M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet118/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Bog'liq
raqam

4.3.2-rasm. Bitcoin blokcheyn bloki



Tengdosh tarmog‘i- ham "peer-to-peer" (P2P) tarmog‘i deb ataladi, bu unga birlashtirilgan barcha kompyuterlar bir xil huquqlarga ega va asosiy (markaziy boshqarish) server yo‘q.
Tengdoshtarmoq tugunlarining har bir tugunlari blok- cheynning to‘liq, yangilangan versiyasini saqlaydi. Har safar yangi blok qo‘shilganda, barcha tugunlar blokcheynni yangilaydi.
Tengdoshlar tarmog‘idan foydalanish ma’lum afzalliklarga ega:

  • har doim dastur qidiruvchisi (blockchain Explorer) yordamida blokcheyn holatini tekshirishingiz mumkin;

  • blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bitta tomonga ishonish shart emas;

  • blokcheyn himoyalanganligini bilish uchun bitta serverning xavfsizligiga ishonishning hojati yo‘q;

  • tajovuzkor bir vaqtning o‘zida bitta serverni emas, balki minglab kompyuterlarni buzishga majbur bo‘ladi;

  • blokcheyn hech qachon yo‘qolib ketishiga doim ishonch bor, chunki buning uchun uni barcha tugunlar yo‘q qilishi kerak.



a) Server tuzilishi b) Tengdoshlar tarmog‘i
4.3.3-rasm. Tarmoq tuzilishi



Blokcheyn turlari
Quyidagi blockcheyn turlari mavjud:

  • Ommaviy blokcheyn (Public Blockchain) - ochiq va to‘ldirilgan ma’lumotlar bazasi. Ushbu turdagi blokcheyn Bitcoin kripotovalyutada qo‘llaniladi. Har bir ishtirokchi ma’lumotlarni yozishi va o‘qishi mumkin.

  • Xususiy blokcheyn (Private Blockchain) - ma’lumot- lariniyozish / o‘qish uchun cheklovlarga ega. Ustuvor tugunlarni o‘rnatish mumkin. Xususiy kichik turi - eksklyuziv (noyob) blokcheyn hisoblanadi. Ushbu zanjirda tranzaktsiyalarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan shaxslar guruhi tuzilgan.

  • Konsorsium blockchain. U bir nechta kompaniyalar yoki, masalan, davlat idoralari o‘zlarining yopiq tarmog‘iga muhtoj bo‘lgan holatlarda yaratilgan. Bu erda tarmoq teng sharoitlarda bir nechta tugunlar tomonidan boshqariladi - ularning asosiy zanjirdagi ma’lumotlar bloklarini tekshirish va yozish uchun o‘zlarining kelishuv parametrlari, shuningdek tarmoqqa kirish parametrlari mavjud.

Blokcheyn asosiy tamoyillari:

  • markazlashtirmaslik va taqsimlangan saqlash;

  • xavfsizlik va himoyalanganlik;

  • ochiqlik va oshkoralik;

  • yozib olingan o‘zgarmasligi.

Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi
Odamlar hayotining ma’lum bir sohasi bilan bog‘liq har
qanday muhim ma’lumotlar biron bir joyda saqlanadi. Uy yoki mashina sotib olish, qarz olish, pul o‘tkazish - bu operatsiyalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar qayd qilinadi va markaziy ravishda davlat muassasalari yoki xususiy kompaniyalarning serverlariga joylashtiriladi. Bu ko‘pincha suiiste’mol qilishga olib keladi - xohlaganda, har qanday bazaga kirish va unga tuzatishlar kiritishmumkin.
Blokcheyn texnologiyasi ushbu yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, ma’lumotlar bazasi bir joyda saqlanmaydi, balki minglab, hatto o‘n minglab, ba’zan esa millionlab kompyuterlarga tarqatiladi (4.3.4-rasm). Ularning barchasining ishgan chiqarish ehtimoli juda kam. Bu orada, hech bo‘lmaganda tarmoqda bitta kompyuter ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo‘ladi.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling