M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/46
Sana12.12.2017
Hajmi3.87 Mb.
#22110
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46

118

www.ziyouz.com kutubxonasi



c h iq in d i  g a z

10.7-rasm.  Azot  oksidli  chiqindi  gazlarni  torf-ishqor  asosidagi  adsorbent 

yordamida  tozalash  texnologik  sxemasi:

1-tem iryo‘l  vagoni;  2,17-omborlar;  3,9 ,1 4 -  o ‘rachalar;  4,10,15-elevatorlar;

5-bunker;  6,8,13,16-shneksim on  transportyorlar;  7-bolg‘asimon 

maydalagichlar;  11-adsorber;  12-  ta’minlovchi.

Qurilmaga  to rf tem iryo‘l  vagonlarida  keltiriladi  va  transportyor 

yordam ida o'rachaga tushiriladi.  U yerdan esa elevator yordamida 

hunkeiga yuklanadi.  Bunkerdan keyin torf maydalagichda kukun holiga 

keltiriladi  va transportyor,  elevator yordam ida adsorberga beriladi. 

Adsorberning  diametri  7,3  m,  balandligi  10,5  m  bo‘lib,  mavhum 

qaynashh  to rf qatlamining qarshiligi  4,9  kPa ga  teng.  Adsorberga 

am m iak gazi ham  beriladi.  Chiqindi  azot  oksidli gaz  adsorberning 

quyi qismidan  beriladi.  Tozalash jarayonida  to ‘yingan  adsorbent 

transportyor va elevator yordamida torf-azotll  o ‘g‘it sifatida omborga 

yuboriladi.  Ushbu usulning kapital xarajatlari boshqa  usullarga nisbatan 

kam, lekin torfni  o ‘z-o ‘zidan yonib ketish xavfi bo‘ladi. Xuddi shu 

texnologik  sxemada  adsorbent  sifatida  q o ‘ng‘ir  ko'm ir,  fosfat 

xomashyosi  va  lignin  chiqindisi  ham   ishlatilishi  mum kin.  Bu 

adsorbentlar ham   ishlatilgandan keyin  o ‘g‘it sifatida  ishlatiladi.

Nazorat uchuo  savollar:

1.  Azot  oksidlarini  adsorbsion  usulda  tozalash  qanday  hollarda 

qo‘llaniladi?

2.  Azot  oksidlarini  ushlab  qolish  uchun  qanday  adsorbentlar 

qo'llaniladi?

3. Qanday xususiyatga ega bo'lgan xemosorbentlar azot oksidlarini 

ushlab qolishda yaxshi natijalami beradi?

4.  Torf-ishqor  aralashmasi  asosidagi  adsorbent  yordamida  azot 

oksidlarini  ushlab qolish  qanday amalga oshiriladi?

119

www.ziyouz.com kutubxonasi



Azot  oksidli  chiqindi  gazlarni  katalitik zararsizlantirish  usuli 

Azot oksidlarini yuqori  temperaturada katalitik qaytarish jarayoni 

(texn ologiyasi).  U shbu  ja ra y o n d a  

azo t 


oksidlari 

yuqori 


tem peraturada 

katalizator  sirtida  qaytaruvchi  gaz  ishtirokida 

azotgacha qaytariladi.

Azot  oksidli  chiqindi  gazlarni  katalitik  zararsizlantirish  uchun 

katalizator sifatida asosan yuqori  aktivlikka  ega bo'lgan platina gruppa 

metallari  asosidagi  (Pd,  Ru,  Pf,  Rh)  katalizatorlari  ham da  arzon, 

lekin  samarasi  pastroq  bo'lgan  Ni,  Cr,  Ln,  Zn,  V  kabi  metallari 

asosidagi katalizatorlar ham  qo‘llaniladi.  Katalizator kontakt yuzasini 

oshirish  maqsadida  ushbu  elem entlar g‘ovaksimon  qattiq  va  silliq 

materiallarga  shimdiriladi.  Bunday  materiallarga  A120 3  keramika 

silikagel va boshqalar kiradi.

Katalitik jarayonda qaytaruvchi gaz  sifatida  metan — C H 4,  tabiiy 

va  koks gazi,  CO,  H2 gazlari  ishlatiladi.

A zo t  o k sid li  c h iq in d i  g a z la rn i 

to z a la s h   ja ra y o n in in g  

sam a ra si  a v v ala m b o r  q o 'lla n ila d ig a n   k a ta liz a to r  va  u n in g  

aktivligiga  b o g ‘liqdir.  P la tin a   g ru p p asi  asosidagi  k a ta liz a to r 

q o 'lla n ilg a n d a   azo t  o k sid larin in g   q o ld iq   m iq d o rin i  0.005%  

gacha tushirish  m um kin.  B unda  katalitik jarayon tem p eratu rasi 

qaytarish jaray o n id a  q o ‘llaniladigan gaz qaytargich  turiga  ham  

bog‘liqdir.  M asalan, 

C H 4 

ishlatilganda  katalitik jaray o n  h aro rati 

450°  —  4 8 0 °C , 

C 3H 10 

da  350°C, 



H 2 

va 


SO 

da  250-200°C  b o 'lad i. 

T o zalash   ja ra y o n id a   quyidagi  reak siy alar  so d ir  b o 'la d i:

1.  4N O   +   C H 4-»  2 N 2 +  C 0 2 +   2 H 20

2.  2 N O ,+   C H .->   N ,  +   CO,  +  2 H ,0

I

 

4



 



1

1

3.  2N O   +   2  CH,  ->  N ,  +  2CO,

4

 



I  

1

4.  2 N 0 2 +   4CO  -»  N 2  +   4 C 0 2

5.  2N O   +   2 H 2  ->  N 2  +   2H 20

6.  2 N 0 2  +   4H 2  ->  N 2  +   4H 20

Reaksiyani  o'tkazish  uchun gazlar aralashtirilishi vaboshlang'ich 

haroratgacha qizdirilishi kerak.

Odatda  sanoatda  chiqindi  gazlarni  azot  oksidlaridan  katalitik 

zararsizlantirish uchun gaz qaytaruvchi  sifatida  tabiiy gaz ishlatiladi, 

ch u n ki  u  arzo n   va  qulaydir. 

B archa  qaytarish  reaksiyalari

120

www.ziyouz.com kutubxonasi



ekzoterm ikdir  (issiqlik  ajralishi  bilan),  bundan  foydalanib  gaz 

aralashmalari  shu issiqlik hisobiga qizdiriladi.

H arorat  reaksiya  hisobiga  700°C  gacha  oshib  borishi  mumkin. 

Shuning uchun katalizator  yuqori haroratga chidamli bo‘lishi kerak. 

Endi yuqori haroratda o'tkaziladigan katalitik tozalash jarayonning 

texnologik  sxemasini ko‘rib chiqam iz.



10.8-rasm.  Azot  oksidli  tashlama  gazlarni  yuqori  baroratli  noselektiv katalitik 

tozalash  texnologik  sxemasi:

1-qizdirgich-separator;  2-issiqlik almashtiigichi;  3-  aralasKti^gich;  4-reaktor,

5-rekuperatsion  turbina;  6-kotel-utilizator;  7-dudburon(mo‘ri);  8-yondirgich.

U shbu texnologik sxemada azot kislotasi ishlab chiqarishda hosil 

bo‘luvchi azot oksidlarini tabiiy gaz yordamida katalizator ishtirokida 

yuqorida keltirilgan reaksiya asosida azotgacha qaytarish usuli keltirilgan. 

Bu yerda azot oksidlari (nitroz gazlar) azot kislotasi olish bosqichida 

absorberdan  chiqib  1—qizdirgichda  va  2—issiqlik  almashtirgichda 

qizdirilib,  3—aralashtirgichga beriladi. Aralashtirgichga qaytaruvchi 

gaz — tabiiy gaz va 8—yondirgichdan qizigan tutun gazlari beriladi 

(gaz haroratini ko‘tarish uchun).  Keyin gaz aralashmasi 4—katalitik 

reaktorga yuboriladi.  Bu yerda katalizator ishtirokida azot oksidlari 

elem entar azotgacha qaytariladi.

Qaytarish  reaksiyasi  ekzotermik  bo'lgani  uchun  reaksion  gazlar 

harorati  yuqori  bo'ladi.  Shuning  uchun  ushbu  gazlar  atmosfera 

havosiga tashlanishidan oldin 5—rekuperatsion turbina va 6 -k o te l- 

utilizator  (issiq  suv  bug'lari  olinadi)  orqali  o ‘tkazilib,  7—m o‘ri 

orqali atmosfera havosiga tashlab yuboriladi.

Ushbu usulning  afzalligi,  gazlar  yaxshi  tozalanadi,  kamchiligi 

gaz-qaytaruvchining sarfi yuqori,  jarayonda qo‘shimcha SO gazining 

hosil  bo'lishligidir.

121

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gazlarni azot oksidlaridan katalitik selektiv tozalash texnologiyasi.

Ushbu usulda ishlatiladigan qaytargich,  ya’ni ammiak —  N H 3 faqat 

NOx gazlari bilan reaksiyaga  kirishadi,  tozalanayotgan gaz tarkibidagi 

0 2 bilan reaksiyaga kirishmaydi.  Shuning uchun qaytarish reaksiyasi 

uchun  N H 3  ning  miqdorini  asosan  NOx  ga  nisbatan  ekvivalent 

miqdorda  olish kerak.  Reaksiyani t o‘liq borishi uchun N H 3 miqdorini 

stexiometriyaga qaraganda  10—30 % ortiqroq olinadi. Selektiv tozalash 

jarayonida quyidagi  reaksiyalar boradi:



6NO 

+  

4NH, 

- >   5 N 2  +   6H 20  

6 N 0 2  +  8 N H ,  - >   7 N 2  +   12H20

Aralashmada kislorodning uchrashi reaksiyaga xalaqit bermaydi.



4NO+4NH, 

+ 0 2  - »  

4N2 

+   6H 20

Jarayon 180—300°C da boradi.  Ekzotermik reaksiya hisobiga harorat 

10' —20°C ga ko‘tarilishi mumkin.  Agar jarayonda ammiak ko‘proq 

berilsa,  u gazdagi havo kislorodi  hisobiga oksidlanishi  mumkin: 



4NH3+  з о 2 

5N2  +  6H2o

Azot oksidii chiqindi gazlarni selektiv katalitik tozalash texnologik 

sxemasi  10.9-rasmda ko‘rsatilgan:

10.9-rasm.  Azot  oksidii  tashlamalami  selektiv  katalitik  zararsizlantirish 

texnologik  sxemasi:

1-reaktor;  2-aralashtirgich;  3-rekuperatsion  turbina;  4-bug‘latgich;  5,7,8- 

qizdirgichlar;  6-filtr.

Yuqorida  keltirilgan  texnologik  sxemada  azot  kislotasini  ishlab 

chiqarishda  absorbsiya  jarayonida  hosil  bo'lgan  nitroz  gazlari

122


www.ziyouz.com kutubxonasi

aralashtirgichda  am m iak  gazi  bilan  aralashtirilib  keyin  katalitik 

reaktorga beriladi.  Bu yerda azot oksidlarini qaytaruvchi gaz  — ammiak 

ishtirokida  elem entar  azotgacha  qaytariladi.  Keyin  rekuperatsion 

turbina orqali  o ‘tib atmosferaga chiqarib yuboriladi.  Hozirgi kunda 

ch iqin d i  gazlarni  azot  oksidlaridan  k atalitik   zararsizlantirish 

qurilmalari Chirchiqkimyosanoat,  Farg‘ona «Azot»  ,  Navoiy «Azot» 

korxonalarida  o'matilgan.

Nazorat uchun  savollar:

1.  Azot  oksidli  chiqindi gazlarni  katalitik zararsizlantirish  uchun 

katalizator sifatida  qaysi  m etallar  ishlatiladi?

2.  Azot  oksidli chiqindi gazlarni  tozalash jarayoninm g samarasi 

nimalarga bog‘liq?

3.  Katalitik tozalash jarayonida qanday reaksiyalar sodir bo'ladi?

4. Azot oksidlarini katalitik zararsizlantirish uchun gaz-qaytaruvchi 

sifatida  qaysi gazlar ishlatiladi?

5. Yuqori haroratda o ‘tkaziladigan katalitik tozalash jarayonining 

texnologiyasi  qanday amalga oshiriladi?

6.  G a z la rn i  azo t  o k sid la rid a n   k a ta litik   selektiv  to z alash  

texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?

7.  Selektiv katalitik tozalash jarayonida qanday kimyoviy reaksiyalar 

boradi?


123

www.ziyouz.com kutubxonasi



11-BOB.  GAZLARNI  H 2S ,  C S 2  VA MERKAPTANLARDAN 

TOZALASH TEXNOLOGIYALARI 



Absorbsiya usuli 

Vodorod sulfiddan tozalash.  Ushbu gaz tabiiy gaz tarkibida aralashma 

sifatida  neft,  koks  kimyo  sanoatining  chiqindi  gazlarida,  tekstil, 

bo‘yoq ishlab chiqarishda,  rezinotexnikada, farmatsevtika, selluloza- 

qog‘oz sanoati gazlarida uchraydi.  Bu gaz o ‘tkir,  badbo‘y, palag‘da 

tuxum  hidli  bo‘lib,  o‘pka-nafas  yo‘llarini  yallig‘lantiradi,  siqadi, 

bosh  aylanishi,  ko‘ngil  aynishi,  ko‘z  yoshlanishi,  konyunktivit, 

muskul qisqarishi kabi kasalliklarga sababchi bo'ladi  REChK =0,008 

m g/m 3.


Bu  gazlarni  tozalash  uchun  turli  xem osorbentlar  qo‘llaniladi. 

X e m o so rb e n tla rn in g   x a ra k te ris tik a s i  ja d v a ld a   k e ltirilg a n . 

X e m o s o rb e n tla r  s ifa tid a   m is h y a k -so d a ,  m is h y a k -p o ta s h , 

etanolam m ,  metil  2-pirrolidon,  soda,  potash,  kalsiy  sianam id, 

kaliy fosfat, suvli ammiak eritmalari qo'llaniladi.  Ular ichida ayniqsa 

20  %  li etanolamin  eritmasi  sanoatda  keng qo‘llaniladi.



Jadval

Absorbent

Absorbent

bajmi,

m ol/m ol

Eritmadagl 

absorbent  hajmi

Absorbsiya 

jarayoni 

harorati,  eC

Absorbsiya

darajasi.%

%

g /i

M is h y a k - s o d a

1/1


17,28

-

2 0 -4 5



9 2 -9 8

M is h y a k - p o ta s h

3 /1

-

16-18



3 5 -5 0

9 4 -9 8


E ta n o la m m

1 /2


-

10-15


2 0 -5 0

9 6 -9 8


M e til  2 - p irro lid o n

-

-



-

2 6 -4 0


9 6 -9 8

S o d a


-

1 5-18


-

40

90



P o ta sh

-

2 0 -2 5



-

4 0 -5 0


9 0 -9 8

K alsiy   sia n a m id

3 /1

-

150-200



3 0 -4 5

9 8 -9 9


K aliy   fosfat

1/1


4 0 -5 0

-

2 0 -4 0



9 2 -9 7

Ammiukli


I/I

5-15


2

20-30


85-90

Soda  va  nikel  fosfat

1/1

40-50


-

20-30


95-97

Vakuum-karbonat  usullari.  U shbu  usullarda  ch iq in d i  gaz 

tarkibidagi vodorod sulfid gazi natriy yoki kaliy karbonat tuzlarining 

eritm alariga  yutiladi.  Keyin  to'yingan  eritm ani  vakuum  ostida

124

www.ziyouz.com kutubxonasi



qizdirish, sovitish yo‘li bilan regeneratsiya qilinib,  yana absorbsiya 

jarayoniga qaytariladi.  Bunda quyidagi  reaksiyalar sodir boMadi: 



M e2CO,  + H 2S  S   M eH C O ,+ M eH S  

M e2CO,  +   H 20   +   C O 2 

±i

  2  M eH C O ,

M eH S  +   C 0 2  +   H 2O S   M eH C O ,  +   H 2S

Absorbsiya uchun ishlatiladigan natriy karbonat, natriy bikarbonat 

va  kaliy  karbonat,  kaliy  bikarbonatlam ing  turli  eruvchanligi  bois, 

ularning  konsentratsiyalari  ham   tu rlich a   b o ‘ladi.  Potash(kaliy 

karbonat)  suvda yaxshi  eriydi,  shuning uchun  yaxshi  yutuvchanlik 

qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  uning  yuqori  konsentratsiyali  eritmalari 

qo‘llaniladi. Bu uning sarfini kamayishiga va potashning regeneratsiyasi 

uchun  sarf bo'ladigan  bug‘ning  sarfini  ham   kamaytiradi.  Usulning 

kam chiligi  —  potashning  yuqori  narxdaligidir.  Shuning  uchun 

ko‘pincha soda usuli  qoMlaniladi.

V akuum -karbonat  usulida  chiqindi  gaz  tarkibidagi  vodorod 

sulfiddan tozalash texnologik sxemasi quyidagi  11.1 -rasmda keltirilgan.



ll.l-r a s m .  Vakuum-karbonat  usulida  gazni  vodorod  sulfiddan  tozalash 

texnologik  sxemasi:

1-absorber;  2 ,9 -  nasoslar;  3-  kondensator-sovitgich;  4-issiqlik almashtirgichi; 

5-qizdirgich;  6-regenerator;  7-sirkulatsion  qizdiigich;  8-sig‘im;  10-sovitgich; 

11-vakuum-nasos;  12-sovitgich;  13-pech;  14-kotel-utilizator.

G az  1—  ab so rb erd a  to z alan g a n d an   keyin  t o ‘yingan  eritm a 

3 —k o n d e n s a to r - s o v itg ic h g a   b e r ila d i.  B u  y e rd a   y u tu v c h i 

suyuqlikning  regeneratsiyasi  ja ra y o n id a   ajralgan  bug‘larning



125

www.ziyouz.com kutubxonasi



issiqligi  hisobiga qizdiriladi.  Keyin eritm a 4—issiqlik almashtirgichi 

va  5—qizdirgich  orqali  o ‘tib  6—regeneratorga  beriladi.  E ritm a 

vakuum ostida  (15,6 kPa)  qaynatish orqali  regeneratsiya qilinadi. 

R egeneratsiyalangan  eritm a  a w a l  8—sig‘imga,  keym  esa  issiqlik 

alm ashtirgichi va  10—sovitgich orqali  o ‘tib,  qayta  1—absorberga 

gazni tozalash uchun yuboriladi.  Regeneratsiya jarayonida ajralgan 

vodorod  sulfid  va  suv  bug‘lari  11—vakuum -nasos  yordam ida 

3—kondensator-sovitgich  orqali  so 'rib   olinadi.  Bu  yerda  suv 

b ug'larining  k o 'p   m iqdori  k o n densatlanadi.  Qolgan  qismi  12— 

sovitgich  orqali  o ‘tadi  va  bug'  tarkibidagi  vodorod sulfid gazi  13

—  pechda yoqiladi.  Shundan keyin pechda yoqish jarayonida hosil 

bo'lgan oltingugurt  dioksidi oksidlanishga va sulfat kislota olishga 

yuboriladi.

Fosfat  usuli.  V odorod  sulfidni  fosfat  usulida  tozalash  u chun 

40-50%   kaliy fosfatli  eritm a  qo'llaniladi:



K3P 0 4+ H 2S±;K H S+K 3H P 0 4 

To'yingan  eritmadan  vodorod  sulfid  107—115  °C  da  qaynatish 

orqali ajratiladi.  Bunda qaynatgichlaming korroziyasi kuzatilmaydi. 

Eritma stabil  bo'lib,  uning sifatini  pasayishi sodir bo'lmaydi.



Mishyak-ishqoriy usul. Absorbentning xiliga qarab bu usul mishyak- 

sodali  va  mishyak-am m iakli  usullarga  bo'lm adi.  A bsorbentlarni 

tayyorlash  usun  mishyak  —  As20 3  moddasi  N a2C 0 3  yoki  N H 4OH 

larda eritiladi. Soda eritmasida erish jarayonida quyidagi reaksiya sodir 

bo'ladi:

N a2C 0 3+As20 3+ H 20 ± ;2   N a2HAs20 3+ 2 S 0 2 

Yutuvchi suyuqlik vodorod sulfid bilan o'zaro ta ’sir qilganda hosil 

bo'ladi:


N a2HAs20 3+ 5 H 2S S N a 4As2S5+ 6 H 20

Na4As2S5+ 0 2±?Na4As2S50 2 

Hosil bo'lgan  oksisulfomishyak-natriy tuzi  vodorod sulfid  uchun 

yutuvchi eritma hisoblanadi. Absorbsiya jarayoni quyidagicha boradi: 

N a4As2S50 2+ H 2S = N a4As2S60 + H 20  

Ushbu eritma kislorod yordamida  regeneratsiya qilinganda oltingugurt 

moddasi  ajralib  chiqadi:

126

www.ziyouz.com kutubxonasi



2N a4As2S60 + 0 2= 2 N a 4As2S ,0 2+S  

Reaksiyada  ajralgan  oltingugurt  moddasi  eritm adan  ajratiladi, 

regeneratsiyalangan eritma esa yana absorbsiyaga qaytariladi. Jarayonda 

quyidagi  qo ‘shim cha  reaksiyalar  sodir bo ‘ladi: 



N a2C 0 ,+ H 20 = N a 0 H + N a H C 0 ,  

N a2C 0 ,+ H 2S = N a H S + N a H C 0 3 

N a2C 0 3+ H 2S = N a H S + C 0 2+ H 20  

N a 0 H + H 2S = N a H S + H 20  

Jaray o n n in g   (Tiloks  jarayoni)  texnologik  sxem asi  quyidagi

11.2-rasmda keltirilgan.

11.2-rasm.  Tiloks jarayoni:

1-kolonna;  2-issiqlik  almashtirgichi;  3-oksidlash  kolonnasi;

4-sig‘im;  5-filtr.

Tozalanadigan gaz absorberda vodorod sulfiddan ajratiladi. Absorberda 

to‘yingan eritma issiqlik almashtiigichida 40°C gacha qizdiriladi, keyin 

regeneratsiya jarayoniga yuboriladi. Regeneratorga qisilgan havo berilib, 

eritma orqali barbotaj qilinadi.  Bunda havo kislorodi ta’sirida eritmadagi 

vodorod  sulfid  oksidlanib  oltingugurt  moddasiga  aylanadi  va  havo 

pufakchalari bilan suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi.  Eritma esa qayta 

absorbeiga qaytariladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt vakuum-filtrda ajratiladi.

Absorbsiya jarayoniga eritmadagi mishyak konsentratsiyasi va uning 

pH  i  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Mishyak  konsentratsiyasi  15  dan  25  g/1  gacha 

ko‘tarilsa H 2S ning yutilish(absorbsiya) darajasi ham  81 dan 97% gacha 

ko‘tariladi. Eritma pH ining optimal ko‘rsatkichi 7,8-7,9 bo‘lishi kerak.

127

www.ziyouz.com kutubxonasi



Jarayonning kamchiligi: soda eritmasining katta sarfi, absorbentda 

aralashmalaming uchrashidir.  Bu esa jarayonni  o ‘tkazishda m a’lum 

bir qiyinchiliklar  tug‘diradi.

T em ir-soda  usuli.  U sh b u   u su ld a   y u ttir is h   u c h u n   te m ir  

gidrooksidining ikki va uch valentli aralashmasi ishlatiladi. Suspenziya 

10%li  N a2C 0 3  eritm asi  va  18%li  tem ir  kuporosi  eritm alarini 

aralashtirish  bilan  tayyorlanadi:



F e S 0 4+ N a 2C 0 1+ H 20 - > F e ( 0 H ) 2+ N a 2S 0 4+ C 0 2 

Eritma orqali havo o ‘tkazilganda tem ir gidrooksidi oksidlanadi va 

uch valentlikka  o'tadi:

4 F e (0 H )2+ 0 2+ 2 H 20 - > 4 F e ( 0 H ) 1 

Vodorod sulfidning absorbsiyasi quyidagi reaksiyalar asosida boradi: 



H2S + N a 2CO, ->N aH S + N aH S O , 

3 N a H S + 2 F e (0 H ),-> F e 20 3+ 3 N a 0 H + 3 H 20  

3 N a H S + 2 F e (0 H )3-» F e S + S + 3 N a 0 H + 3 H 20  

Eritmani  regeneratsiya  qilish  uchun  u  orqali  havo  o ‘tkaziladi, 

bunda elem entar oltingugurt  hosil bo'ladi:

2Fe2S3+ 6 H 20 + 3 0 2-» 4 F e (0 H )3+6S 

4F eS + 6 H 20 + 3 0 2-> 4 F e (0 H ),+ 4 S  

N a H C 0 3+ N a 0 H -> N a 2C 0 ,+ H 2 

2 N a H C 0 3->N a2C 0 3+ H 20 + C 0 2 

Regeneratsiya  natijasida  yutilgan  H 2S  ning  70%  i  elem entar 

oltingugurt moddasiga aylanadi, qolgani (N aH S ko'rinishida) natriy 

tiosulfat ko‘rinishiga  o'tadi:



N a H S + 2 0 2->N a2S20 3+ H 20  

Usulning  tozalash  darajasi  80%  rri  tashkil  etadi.



Etanolaminlar yordamida tozalash.  Ushbu usulda vodorod sulfld va 

uglerod  dioksidi  m onoetanolam in  yoki  trietanolam in  eritmalariga 

yutiladi.  Asosan  m onoetanolam inning  15-20%  li eritmasi sanoatda 

keng qo‘llaniladi, chunki u yuqori yutuvchanlik va regeneratsiyalanish 

qobiliyatiga  ega.  M onoetanolam in  yordamida  tozalash  texnologik 

sxemasi quyidagi  11.3-rasmda keltirilgan.



128

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tozalangan  gaz

11.3-rasm.  Gaz  tarkihidagi  H2S  va  C 0 2  larini  monoetanolamm  eritmasi 

yordamida  tozalash  texnologik  sxemasi:

1-absorber;  2-desorber;  3-issiqlik almashtirgich;  4-nasos;  5,6-sovitgich.

Yuqoridagi sxemada gaz  1—absorbem ing pastki qismiga beriladi, 

yuqoridan esa  20%li  m onoetanolam in  (M EA )  eritm asi purkaladi. 

Shunda  gaz  tarkibidagi  oltingugurt  birikm alari  M EAga  yutiladi. 

To'yingan  absorbent  absorberning  quyi  qism idan  chiqadi  va  3— 

issiqlik  alm ashtirgichi  orqali  o 'tib   2  —  desorberga  beriladi.  Bu 

yerda  to 'y in g an   M EA  eritm asi  b u g ‘  hisobiga  qay n atilad i  va 

tarkibidagi  oltingugurt  birikm alari  desorbsiya jarayoni  natijasida 

ajralib  chiqadi.  Ajralgan  oltingugurt  birikm alari  2—desorberning 

yuqori  qism idan  6—sovitgichda  sovitilib  ikkilam chi  xom ashyo 

sifatida  qayta ishlashga yuboriladi. Tozalangan (regeneratsiyalangan) 

absorbent  —  M EA  eritm asi  esa  desorberning  quyi  qism idan  4 — 

nasosga  yuboriladi  va  u  yerdan  3—issiqlik  alm ashtirgichi  orqali 

o ‘tib  (  o ‘z  issiqligini  beradi)  5—  sovitgkhga  uzatiladi.  Bu  yerda 

eritmaning temperaturasi 35—40°C gacha sovitilib, qayta absorbsiya 

jarayoniga beriladi.

Jarayonda quyidagi  reaksiyalar boradi:

2 R -N H 2+ H 2Si5(R .-N H 3)jS 

(absorbsiya bosqichi) 



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling