M. O’. Sariboyeva jahon va turkiy xalqlar adabiyoti o’quv-uslubiy majmua Guliston- 2017


Download 342.12 Kb.
bet37/68
Sana03.11.2023
Hajmi342.12 Kb.
#1742103
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Bog'liq
Жалолидин Румий-fayllar.org

Muhokama uchun savollar:
1. XVI- XVII asrlarda Ozarbayjondagi adabiy hayot nega inqirozga yuz
tutdi?
2. «Qo’rqut ota» eposining ahamiyati haqida so’zlang.
3. Ozarbayjon she’riyatiining gullab yashnashida qaysi yozuvchilarning
o’rni katta bo’lgan?


2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
XIX asr Ozarbayjon ma’rifatparvarlari haqida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Ma’rifatparvarlik harakati haqida so’z yuritadi.
2. XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi Ozarbayjon dramaturgiyasi
haqida so’zlaydi.
3. Ozarbayjon shoirlarining tarixiy va zamonaviy mavzularda yaratgan asarlari to’g’risida fikr bildiradi.

2-asosiy savolning bayoni:
Ozarbayjon ma’rifatparvarlari orasida XIX asrning buyuk dramaturgi va mutafakkiri Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878) o’ziga munosib faxrli o’rinni egallaydi. Yoshligida eski maktabda savodini chiqargan, bir necha tilni mukammal egallagan va adabiyotni chuqur bilgan M.F.Oxundov folklor materiallaridan keng foydalanib yozgan yirik nasriy asari «Aldangan yulduzlar» qissasi o’sha davr realistik nasrining paydo bo’layotganidan dalolat berar edi.
XIX asr oxirlarida ozarbayjon demokratik adabiyotining taraqqiyotiga salmoqli xissa qo’shgan shoirlardan biri Saidazim Shervoniy edi. U vaqtli matbuot sahifalarida ko’pincha ruhoniylarni fosh etuvchi va ilm-ma’rifatni targ’ib qiluvchi she’rlar bilan chiqib, rus tilini o’rganishga da’vat etdi. Lirikada esa u Fuzuliy an’analarini davom ettirgan bo’lsa, satirik shoir sifatida demokratik adabiyotni yangi-yangi satira asarlari bilan boyitdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ozarbayjon dramaturgiyasida M.F.Oxundov an’analarini davom ettiruvchilardan Najafbek Vezirov, Narimon Narimonov, Sulaymon Sani Oxundov va Asadbek o’g’li Abdurahimbek Axverdovlar adabiyot maydoniga kirib keldilar. Najafbek Vezirovning «Yomg’irdan qutulib qorga», «Nomigina qoldi xolos», «Nima eksang, shuni o’rasan» nomli komediyalarida savdogarlarning xasisligi va ruhoniylarning makr-hiylasi ustidan kulib, ozarbayjon xotin-qizlarining huquqsizligini va urf-odatlarini tanqid ostiga oldi.
XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi ozarbayjon adabiyotida ko’zga tashlangan realistik-demokratik yo’nalish bir qatorda romantik oqim ham mavjud edi. Bu oqimning yirik vakillari Muhammad Xodiy, Abbos Sihat va Husayin Jovidlarning ijodida ba’zi ichki qarama-qarshiliklar ham mavjud edi. Ozarbayjon adabiyotining etakchi janrlaridan bo’lgan sheriyatda zo’r mahorat bilan qalam tebratgan shoirlardan Samad Vurg’un, Sulaymon Rustam, Mamad Rahim, Rasul Rizo, Marvarid Dilboziy va boshqalar birinchi she’riy tur-siyosiy lirikani rivojlantirishga katta e’tibor berdilar.
O’ttizinchi yillardan boshlab ozarbayjon she’riyatida doston janri tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Samad Vurg’un yaratgan «Yigirma oltilar», «Mug’on», «Zanjining orzulari» singari dostonlarida ozarbayjon xalqi bosib o’tgan shonli yo’lning muhim bosqichlari aks ettirilgan bo’lsa, «Sayat Nova» dostonlarida asosiy e’tibor turli millat kishilari o’rtasidagi do’stlik muammolariga qaratildi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda adabiyot maydoniga N. Xazriy, B. Vahhobzoda, G.Huseyinzoda, K.Qosimzoda A.Boboev va G.Imomberdiev singari istedodli shoirlar guruhi kirib keldi.
Ozarbayjon adabiyotining keksa avlodi– M.S.Urdibodiy, A.A Abulhasan, A. Shoyiqlar bir qatorda uning ikkinchi va uchinchi bo’g’iniga mansub yozuvchilar – S.Rahimov, M.Huseyin, M.Ibrohimov, A.Valiev, I.Efendiev, Mirjalol va G. Musaevlar zamonaviy va tarixiy mavzularda roman, qissa va hikoyalar yozdi.
Ozarbayjon yozuvchilari dramaturgiya sohasida ham qator yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Ular tarixiy va zamonaviy mavzularda sahna asarlari yaratdilar: ozarbayjon dramaturgiyasini taraqqiy ettirishga katta hissa qo’shgan J.Jabarli o’zining «O’t kelini» dramasida xalq ommasining tarixdagi rolini ko’rsatdi. «Sevil» nomli sahna asarida esa J.Jabarli xotin-qizlar ozodligi masalasini ilgari surdi.



Download 342.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling