M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


M n 0 2+ H 20 2+2HCI->MnCl2+ 2H 20 + 0 2


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana12.12.2017
Hajmi3.87 Mb.
#22110
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46

M n 0 2+ H 20 2+2HCI->MnCl2+ 2H 20 + 0 2

207

www.ziyouz.com kutubxonasi



Havo kislorodi ham oksidlovchi sifatida ishlatilishi mumkin. Havo 

oqova suvda temir birikmalari uchraganda ishlatiladi. Bunda 2 valentli 

temir  ioni  havo  kislorodi  ta ’sirida  3  valentlikkacha  oksidlanadi  va 

temir  (III)  gidrooksidi  ko‘rinishida  suvdan  ajratiladi  (cho‘kmaga 

tushadi).

4Fe2++ 0 2+ 2H 20 = 4 F e 3+  4 0 H   ,  Fe5++ 3H 20 = F e ( 0 H ) 3+ 3H +

Oksidlash jarayoni  oqova  suvdan  havoni  o ‘tkazish orqali  amalga 

oshiriladi.  Hosil  bo‘ladigan  temir  gidrooksidi  kontakt  rezervuarda 

cho‘ktiriladi,  keyin  filtrlanadi.



Nazorat  uchun  savollar:

1.  Oqova  suvlarni  tozalash  uchun  qanday  oksidlovchilar 

qo'llaniladi?

2. Oksidlash jarayoni qanday hollarda qo'llaniladi?

3. Xlor bilan oksidlash jarayoni qanday amalga  oshiriladi?

4. Vodorod peroksidi yordamida oksidlash jarayoni qanday amalga 

oshiriladi?

5.  Havo  kislorodi  yordamida  oksidlash jarayoni  qanday  amalga 

oshiriladi?

Ozonlash

Oqova suvni ozonlash ( 0 3 gazini  o'tkazish) katta ahamiyatga ega. 

Bunda ozon gazini suvdan  o'tkazish orqali oqova suvni tiniqlantirish, 

mazasini  yaxshilash,  hidini  yo‘qotish  va  zararsizlantirish  mumkin. 

Ozonlash jarayonida oqova suvdagi fenollar, neft mahsulotlari,  H 2S, 

mishyak birikmalari,  PAV(sirt  aktiv  modda)lar,  sianlar,  bo'yoqlar, 

kanserogen  arom atik  uglevodorodlar,  pestitsidlardan  tozalash 

mumkin.


Ozon — nim pushti rangli gaz, atmosferaning yuqori stratosfera qavatida 

joylashgan,  molekulyar og'irligi — 48, zichligi —  2,154 g/1. Toza ozon 

portlash xususiyatiga ega (sanoatda kisloroddan — 0 2 dan olinadi),  o‘ta 

toksik  birikma.  Ishchi  zona  havosidagi  maksimal  ruxsat  etilgan 

konsentratsiyasi  0,0001  m g/m 3  ni  tashkil  etadi.  Ozon  gazining 

zararsizlantirish  ta’siri  uning  yuqori  oksidlash  xususiyatiga bog‘liqdir, 

ya’ni  osonlik  bilan  atomar aktiv  kislorodni  berish  qobiliyatiga  egadir

208

www.ziyouz.com kutubxonasi



( 0 3= 0 2+ 0 ). Ozon oltindan tashqari barcha qolgan metallarni oksidlab, 

ularni  oksid  ko‘rinishiga  o'tkazadi.  Quruq  havoda  juda  sekin 

parchalanadi.Oqova  suv  ozon  gazi  bilan  ishlov  berilganda  undagi 

oiganfk birikmalar parchalanadi, bakteriyalar o ‘ladi (xloiga qaraganda 

1000 marta tezroq). Ozonning suvda erishi eritmaning pHi ga va unda 

erigan moddalaiga bog'liq. Agar suvda erigan kislota va neytral tuzlar 

uchrasa, ozon yaxshi eriydi.  Suvda ishqor uchrasa,  ozonning erishi 

qiyinlashadi.

Ozonning  ta’siri  uch  xil  yo'nalishda  borishi  mumkin:  ozondagi 

atom ar  kislorodning ta ’siri orqali,  ozonni oksidlanuvchi  moddaga 

butunlay  birikishi  orqali,  hamda  ozondagi  atomar  kislorodning 

katalitik ta ’siri orqali.

Ozon  oqova  suv  orqali  o ‘tkazilganda  (dispergatsiya)  2  ta  asosiy 

jarayon boradi: oksidlash va dezmfeksiyalash.  Shu bilan bir qatorda 

suvning  o ‘zi  ham kislorod bilan to'yinadi.

Ozon  oqova  suvga  ozon-havo  yoki  ozon-kislorod  aralashmasi 

ko‘rinishida beriladi.  Aralashmada ozon miqdori 3%  atrofida bo‘ladi. 

Endi texnologik sxemasini ko‘nb chiqamiz  (19.5-rasm).



Havo

19.5-rasm.  Oqova  suvni  ozonlash  usulida zararsizhntmsh  qurilmasi:

1-aralashtirgich; 2-nasos; 3-reaktor; 4-yig‘gich; 5-ozonator qurilmasi; 6-gazlami 

tozalash  bloki.

Ushbu sxemada  1— aralashtirgichda oqova suv reagentlar bilan 

aralashtirilgandan so‘ng 2— nasos yordamida 3— reaktorga beriladi.

209

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bu yerda  5  —  ozonatorda tayyorlangan  ozon gazi ta ’sirida  oqova 

suv  tarkibidagi  m oddalar  oksidlanadi  va  zararsiz  holga  keladi. 

Tozalangan suv 4 — yig‘gich orqali  keyingi bosqichga yuboriladi. 

Tozalash bosqichida hosil bo'lgan gazlar 6-blokda zararsizlantirilib, 

atmosfera havosiga chiqarib yuboriladi.  Bunda tozalash jarayonida 

ishlatilgan ozonning qoldiq miqdori  ham ushlab qolimshi kerak. 

Chunki ozon gazi aslida kuchli zaharlovchi gazdir.  Shuning uchun 

reakto rdan   chiqayotgan  bu  gaz  aktivlangan  k o 'm ir  orqali 

o'tkaziladi.

1  kg  ozon  uchun  450 g  aktivlangan  ko‘mir sarf bo‘ladi.



Oqova suv

Ozon+havo

aralashmasi

Tozalangan  suv

19.6-rasm.  Nasadkali  ozonlash  apparati.

Yuqoridagi  rasmda  keltirilgan  apparatda  ozon-havo  aralashmasi 

apparatning quyi qismidan nasadkalar orqali beriladi. Oqova suv esa 

apparatning yuqori qismidan beriladi. Nasadkalaming asosiy vazifasi 

bu gaz va suyuqlik  o ‘rtasidagi to'qnashish yuzasini oshirib berishdan 

iboratdir. Tozalangan suv apparatning keyingi bo‘linmasidan chiqarib 

yuboriladi. 

Havo

Tozalangan  suv

19.7-rasm.  G‘ovak  plastinali  barbotaj  ozonlash  apparati:

5-kontakt  kamera;  7-diffuzor;  6-yig‘ish  kamerasi;

210

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ushbu  sxemada  g‘ovak  plastinali  ozonlash  apparatining  sxemasi 

keltirilgan. Bu yerda ozon-havo aralashmasi maxsus plastinali difiiizor 

orqali beriladi.  Shunda yuqoridan berilgan suv pastdan berilayotgan 

ozon-bavo aralashmasi ta’sirida mavhum qaynash rejimida qaynaydi. 

Natijada  suv  tarkibidagi  aralashmalar  oksidlanib  zararsiz  holatga 

o ‘tadi.


Ozon oqova suvdagi ham nooiganik va ham organik birikmalami 

oksidlaydi.

Masalan temir va maiganes birikmalari bilan quyidagi reaksiyalar 

boradi:


2 F eS 04+ H 2S 0 4+ 0 j= F e 2( S 0 4)3+ 3H 20 + 0 2 

Mn  S 0 4+ 0 ,+ 2 H 20 = H 2M n 0 3+ 0 2+ H 2S 0 4 

2H2MnO,  + 3 0 2= 2 H M n 0 4+ 3 0 2  + H 20

Vodorod sulfidning oksidlanishi quyidagicha boradi: 



H2S + 0 ,= H 20 + S 0 2 

3H 2S + 4 0 j= 3 H 2S 0 4

Ammiaknmg oksidlanishi quyidagicha boradi:



N H 3+ 4 0 = 4 N 0 3 + 4 0 2+ H 20 + H +

Bunda azot kislotasi hosil bo'ladi:





n o

,  +

h

+=

h n o

3).

Qaytarish usuli:  Oqova suvni qaytarish usulida tozalash suvda tez 

qaytariluvchi moddalar uchraganda qo‘llaniladi. Bu usul oqova suvdan 

simob, xrom,  mishyak moddalarini ajratish uchun keng qo‘llaniladi 

va ular tindirish,  filtrlash  yoki  flotatsiya  usullari  yordamida suvdan 

ajratiladi.

Suvda  simobning  organik  birikmalari  uchrasa,  aw al  organik 

modda  parchalanadi,  so‘ng  simob  kationlari  metall  holigacha 

qaytariladi.

Oqova  suvlarni  olti  valentlik  xromdan  tozalash  uchun  u  awal 

qaytarish jarayoni  asosida  uch  valentlikka  o ‘tkaziladi,  keyin  xrom 

gidrooksidini ishqoriy muhitda cho'ktirish amalga oshiriladi.  Bunda 

qaytaruvchi sifatida aktivlangan ko‘mir, tem ir sulfat,  natriy bisulfat, 

vodorod,  oltingugurt  dioksidi,  pirit kuli va shu  kabilar qo'llaniladi. 

Amalda ko‘pincha natriy gidrosulfat (bisulfit) ishlatiladi.



211

www.ziyouz.com kutubxonasi



4H2C r04+6NaHSO,+3H2S04=Cr2(S04)4+3Na2S 04+10H20

Ushbu reaksiya tez borib,  muhit pH=3-4 atrofida bo‘ladi.  Uch 

valentli  xromni  cho‘ktirish  uchun  ishqoriy  reagentlar qo‘llaniladi.

Cr’++ 3 0 H '= C r (0 H )5 

Tozalash jarayoni davriy va uzluksiz qurilmalarda olib boriladi.



19.8-rasm.  Xromni  qaytarish 

qurilmasining  sxemasi:

a)  1-sig‘im;  2-reaktorlar; 

3 -o ‘lchagich;  4-6-sig‘imlar;

b)  1 -o ‘rtalagich;  2-aralashtir- 

gich; 3-neytrallash  va cho'ktirish 

uchun  sig'imlar.

N aH SO ,  _   ,л „ .  

H2S 0 4  \  

Ca(O H ),

2

1



 

г

M

b)

Y

Davriy  qurilmada (a) oqova suv  1— sig'imdan nasos yordamida

2-reaktorga  haydaladi.  Agar  oqova  suv  pH =3  dan  ko‘p  bo ‘lsa, 

4-sig‘imdan muhit pHi  2,5-3 bo'lguncha sulfat kislota beriladi.  Shundan 

keyin natriy bisulfit  berilib,  30 daqiqa davomida jadal aralashtiriladi. 

Keyin ishqor va poliakrilamid beriladi va cho‘ktirish amalga oshiriladi.

Uzluksiz  qurilmalarda  oqova  suv  awal  I—o'rtalagichga  beriladi, 

keyin aralashtirgichga va neytralizatorga beriladi.  Bisulfit eritmasini 

aralashtirgichga  muhitning  pH =2,5—3  dan  kamaygandan  keyin 

beriladi.  Aralashtiigichning oxirida  muhitning pHini oshirish uchun 

kalsiy gidrooksidi(ohakli suv)  beriladi.  Tozalash jarayoni  30 daqiqa 

davom  etadi.  Cho‘kma  neytralizatorda  hosil bo‘ladi.  Cho‘ktirishni 

tezlashtirish uchun eritmaga poliakrilamid qo‘shiladi.

212

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qaytargich  sifatida  temir  sulfat  ishlatilganda  yaxshi  natijalarga 

erishish  mumkin.  Jarayonni  ham  ishqoriy,  ham  kislotali  muhitda 

olib  borish  mumkin.

2Cr03+6FeS04+6H2S 0 4=3Fe2(S 0 4)3+Cr2(S 0 4)3+6H 20

2CrO,+6FeS04+6C a(0H )2+6H2C>=2Cr(0H)3+6Fe(0H)3  +6C aS04

FeS04  ning sarfi muhit pH iga va xrom konsentratsiyasiga bog‘liq. 

Jarayonni  qulay  sharoitlari  quyidagicha:  T=20° C,  pH =7,  FeS04 

ning sarfi mo‘ljaldan  1,3 marta ko‘p.



Nazorat  uchun  savollar:

1. Ozon gazi qanday xususiyatlarga ega?

2.  O zonlash  jarayoni  oqova  suvdagi  qanday  birikm alarni 

zararsizlantiradi?

3.  Ozon gazining zararsizlantirish ta’siri nimaga bog‘hq?

4. Oqova suvni ozonlash usulida zararsizlantirish qurilmasi qanday 

tuzilgan?

5. Oqova suvni qaytarish usuli qaysi hollarda qo'llaniladi?

6.  Oqova suvlami olti valentlik xromdan tozalash uchun  qanday 

reagentlar  qo'llaniladi?



213

www.ziyouz.com kutubxonasi



20.  OQOVA  SUVLARNI  BIOKIMYOVIY TOZALASH 

USULLARI

Biokimyoviy tozalash usuli oqova suvdagi erigan ko‘plab oiganik va 

ba’zi nooiganik (sulfidlar, 

H2S, N H 3, 

nitritlar va boshqalar) birikmalami 

m ikroorganizm lar  yordam ida  o ‘zlashtirib  zararsizlantirishdir. 

Biokimyoviy  tozalashga  yuboriladigan  oqova  suvlar  BPK  va  XPK 

kattaliklari bilan xarakterianadi. BPK -  bu oqova suvdagi 1 mg oiganizm 

birikmalarining  ma’lum  vaqt  chegarasida  (2,  5,  8,  10,  20  sutka) 

bioximik oksidlanishiga sarf bo'ladigan kislorodning mg dagi miqdorini 

ko'rsatadi. Masalan:  BPKS — bu 5 sutkada biokimyoviy oksidlanishga 

kerak bo‘ladigan kislorodning miqdorini bildiradi.

XPK  -   bu  suvda  mavjud  bo'lgan  barcha  qaytaruvchilaming 

kimyoviy oksidlanishiga kerak bo'lgan kislorodning miqdorini bildiradi. 

Organik  moddalar  bilan  to ‘qnashgan  mikroorganizmlar  ulam i 

qisman parchalab suvga, C 0 2 ga va biomassaga aylantiradi va bu jarayon 

biokimyoviy  oksidlanish  deb  ataladi.  Oqova  suvni  biokimyoviy 

tozalashning 

aerob 

va 


anaerob  xillari 

mavjud. 


Aerob 

usulda 


mikroorganizmlar  ucbun  doimiy  kislorod  oqimi  kerak  va jarayon

20—40°  С  dan  oshmasligi  lozim.  Anaerob  usulida  kislorod  bo‘lishi 

shart  emas  va  bunda  asosan  cho‘kmani  zararsizlantirish  uchun 

foydalaniladi.

Aktiv  il  (balchiq)  tirik  organizm  va  qattiq  suhstratlardan  iborat. 

Tirik organizmlar — bakteriyalardan,  oddiy qurtlardan,  drojjilardan 

(xamirturish),  mog‘ordan,  hasharotlar  lichinkalaridan,  hamda  suv 

o‘tlaridan  iborat.  Ulami  hammasi  biosenoz  deb  ataladi  (12  xil 

mikroorganizm birlashadi).

Ushbu biosenoz aktiv il deb atalib, ularda bakteriyalaming jamoasi 

(to'plangani)  shilimshiq qatlam  (kapsulalar)  bilan  o'ralgan bo'ladi. 

Bunday  jam oa  zoogel  deb  ham  ataladi.  Zoogellar  aktiv  ilning 

strukturasinrng  yaxshilanishiga,  yaxshi  cho'kishiga,  ham da 

pishiqlanishiga sabab bo'ladi.  Shilimshiq moddalar antibiotiklardan 

iborat bo'lib,  ipsimon bakteriyalaming ko'payishigato'sqinlikqiladi. 

Agar  bakteriyalaming  shilimshiq  qatlami  bo'lmasa,  ifloslangan 

moddalar  sekin  oksidlanadi.

Aktiv il amfoter kolloid sistema bo'lib, pH =4—9 ga teng, ulaming 

kimyoviy  tarkibi  deyarli  yaqin  bo'ladi.  M asalan,  koksoximik

214

www.ziyouz.com kutubxonasi



zavodining  aktiv  ilining  formulasi  —  C97H1990 5,N28S2,  azot  zavodiniki 

C

9



oHi

67

°



52

N

24C 8



 va  shu  kabilar,  ya’ni  tarkibi juda  yaqin.  Aktiv  ilning 

quruq holidagi ko‘rinishi o ‘z tarkibida 70—90% oiganik va 30—10% 

nooiganik moddalami saqlaydi. Aktiv ildagi substrat 40%gacha bo'lib, 

uning tarkibi turli suv o'tlarining qattiq qoldiqlaridan va turli qattiq 

c h iq itla rd a n  

ib o ra t 

b o 'la d i. 

A ktiv 


iln in g  

ta rk ib id a  

m ikroorganizm lam ing  turli  guruhlari  mavjud  bo'ladi.  Bunday 

guruhlaming hosil bo‘lishi sanoat oqova suvlarining tarkibiga, erigan 

kislorod  miqdoriga,  haroratga,  m uhit  reaksiyasiga,  tuzlarning 

mavjudligiga,  oksidlanisli-qaytarish potensialiga va shu kabi boshqa 

faktorlaiga  bog‘liq.

Ilning sifati uning cho‘kish tezhgi va suyuqlikni tozalash darajasi 

orqali  belgilanadi.  Yirik  zarralar  (patchalar)  maydasiga  qaraganda 

tezroq cho‘kadi.

Oqova suvning bioparchalanishi biokimyoviy ko'rsatkich orqali 

xarakterlanadi.  Bu  ko'rsatkich  BPK/XPK  nisbatini  ko‘rsatadi. 

Sanoat oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi juda past bo‘ladi 

(0,05 —0,3),  maishiy oqova suvlamiki esa — 0,5 dan yuqori bo'ladi. 

(organik birikmalar bilan ifloslangan oqova suvning BPKsi yuqori 

bo  ladi,  shuning  uchun  nisbat  ko‘rsatkichi  ham  yuqori  bo'ladi).

Biokimyoviy ko‘rsatkich bo‘yicha sanoat oqova suvlari 4 guruhga 

bo‘linadi.

1  gumh  —  0,2  dan  yuqori.  Bunda  oziq-ovqat  sanoati  suvlari  — 

drojja,  kraxmal,  shakar,  pivo  sanoat  suvlari,  neftni  birlamchi 

haydash,  sintetik yog‘  kislotalari,  oqsil,  vitamin ishlab  chiqarish  va 

shu kabi  sanoat tarmoqlarinmg  suvlari.

2  guruh  — 0,1—0,02.  Bunga  koks,  azot  sanoati,  koksokimyoviy, 

soda sanoati oqova suvlari kiradi.

3  guruh  -   0,01-0,001.  Bunga  sulfatlash,  xlorlash,  yog‘,  PAV, 

H 2S 0 4  kislotasi,  qora  metall va og‘ir mashina sanoati oqova suvlari 

kiradi.

4 guruh — 0,001  dan kichik.  Bunga ko‘mir,  ruda sanoati,  (suvda 



suzib yuruvchi moddalar) oqova suvlari kiradi. Bunday korxona suvlari 

faqat mexanik tozalash usuli yordamida zararsizlantiriladi.

va 2 guruh suvlarining ifloslanganlik darajasi deyarli yaqin bo‘ladi. 



Ulartozalangandan keyin qayta suv aylanma sistemalarda qo‘lianiladi.

215

www.ziyouz.com kutubxonasi



guruh suvlari davriy hosil bo‘lib, ulaming ifloslanganlik darajasi 

o'zgarib turadi,  ular biokimyoviy oksidlashga bardoshli  boiadi.  Bu 

suvlarda  erigan  moddalar  ko‘p  bo‘ladi  va  ularni  qayta  ishlatib 

bo'lmaydi.  Oqova  suvdagi  erigan  oiganik  moddalar  biokimyoviy 

oksidlanishi uchun ular mikroorganizmlar hujayrasiga tushishi kerak

bunda asosiy rol mikrooiganizmlar hujayrasiga boradigan jarayonlaiga 

bog‘liq.  Bu jarayonlar moddalami oksidlanishi, eneigiya ajralishi va 

yangi  birikmalar  sintezi  bilan  tugaydi.  Bu  jarayonlami  borishida 

fermentlar,  murakkab  oqsillar katta  rol  o'ynaydi.

Biokimyoviy reaksiya tezligi  fermentlar aktivligiga bog‘liq bo‘lib, 

uning  o‘zi esa  muhit borasida pH ga, va suvdagi boshqa moddalaiga 

bog‘liq.  Harorat  ko‘tarihshi  bilan  fermentativ  reaksiya  tezligi  ham 

oshadi.  Lekin haroratning ma’lum chegarasi bor.

Agar  oqova  suvda  bir  qancha  birikmalar  mavjud  bo'lsa,  unda 

oksidlanish jarayoni  oiganik birikmalaming miqdoriga va strukturasiga 

bog‘liq bo'ladi.

Birinchi  o‘rinda  hujayra  materialini  ko'paytiruvchi va  energiya 

chiqaruvchi moddalar parchalanadi. Qolgan moddalar esa fermentlar 

bor yo‘qligiga qarab, birin ketm oksidlanadi. Biokimyoviy oksidlanish 

reaksiyalarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

CSH, OzN  + (x + y/ A +

z

/

i

+ Y

a

)0 2 

!cn"tn"°r  >x C 0 2 + ( y - 3 ) 2 H 20 + N H , + A H

 

(1) 



C XH  vO . N   +  NH

  ,  +  


0 2

  —


£гтш!аг

_— > 


£ , H

 

7NO  2 + C O   2  +  A H

 

(2)


(1) reaksiya moddaning oksidlanishi bilan hujayranmg energiyaga 

bo‘lgan  ehtiyojini  qoplaydi;

(2) reaksiya hujayra materialini qoplash uchun sarf bo‘ladi.  Bunda

0 2  miqdori  oqova  suv  BPK sini  tashkil  etadi.

Oksidlanish tezligi oiganik moddalami konsentratsiyasiga va suvdagi 

boshqa aralashmalaming miqdoriga bog‘liqdir.

Oqova suvni turbulizatsiyasi mikroorganizmlaiga kislorodning yetib 

borishini tezlashtiradi va bu  o‘z yo‘lida tozalash darajasini oshiradi.

Mikrooiganizmlar  oiganik  moddalami  yaxshi  oksidlashi  uchun 

kislorodni  suvga  aeratsiya  qihshi  kerak,  ya’ni  havo  pufakchalariga 

aylantirish lozim.  Biokimyoviy oksidlash reaksiyasining yaxshi borishi 

uchun  oqova suvda yetarli miqdorda K, N, P va shu kabi elementlar



216

www.ziyouz.com kutubxonasi



bo'lishi kerak. Azot kam bo'lsa oksidlanish qiyinlashadi, fosfor kam 

bo‘lsa aktiv il shishadi, cho‘kishi va ajratilishi qiyinlashadi.  Shuning 

uchun ba’zan biokimyoviy tozalashda oqova suvga azot, fosfor, kaliy 

tarkibli mineral  o ‘g‘itlar solinadi. Agar maishiy oqova suvni tozalash 

lozim bo‘lganda yuqoridagi moddalarni  solinishi shart emas (chunki 

bunday  moddalar oqova suv tarkibida yetarli bo'ladi).



Nazorat  uchun  savollar:

1.  Biokimyoviy tozalash usuli nima?

2. BPK nima?

3. XPK nima?

4.  Aktiv il  nima?

5.  Aktiv  ilning  kimyoviy tarkibi  qanday?

6.  Biokimyoviy ko'rsatkich nima?

7. Biokimyoviy ko'rsatkich bo'yicha oqova suvlar qanday guruhlaiga 

bo'linadi?

8.  Biokimyoviy oksidlanish reaksiyalari qanday ifodalanadi?

9. Biokimyoviy oksidlanish reaksiyalari yaxshi borishi uchun oqova 

suvga nima qo'shiladi?



Tabiiy sharoitlarda  tozalash

Oqova  suvni  biokimyoviy  tozalashda  aerob  jarayonlari  tabiiy 

sharoitlarda va suriiy inshootlarda borishi mumkin. Tabiiy sharoitlarda 

oqova  suvlar sug'orish  dalalarida,  ffltratsiya  dalalarida  va  biologik 

hovuzlarda biokimyoviy oksidlanish jarayoni asosida zararsizlantirilishi 

m um kin.  B u n d a  oqova  su v lar  m axsus  d a la la rd a   yerdagi 

m ikroorganizm lar,  havo,  quyosh  nuri  ta ’sirida  biokimyoviy 

tozalanadi.  Biologik  tozalashdan  keym  bu  yerlarga  donli  ekinlar 

ekilishi mumkin. Bunday tozalagichlar hovuzchalar ko'rinishida ham 

bo'lishi  mumkin  (bioprud).  Bunda  3—5  ta  hovuzlar  qator  qilib 

joylashtiriladi. Oqova suv bu hovuzlaiga biridan keyingisiga oqib  o'tadi. 

Ulammg  chuqurligi  0,5—1  m  atrofida  bo'ladi  va  quyosh  ta ’sirida 

yaxshi  qizdiriladi.  Natijada  suv  o'tlari  yaxshi  rivojlanib  o ‘sadi  va 

suvga  biokimyoviy  oksidlanish  uchun  kislorod  yetkazib  beradi. 

Biokimyoviy oksidlanish jarayoni natijasida ajralgan C 0 2, fosfor va

217

www.ziyouz.com kutubxonasi



20.1-rasm.  Oqova  suvlarni  tabiiy  biokimyoviy  tozalash variantlari:

1-mexanik tozalash; 2-fizik-kimyoviy tozalash; 3-biokimyoviy tozalash; 4-biohovuz;

5-shohobcha kanal; 6-bug‘lantiruvchi hovuz; 7-filtrlash dalasi; 8-sug‘orish dalasi;

ammoniyli  azot  moddalari  suv  o‘tlari  tomonidan  o‘zlashtiriladi. 

Hovuzchalaming  normal  ishlashi  uchun  suv  harorati  6°C  dan past 

bo'lm asligi  lozim.  Shuning  nchun  qish  paytida  hovuzchalar 

ishlamaydi.

Oqova  suvlami  bir  necha  tozalash  usullari  bilan  birga  sug‘orish 

dalalariga oqizib to‘liq zararsizlantirish mumkin (20.1-rasm).

1-variantda oqova suv mexanik tozalash bosqichidan keyin 4-hovuzga 

yuboriladi, so‘ngra kanal orqali bug‘latish hovuziga va sug‘orish dalasiga 

oqiziladi.

2-variantda  oqova  suv  mexanik  va  fizik  kimyoviy  tozalash 

bosqichlaridan  keyin biohovuz orqali  filtrlash dalasiga va sug‘orish 

dalalariga oqiziladi.

3-variantda esa oqova suv mexanik, fizik kimyoviy va biokimyoviy 

tozalash  bosqichlaridan  keyin  sug‘orish  dalalariga  oqiziladi,  qishki 

mavsumda esa suv havzasiga yuboriladi.



Nazorat  uchun  savollar:

1. Tabiiy sharoitlarda oqova suvlar qayerlarda va qanday sharoitlarda 

zararsizlantiriladi?

2. Biologik hovuzlar nima va ular qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

3. Oqova suvlami tabiiy biokimyoviy tozalash variantlari qanday?

4.  Sug‘orish  va filtrlash dalalari nima?



218

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sun’iy qurilmada biokimyoviy tozalash jarayoni aerotenklarda yoki 

biofiltrlarda olib boriladi.

Aerotenkda  tozalash:  Aerotenk  bu  tem ir  betonli,  havo  o ‘tib 

turuvchi  (purkatuvchi  —  aeratsiyalanuvchi)  rezervuarlardir. 

Aeratsiya,  ya’ni  havo  bilan  to‘yintirish,  oqova  suv  va  aktiv  ilni 

kislorodga to‘yintirish maqsadida amalga oshiriladi (20.2-rasm).



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling