M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet54/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Muhokama uchun savollar:
1. Ch.Aytmatovning hayoti to’g’risida gapiring.

2. Adibning ilk ijodi haqida nimalar bilasiz?


3. "Jamila" qissasida ko’tarilgan muammolarni izohlang.
4. "Somon yo’li" qissasining bosh qahramoni To’lg’anoyga tavsif
bering.
2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Yozuvchining "Qiyomat", "Asrga tatigulik kun" romanlari to’g’risida

tasavvur hosil qilish va ularda ko’tarilgan muammolarni izohlash.




Identiv o’quv maqsadlari:
1. Roman janrining yozuvchi ijodida tutgan o’rni haqida gapiradi.

2."Qiyomat" romanini tahlil qiladi.


3. "Asrga tatigulik kun" romanida ko’tarilgan muammolarni izohlaydi.


2 - asosiy savolning bayoni:
Ch.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” va "Qiyomat" romanlarida zamondoshlarimizni alohida to’lqinlantirayotgan ma’naviy –axloqiy muammolar badiiy gavdalantirilgan.

"Asrga tatigulik kun" romanida voqealar asosan, Sario’zak cho’lida, Bo’ronli temir yo’l bekatida bo’lib o’tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temir yo’lchi bo’lib yashagan Kazangapning vafotidan so’ng dafn etish taraddudlari tasviri bilan boshlanib, romanning nihoyasida marosim musibat ustiga musibat bilan tugaydi. Shu orada Kazangap bilan Edigey Bo’ronning hayoti, ularga chambarchas bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan holda Tinch okeani tepasida Sovet - Amerika "Paritet" kosmik kemasining parvozi bilan bog’liq hodisalar, Ona Bayit qabristoni, Nayman ona va uning baxtsiz farzandi Jo’lomon, maktab muallimi Abutolib Quttiboev, uning sadoqatli rafiqasi Zarifa va farzandlarining boshiga tushgan falokatlar hikoya qilinadi.


Adib oddiy mehnatkash kishilarni mehr bilan tasvirlar ekan, insoniyatni manqurtlik malomatlaridan saqlash, hamma jamiyatning teng huquqli a’zosi baxt-saodatdan bab -baravar foydalanishi lozim, degan g’oyani olg’a suradi.
Har bir personajning o’z hulq - atvori, o’z e’tiqodi va falsafasi, o’z manfaati va ichki dunyosi tabiiy, ishonarli bir tarzda ochib berilgan.
Ch.Aytmatovning "Qiyomat" romani-inson tuyg’usi, qalb tug’yoni, adolatsizlik, yovuzlik, g’aflat va malomatga qarshi isyon sifatida jaranglagan asar. Adib bu yangi romani bilan odamlarni, xususan, befarq, faqat shu buguni bilan yashayotgan kishilarni ogoh bo’lishga chaqiradi, tabiatda hamma narsaning hisob-kitobi, toshu tarozisi borligi haqida eslatadi, inson atrof-muhit bilan hamisha muloqatda, muvozanatni buzmasdan yashagandagina uning qadri, odamiyligi oshishini, mehr –shafqat, insof - adolat va e’tiqod - ishonch kabi insoniy omillardan sira yuz o’girish mumkin emasligini hayotiy, afsonaviy va ramziy obrazlar orqali uqtiradi.
Asar murakkab syujetli, bir qaraganda har xil voqea va hodisalar asosida qurilgan. Aslida yozuvchi romanda tasvirlanayotgan voqealarni, afsona va rivoyatlarni bosh g’oyaga-inson, uning jamiyatdagi o’rni, gardanidagi burchi, odamzod o’z taraqqiyotida jar yoqasiga borib qolayotganligi va darhol bu dahshatning oldiga band solinishi zarurligi maqsadlariga bo’ysindiradi.
Bo’ston O’rkinchiev obrazi-kamchiliklar, malomat, xato va qusurlarga, ularning boshida turgan mansabparast Qo’chqorboev, Kandalovlar va ularning xatti harakatlariga qarshi qo’yilgan obraz. Bo’ston - o’z ishini bilib qiladigan, jamoat ishi, xalq ishi uchun fidoyi kishi. Muallif tomonidan katta harorat bilan tasvirlangan bu obraz so’nggi yillar avj olgan qonunbuzarlik, ayrim ijtimoiy adolatsizliklar, odamlar bilan tabiat o’rtasidagi murosasizliklar qurboni sifatida gavdalanadi.
"Qiyomat"da qalamga olingan tabiiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga dahldor xoh tipik, xoh tipik bo’lmagan obrazlar va timsollarning zamirida fojeiy qismat yotadi. Akbara va Toshchaynar timsolida bir juft bo’ri ularning uch avlodi, 10 dan ziyod zurriyodi qismatida - qiyomat. O’z ummatlariga o’zicha baxt ato etish uchun kurashgan Iisus Xristos chormix qilinadi - boshini dorga qo’yadi. Bu erda ham -qiyomat. Isoning vorisi sifatida gavdalangan Avdiy Kallistratovni boshida ham qiyomat qo’padi. Qo’rboshi Guram Juxadze va uning yigitlari vatan bilan vidolashish onlarida ayg’oqchi Sandro tomonidan nogahonda bitta qolmay qirib tashlanadi. Bu erda ham qiyomat qoyim. Lekin topshiriqni "a’lo" bajargan Sandro - chi ? Eng so’nggi damda, vijdon qiynog’iga chidolmay, u ham o’zini - o’zi otadi. Uning boshida ham qiyomat qo’padi.
Barcha ijobiy qahramonlarni yozuvchi katta fojiaga giriftor bo’lgan holda ko’radi. U deyarli birorta ham qahramonini "ayamaydi". Nima uchun?
Sababi, hayotning o’zi qanchalik purziyo bo’lsa, shunchalik shafqatsiz. U hech kimni siylamaydi. Xolbuki, o’sha sof niyatli, olijonob Avdiy, Guram va uning yigitlari, Ernazar, Kenjash va boshqalar omon qolishlari, o’z "murod-maqsadlariga etishlari" ham mumkin edi. Buning uchun hayotdagi loqaydlik, aqidaparastlikka qarshi kurashishi kerak, insonlar boshida qiyomat qo’pmasligi uchun sof niyatli barcha kishilar birlashishi kerak, degan g’oya yotadi asarda. Chunki qiyomat Faqat osmondan yog’ilmaydi, uni odamlarning o’zlari ham "yasaydilar", binobarin, uni daf qiluvchi kuch, tafakkur va idrok ham odamzodning o’z ixtiyorida, degan nihoyatda asosli, oqilona da’voni ilgari suradi adib.



Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling