M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/46
Sana12.12.2017
Hajmi3.87 Mb.
#22110
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46

Radial  tindlrgichlar.  Ushbu  tindirgichlar  aylana  shakldagi 

rezervuarlar bo‘lib, unda suv markazdan chetga qarab harakat qiladi. 

Bunday tindirgichlar suv  sarfi  20000  m3/sutka  dan  ko‘p  boMganda 

qo'llaniladi.  Tindiigichning  chuqurligi  1,5—5  m  atroflda  bo'ladi. 

Diametming chuqurhgiga nisbati esa 6 dan 30 gacha bo'ladi. Odatda 

tindiigichlaming diametri  16—60 m bo'ladi. Tindirish samarasi 60% 

ni tashkil  etadi  (  17.5-rasm).

17.5-rasm.  Radial  tindirgich:

1-temirbeton  basseyni;

2-aylanma suv chiqarish ariqchasi;

3-markaziy  taqsimlash  quvuri;

4-uzatma mexanizmi;

5-xizmat ko'rsatish  xodimlarining 

maydonchasi;

6-ferma;

7-kuraklar;

8-loy  tortish  quvuri;

9-chuqurcha.

17.6-rasm.  Tmitgich  bloki:

1-tinitgich;  2-ch o‘kindi  yig‘gich.

Cho‘kma

164

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tinitgichlar.  Ushbu  qurilma  tabiiy  suvlarni  tozalash  va  ba’zi 

korxonalaming  oqova  suvlarini  boshlang‘ich  tozalash  bosqichida 

tinitish  uchun  ishlatiladi.  Buning  uchun  dastlab  koagulant  bilan 

ishlov  berilgan  oqova  suvni  cho'km a  qatlami  orqali  o ‘tkaziladi 

(17.6-rasm).

Tinitgichga koagulant bilan ishlov berilgan oqova suv apparatning 

quyi  qismidan  beriladi.  Koagulant  pag'alari  va  u  bilan  birga 

ko‘tariladigan zarralar suvning ko‘tariluvchi oqimiga qo‘shiladi.  Bu 

ko‘tarilish  I-I  kesma  yuzasigacha  davom  etadi  va  undan  keyin 

zarralaming  muallaq  holati  vujudga  keladi.  Ushbu  qatlamdan 

o'tadigan suv tinib  o‘tadi. Yig'ilgan zarralar va koagulant pag'alari 

cho'kindi  yig'gich  bo‘lmasidan  ajratib  olinadi.  Tiniqqan  suv  esa 

qurilmaning  yuqori  qismidan  ariqcha  orqali  keyingi  tozalash 

bosqichiga uzatiladi.



Nazorat uchun  savollar:

1.  Oqova  suvlar  tarkibidagi  yirik  aralashmalar  qaysi  usullar 

yordamida zararsizlantiriladi?

2. Oqova suv tarkibida muallaq qattiq moddalarning  qovushqoqligi 

va zichligi qanday aniqlanadi?

3.  Qumushlagichlarning tuzilishi qanday va ular nima maqsadda 

ishlatiladi?

4.  Tindirgichlammg  necha  turlari  bor,  tuzilishi  qanday  va  ular 

nima maqsadda  ishlatiladi?

5. Tinitgichlaming tuzilishi qanday va ular nima maqsadda ishlatiladi ?



Suv yuzasida  suzib  yuruvchi  aralashmalardan  tozalash

Bu usul oqova suv tarkibida neft, moy, smola va shu kabi yog'simon 

mahsulotlar uchraganda qo'llaniladi.

Ushlanadigan aralashma zichligi suvdan kam bo'lgani uchun suv 

yuzasida qalqib turadi.  Uni suvdan ajratish uchun  neft ushlagichlar 

ishlatiladi  (17.7-rasm).

Neft  va  neft  mahsulotlarini  suv  yuzasiga  qalqib  chiqishi  tindirish 

kamerasida ro‘y beradi. Suv yuzasidagi neft kurakli mexanizm yordamida 

neft yig'gich tomoniga yo'naltiriladi va u yerdan neft yig‘gich yordamida 

so'rib olinadi. Suv bu neft ushlagichlarda 0,005-0,01 m/s tezlikda harakat



165

www.ziyouz.com kutubxonasi



17.7-rasm.  Neft  ushlagich:

1-korpus;  2-gidroelevator;  3-neft  qatlami;  4-neft  yig'gich  quvuri;  5-neft 

ushlash  to ‘sig‘i;  6-kurakIi  transportyor;  7-o‘racha.

qiladi.  Neftni  suv yuzasiga  qalqib chiqish  darajasi  96—98%  ni tashkil 

etadi. Gorizontal neft ushlagichlar kamida ikkita seksiyadan iborat bo‘lib, 

har  bir  seksiyaning  eni  2—3  m,  cho'ktiriladigan  suv  qatlamining 

chuqurligi  1,2—1,5  m,  tindirish  vaqti  2  soatni tashkil etadi.

Yog‘ zavodlari, junni  birlamchi qayta tayyorlash fabrikalari, go‘sht 

kombinatlari  va  oshxonalar  suvlari  tarkibida  ham  yog‘  qoldiqlari 

ko'plab uchraydi. Ushbu suvlami ham zararsizlantirish uchun yuqorida 

ko‘rib  chiqilgan  neft  ushlagich  apparatlariga  aynan  o ‘xshash  yog* 

ushlagichlar  qo‘llaniladi.



Nazorat  uchun  savoUar:

1.  Suv  yuzasida  suzib  yuruvchi  aralashmalar  qanday  apparatlar 

yordamida oqova suvlardan ajratiladi?

2.  Neft ushlagichda oqova suvdan rieft mahsuloti qaysi xususiyatlarga 

qarab  ajratiladi?

3.  Suv yuzasida suzib yuruvchi aralashmalar bilan ifloslangan oqova 

suvlar qaysi  korxonalarda  hosil  bo‘ladi?

4.  Neft  ushlagich  apparati  qanday tuzilgan?



Filtrlash  usuli

Oqova  suvda  mayda  dispers  qattiq  zarralar  uchrasa  va  ularni 

cho‘ktirish  orqali  ushlab  qolishning  imkoni  bo‘lmasa,  filtrlardan 

foydalanib oqova suv tarkibidagi aralashmalami ajratib olish mumkin. 

Bunda  filtr  sifatida  g‘ovaksimon  materiallardan  foydalaniladi.

166

www.ziyouz.com kutubxonasi



Filtrlar suvni  o'tkazib  dispers  fazarri  ushlab  qolishi  kerak.  Jarayon 

atmosfera bosimida yoki vakuum ostida boradi.  Filtrlash uchun turli 

konstruksiyadagi  apparatlar  qo'llaniladi.

Filtr materiaU sifatida metall plastmalar, aluminiy, nikel, asbestli, 

parta  tolali,  junli,  sintetik  tolali  materiallar  qo'llaniladi.  Filtrlar 

kimyoviy  muhitga chidamli va suv ta’sirida shishib ketmasligi hamda 

parchalanmasligi kerak.

Filtrlash jarayoni filtr materiali  ustida cho'kmani  yig'ilishi bilan 

olib boriladi.  Filtrlash jarayonida yig'iladigan cho'kmalar siqiluvchi 

va  siqilmaydigan  xillariga  bo'linadi.  Siqiladigan  cho'km alarni 

zichlashtirish  oqibatida undagi g'ovakliklami  kamayishi va  buning 

natijasida  jarayon  qarshiligini  oshishi  bilan  xarakterlanadi. 

Siqilmaydigan  cho'kmalaming  g'ovakliklari  va  qarshiligi  filtrlash 

jarayonida  o'zgarmaydi. Bunday cho'kmalarga kelib chiqishi mineral 

moddalar bo'lgan  zarralar,  qum,  bo'r,  soda  kabilar kirib,  ulardagi 

zanalaming razmeri  100 mkm dan katta bo'ladi. Filtming ish unumi 

filtrlash tezligi, ya’ni undan birlik vaqt ichida birlik yuza orqali  o'tgan 

suvning miqdori bilan o'lchanadi.

Filtrlash tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

d u l  Fdx

  =  


AP

 /  


n { R ch + Rf  )

Filtrlash jarayonini doimiy bosim farqlarida yoki doimiy tezlikda 

olib borish  mumkin.  Doimiy bosim  farqlarida  filtrlash tenglamasi 

quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:



d u /  F d r  = AP / jurch (xchu

 /  


F  + Rf )

Filtming ushbu rejimida cho'kma hosil bo'lishi uchun ketgan vaqt 

quyidagicha aniqlanadi:

г = yrchv  / rF(xchu /F  + Rf )

Jarayonning  doimiy  tezligida  filtrlashning  tenglamasi  quyidagi 

ko'rinishia bo'ladi:

ДP = jjrchv! rF(xcho / F +R f )

Filtrlask tezligi  Q )=vlF



t

  bo'lgani uchun, yuqoridagi tenglama 

quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

№  = ^ M x ch(OT + Rf )

167

www.ziyouz.com kutubxonasi



bu yerda, u —filtratning  r—vaqt  davomida  hajmi,  m3;  F—filtrlash yuzasi.  m 2, 

т —

  filtrlash vaqti,  с; 

AP

 -bosim  farqi,  Pa; 

ц

 —filtratning dinamik qovushqoqligi, 

Pa.s;  Rch  va  RF  —  cho‘kmaning  va  filtming  qarshiligi,  m 

rch  —  cho'kmaning 

solishtirma qarshiligi, m  2; xch— cho'kma hajmining filtrat hajmiga  nisbati.

Filtrlarning  turli  konstruksiyalari  ishlab  chiqilgan  bo‘hb,  ular 

aralashmalarni  suyuqlikdan  ajratish  bo‘yicha  yuqori  samaraga  ega 

bo‘lishi va  filtrlash tezliklari yuqori bo‘lishi  lozim.

Filtrlar  turli  belgilarga  qarab  farqlanadi:  jarayonning  borish 

xarakteriga  qarab  —  davriy  va  uzluksiz;  jarayon  turi  bo'yic.ia 

ajratishga,  quyuqlashtirishga  va  tiniqlashtirishga  mo'ljallangan; 

filtrlash bosimi bo‘yicha — vakuum ostida (0,085 MPa gacha), bos.m 

ostida (0,3 dan  1,5 MPa gacha); filtrlash yo'nalishi bo'yicha — pastga, 

tepaga  yoki  yonga;  konstruktiv  ko‘rinishi  bo‘yicha;  cho'kmani 

ajratib olish bo‘yicha; cho‘kmani yuvish va suvsizlantirish bo'yicaa; 

filtrlash yuzasining formasi va  o‘matillshi bo‘yicha.

Oqova suvlarni tozalash sistemalarida davriy rejimda ishlovchi — 

nutch-filtrlar,  filtr-presslar, uzluksiz rejimda ishlovchi — barabmli, 

diskali va lentali filtrlar qo'llaniladi.

Davriy  rejimda  ishlovchi  nutch-filtrlar sodda  konstruksiyaga ega 

bo'lib,  neytral,  kislotali  va  ishqoriy  suspenziyalarni  ajratishga 

mo'ljallangan. Ushbu filtrlar perforatsiyalangan taglikli sig'im bo'lib, 

taglik ustiga  filtr materiali  qoplangan  bo'ladi.  Filtr sig'imining tag 

qismi vakuum  sistemaga  ulangan  bo'lib,  ishlash  paytida  filtr ostida 

yig'llgan cho'kma qo'l yordamida sidirib olinadi.

Qiyin  filtrlanadigan  suspenziyalarni  ajratish  uchun  uzluksiz 

ishlovchi  barabanli  filtrlar  ishlab  chiqilgan  (17.8-rasm).

17.8-rasm.  Barabanli  filtr:

1-filtr  materiali;  2-rolik;  3-pichoqcha;  4-yuvuvchi  suv  berish moslamasi.

168

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ushbu  flltrda  baraban  aylanishi bilan  suyuq  faza  vakuum  ostida 

baraban  ichiga  tortiladi  va  undan  tashqariga  chiqarib  yuboriladi. 

Cho‘kma esa barabanga tortilgan filtr materialiga o‘tirib qoladi. Baraban 

aylanishi  bilan  unga tortilgan filtr materiali ham birgalikda harakat 

qiladi.  Shunda filtr materiali yo‘lida unga tiralgan holda pichoqcha 

yordamida ustidagi filtrat moddalari qirib olinadi.  Keyin filtr materiali 

ustidagi qoldiq moddalar yuvuvchi suv yordamida yuvib tashlanadi. 

Bundan keyin filtr materiali harakatini  davom ettirib qayta filtrlash 

jarayoniga yuboriladi.

Oqova  suvlami  tozalash  jarayonida,  odatda,  katta  miqdordagi 

suvlarni  tozalash  lozim  bo‘ladi,  shuning  uchun  bunday  suvlami 

filtrlash  usulida  tozalash  uchun  bosimlami  ishlatish  shart  emas. 

Bundan kelib chiqqan holda to'rsimon elementli va  donador qatlamli 

filtrlar ishlatiladi.

Donador to ‘siqli filtr quyi  qismida suvni chiqarish  uchun drenaj 

moslamasi  o‘matilgan rezervuar ko‘rinishiga ega bo‘lib, bunda drenaj 

ustiga  himoya  qiluvchi  va  filtrlovchi  qatlam joylashtirilgan  bo‘ladi 

(17.9-rasm).



17.9-rasra.  Donador qatlamli  filtr:

1-korpus; 2-yuvuvchi suvlami chiqarish sistemasi;  3-oqova suv berish sistemasi; 

4-yuvuvchi  suvlami  berish  sistemasi;  5-g‘ovaksimon  drenaj;  6-filtrIovchi  qatlam.

Oqova  suvni  filtr ichiga  beriladi  va  suv donador filtr qatlamidan 

o‘tib,  drenaj  orqali  sistemadan  chiqarib  yuboriladi.  Filtr  materiali 

to ‘lib  qolganda  pastdan  tepaga  yuvuvchi  suvlar  beriladi  va  filtr 

tozalanadi.  Drenaj  yig‘ilgan  g‘ovaksimon  beton  plitalaridan  iborat 

bo‘ladi.  Unga  filtr  materiali  (2  —  4  qatlam)  bir  xil  granulometnk

Sanoat

3

Tozalangan  suv

Sanoat suv

7  


I 









169

www.ziyouz.com kutubxonasi



tarkibda joylashtiriladi.  Qatlam qalinligi  1,5 — 2 m atrofida bo‘ladi. 

Filtrlash tezligi  12  —  20  m/soat ga teng.

K o'p  qatlam li  filtrlarda  filtr  m ateriallari  turli 

d o n ad o r 

materiallardan tarkib topadi.  Masalan yuqori qatlami antratsit va 

qumdan iborat bo‘ladi.  Bunda yuqori qatlam donalarining razmeri 

pastki  qatlam   donalari  razm eridan  kattaroq  bo'ladi.  Ushbu 

filtrlarning  konsruktsiyasi  bir  qatlamli  filtrlar  konstruksiyasiga 

o‘xshashdir. Ular yuqori ish unumiga va uzoq ishlashga mo'ljallangan 

bo'ladi.


Nazorat  uchun  savollar:

1.  Oqova suvda mayda dispers qattiq zarralar uchraganda qanday 

apparatlami ishlatish  maqsadga muvofiq?

2.  Filtr  materiali  sifatida  qanday  materiallar  ishlatiladi  va  ular 

qanday talablaiga javob berishi kerak?

3.  Filtrlash tezligi qanday aniqlanadi?

4.  Filtrlar qaysi belgilariga qarab farqlanadi?

5. Oqova suvlarni tozalash tizimlarida qanday filtrlar qo'llaniladi?

6. Barabanli  filtrlarning  ishlash  prinsipi qanday?

7.Donador  to'siqli  filtrlarning  ishlash  prinsipi  qanday?



Suzib yuruvchi  zarralarni  markazdan  qochma kuch 

va  siqish  yordamida  ajratish

Buning  uchun gidrosiklon va  sentrifugalar ishlatiladi.



Gidrosfldonlan Gidrosiklonlar sodda va kompakt tuzilgan bo'lib, ulami 

ishlatish ancha qulay. Gidrosiklonda suyuqlik yon tarafdan kirib, maikazdan 

qochma kuch ta’sirida suv tarkibidagi zarralar chetga qarab harakat qilib, 

devoiga uriladi va og'irlik kuchi ta’sirida konus qismi orqali pastga yo'naladi. 

Tozalangan suv esa markaziy truba orqali chiqib ketadi.

B unday  gidrosiklonlarda  suv  n ap o r  (kuch)  bilan  kiradi. 

Gidrosiklonlami  tozalash  samarasi  70%,  suv  tezligi  0,11—0,5  m /s

Ba’zan  bir  nechta  siklon  elementlari  birlashtiriladi.  Bunda  suv 

tozalashning  ish  unumi  oshadi.

Sentrifugalar.  Oqova  suvdan  aralashmalarni  ajratish  uchiin 

filtrlovchi va cho'ktiruvchi sentrifugalar ham ishlatiladi.  Filtrlovchi 

sentrifugalar  suspenziyalarni  oqova  suvdan  ajratishda,  hamda 

cho'kmani suvsizlantirish lozim bo'lganda ishlatiladi.



170

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bunda  filtr  materiallari  teshikli  barabanga  o ‘raladi  va  baraban 

aylantirilganda  cho‘kma  filtrda  ushlanib  qoladi,  keyin  u  pichoq 

yordamida qirib olinadi.  Pichoqlar porshinli, rotorli, shnekli bo'lishi 

mumkin.


Cho'ktiruvchi sentrifugalar gorizontal ko‘rinishda bo'ladi.

17.11-rasm.  Sentrifugali  oqova  suv  tozalash  texnologik  sxemasi:

1-reshotka;  2-gidrosiklon;  3-zichlashtirish  apparati;  4,7-sig‘im;  5-nasos;

6-sentrifuga.

Nazorat  uchun  savollar:

1.  Suzib yuruvchi zarralar qanday apparatlar yordamida ajratiladi?

2.Gidrosiklonlaming  ishlash  prinsipi  qanday?

3.  Gidrosiklonlammg tuzilishi qanday?

4.  Sentrifugalaming  ishlash  prinsipi  qanday?

171

www.ziyouz.com kutubxonasi



18-BOB.  OQOVA  SUVLARNI  FIZIK-KIMYOVIY TOZALASH

USULLARI

Ushbu usulda oqova suvlar koagulatsiya, flotatsiya,  adsorbsiya, 



ionalmashish,  ekstraksiya,  rektifikatsiya,  bug‘lantirish,  distillatsiya, 

kristaHizatsiya,  desorbsiya va shu kabi jarayonlar asosida tozalanadi. 

Bu  usullar  oqova  suvdagi  erigan  m ineral,  organik  va  gaz 

birikmalarini ajratishda,  hamda juda mayda dispers suzib yuruvchi 

zarralam i ajratishda qo ‘llaniladi.

Fizik-kimyoviy  usullar  biokimyoviy  usullarga  nisbatan  qator 

afzalliklarga ega:

1)  Oqova  suvdan  biokimyoviy  oksidlanm aydigan  organik 

zaharli  chiqindilarni  tozalash  imkoni  borligi;

2)  tozalashni  chuqur  va  muqim  olib  borish  mumkinligi;

3)  tozalash  inshootlarining  razmeri  kichikllgi;

4)  tozalash  jaray o n larin i  to ‘liq  avtom atlashtirish  im koni 

borligi;


5)  oqova  suv  tarkibidagi  turli  m oddalam i  rekuperatsiya  qilish 

mumkinligi;

6)  jarayonning  to 'liq   o ‘rganilganligi  va  shuning  natijasida 

modellashtirish,  m atem atik  hisoblarni  amalga  oshirish  hamda 

apparatlarni  to ‘g ‘ri  tanlash  imkoni  borligi;

7)  usul  tirik  organizm larning  faoliyati  bilan  bog‘liq  emasligi;

8)  turli  birikm alarni  rekuperatsiya  qilish  im koni  borligi.

Tozalashning  u  yoki  bu  usulini  tanlash  tozalanishi  kerak

b o ‘lgan  oqova  suvning  sanitar  va  texnologik  talablari,  chiqindi 

m oddalar  konsentratsiyasi,  oqova  suv  miqdori,  kerakH  m aterial 

va energetik resurslarning bor-yo‘qligi va shu kabilar asosida kelib 

chiqadi.


Nazorat  uchun  savollar:

1.  Fizik-kimyoviy usulda oqova suvlar qanday jarayonlar asosida 

tozalanadi?

2.  Fizik-kimyoviy usullar qanday afzalliklarga ega?

3. Tozalanishi lozim bo'lgan oqova suvning qanday holatlari  asosida 

tozalash  usuli  tanlanadi?



172

www.ziyouz.com kutubxonasi



Koagulatsiya  va  flokulatsiya 

Koagulatsiya.  Ushbu  jarayon  suvdagi  dispers  zarralarning 

yiriklashishi, ulami  o'zaro qo‘shilishi va assotsiatlami hosil bo'lishidir. 

Koagulatsiya  jarayoni  oqova  suvdagi  mayda  dispers  zarralarning 

cho‘kishini  tezlashtiradi.  Oqova  suvni  tozalashda  suvga  maxsus 

koagulantlar qo‘shiladi.  Koagulantlar ta’sirida mayda dispers zarralar 

suvda  yirik  pag‘a-pag‘a  (chirigan  sutdagi  zarralar  kabi)  zarralarga 

aylanadi va ular  o ‘z og'irlik  kuchi  ta’sirida cho‘kadi.  Bunda suvga 

koagulant  qo'shilganda  metall  gidrooksidlari  hosil  bo'ladi,  ular 

qisman  musbat  zaryadlangani  uchun  manfiy zaryadlangan  kolloid 

va muallaq zarralami  o‘ziga tortadi. Oqibatda zarralar  o‘zaro toitishib 

yiriklashadi va suv tagiga cho‘kadi.

Koagulant  sifatida  sanoatda  aluminiy  tuzlari,  temir  tuzlari  va 

ulaming  aralashmalari  qo'llaniladi.  Ko'pincha  A12(S 0 4)3 • 12H20 , 

NaA102,  Al2(OH)5Cl  —  aluminiy  geksa  xlorid  va  shu  kabi  tuzlar 

ishlatiladi. Ular ichida asosan AI2(S 04)3 tuzi keng ishlatiladi (pH=5- 

7,5). Uni quruq holda, yoki 50%li eritma holida ishlatiladi. Koagulatsiya 

jarayonida aluminiy sulfat suvdagi gidrokarbonatlar bilan birlashadi:

AI2(S 0 4)3+   3C a(H C 03)2 —>2A1(0H)3 J,  +   3C aS04  +   6 C 0 2

Al(OH)3 pag‘a-pag‘a cho'kma hosil qiladi va sistemadagi dispers 

zarralami  o‘ziga ilashtiradi va yiriklashib cho'kadi. Ortiqcha ishqoriy 

muhit  kislota  yoki  tarkibida  C 0 2  gazlari  bo'lgan  tutun  gazlari 

yordamida neytrallanadi:

2NaA102  +   C 0 2  +  H20   =  Al(OH)3  +   Na2C 0 3 

Koagulant sifatida temir tuzlari ham keng qo'llanadi. Temir tuzlari 

past temperaturada ham yaxshi ta’sir ko'rsatadi, pag'a-pag'a zarralari 

yirikroq  va  mustahkamroq  bo'ladi,  ulami  turli  tuzli  eritmalarda 

qo'llash  m um kin,  suvning  hidini  yo'qotadi  (H 2S  ni  yutadi). 

Kamchiligi  —  tozalash  jarayonida  rangli  eritmalar  hosil  qilishi 

mumkin, hamda kislotaligi yuqori bo'ladi, pag'a zarralari yuzasi esa 

kamroq bo'ladi.  Shuning uchun ko'pincha A12(S 04)3 va FeSl3 tuzlari 

birgalikda ishlatilib, suv tozalash jarayonlarida ulaming  1:1  dan  1:2 

nisbatgacha aralashmalari yaxshi natijalami beradi.

Polidispers  sistemalarda  koagulatsiya  yaxshiroq  boradi,  chunki 

cho'kish paytida katta zarralar  o'zi bilan kichik zarralami ham birga

173

www.ziyouz.com kutubxonasi



cho‘ktiradi. Zarralar formasi koagulatsiya jarayonida katta ahamiyatga 

ega.  C h o 'ziq  zarralar  sharsim on  zarralarga  nisbatan  yaxshi 

koagulatsiyalanadi.

Flokulatsiya.  Ushbu  jarayonda  yuqori  molekulali  birikmalarga 

(flokulantlarga) oqova suvdagi kolloid zarralar ilakishib  yiriklashadi. 

Flokulatsiya  jarayonida  koagulatsiya  jarayonidan  farqli  ravishda 

zarralarning  yiriklashishi  flokulyant  yuzasida  adsorbsiyalangan 

molekulalami  o‘zaro birlashishidan ham  sodir bo‘ladi.

Flokulatsiya jarayoni koagulatsiya jarayonini jadallashtirish uchun 

qo'llanib, cho‘kish tezligini oshiradi. Flokulant ishlatilganda koagulant 

dozasi  kamayadi.  Flokulatsiya jarayonida  asosan  tabiiy  va  sintetik 

flokulantlar  ishlatiladi.  Tabiiy  flokulyantlarga  kraxmal,  dekstrin, 

efirlar, selluloza moddalari kiradi. Sintetik flokulyantlarga poliakrilamid 

(PAA)  (-CH 2-C H -C O N H 2)n  ,  uniflok  moddasi  kiradi.  PAA  -  lm 3 

suvga 0,4— lg atrofida solinadi.  PAA ta’sir doirasi keng bo‘lib,  PH>9 



bo‘lganda 

flokulatsiyalangan zarralarning cho‘kish tezligi kamayishi 

mumkin.

PAA  7—9%h  gel  ko‘rinishda  ishlab  chiqiladi,  suvga  solinganda 



uning qovushqoqligi keskm oshadi.  Oqova suvning koagulatsiya va 

flokulatsiya  tozalash  jarayoni  quyidagi  bosqichlardan  iborat:

1)  oqova suv bilan  reagentlarni aralashtirish;  2)  yirik zarralarning 

hosil  bo'lishi;  3)  hosil  bo‘lgan  zarralami  cho'ktirilishi.

Koagulantni  va  suvni  aralashtirish  uchun  gidravlik  va  mexanik 

aralashtirgichlar ishlatiladi. Gidravlik aralashtirgichlarda aralashtirish 

jarayoni suv oqimining yo‘nalishini va tezligini  o‘zgartirish hisobiga 

amalga  oshiriladi.  Mexanik  aralashtirgichlarda  esa  aralashtirish 

jarayoni aralashtirgichni bir maromda sekin olib borish bilan amalga 

oshiriladi,  chunki  aralashtirgich  tez  aylantirilganda  hosil  bo'lgan 

yirik zarralar yemirilishi  mumkin.  Shundan  keyin  koagulant bilan 

aralashgan  suv  zarralar  (pag'alar)  hosil  b o 'lish   kam erasiga 

yuboriladi.  Bu yerda  pag‘alarni hosil bo'lish vaqti  10—30 minutni 

tashkil  etadi.  Ushbu  tozalash  jarayonining  texnologik  sxemasi 

quyidagicha:

Tindirgichda cho'ktirib ushlab qolingan cho'kmalar qayta ishlashga 

yuboriladi, tozalangan suv esa keyingi tozalash bosqichiga uzatiladi.

Bu sxemada gidravlik aralashtirgich quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi:



174

www.ziyouz.com kutubxonasi



Suv 

I  Kaogulant

I   I  

2

Oqova s u v .



j - * = %

18.1-rasm.  Oqova suvni  koagulatsiya  usulida  tozalash  qurilmasining  texnologik

sxemasi:

1-eritma tayyorlash sig‘imi; 2-dozator(o‘lchab beruvchi); 3-aralashtiigich; 4-pag‘a 

hosil  qilish  kamerasi;  5-tindirgich.

Oqova suv va 

kaogulant

Kaogulant

Oqova suv


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling