizlantirish maqsadida tavsiya etilmaydi. Chunki ularda morfin tasirida nafas markazi tormozlanadi va nafas olish qiyinlashib, turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, homiladorlikda, bronxial astmada, insult, bosh miya jarohatlanishida, nafas yetishmovchiligi, yurak faoliyatining otkir va surunkali yetishmovchiligi va umuman nimjonlikda berilmaydi. Morfin bilan zaharlanish. Zaharlanish otkir va surunkali korinishda bolishi mumkin. Otkir zaharlanish morfin katta dozalarda yuborilganda yuz beradi. Bunda alkaloidning farmakologik tasirlariga xos bolgan ozgarishlar chuqurroq shaklda namoyon boladi. Chunonchi, komatoz holat chuqur uyqu, es-hushning kirarli-chiqarli bolib qolishi, nafasning susayishi, rang-royning oqarishi, lablarning kokarishi, tana haroratining pasayishi, oyoq- qollarning muzlashi, koz qorachigining torayishi, yurak urishining sekinlashishi, solak ajralishining kuchayishi va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni vaqtda nafas harakatlari notogri, notekis bolib, siyraklashib, vaqt-vaqti bilan toxtab qoladi va sekin-asta chuqurlasha boradi va bu holat takrorlanib turadi (7- rasm). Kopincha bunday zaharlanish qaramlik natijasida sodir boladi. Chunki bunda morfinning katta dozalaridan foydalanishga togri keladi. Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam korsatiladi. Bunda opiat retseptorlarning antagonisti bolgan nalokson gidroxloridi yuboriladi (8-rasm). Bu dori vositasi morfin keltirib chiqargan nojoya holatlarni (nafasning susayishi, komatoz holati va boshqalarni) sekin-asta bartaraf etadi. Morfinni organizmdan chiqarib yuborish maqsadida meda kaliy permanganat 40 (1:20001:4000) eritmasi bilan qayta-qayta yuviladi (chunki morfinning qondagi bir qismi meda-ichak boshligiga chiqarib turiladi). Undan keyin shimib oluvchi preparatlar (adsorbentlar faollashtirilgan komir), tuzli surgilar beriladi. Bemor issiqroq xonaga otkaziladi, oyoq-qollariga isitgich qoyiladi. Nafas susayishini bartaraf etish uchun analeptiklar (lobelin, sititon, kofein) yuboriladi. Surunkali zaharlanish (morfinizm). Morfin yoki uni saqlagan qoradori qayta-qayta qabul qilinsa, qaramlik yuzaga chiqib, asta- sekin kuchaya boradi va natijada surunkali zaharlanish bangilik (morfinizm) kelib chiqadi. Bunda odamda turli ozgarishlar (odamlardan yakkalanish odamovilik, atrofdagi hodisalarga befarqlik, oila va tanishlarga etiborsizlik va boshqalar) kuzatiladi. Morfinizmning asosiy belgisi abstinensiya xumorlikdir. Bunda jismoniy (tana mushaklarining tirishib qolishi, titrash, ogriq sezish va boshqa jismoniy belgilar), ruhiy qozgalish (tajovuzkor- lik, hayajonlanish, notinchlik, dovdirash va boshqalar) ham namoyon boladi. Keyinchalik bangilik holati kuchaya borib, degradatsiya (odamga xos bolgan xususiyatlar aql-idrok, iroda, sezgirlik, farosat va boshqalarning yoqola borishi) yuz beradi. Ularda ovqatga bolgan talab, hodisalarga qiziqish, intilish pasaya boradi. Odam oz qiyofasidan chiqa boshlaydi va ruhiy ozgarishlar zorayadi. Kopchilik morfinistlar turli yuqumli va boshqa kasalliklardan nobud boladi. Chunki ularning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati zaiflashgan boladi. Morfinistlarni davolash maxsus kasalxonalarda (psixiatriya) uzoq vaqt va turli usullar (psixoterapiya va boshqalar) bilan olib boriladi. Asosiy preparatlarning tavsifi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling