M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet126/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
Bog'liq
raqam

Moliyaviy institutlardan mustaqillik. Markazlashtirilmagan Bit Gold tarmog‘i orqali foydalanuvchilar tranzaktsiyalar tuzishda yordam berish uchun moliyaviy tashkilotga komissiya to‘lamas- dan, tomonlar o‘rtasida ishonchni o‘rnatmasdan xavfsiz tranzakt­siyalarni amalga oshirishlari mumkin edi. Bit Gold tarmog‘ining o‘zi foydalanuvchilarning balansini kuzatish va qonuniy tranzaktsiyalarni amalga oshirish uchun zarur funktsionallikni ta’minlaydi. Tizimning ushbu xususiyatlari pul muomalalari va ularni saqlash moliya institutlariga bog‘liqlikni yo‘q qilgan holda deyarli va mustaqil ravishda amalga oshirilishini anglatadi.

  • Turli mamlakatlarda uzluksiz ishlash. An’anaviy moliya tizimida ko‘pgina bo‘linishlar mavjud. Turli mamlakatlarga pul yuborish bir necha kundan bir oygacha, oxirgi qabul qiluvchiga etib borguncha davom etishi mumkin. Buning sababi shundaki, banklar ushbu moliyaviy mablag‘lar mo‘ljallangan manzilga etib borgunga qadar boshqa moliya institutlariga pul yuborish uchun juda qattiq va tartibga solinadigan jarayondan o‘tishi kerak. Bitcoin va Bit Gold kabi markazlashtirilmagan tarmoqlar ushbu birliklarga muhtoj emas va bir necha daqiqalar ichida xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

    Keyinchalik Bit Gold g‘oyasi Bitcoinda amalga oshirildi va ikkala protokol ham o‘xshash arxitekturaga ega.

    1. Kriptovalyutani asosiy tushunchalari

    Pul ikki shaklda mavjud:

    • naqd pul (banknotalar va tangalar) va naqd bo‘lmagan;

    • elektron shaklda, ularning egalarining hisobvaraqlaridagi yozuvlar shaklida.

    Elektron valyuta nafaqat an’anaviy pul muomalasini (dollar, yevro, so‘m va boshqalar) qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki raqamli valyutalar deb ataladigan joyda ham qo‘llanilishi mumkin.
    Raqamli valyutalar xususiy, virtual valyutalar yoki elektron naqd pullar deb ham ataladi. An’anaviy valyutalarga nisbatan raqamli valyuta qo‘shimcha yoki muqobil hisoblanadi.
    Kriptovalyuta - yaqinda keng ommalashgan va tarqalib ketgan virtual valyutalarning turlaridan biridir.
    Kriptovalyuta - bu kriptografik texnologiyalar bilan himoyalangan raqamli valyuta. Ushbu pul birliklarining jismoniy o‘xshashligi yo‘q, ular faqat virtual makonda mavjud.
    "Kriptovalyuta" atamasi Bitcoin texnologiyasi rivojlan- ganidan keyin foydalanila boshlandi. Bunday raqamli valyutaning operatsion ma’lumotlari ochiq. Blok tuzilishining barqarorligi kriptografiya (raqamli imzo, ochiq kalit va boshqalar) tomonidan qo‘llab - quvvatlanadi. Shuning uchun valyutaga “kriptovalyuta” nomi berildi.
    Kriptovalyuta elementi, coin(tanga) - o‘zgartirilishi va nusxalanishi mumkin bo‘lmagan bloklarning shifrlangan to‘plami.
    Kriptovalyuta afzalliklari va kamchiliklari
    Mavjud moliyaviy vositalar bilan taqqoslaganda, kriptoval­yutalar quyidagi afzalliklarga ega [15]:

    1. Markazsizlashtirish. Ko‘pgina kriptovalyutalarni funksi­yasi ularda o‘rnatilgan algoritmga muvofiq markazlashtirilmagan. Ularni davlat organlari nazorat qilmaydi va barcha aloqa markazlari bir xil huquqlarga ega va bir-biriga tengdirlar. Bitcoin kabi tarmoqlarda, hatto ishlab chiquvchilar ham ularning ishlash algoritmini o‘zgartira olmaydilar.


    2. Download 1.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling