M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi 22-BOB.  SArfOAT  QATTIQ  CHIQINDILARINI  QAYTA


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/46
Sana12.12.2017
Hajmi3.87 Mb.
#22110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46

253

www.ziyouz.com kutubxonasi



22-BOB.  SArfOAT  QATTIQ  CHIQINDILARINI  QAYTA

ISHLASH  USULLARI

Zaharli  moddalami  yuqori  haroratda zararsizlantirish

Zaharii moddalaming kamida 2/3 qismi oiganik moddalar boigani 

uchun,  yuqori  h aro ratli  yoqish  usuli  zaharli  ch iq in d ilarn i 

zararsizlantiruvchi  istalgan  poligonning  asosiy  operatsiyasi  bo‘lib 

xizmat qiladi. Zaharli sanoat chiqindilarini termik zararsizlantiruvchi 

agregat 22.1-rasmda keltirilgan.



22.1-rasm.  Zaharli  sanoat  chiqindilarini  termik zararsizlantirish  uchun 

agregat  (MAN  firmasi,  Germaniya):

1-qattiq  chiqindilar uchun  qabul  bo'limi;  2-bochkalar  uchun  qabul  bo‘limi;

3-sochiluvchi  chiqindilarni  to'kish  uchun  bunker;  4-aylanuvchi  barabanli  pech; 

5-qo‘shimcha  yoqish  kamerasi;  6-utillashtiruvchi  qozon;  7-elektrofiltr;  8-skrubber.

U tillashtirilm aydigan  qattiq,  pastasim on  va  suyuq  zaharli 

chiqindilarni  yoqish  qurilmasi  quyidagilardan  tashkil  topgan:

— chiqindilarni  uzatish  va  dozalash  tizimi;

— aylanuvchi barabanli  pechlar;

— qo'shimcha yoqish kameralari;

— kul va shlak chiqaruvchi tizimlar;

—  utillashtiruvchi  qozon;

— tutun  gazlarini  tozalash  tizimlari.

Oiganik  chiqindilarni  yoqish  va  qo'shimcha  yoqish  sharoitlari 

quyidagicha qat’iy reglamentlangan:

—  tarkibida  galogen  hosil  qiluvchi  uglevodorodlar va  politsiklik 

birikmalari  bo‘lmagan  chiqindilar  uchun  harorat  1000  —  1100°C,

254

www.ziyouz.com kutubxonasi



uglevodorodning parchalanishi va chiqarib tashlanishi kamida 99,99%;

—  tarkibida  galogen  hosil  qiluvchi  uglevodorodlar  va  politsiklik 

birikmalarbo‘lgan chiqindilar uchun harorat  1200—1300°C, organik 

birikm alarning  parchalanish  va  chiqarib  tashlanish  darajasi 

99,9999%dan kam  emas;

— gazlaming (parchalanishda hosil bo‘ladigan pechda va qo‘shimcha 

yonish  kamerasida)  bo‘lish  vaqti  2  sekunddan  kam  emas;

— pechdagi  havo  ortiqligi  koeffitsienti  2,2—2,5;

— chiqib ketayotgan gazlardagi  0 2 konsentratsiyasi  3  %  dan kam 

emas;


—  CO  konsentratsiyasi  57mg/nm3  dan  ko‘p  emas;

— dioksin va furanlar konsentratsiyasi  0,5  mg/nm3;

—  NSL  konsentratsiyasi  75  m g/nm 3  dan  kam,  uning  chiqarib 

tashlash  darajasi  90%dan  ortiq.

Taqqoslash  mumkin  bo‘lgan  kattaliklarni  hosil  qilish  uchun 

zaharli  moddalaming  hamma  konsentratsiyalari  chiqib  ketayotgan 

gazlardagi  0 2 ning  11 % ga teng miqdoriga quyidagi  formula orqali 

keltirilishi  kerak:



qurilmasi  sxemasi:

1 -   aylanuvchi  pech;  2—  qo‘shimcha  yoqish  kamerasi;  3— bug‘  qozoni;  4— 

absorber;  5 -   yengli  filtrlar;  6—  ventilator;  7 -   truba;  8 -   ohak  suti  tayyorlash 

idishi;  9— shlak,  kul,  ishlash  uchun  idish;  10—  to'kiluvchi  materiallami  suyuq 

yoki pastasimon chiqindilar bochkalarini bevosita pechga suyuq va pastasimon 

chiqindilami solish uchun nasos.

255

www.ziyouz.com kutubxonasi



С  = 0 ^   (20,9-11 )/(2 0 ,9 -С 0 2)

bu  yerda,  Cx-chiqib  ketayotgan  gazlardagi  kislorod  konsentratsiyasi 

11% 

bo'lgandagi  ifloslantiruvchi  konsentratsiyasi,  mg/m3;  C^-aniqlanayotgan  zaharli 

modda  konsentratsiyasi  (tahlil  natijalariga  ko‘ra),  m g/m 3;  S 0 2-chiqib  ketayotgan 

gazlardagi  kislorodning tahlil  ma’lumotlari bo'yicha konsentratsiyasi,  %.

Yoqish sharoitlariga qarab bu kattalik keng chegaralarda o‘zgarishi 

mumkin.

Ecokem  (Finlyandiya)  poligonidagi  zaharli  chiqindilami  yoqish 



uchun qurilma sxemasi 22.2-rasmda keltirilgan.

Avval  t a ’kidlanganidek,  b ir  to n n a   zaharli  c h iq in d ila m i 

zararsizlantirish  sarfi  o ‘rtacha  500  AQSH  dollariga  teng,  ayrim 

moddalar  uchun  esa  3—5  marta  qimmat,  shuning  uchun  barcha 

mamlakatlarda samarali va arzon zararsizlantirish usullarini topishga 

katta ahamiyat beriladi.

Hozir  sement  va  qurilish  keramikasi  ishlab  chiqarish  vaqtida 

zaharli chiqindilami zararsizlantirish jarayonlari eng ko‘p tan olindi. 

Yuqori  haroratli  ishlov  berish  bu  jarayonlaming  ajralmas  qismi 

bo‘lib  hisoblanadi.



Nazorat  uchun  savollar:

1.  Utillashtirilmaydigan  qattiq,  pastasimon  va  suyuq  zaharli 

chiqindilami  yoqish  qurilmasi  nimalardan  tashkil  topgan?

2.  Organik chiqindilami yoqish va qo‘shimcha yoqish sharoitlari 

qanday  reglamentlangan?

3.  Ecokem (Finlyandiya) poligonidagi zaharli chiqindilami yoqish 

uchun qurilma qanday tuzilgan?

Sement  ishlab  chiqarishda  zaharli  chiqindilarni 

zararsizlantirish

Sement  ishlab  chiqarishda  zaharli  chiqindilami  zararsizlantirish 

so'nggi  o‘n yillikda  rivojlangan  mamlakatlarda kundalik amaliyotga 

kirdi. Masalan,  1996-yilda Fransiyada ishlagan 20 ta sement pechlarida 

400  ming  t.  (mamlakatdagi  ular  miqdorining  uchdan  bir  qismidan 

ortiqrog'i) zaharli chiqindUar zararsizlantirilgan.  0 ‘sha yilda AQSH 

dagi 22 sement pechida  1,2 mln. t. zaharli chiqindilar zararsizlantirilgan.

256

www.ziyouz.com kutubxonasi



Chiqindilarni yoqish hisobiga Fransiyada 1996-yilda 300 ming t. mazut, 

AQSH  da  esa  bir  million  tonnaga  yaqin  ko‘mir tejab  qolingan.  Bu 

mamlakatlarda sement pechlaridan chiqadigan gazlarni nazorat qilish 

bo'yicha yangi standartlar qabul qilingan,  shu bilan  birga AQSH  da 

zaharli  chiqindi  yoqadigan  pechlar  tashlanmasi  m e’yorlari  oddiy 

pechlar  tashlanmasi  me’yorlaridan  hatto  qattiqroqdir.

Sem ent  ishlab  chiqarishda  ro ‘y  beradigan  fizik-kim yoviy 

jarayonlar  ustida  qisqacha  to ‘xtalib  o ‘tish  zarur.  Asosiy  sement 

hosil  qiluvchi  oksidlar bo‘lib 

CaO,  S i 0 2,  A120 3  va  F e20 3 

hisoblanadi. 

Tarkibida bu  oksidlar bo‘lgan  turli  minerallar (m asalan,  mergel) 

yoki ohaktosh va tuproqdan sun’iy tayyorlangan aralashma sement 

ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.  Ular 550°C 

gacha  kuydirilgan  minerallarning  qurishi ,ya  degidratlanishi  yuz 

beradi,  550 dan 900°C gacha ohaktoshning 

CaO va C 0 2 

hosil bo‘lib 

parchalanishi,  900—1450°C da esa oksidlar kalsiy silikatlari,  kalsiy 

alumosilikatlari va ferroaluminatlari hosil qilib reaksiyaga kirishadi. 

Shunday qilib portland-sem ent  (qo‘shimchasiz)ning mineralogik 

tarkibi  quyidagicha:  40—60% 



3 C a 0 - S i 0 2; 

15—35% 


2 C a 0 - S i 0 2; 

4 -1 4 %  



3CaO • AJjO, 

va  10~ 18% 



4 C a 0 - A l 20 , - F e 20 3.

Sement  ishlab chiqarishda zaharli  chiqindilarni zararsizlantirish, 

ulami  aw al  ta ’riflangan  maxsus  qurilmalarda  yoqishga  qaraganda 

quyidagi afzalliklarga ega:

— alangadagi  yuqori  harorat  — 2000° C;

—  1200° С  haroratda gazlaming bo‘lish  vaqti  talab qilingandek 

2  soniya  emas,  balki  5  dan  6  soniyagacha;

— yoqish davrida va undan  keyingi kislorod ortiqligi;

— yuqori  turbulentlik;

—  stexiometrik  zarur  miqdorga  nisbatan  ko‘p  bo‘lgan  nordon 

gazlar (oltingugurt  dioksidi va vodorod xlorid)  ning neytrallashuvi;

—  chiqindilarda  mavjud  og‘ir  metallami  klinker  (oksidlaming 

kuydirilgan aralashmasi) tarkibiga kiritib bog‘lanishi;  og‘ir metallar 

odatda xomashyo tarkibiga kiigan bo‘lib, erib yopishganda mustahkam 

birikmalar  (klinker)ga  bog‘lanadilar.  Ularnmg  chiqindilar  bilan 

qo'shimchalar  uncha  ko‘p  emas  va  ruxsat  etilgan  chegaralardan 

chiqib  ketmaydi;

257

www.ziyouz.com kutubxonasi



—  tozalangandan  keyin  shlak,  kul  va  shlam  singari  ortiqcha 

mahsulotlar  hosil  bo‘lmaydi  (ho‘l  gaz  tozalash  talab  qilinmaydi, 

filtrdan  keyingi  chang  esa tayyor mahsulot  yoki  xomashyo  massasi 

ko‘rinishiga keladi);

— eneigetik xomashyo tejaladi va ajraladigan «pamik» gazlari hajmi 

kamayadi. Sement ishlab chiqarish katta miqdorda energiya talab qiladi: 

bir tonna klinkeiga 80 kg yoqilg‘i sarfbo‘ladi. Sement pechlarida zaharli 

oiganik chiqindilar yondirilganda ular eneigetik potensialining  100%, 

poligonda termik zararsizlantirilganda esa — uning issiq suv yoki elektr 

energiyasi  ko‘rinishida  utillashtirilgan  qismigina  foydali  ishlatiladi. 

«Pamik» gazlari miqdori tejalgan yonilg'iga proportsional kamayadi;

— kichik kapital xarajatlarga ega.

Sement  ishlab  chiqarishda  turli  sanoat  chiqindilaming  katta 

miqdori,  shu jumladan  tozalash  inshootlarining shlamlari  (organik 

qismi  —  yonilg‘i,  mineral  qismi  tarkibida  katta  miqdorda  kalsiy 

oksidlari  bo‘lganligi  uchun  xomashyo  kom ponenti  sifatida) 

foydalaniladi.  Sement pechlarida faqat radioaktiv va infeksiyalangan 

meditsina chiqindilaridan  foydalanish  mumkin emas.



Nazorat  uchun  savollar:

1.  Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilami zararsizlantirish 

nimaga asoslangan?

2.  Sement  ishlab  chiqarishda  qanday  fizik-kimyoviy jarayonlar 

ro‘y beradi?

3.  Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilami zararsizlantirish 

qanday afzalliklarga ega?

4.  Sement  ishlab  chiqarishda  qaysi  chiqindilardan  foydalanish 

mumkin  emas?

Qurilish  keramikasi  ishlab  chiqarishda zaharli  chiqindilarni 

zararsizlantirish

Katta miqdordagi turli zaharli chiqindilar (galvanik ishlab chiqarish 

shlam lari,  ishlatilgan  moylash-sovutish  suyuqliklari  —  MSS. 

yog‘sizlantiruvchi  eritmalar,  yog'och  qipiqlari,  regeneratsiya 

qilinmaydigan  moylar,  qog‘oz  sanoati  chiqindilari,  lignin,  mazut

258

www.ziyouz.com kutubxonasi



va  shlam  aralashmasi)  Palemonas  keramika  zavodi  (Kaunas  sh., 

Litva)da  ishlatilgan.  Bu  jarayonlarni  tatbiq  etish  uchun  uzoq  va 

sermashaqqat  ishlar  qilingan.

Litvada galvanik ishlab chiqarish oqova suvlari elektrogeneratsiya 

yo ‘li  bilan  hosil  qilingan  koagulyant  (tem ir  gidrooksidlari 

aralashmasi) yordamida tozalangan, shuning uchun galvanik shlam 

asosan temir gidrooksidi va oz miqdordagi  (quruq modda hisobida 

5%ga yaqin)  og‘ir rangli metallar gidrooksidlaridan tashkil topgan.

Temir  gidrooksidini  xomashyo  massasiga  qo‘shish  qizil  rang 

intensivligini oshirib keramik buyumlar tashqi ko'rinishinmg yoqimli 

bo'lishiga  ta ’sir  etish  bilan  birga  ulaming  pishiqligini  15—20%ga 

ko‘paytiradi.  Keramik mahsulotlar sifatiga xomashyo aralashmasining 

gom ogenlik  d arajasi  ham   t a ’sir  qiladi:  b ir  jin sli  keram ik 

aralashmalarda og‘ir metallami ishonchli zararsizlantirishga erishish 

mumkin.

Galvanik  shlam larning  gomogenlanish  darajasi  haqida  ular 



tarkibidagi galvanik shlamlarning eng zaharli komponentlaridan biri 

bo'lgan xrom konsentratsiyasining variatsiya koeffitsientiga ko‘ra fikr 

yuritadilar.

K eram ik  

b u y u m la rd a  

o g ‘ir 


m e ta lla rn i 

is h o n c h li 

zararsizlantirilganligi va ko'milganligi toitinma (витяжка) usuli bilan 

aniqlanadi. Sinaladigan keramik namunaga  1:10 nisbatda pH=5 gacha 

sirka  kislotasi  qo'shilgan  distillangan  suv  qo‘yiladi  va  to'xtovsiz 

aralashtirilgan  holda  24  soat  saqlanadi,  so'ngra  tortinmadagi  og‘ir 

metallar  miqdori  aniqlanadi.

5% li galvanik shlam (quruq modda hisobida) qo‘shilgan tuproqli 

xomashyo  aralashm asidan  970°C  haroratda  qizdirib  olingan 

namunalar  bilan  o ‘tkazilgan  sinovlarning  ko'rsatishicha,  tuproqli 

xomashyo  aralashmasining zarur gomogenlik darajasiga xomashyo 

ho‘l  ishlov berilganda  erishiladi  (22.3-rasm).

Galvanik shlamning namligi xomashyo materiallariga ho‘l  ishlov 

berish shartidir.  Namligi 40-50% dan kam bo'lgan shlam xomashyo 

massasiga  qo‘shishdan  oldin  qo'shimcha  maydalanishi  kerak.Agar 

temir va boshqa og‘ir metaUaming shlamdagi nisbati (3—5):1 oralig'ida 

bo'lsa, termik ishlov berish rejimiga minimal talab kuchaytiriladi va 

tuproq aralashmasiga qo'shimcha tuzatish kiritish zarur bo'ladi. Og‘ir



259

www.ziyouz.com kutubxonasi



metallami  zararsizlantirish  ishonchliligming  xomashyo  massasiga 

qo‘shilgan galvanik shlam miqdoriga bog‘liqligi to‘g‘risida quyidagi 

jadval ma’lumotlariga, kuydirish haroratiga bog‘liqligi to ‘g‘risida esa

22.4-rasmda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra fikr yuritish mumkin.



Jadval__Suv_tortiiunasi_tarkibida_og‘ir_metallar_miqdori'>Jadval__Xomashyo_aralashmasidagi_galvanik_shlam_miqdorining_suv'>22.3-rasm. Suv tortinmasidan xrom miqdorining xomashyo namligiga bogliqligi.

Jadval

Xomashyo  aralashmasidagi  galvanik shlam  miqdorining  suv 

tortinmasidagi  og‘ir metallar miqdoriga ta’siri  (keramlk 

namunaning kuydinsh  harorati  970° C)

УЫят 


iaqdon, 

%

К дапА  n m a b g i  t U H  mqdori, g/lig

Suv Urtimasxfci^ 

пе

Ы 1 inqdan, mg/1



Cr

N

Cu



CU

Zn 


О

N

Oi



Gd

Zn

1



0.62

0.45


0.01

0.01


О

о

о



о

0.0


0.0

0.0


0.0

2

1.22



0.89

0.02


0.02

0.02 


0.1

0.0


0.0

0.02


0.1

3

1.79



1.33

0.04


0.04

0.04


0.1

0.0


0.0

0.02


0.1

5

103



2.25

0.04


0.06

0.06


0.2

0.0


0.0

0.03


0.2

10

5.91



4.51

0 .0 8


0.13

0.12


0.8

0.0


0.0

0.03


0.2

25

14.78



11.22

0.21


0.32  1 

0.31


2.8

0.0


0.0

0.04


0.2

50

29.55



2Z44

0.42


0.64  I 

0.62


3.0

0.0


0.0

0.04


0.2

Ushbu jadvaldan  ko‘rinib  tunbdiki,  to‘g‘ridan  to ‘g‘ri  bog‘Iiqlik 

bo‘lmasa ham, xomashyo aralashmasida galvanik shlam miqdorining 

ortishi bilan suv tortinmasida og‘ir metallar miqdori ortadi.  Sanitar- 

gigiyenik me’yorlaiga ko‘ra galvanik shlamning chegaraviy miqdori 

3%  ni tashkil qiladi,  xrom galvanik shlamning maksimal miqdorini 

belgilovchi  element  hisoblanadi.

0,5


10 

20 


30 

40 


50 

60 


70 

80 


Namlik  %



260

www.ziyouz.com kutubxonasi



Н а г о т а  I 

22.4-rasm.  Kuydirish  haroratining galvanik shlamni ishonchli zararsidantiiishga ta’siri.



Jadval

Suv  tortiiunasi  tarkibida  og‘ir metallar miqdori

M etallar

Elementlar miqdori

Cherepitsada,  g/kg

Suv  tortinm asida,  m g/l

Xrom

0,70-1,70

0,01-0,0,05

Nikel

0,10-0,20

Y o ‘q

Mis

0,60-1,60



Yo'q

Kadmiy

0,00-0,10

Y o ‘q

Rux

0,50-1,30



Yo'q

Keyingi jadvalda shu zavodda cherepitsa ishlab chiqarishda og‘ir 

metallami  zararsizlantirish  bo'yicha  ma’lumotlar  misol  tariqasida 

keltirilgan.

Palemonas keramika zavodida ham g‘isht olishda kamaytiruvchi 

qo‘shimcha sifatida quyma ishlab chiqarishdagi ishlatilgan qoli plash 

aralashmasi qo‘llanilgan. Aralashma tarkibi quyidagicha: bentonit — 

3—4%, suyuq shisha — 2—3%,  ferroxrom shlak —  1,5—2%,  uyuvchi 

natr  —  0,2-0,5% ,  ko'm ir  -   0,1—0,4%,  qolgani  kvars  qumi.

Ishlatilgan  qoliplash  aralashmasi  qumni  to ‘liq  almashtiradi,  uni 

ishlalganda aralashma zaharli komponentlari ishonchli zararsizlantiriladi. 

Qoliplash  aralashmasining optimal miqdori  15-17% ni tashkil qiladi, 

lekin tuproqli xomashyo aralashmasiga boshqa kamaytiruvchi ham 

kiigan bo'lsa (gidroliz lignmi,  qipiq,  ko'mir  boyitish  chiqindilari), 

unda quyma  ishlab  chiqarish  qoliplash  aralashm asi  miqdori 

kamaytirilishi  kerak.  Sanoat  sinovlari  natijalari  quyma  ishlab



261

www.ziyouz.com kutubxonasi



chiqarishning  qoliplash  aralashmasi  qoldiqlari  qo'shilgan  tuproqli 

g‘ishtdan  xrom yuvilib  chiqib ketmasligmi  ko'rsatdi.

Keramzit  ishlab  chiqarishda  galvanik  shlamdan  foydalanish 

imkorriyati  tekshirib  ko‘rildi.  Bunda  keramzit  granulalari  bodrab 

chiqayotganda tiklanuvchi muhitda kuydirish hisobiga va keyinchalik 

keram zit-beton  hosil  bo'lishi  hisobiga  uning  zararsizlantirish 

ishonchliligi ancha ortadi.  Dastlabki aralashmaga galvanik shlamdan 

tashqari  1,5%  mazut  ham  qo'shiladi.

Keymgi sanoat sinovlari ko'rsatishicha, xomashyo aralashmasiga 

3%  miqdorda  galvanik  shlam  qo'shilganda  keramzit  puxtaligining 

sezilarli  ortishi  va  zichligining  kamayishi,  shu bilan  biiga  shlamda 

zarur miqdorda temir gidrooksidi gelining mavjudligi sababli bodrash 

harorati  pasayadi.  Temir  gidrooksidi  geli  ancha  past  haroratlarda 

tuproqli  minerallar  bilan  qotishma  suyuqligi  hosil  qllgani  uchun 

xomashyoning jadal bodrashi pasaytirilgan haroratlarda sodir bo'ladi.

Keramzitdagi  og‘ir  metallar  kimyoviy  birikmalarga  (oksidlar  va 

silikatlar) ishonchli bog‘langan va atrof-muhitga xavf tug‘dirmaydi. 

3%  gacha  shlam  qo‘shilishi  keramzit  graviy  (tosh)  sifatiga  va  uni 

qayta ishlashning asosiy texnologik jarayonlariga ta ’sir qilmaydi.

Keramik materiallar olishda ishlatilgan Hgnin,  MSS, YuAM  (yuza 

aktiv  moddalar)  va  ayrim  boshqa  sanoat  chiqindilarini  qo‘llash 

imkoniyati  tekshirib  ko'rildi.  Sanoat  sinovlarinmg  ko‘rsatishicha, 

keramzitning eng kichik to‘kma zichligiga xomashyo massasiga 5—10% 

ligrrin  qo‘shilganda  erishish  mumkin.  Lignin  qo‘shish  g‘isht  ishlab 

chiqarishda  ham  sinab  ko'rildi.  Xomashyo  aralashmasidagi  lignin 

miqdorining  15%  gacha  oshirilishi  massa  plastikligi  14,1  dan  19,9 

gacha oshiradi, uning aralashmadagi miqdorining yanada oshishi esa 

plastiklikni  kamaytiradi.

Palemonas keramika zavodida ishlab chiqilgan va tatbiq qilingan 

MSS  va  regeneratsiya  qilinmaydigan  neft  mahsulotlarim  keramzit 

ishlab  chiqarishda  foydalanish  texnologiyasi  konsentrlashtirilgan 

hamda siyraklashtirilgan chiqindilami ishonchli zararsizlantirish va 

yo‘qotishni ta’minlaydi.  Regeneratsiya qilinmaydigan moylaming bir 

qismi «plastik texnologiya «bo'yicha keramzit olishda, suvli moylar 

va  ishlatilgan  MSS  xomashyoni  «ho‘l  texnologiya»  b o ‘yicha 

tayyorlashda foydalaniladi.



262

www.ziyouz.com kutubxonasi



Keramzitni «ho‘l» usulda ishlab chiqarishda xomashyo aralashmasiga 

40—50% suv qo‘shiladi.  Bu usul foydalanilgan MSS va regeneratsiya 

q ilin m a y d ig a n   m o y la rn i  d a stla b k i  ish lo v siz ,  m a sa la n , 

konsentratsiyalamay ishlatish  imkonini beradiki, bu yirik va ayniqsa 

metallni qayta ishlash kichik korxonalarida zararsizlantirish ishlarini 

ancha yengiUashtiradi.

Turli  korxonalardan  olingan  oz  miqdorda  va  tarkibi  bir  jinsli 

bo‘lmagan MSS chiqindilarini qayta ishlash maqsadida zavodda ulami 

navlaiga  ajratish  (oiganik  moddalar  miqdori  10%  gacha,  10  dan 

80% gacha, 80% dan ko‘p; oxirgisi «plastik usulda» keramzit olishda 

foydalaniladi),  to ‘plash,  o‘rtalashtirish va undan  keyin foydalanish 

ko‘zda tutilgan.

Bodrashga  nafaqat  organik  moddalar  miqdori,  balki  MSS  ning 

dastlabki tarkibi  va  uni  ishlatish  sharoitlari ta ’sir qilishini  amaliyot 

ko‘rsatdi. Xomashyoga qo‘shimcha mazut qo‘shilsa MSS ni me’yorlash 

soddalashadi.



Jadval

Palemonas  keramika  zavodida  zararsizlantirilgan  sanoat 

chiqindilari  miqdori,  ming  t.

Chiqindilar

1988-y.

1989-y.

Galvanik  ishlab  chiqarish

5,9

8,5

Ishlatilgan  qoliplash  tuprog'i

21

21

Ishlatilgan  yog'och   qipiqlari

2,8

3

Gidroliz  lignini

2

2

Q og‘o z  sanoati  chiqindilari

33

33

Ishlatilgan  M SS

14,6

14,6

Regeneratsiya  qilinmaydigan  moylar

0,6

0,8

Tuproq  changi

7

7

Mazut  va  shlam  aralashmasi

0,8

0,8

Ishlatilgan  yog'sizlantiruvchi  eritma

2

2

Xuddi shu zavodda elektrokimyoviy ishlov berishdan oldin metall 

yuzasini yog‘sizlantirish uchun qo'llaniladigan eritm a chiqindilari 

ham foydalaniladi.  Yog‘sizlantiruvchi eritmalar tarkibida SAM  (sirt 

aktiv moddalar) natriyning silikati va fosfati, hamda yog‘sizlantirish 

jarayonida  erigan  neft  mahsulotlari  kiradi.  SAM  ning  keramik



263

www.ziyouz.com kutubxonasi



buyumlar xossalariga ijobiy ta’siri ma’lum.  Lekin yog‘sizlantiruvchi 

eritmaning  boshqa  komponentlari  ham  shliker  oquvchanligiga, 

ham qoli plash  aralashmasi bodrash  vaerish  haroratlariga sezilarli 

ta ’sir  qiladi.  Yarim  sanoat  sinovlari  natijalari  shuni  ko‘rsatdiki, 

keramzitning minimal to'kma zichligiga chuqur tUpfoqqa  10—15% 

ishlatilgan yog‘sizlantiruvchi eritma qo‘shilganda erishiladi.

Palem onas  keramika  zavodida  keramik  m ateriallar  ishlab 

chiqarishda  10  turdagi  zaharli  chiqindilar  ishlatilgan  (20  turi 

sinalgan).  Zavodda  1988 —  1989-yillarda utillashtirilgan chiqindilar 

miqdorlari jadvalda keltirilgan.

Litva  sanoat  hududida  bajarilgan  ishlar  natijasida  zaharli 

chiqindilami yig‘ish, zararsizlantirish va nazorat qilish tizimi ishlab 

chiqilgan va tatbiq etilgan.

K eram ik  m a te ria lla r  ishlab  ch iq arish d a  z a h a rli  san o a t 

chiqindilarini zararsizlantirish va ishlatish hisobiga olingan iqtisodiy 

samaradorlik  1988—1989-yillarda  bir  million  rublga  yaqin  bo‘ldi 

(o'sha vaqtda amal qilingan baholarda).

Palemonas keramika zavodida olingan materiallaming xavfsizliligi 

va cherepitsa, g‘isht va keramzit ishlab chiqarishdagi zaharli sanoat 

chiqindilarini  ishonchli  zararsizlantirilishi  A.I.  Sisin  nomidagi 

umumiy va kommunal gigiyena mstituti tomonidan tasdiqlangan.

Kaunas sanitar-epidemiologik stansiyasi qaroriga ko'ra atmosfera 

havosining  ch iq in d ilarn i  qayta  ishlash  m ah su lo tlari  bilan 

ifloslantirilishi kuzatilgan.  Zavodda suvdan yopiq foydalanish tizimi 

joriy  qilingan,  qattiq  chiqindilar  hosil  bo‘lmaydi.

Nazorat  uchun  savollar:

1. Galvanik shlam qanday metall gidrooksidlaridan tashkil topgan?

2.  Galvanik shlamdan rrima maqsadda foydalanish mumkin?

3.  Keramik materiallar olishda qanday chiqindilar ishlatilishi mum­

kin?


4.  Lignin qo‘shilganda  g‘ishtning qanday xususiyatlari yaxshilanadi?

5.  Keramzit  ishlab  chiqarishda  galvanik  shlamdan  foydalanish 

imkoniyatlari  qanday?

6.  Regeneratsiya  qilinm aydigan  moylarni  keram zit  ishlab 

chiqarishdagi  imkoniyatlari  qanday?


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling