M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
Aqlli shartnomalar
Tarqatilgan buxgalteriya kitoblar belgilangan shartlarni bajargan holda oddiy shartnomalarni kodlash imkonini beradi. Texnologiyani rivojlantirishning hozirgi darajasida, sodda funksiyalarni bajarish uchun aqlli kontraktalar dasturlashtirilishi mumkin. Masalan, agar moliyaviy vosita avtomatik to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradigan blokcheyn va Bitcoin texnologiyasidan foydalangan holda ma’lum bir standartga javob bersa, kontrakt to‘lanishi mumkin. Birlashgan iqtisodiyot Uber va Airbnb kabi kompaniyalarning rivojlanishi almashinuv iqtisodiyotining muvaffaqiyatini isbotladi. Tengdosh 274 to‘lovlarni (do‘stlar va oila a’zolariga telefon yoki kompyuter orqali to‘lash) o‘z ichiga olgan holda, blokcheyn tomonlarning bevosita o‘zaro munosabatlari imkoniyatini ochib beradi - bu haqiqatan ham markazlashtirilmagan almashish iqtisodiyotiga olib keladi. Kraudfanding Kraudfanding - bu boshqa odamlar yoki tashkilotlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘lari yoki boshqa manbalarini, odatda Internet orqali, ixtiyoriy ravishda birgalikda yig‘adigan odamlarning jamoaviy hamkorligi. Kraudfanding tashabbusi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan. Odamlar mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etishni xohlashadi. Blokcheyn bu qiziq ishni yangi darajaga ko‘taradi, kraudsordinglivenchur fondlarini yaratishi mumkin. 2016-yilda ana shunday tajribalardan biri Ethereum platformasida markazlashtirilmagan avtonom tashkilot (MAT) ikki oy ichida 200 million dollar yig‘di. MAT tajribasi shuni ko‘rsatdiki, blokcheyn iqtisodiy hamkorlikning yangi modelining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Boshqaruv Olingan natijalar to‘liq oshkora va omma uchun ochiq bo‘lib, tarqatilgan ma’lumotlar bazasi texnologiyasi saylovlarning yoki boshqa har qanday turdagi ovozlarning to‘liq shaffofligini ta’min- lashi mumkin. Ethereumga asoslangan aqlli kontraktlar jarayonni avtomatlashtirishga yordam beradi. Amalda, bu kompaniyani boshqarish raqamli aktivlar, zaxiralar yoki ma’lumotlarni bosh- qarishda mutlaqo shaffof va tekshirilishi mumkinligini anglatadi. Yetkazib berish zanjiri auditi Iste’molchilar tobora ko‘proq kompaniyalar o‘z mahsulot- lariga qo‘ygan standartlarning talablari haqiqat ekanligini bilishni istaydilar. Distribyutor registrlari sotib olgan buyumlarning haqiqiyligini tekshirishni osonlashtiradi. Shaffoflik mahsulot raqamiga mos keladigan blokcheyin sanasi va joylashuvi asosida vaqtinchalik belgi bilan ajratiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada joylashgan Provenance kompaniya bir qator iste’mol mahsulotlari uchun yetkazib berish zanjiri tekshiruvlarini taklif etadi. Ethereum blokcheyndan foydalanadigan Provenance pilot loyihasi Yapon restoranlarida sotiladigan baliqlarni Indoneziyadagi yetkazib beruvchilar tomonidan doimiy ravishda ovlab, saqlab turishini ta’minlaydi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling