M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet36/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Asosiy savollar:
  1. Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi va Ozarbayjon mumtoz adabiyotining namunalari haqida.


  2. Ozarbayjonda ma’rifatparvarlik harakati.




Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Folklor asarlar, she’riyat, dramaturgiya, tarjimachilik.
Muvzuga oid muammolar:
1. Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot shaklida yaratilgan eng qadimgi namunalarida odamiylik, haqiqat va adolat uchun kurash, mehnatga muhabbat va qardosh xalqlarga hurmat singari olijanob tuyg’ular o’z ifodasini topgan. Sizningcha, turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan xalq ishqiy-qahramonlik dostonlaridan qaysi biri yirik badiiy asar sifatida katta ahamiyatga ega edi?

2. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Ozarbayjon dramaturgiyasida M.F.Oxundov an’analarini davom ettiruvchilaridan bir Najafbek Fatalibek o’g’li Vezirovning dramatik asarlaridagi bosh mavzu nima va asarlari mavzusi haqidagi fikringiz qanday?




1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Ozarbayjon adabiyoti, turli adabiy janrlarda yaratilgan folklor asarlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
  1. Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi va qadimiy yozma adabiyoti haqida so’zlaydi.


  2. Xalq og’zaki ijodi asarlarini o’rganish ishlarini tushuntiradi.


  3. Ozarbayjon mumtoz adabiyot namoyandalari asarlari haqida fikr bildiradi.




1-asosiy savolning bayoni:
Ozarbayjon xalqi boy adabiyotga va madaniy tarixga ega bo’lgan xalqlardan biridir. Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot shaklida yaratilgan eng qadimgi namunalarida odamiylik, haqiqat va adolat uchun kurash, mehnatga muhabbat va qardosh xalqlarga hurmat singari olijanob tuyg’ular o’z ifodasini topgan.
Turli -tuman adabiy janrlarda yaratilgan xalq ishqiy -qahramonlik dostonlari, ertaklari va marosim qo’shiqlari, shuningdek, xalq latifalari va maqollaridan iborat folklor asarlari turli tarixiy davrlarda yaratilgan bo’lib, og’izdan-og’izga o’tib, bizgacha etib kelgan. Bulardan eng mashhurlari «Qo’rqut ota» va «Ko’r o’g’li» eposlari «Oshiq g’arib», «Shoh Ismoil», «Asli va Karam» ishqiy dostonlari, Melik –Mamed va Kal Ahmad sarguzashlaridan hikoya qiluvchi kulgili ertaklar insoniy muhabbatni olqishlovchi to’rtliklar va bayotlardir.
«Qo’rqut ota» eposi taxminan VII-VIII asrlarda, hali ozarbayjon tilida yozma adabiyot uncha taraqqiy etmagan bir sharoitda, ona tilida ijod etilgan yirik badiiy asar sifatida katta ahamiyatga ega edi.
Xalq og’zaki ijodi asarlarini yozib olish va o’rganish ishlari Ozarbayjonda VI asrlardan boshlangan.
Ozarbayjon xalq og’zaki ijodi va qadimiy yozma adabiyoti bilan O’rta Osiyoda yashovchi o’zbek, tojik, turkman, qirg’iz va qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti o’rtasida bir-biriga o’xshash juda ko’p an’analar mavjud. Keyinchalik ozarbayjon mumtoz adabiyoti va o’zbek, tojik, turkman mumtoz adabiyoti yirik vakillari ijodida ham o’zaro aloqa va ta’sir turli-tuman shakllarda davom etib keldi.
Ozarbayjonda VII-VIII asrlarda arab tili, IX asrdan boshlab esa fors tili rasmiy davlat tili hisoblanganligi tufayli Ismoil Yassor (VII asr), Ahmad Tabriziy (X asr), Baxmanyor Ali Bokuyi, Xatib Tabriziy (XV asr) kabi o’nlab ozarbayjon shoirlari o’z asarlarini arab va fors tillarida yozishga majbur bo’lganlar. Keyinchalik bu an’anani ozarbayjon shoirlaridan Xoqoniy- Shervoniy, Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy va qisman, xatto Mirzo Fatali Oxundovlar ham davom ettirganlar. Bu so’z san’atkorlari yaratgan asarlar, tabiiy ozarbayjon adabiyoti mahsulidir. Chunki turli tarixiy sharoitda yashab, qalam tebratgan bu shoirlar ijodida Ozarbayjondagi turli ijtimoiy tabaqalarning hayotini aks ettirish asosiy o’rin tutgan edi.
XI –XII asrlarga kelib arab istilochilari ta’sirining kun sayin susayishi natijasida Ozarbayjonda mustaqil mahalliy feodal davlatlari yuzaga keldi. Bu feodal davlatlarda o’ziga xos saroy adabiyoti shakllandi, qasida va g’azal janrlari ravnaq topdi.
Bu asarlarda qo’shni mamlakatlar bilan do’stona aloqalarning tiklanishi, birmuncha tinch osoyishta sharoitda savdo-sotiqning jonlanishi natijasida savdo-karvon yo’llari ustida Ganja, Shuma, Shamaxa singari savdo-sanoat markazlari joylashgan shaharlar paydo bo’ldi. Bu shaharlarda bora-bora adabiy-madaniy hayot taraqqiy topdi.
Shu davrlarda mahalliy hukmdorlarning saroylari atrofida uyushgan shoirlardan mashhurlari “malik-ush-shuaro” Abul Ula Ganjaviy, shoir va munajjim Falakiy-Shervoniy, shoira Maxseti Ganjaviylar edilar. Bulardan shoira Maxseti o’zining ruboiylarida ozarbayjon xotin-qizlarining qayg’u-alami va o’z asrining ijtimoiy tengsizliklari haqida yozib, Yaqin Sharqda shuhrat qozondi.
XII asr ozarbayjon gullab yashnashi, shubhasiz, Nizomiy Ganjaviy nomi bilan bog’liqdir. Chunki Nizomiy Ganjaviy o’z lirikasi va “Xamsa”chilikka asos solgan besh dostonida sharq she’riyati erishgan yutuqlarga yakun yasadi va nazm taraqqiyotida uzoq asrlar salmoqli rol o’ynagan yangi an’anani boshlab berdi.
“Xamsa” ning birinchi dostoni “Mahzanul-asror” o’z didaktikasi bilan, “Layli va Majnun”, “Xusraf va Shirin” hamda “Haft paykar” sevgi haqidagi falsafasi bilan, “Iskandarnoma ” esa shoir dunyoqarashiga xos ijtimoiy qarashlari bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi.
Farhod, Shirin, Layli va Majnun timsollari hozirgi kunda ham o’z badiiy etukligi bilan kishini o’ziga maftun etadi.
Mo’g’ul istilochilarining bosqinchiligi mamlakat iqtisodiy hayotiga mislsiz ofat etkazganidek, milliy adabiyot va san’at taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bosqinchilar mahalliy xalqning madaniy yodgorliklarini nest-nobud qildilar. Qonli feodal urushlar natijasida ezilgan mehnatkash ommaning ahvoli yanada og’irlashdi. Adabiyotda umidsizlik kayfiyatini targ’ib etuv yuz tutdi.
Muhammad Fuzuliy ijodi Ozarbayjon she’riyatining yuqori cho’qqisi edi. Fuzuliy lirikasining asosiy motivi insonga shodlik va quvonch, tashvish va alam bag’ishlovchi pok muhabbatdir. Buyuk adibning ozarbayjon tilida yaratgan dostoni “Layli va Majnun”da o’z ustozlari Nizomiy va Navoiy ijodidagi eng yaxshi an’analarni davom ettirdi. “Bang va boda”, “Sehat va Maraz” deb ataluvchi tamsiliy asarlarda esa shoir o’z zamonining muhim ijtimoiy – axloqiy masalalari haqida fikr yuritadi. Ozarbayjon adabiy tilining shakllanishida ham Fuzuliyning xizmati g’oyat katta.
Oshug’ik she’riyatining keng quloch yoyib, taraqqiy etishi bilan folklorning mumtoz adabiytga ta’siri kuchaydi. Mumtoz she’riyat og’zaki ijodi mavzulari bilan boyidi. She’riy asarlarda muhabbat mavzuyi bilan bir qatorda davrning ijtimoiy-siyosiy voqealariga aloqador masalalar ham ko’tarib chiqiladigan bo’ldi.
Vidodiy bilan Voqif XVII asr xalq she’riyatining eng yaxshi xususiyatlarini o’z ijodiga singdirgan atoqli ozarbayjon shoirlari edilar. Voqelikni haqqoniy aks ettirish, xalq orzu-umidlariga yaqinlik hamda she’rni nihoyatda sodda va xalqchil uslubda yozish bu ikki do’st va maslakdosh shoir ijodining fazilati edi. Har ikkala shoirning ham lirikasi xalq og’zaki ijodining boy xazinasidan oziqlandi.
Voqif lirikasi, ba’zan unda kajraftor falak vafosizligidan nolish, hayotdagi tengsizliklardan ranjish motivlari uchrashiga qaramasdan, asosan hayotbaxsh ruh bilan sug’orilgan edi. Shoir hayot go’zalligini kuylar ekan, dunyoning o’tkinchiligi haqida kishilar ongiga singdirilgan umidsizlik kayfiyatlarini rad etdi. Voqif xalq orasida keng tarqalgan o’ynoqi lirik qo’shiqlar muallifidir.

Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling