M. N. Mahsumov, X. Aliyev, M. A. Odilov, N. A. Musayeva farmakologiya


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana24.10.2020
Hajmi1.26 Mb.
#136222
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
farmakologiya asoslari

harakatini tezlashtiradi. Misol uchun, 6 g magniy sulfat tuzi 100
ml suvni ushlab qoladi.
Surgi dorilarga tuzlardan tashqari o‘z tarkibida dag‘al to‘qima
saqlagan tabiiy oziq-ovqatlar, har xil mevalar (olxo‘ri, o‘rik,
qovun va boshqalar) va ko‘katlar kiradi. Ular tuzlar singari
ichakdan suvning so‘rilishini kamaytirib, ichak devorining
taranglashishiga olib keladi. Natijada peristaltika kuchayadi, ichak
bo‘shlig‘idagi massa harakatlanadi va ich yurishadi. Bular qatoriga
gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan metilselluloza, agar-agar, zig‘ir
urug‘i, dengiz karami va boshqalarni kiritish mumkin. Ushbu surgi
moddalarning ta’siri tuzli surgilarga nisbatan ancha kuchsiz.
Keyingi guruhga antraglikozid saqlovchi o‘simlik preparatlari
kiradi. Antroxinon  saqlovchi o‘simliklar ichakdan qonga so‘riladi
va jigarda biotransformatsiyaga uchrab, umumiy faol modda —
emodin, xrizofan kislota hosil qiladi. Ular yo‘g‘on ichakda ko‘proq
yig‘ilgani  uchun retseptorlarni qitiqlab, peristaltikani kuchaytiradi.
Ichakdagi massa harakatga kelib chiqarib yuboriladi. Antraglikozidli
o‘simliklarning kor qilishi uncha kuchli bo‘lmay, 8—12 soatdan
keyin boshlanadi. Shu sababli ularni kechqurun qabul qilish tavsiya
etiladi. Ular qatoriga rovoch ildizi, ramnil, sano bargi va
boshqalar kiradi. Sano va boshqa surgi moddalarini (anjir, olxo‘ri,
vazelin moyi) saqlovchi murakkab surgi dorilaridan biri kafiol
hisoblanadi.

190
Kanakunjut moyi — kanakunjutning tozalangan, yetilgan
urug‘laridan olinuvchi, neytral yog‘dir. Ichilgan yog‘ ichakdagi
ishqoriy muhitda jigar o‘ti ishtirokida me’daosti bezining
fermenti— liðaza ta’sirida gidrolizlanadi. Natijada glitserin va ratsinol
kislota hosil bo‘ladi. Ushbu kislotaning sovunlanishi ichak shilliq
pardasidagi retseptorlarning qitiqlanishiga sabab bo‘ladi va bunga
javoban ichak o‘z harakatini kuchaytiradi. Kanakunjut moyining
bir qismi parchalanmay ichakdagi massani yumshatib, uning
chiqib ketishini osonlashtiradi. Uning ich suruvchi ta’siri 5—6
soat ichida boshlanib, 2—6 soatgacha davom etadi.
Sintez yo‘li bilan olingan preparatlar — o‘simlik preparatlariga
o‘xshab, asosan yo‘g‘on ichakning shilliq pardasini ta’sirlab,
uning harakatini kuchaytiradi. Òa’siri 8—10 soatdan so‘ng
boshlanadi.
Òez va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan surgi dorilar ko‘pincha
kimyoviy va oziq moddalari bilan zaharlanishda buyuriladi.
Gijjalarni haydaydigan dorilardan so‘ng tuzli surgilar qabul qilish
tavsiya etiladi. Bulardan tashqari, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni
rentgenoskopiya va rentgenografiya qilishdan avval ham surgi
dorilari buyuriladi. Umuman surgi dorilarini uzoq muddat qabul
qilish tavsiya etilmaydi. Aks holda tana shu dorilarga o‘rganib qoladi
yoki surunkali enterokolit vujudga kelishi mumkin. Shu sababdan,
ularni 2—3 kunda almashtirib, navbatlashtirib turish tavsiya etiladi.
Surgi dorilari qorindagi a’zolarning o‘tkir yallig‘lanishida (o‘tkir
appenditsit, enterokolit, pankreatit), ulardan tashqari, bacha-
dondan qon ketishida, homiladorlikda, surunkali ich ketishida
tavsiya etilmaydi.
Preparatlar.  Achchiq moddalar.
I s h t a h a n i   o c h a d i g a n   y i g ‘ m a   (Species amarae).
Òarkibi: ermon o‘ti (8 qism) va bo‘ymadaron o‘ti (qog‘oz
xaltalarda 100 g dan ishlab chiqariladi). Damlama shaklida (1 osh
qoshiq o‘tni 1 stakan qaynayotgan suvga) 1 osh qoshiqdan
ovqatdan 30 min oldin, kuniga 3—4 marta ichiladi.
Anoreksigenlar:
F e p r a n o n  (Phepranonum). 0,025 g dan draje shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin, 1 drajedan kuniga 2—3 marta,
1,5—2,3 oy davomida ichiladi.
M a z i n d o l   (Mazindolum), 0,001 g dan tabletka ko‘rinishida
ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan kuniga 1 marta (4—5 kun),
keyin 1 tabletkadan 1 yoki 2 marta ichiladi.

191
Me’da shirasining o‘rnini bosadigan preparatlar.
Ò a b i i y   m e ’ d a   s h i r a s i   (Siccus gastricum naturalis).
Sog‘lom uy hayvonlarining me’dasidan olingan 0,03—0,04% salitsil
kislotada konservant saqlanuvchi shira. 100 ml dan flakonlarda
ishlab chiqariladi. 1—2 osh qoshiqdan ovqatdan oldin yoki keyin
qabul qilinadi.
A b o m i n   (Abominum). Buzoq va qo‘zichoqlarning me’da
shilliq pardasidan olingan preparat. Proteolitik fermentlarni
saqlaydi. 50000 ÒB dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatlanish vaqtida 1 tabletkadan kuniga 3 marta 1—2 oy davomida
ichiladi.
A t s i d i n   p e p s i n   (Acidin pepsin). Òarkibida 1 qism pepsin
va 4 qism betain gidroxlorid bor. 0,25 g dan tabletkalar shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin 1—2
tabletkani 0,25—0,5 stakan suvda eritib, 1—2 tabletkadan kuniga
3—4 marta ichiladi.
P e p s i n   (Pepsin). Proteolitik ferment saqlovchi preparat.
Kukun holida 0,2—0,5 g dan ishlab chiqariladi. Ovqatdan oldin
yoki ovqat paytida ichiladi.
Antatsidlar, N
2
- gistaminoblokatorlar, M-xolinoblokatorlar:
M a g n i y   o k s i d   (Magnesii oxydum). Kukun va tabletkalar
holida 0,5 g dan ishlab chiqariladi.
V i k a i r   (Vicairum). Òarkibida vismut nitrat (0,35), magniy
karbonat (0,4 g), natriy gidrokarbonat (0,2 g), igir ildizining
kukuni, itjumrutning maydalangan po‘stlog‘i (0,025) bo‘ladi.
Òabletkalar holida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,5 stakan
iliq suv bilan kuniga 1—2 tabletkadan 3 marta ichiladi.
V i k a l i n  (Vicalinum). Vikairga kellin (0,025) va rutin (0,005)
qo‘shilgan. Ishlab chiqarilishi va qo‘llanilishi vikairga o‘xshash.
A l m a g e l   (Almagel). Òarkibida aluminiy gidroksid, magniy
gidroksid, D-sorbit bor. 170 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 30 min oldin va uxlashdan oldin 1—2 choy qoshiqdan
kuniga 4 marta beriladi.
L i k v i r i t o n   (Liquiritonum). Qizilmiya ildizidan olingan,
flavonoidlar saqlaydi. 0,1 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Ovqatdan 20—30 min oldin kuniga 3—4 marta, 1—2 tabletkadan
qabul qilinadi.
M a a l o k s   (Maalox). Òarkibida magniy va aluminiy oksidi
saqlaydi. Òabletkada (0,5 g), suspenziya holida (paketchalarda 15
ml) va flakonda (250 ml) ishlab chiqariladi. Suspenziyasi 1 osh
qoshiqdan ichiladi.

192
F a m o t i d i n   (Famotidinum). H
2
- gistaminoblokator. Òablet-
kada 20 va 40 mg dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kechqurun
ichiladi.
D e - n o l   (De-Nol). Vismut subnitratning kolloidli preparati.
0,12 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan
ovqatdan 30 min — 1 soat oldin ichiladi.
O m e p r a z o l   (Omeprazolum) kapsulada 20 mg dan ishlab
chiqariladi. 1 kapsuladan uyqudan oldin qabul qilinadi.
G a s t r o z e p i n  (Gastrozepinum). M- xolinoblokator. 0,025 g
dan tabletkada, 0,01 g dan flakonda quruq holda, 2  ml dan
ampulada erituvchi bilan ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 min oldin
ertalab va kechqurun 2 tabletkadan (4 hafta) ichiladi.
Qustiruvchi va qusishga qarshi preparatlar:
A p o m o r f i n   g i d r o x l o r i d   (apomorphini hydrochlori-
dum), 1% eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 0,2—
0,5 ml dan (1% eritma) teri ostiga yuboriladi.
A e r o n   (Aeronum). Òarkibida skopolamin (0,0001 g) va
giassiamin (0,0004 g) bor. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1
tabletkadan samolyotda uchishdan oldin ichiladi.
V a l i d o l   (Validolum). Mentolning izovalerian kislotasining
mentil efirdagi 20—30% li eritmasi, 5 ml li flakonda, 0,06 g
dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan yoki 4—
5 tomchidan (qandga tomizib) til ostiga qo‘yiladi.
D i m e t p r a m i d   (Dimetpramidum). 0,02 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi.
Ferment saqlovchi preparatlar:
P a n k r e a t i n  (Pancreatinum). Qoramollarning me’daosti be-
zidan tayyorlangan triðsin va amilaza saqlovchi preparat. 0,25 g
dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,5—1 g dan ishqoriy suv
(Borjomi, Òoshkent suvi) bilan ichiladi.
P a n z i n o r m - f o r t e   (Pfnzinormum forte). Òarkibida me’da
fermentlari, pankreatin, o‘t ekstraktini saqlovchi preparat. Òabletka
holida ishlab chiqariladi. Ovqat vaqtida 1 tabletkadan kuniga 3
marta qabul qilinadi.
F e s t a l   (Festalum). Òarkibida liðaza, amilaza, proteaza
fermentlarini, gemiselluloza va quritilgan jigar o‘tini saqlaydi.
Draje shaklida ishlab chiqariladi. Ovqat vaqtida yoki ovqatdan
keyin 1—2 drajedan kuniga 3 marta ichiladi.
Ò r i ð s i n  (Triðsinum). Proteolitik ferment, me’daosti bezidan
olinadi. 0,01 g dan flakonda ishlab chiqariladi. 0,005 g dan
1—2 ml 0,9% li natriy xloridda eritib, kuniga 1—2 marta
mushaklar orasiga yuboriladi.

193
M e z i m - f o r t e   (Mesym forte). Pankreatin, amilaza, liðaza
fermentlarini saqlovchi preparat. Draje ko‘rinishida ishlab
chiqariladi. Kuniga 1—3 marta ovqat bilan birga ichiladi.
O‘t haydovchi vositalar:
A l l o x o l  (Allocholum). Òarkibida hayvonlarning quruq jigar
o‘ti, sassiq piyoz ekstrakti, qichitqi ekstrakti, faollashtirilgan
ko‘mir bor. Òabletka holida ishlab chiqariladi. Kuniga ovqatdan
so‘ng 2 ta tabletkadan 3 marta ichiladi.
X o l a g o l   (Cholagolum). Òarkibida o‘t haydaydigan va
spazmolitik moddalar bor. 10 ml dan flakonda ishlab chiqariladi.
Qandga 5 tomchi tomizib, ovqatdan 30 min oldin, kuniga 3
marta ichiladi.
X o l e n z i m   (Cholenzymum). Òarkibida o‘t va me’daosti bezi
fermentlarini saqlovchi preparat. 0,3 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 1—3 marta ichiladi.
S i k v a l o n   (Cycvalonum). 0,1 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3—4 marta ichiladi.
Surgi dorilar:
M a g n i y   s u l f a t   (Magnesii sulfas). Kukun holida xaltacha-
larda 50 g dan ishlab chiqariladi. 1 stakan iliq suvda 10—30 g
eritib nahorga ichiladi.
S u n ’ i y   K a r l o v a r   t u z i   (Sal. Carolinum factitum).
Kukun. 125 g dan qog‘oz xaltalarda ishlab chiqariladi. 1 osh
qoshig‘i 0,5 stakan suvda eritib ichiladi.
K a n a k u n j u t   m o y i   (Oleum Ricini). 30 ml, 50 ml li
flakonda, 1 g dan kapsulada ishlab chiqariladi. 15—20 ml dan
ichiladi.
R a m n i l   (Ramnilum). Itjumrut po‘stlog‘ining quruq
ekstraktini saqlaydi. 0,05 g dan tabletkalar shaklida ishlab
chiqariladi. Yotish oldidan 0,1 g dan ichiladi.
K a f i o l   (Cafiolum). Òarkibida sano bargi, anjir mevasi,
olxo‘ri mevasi, vazelin moyini saqlaydi. 8,44 g dan briket holida
ishlab chiqariladi. 0,5—2 briketdan kuniga 1 marta qabul qilinadi.
S e n a d e k s i n   (Senadexinum). Òarkibida sano bargi saqlagan
moddalardan iborat. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. Uyqudan
oldin 1 tabletkadan ichiladi.
S a n o   b a r g i   (Foleum Sennae). 50 g dan qog‘oz
xaltachalarda ishlab chiqariladi. Damlama shaklida (10,0—200 ml;
20,0—200 ml) 1 osh qoshiqdan kuniga 1—3 marta qabul qilinadi.
I z a f e n i n  (Isapheninum). 0,01 g dan tabletka shaklida ishlab
chiqariladi. Kun davomida 0,01—0,015 g dan kuniga 1—2 marta
ichiladi. Eng yuqori 1 martalik dozasi 0,025 g, kecha-kunduzlik
dozasi 0,05 g.

194
I z a m i n  (Isaminum). Òarkibida izafenin (0,005 g) va mannit
(0,15 g) saqlaydi. Òabletka shaklida ishlab chiqariladi. Birinchi 3
kun 1 tabletkadan 1—2 marta, so‘ngra kunora bir haftada 1—
2 marta ichiladi.
Rp.: Almogeli 170 ml
D.S. 1 qoshiqdan ovqatdan 30 min keyin ichiladi
#
Rp.: Maalox N.10
D.t.d. N. 10 in tabulettis
S. 1 tabletkadan og‘izda maydalab ichiladi
#
Rp.: Tab. Famotidini 20 mg N. 10
D.S. 1 tabletkadan kechqurun ichiladi
#
Rp.: Dr. Festali N. 10
D.S. 1 drajedan ovqat bilan birga ichiladi
#
Rp.: Tb. Senadexini N. 10
D.S. 1 tabletkadan kechqurun ichiladi
BACHADON FAOLIYAÒIGA ÒA’SIR
EÒUVCHI DORI VOSIÒALARI
Ayollarning chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bachadonning
faoliyati juda murakkab va o‘ta ahamiyatli bo‘lib, homilaning
taraqqiy etishi, voyaga yetishi va tug‘ilishini ta’minlaydi. Uning
silliq mushakli qavati (miometriy) kuchli taraqqiy etgan, qon
tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan. Ushbu silliq mushaklar
hisobiga bachadon ikki xil tarzda: ritmik va tonik qisqaradi.
Bachadonning ritmik qisqarishi (qisqarish bo‘shashish bilan
almashinib turadi) asosan homila voyaga yetganida sodir bo‘ladi.
Natijada homila bachadon bo‘shlig‘idan, tug‘ruq yo‘llaridan asta-
sekin tashqari tomonga siljiy boshlashini va bola tug‘ilishini
ta’minlaydi.
Miometriyning tonik qisqarishi esa (mushak tonusining sekin-
asta kuchaya borishi) bola tug‘ilib, yo‘ldosh tushganidan keyin
boshlanadi. Natijada bachadon o‘zining ilgarigi holiga qaytadi. Bu
bachadon involutsiyasi deyiladi. Miometriy tonusining oshishi katta
ahamiyatga ega. Chunki silliq mushaklar qisqarishi natijasida
ularning yo‘ldoshi ko‘chganidan keyin yuz beradigan qon ketishi
xavfi bartaraf etiladi.

195
Demak, bachadon mushaklarining qisqarishi ona va bola hayoti
uchun ahamiyati katta bo‘lgan fiziologik jarayondir. Ba’zan bu
fiziologik jarayon ayrim sabablarga ko‘ra izdan chiqadi. Ko‘pincha
bachadon qisqarishining susayishi yoki umuman sodir bo‘lmasligi
turli xil asoratlarga, hayot uchun xavfli holatlarga olib keladi.
Bunda ona qiynaladi, holsizlanadi, bola esa kislorod yetishmasligi
(asfiksiya) tufayli halok bo‘lishi mumkin.
Bachadonning tonik qisqarishi kuchsiz bo‘lib, kech boshlansa
va cho‘zilib ketsa, atoniya holati rivojlanib, bachadondan ko‘p
qon ketishi mumkin. Bu ona hayoti uchun xavfli. Bundan tashqari,
har xil mikroblar bachadonni yallig‘lantirib, yiringli holatlarni,
sepsisni keltirib chiqarishi mumkin.
Qayd etilgan bachadon faoliyatining izdan chiqishini bartaraf
etish uchun ko‘pincha har xil dori preparatlaridan foydalaniladi.
Bachadon mushagiga tanlab ta’sir qilgani uchun ular miometriyga
ta’sir etuvchi preparatlar deb ataladi. Ular ta’sir etishi va
ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
I. Bachadon mushaklarini rag‘batlantiruvchi vositalar.
A. Qoramug‘ va uning alkaloidlari: ergometrin, metilergo-
metrin, ergotamin, ergotal.
B. Oksitotsin guruhiga oid preparatlar: oksitotsin, metilok-
sitotsin, pituitrin.
V. Prostaglandinlar guruhiga oid preparatlar: dinoprost,
dinoproston, prostenon.
G. Bachadon tonusini rag‘batlantiruvchi boshqa vositalar:
kotarnin xlorid, sterfizin, oddiy zirk nastoykasi, jag‘-jag‘ o‘t,
tog‘ qudus ekstrakti.
II. Bachadon mushaklarini bo‘shashtiruvchi vositalar:
partusisten, salbupart, ritodrin.
Miometriyni rag‘batlantiruvchi vositalar
Oksitotsin, pituitrin, prostaglandinlar bachadonga tanlab
ta’sir qilib, uning davriy yoki ritmik qisqarishini kuchaytiradi.
Ularning bu ta’siri miometriy qisqarishi susayganda va
homiladorlikning oxirgi davrida yaxshi namoyon bo‘ladi. Òug‘ish
jarayoni ayrim sabablarga ko‘ra uzoq vaqtga cho‘zilsa, bu
preparatlar naf qiladi. Ular bachadon mushaklarining ritmik
qisqarishini kuchaytirib, bola tug‘ilishini tezlashtiradi. Shuning
uchun ham ular tug‘ruqni osonlashtiradigan preparatlar deyiladi.
Ular bachadon innervatsiyasiga va qisman bevosita mushaklarga
miotrop ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu preparatlar homiladorlik davrining

196
cho‘zilishida, onaning kasalligi tufayli (giðertoniya, nefropatiya)
va boshqa hollarda sun’iy ravishda tug‘ruq jarayonini chaqirish
maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin.
Oksitotsin — giðofiz orqa qismidan ajralib chiqadigan gormon.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha oktapeptid hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
sintez qilingan. Oksitotsin ta’sirida miometriy davriy qisqaradi va
qisqarish kuchi oshadi. Òerapevtik dozada qisqarish amplitudasini
va tezligini, katta dozalarda esa bachadon tonusini oshiradi. Shuning
uchun ham oksitotsin tug‘ruqni tezlashtirish maqsadida kichik
dozalarda bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. Homilasiz bachadonga oksitotsin
ta’sir etmaydi. Homilali davri ortgan sari bachadonning oksitotsin-
ga bo‘lgan sezgirligi oshib boradi. Uning ta’sirida sut bezlarining
faoliyati ham kuchayadi. Preparat venaga tomchilab yuboriladi,
shunda uning ta’siri tez yuzaga chiqadi. Preparat faolligi ta’sir
birlikda (ÒB) belgilanadi.
Oksitotsin, asosan, tug‘ruqni chaqirish va tezlashtirish uchun,
bundan tashqari, katta dozada tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar
va bachadon atoniyasida qo‘llaniladi.
Dezaminooksitotsin — oksitotsinning dezaminlangan sistein
bilan birikmasi. Faolligi oksitotsindan yuqori. Preparat tabletka
holida og‘iz shilliq pardasiga yoki til ostiga qo‘yiladi, shimilib
ketguncha ushlab turiladi. Har yarim soatda preparat yana qo‘yilishi
mumkin, tug‘ruq va laktatsiyani tezlashtirish uchun ham qo‘lla-
niladi.
Pituitrin — buzoqlarning giðofiz bezi orqa qismidan olina-
digan suvli ekstrakt. Òarkibida oksitotsin va vazopressin gormonlarini
saqlaydi. Shu sababli pituitrin oksitotsinga nisbatan kuchsizroq,
ammo vazopressin hisobiga qon bosimini oshiradi (qon
tomirlarining qisqarishi sababli). Shu tufayli qon bosimi ko‘tarilgan
ayollarga tavsiya etilmaydi.
Gifototsin (Pituitrin-M), asosan, tarkibi oksitotsindan iborat.
Preparat ÒB da dozalanadi va akusherlik-ginekologiya amaliyotida
oksitotsin kabi ishlatiladi. Òeri ostiga va mushaklar orasiga yubo-
riladi.
Prostaglandinlar — tanada araxidon kislotadan sintezlangan,
molekulasi siklopentan tuzilishli to‘yinmagan yog‘ kislotalari
qatoriga kiradi. Ular biologik faol moddalar bo‘lib, ko‘p fiziologik
jarayonlarda qatnashadi. Hozirgi vaqtda prostaglandinlarning ko‘p
turlari topilgan. Ulardan prostaglandin E2 (dinoproston) va F2
(dinoprost) akusherlik amaliyotida qo‘llaniladi.
Dinoprost — bachadon mushaklarining ritmik qisqarishini va
tonusini oshiradi. Bachadon homilali va homilasiz bo‘lishidan qat’i

197
nazar preparat ta’sir etadi. Bundan tashqari, preparat bronx
mushaklari tonusini oshiradi. Bu, ayniqsa, bronxial astmali
homiladorlarda seziladi. Dinoprost yurak ritmini va otilib
chiqayotgan qon hajmini ko‘paytiradi. Arterial bosimga ta’sir
etmaydi, hazm yo‘llari harakatlarini oshiradi. O‘pka tomirlarini
toraytiradi.
Metildinoprost (15-metil-prostaglandin F
2a
) miometriyga uzoq
va sezilarli ta’sir etadi.
Dinoproston — miometriy ritmik qisqarishlari va tonusini
oshiradi, bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Arterial bosimni
pasaytiradi. Kompensator taxikardiya beradi. O‘pka tomirlari va
bronxlarni kengaytiradi.
Bu preparatlar tug‘ruqni tezlashtirish, tibbiy abortlarda qo‘l-
laniladi.
Nojo‘ya ta’siri: dispepsiyalar, venaga yuborilganda — flebitlar.
Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini asta-sekin
qisqartiradi, tonusni oshiradi va bu ta’sir uzoq vaqt saqlanadi.
Natijada mushaklar orasidan bachadonning shilliq qavatiga
o‘tayotgan qon tomirlari qisqaradi va qon ketishi to‘xtaydi. Shu
sababli bu preparatlar bola tug‘ilganidan so‘ng kuzatiladigan
bachadonning atonik qon ketishi chog‘ida qo‘llaniladi. Bundan
tashqari, ergotamin va ergometrin alkaloidlar a-adrenoretsep-
torlarni to‘sadi va qo‘zg‘atadi (qisman antagonistik ta’sir).
Qoramug‘ alkaloidlari bachadon mushaklarini qisqartirib, tonusini
oshiradi. Shuning uchun ham bu dorilar, asosan, bachadondan
qon ketganda, xususan tug‘ruqdan keyin terapevtik dozalarda
tavsiya etiladi. Chunki ular kichik dozada bachadonning ritmik
qisqarishini kuchaytiradi. Ularni faqat yo‘ldosh tushganidan
keyingina qo‘llash mumkin. Aks holda yo‘ldoshning bachadon
bo‘shlig‘ida ushlanib qolishi xavfi tug‘iladi, bu esa jiddiy
asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Òug‘ruqni tezlashtirish uchun qoramug‘ preparatlari qo‘lla-
nilmaydi, chunki ular miometriyning kuchli va notekis spastik
qisqarishiga sabab bo‘lib, bachadon bo‘shlig‘idan homilaning
chiqishini qiyinlashtiradi, bunda asfiksiya yuz berib, bachadon
yorilishi ham mumkin.
Bu preparatlar uzoq vaqt qo‘llanishi natijasida surunkali
zaharlanish (ergotizm) ro‘y berishi mumkin. Bunda talvasa tutishi,
periferik qon tomirlari qisqarishi natijasida oyoqda gangrena
boshlanadi va boshqa og‘ir oqibatli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Qoramug‘ preparatlaridan amaliyotda ergometrin maleat,
metilergometrin, ergotal va ergotamin gidrotartrat qo‘llaniladi.

198
Bachadondan qon ketishiga yana ayrim o‘simliklardan
olinadigan suyuq ekstraktlar ham qo‘llaniladi. Ular asosan hayz
ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qon ketishida (metroragiya)
beriladi. Ular tarkibidagi moddalarning ta’siri bachadon tonusining
oshishi, qon tomirlar qisqarishi va qon ivishining tezlashtirilishi
bilan namoyon bo‘ladi. Bu guruhga, asosan, suvzamchi, toron,
jag‘-jag‘, qichitqi, bodrezak va zirkdan tayyorlangan preparatlar
misol bo‘ladi. Stiðtitsin (kotarnin) esa sintetik preparat bo‘lib,
bachadonning tonik qisqarishini oshiradi, tug‘ruq va abortdan
keyin bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun tavsiya etiladi.
Miometriyning faoliyatini susaytiruvchi vositalar
(tokolitiklar)
Bu guruh preparatlar, asosan, bachadondagi B2- adreno-
retseptorlarni qo‘zg‘atib, miometriy qisqarishini tormozlaydi. Nati-
jada tug‘ruq jarayoni susayadi. Shu sababli ular bevaqt, mudda-
tidan oldin bo‘ladigan tug‘ruqni to‘xtatish, homiladorlikning
to‘liq kechishini ta’minlash, homila chala tug‘ilishining oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi.
Ushbu preparatlarga fenoterol (partusisten), ritodrin va
salbutamol kiradi. Ular miometriyning qisqarishini susaytirishi
bilan bir qatorda boshqa a’zolardagi B2-adrenoretseptorlarni ham
qo‘zg‘atib, bronxlarni kengaytiradi (ammo bu ta’sir izadrin ta’si-
riga qaraganda ancha sustdir), me’da-ichak peristaltikasini
susaytiradi, yurak urishini tezlashtiradi. Fenoterol enteral yo‘l bilan
yuborilganda ta’siri salbutamolga qaraganda tezroq boshlanadi va
uzoq davom etmaydi. U venaga tomchilatib yuborilganda ta’siri
ancha vaqtgacha davom etadi. Ushbu ta’sirni uzaytirish maqsadida
preparatning tabletkasi uzoq vaqt ichish uchun ham berilishi
mumkin.
Preparatlar.
O k s i t o t s i n   (Oxytocinum). Giðofizning orqa bo‘lagidan
ajralib chiqariladigan poliðeptid gormon. 1 ml (5 ÒB) dan
ampulada ishlab chiqariladi. Sintetik oksitotsinning 1 ml (5 ÒB)
5%li glukozaning 500 ml ga qo‘shib, venaga tomchilatib yuboriladi.
Ayrim hollarda oksitotsin muskullar orasiga yuboriladi.
D e z a m i n o o k s i t o t s i n   (Desaminooxytocinum). 50 ÒB dan

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling