M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet121/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Bog'liq
raqam

Konsensus, umumiy ma’noda, kelishuvga erishish usulini anglatadi. Yagona boshqaruv organi bo‘lmagan markazlashtiril- magan tizim bo‘lgan blockchainda konsensusga erishish uchun turli xil algoritmlar ishlab chiqilgan.
Blokcheyn tarmog‘ida tizim ishtirokchilari bir-biriga ishonadimi yoki yo‘qmi muhim emas. Ular barchani qiziq- tiradigan muayyan ish tamoyililari to‘g‘risida kelishib olishlari kerak. Va bu konsensus mexanizmining bevosita vazifasi.
Blokcheyndagi konsensus algoritmi - bu barcha ishtirok- chilar o‘rtasida kelishuvga erishish va tarmoqning ishlashini ta’minlashga imkon beradigan ma’lum matematik qoidalar va funktsiyalar to‘plami. Hozirda bir nechta turli xil konsensusga erishish algoritmlari mavjud.
Proof - of - Work(PoW) algoritmi
Ishni isbotlash mexanizmining izohi Proof-of-worknomining o‘zida yotadi - Proof-of-work- Ish bajarishini isbotlash. Tranzaktsiyani tekshirishda ishtirok etish uchun ishtirokchilar bajarilgan ishlarni ommaviy ravishda isbotlashlari kerak. Ushbu qoida buzg‘unchi soxta ishtirokchilarni yaratgan taqdirda tizimga hujumning oldini oladi. Qancha ko‘p ish bo‘lsa, keyingi blokni ishlab chiqarish va mukofotlanish uchun ko‘proq imkoniyatlar. Quvvat to‘liq markazsizlashtirish va anonimlik nuqtai nazaridan eng oson va ayni paytda eng barqaror algoritm hisoblanadi.
PoS algoritmi
PoS algoritmi (Proof - of - stake, egasining isbotlanishi, egalik ulushini tasdiqlash) - bu kriptovalyutalarda himoya qilish usuli bo‘lib, unda ishtirokchining blokcheynda keyingi blokni tashkil qilish ehtimoli ushbu ishtirokchiga tegishli bo‘lgan ushbu kriptovalyutani hisob-kitob birliklari ularning umumiy sonidan iborat bo‘lgan ulushga mutanosib.
Ushbu usul Proof of Work (PoW) usuliga muqobil bo‘lib, unda yanada quvvatli uskunalarning egasi keyingi blokni yaratishga ko‘proq ehtimoli bo‘ladi.
Ushbu usuldan foydalanganda blokni shakllantirish algoritmi uskunaning quvvatiga bog‘liq emas, lekin katta ehtimollik bilan blok hozirgi balansi katta bo‘lgan hisob bilan hosil bo‘ladi. Masalan, umumiy sonning 1% egasi bo‘lgan ishtirokchi o‘rtacha 1% yangi bloklarni yaratadi [14]. Pro - of - Stake mexanizmi kompaniya aksiyadorlari o‘rtasida ovoz berishga o‘xshaydi - eng ko‘p aksiyaga ega bo‘lgan kishi eng katta kuchga ega bo‘ladi.
DPoS algoritmi
DPos algoritmi (Delegated Proof - of Steal, ulush isbotini ishonchli vakili) tranzaksiyalar tezligini oshirish va blokcheyn markazlashtirilmagan rag‘batlantiruvchi tuzilishga xavf solmasdan bloklar yaratish maqsadida qurilgan.
G‘oya shundan iboratki, har bir foydalanuvchi o‘z vakillariga

  • tranzaksiyalarni tasdiqlaydiganlarga ovoz berishi mumkin. Vakillar shaxslari oldindan ma’lum. Bu blokcheyn sohasidagi yutuqlari bilan tanilgan obro‘li odamlar bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, tizim ovozlarning og‘irligini hisobga oladi.Muayyan ishtirokchining kriptovalyutasiqancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha tranzaktsiyani tasdiqlanishiga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.

Pol algoritmi
Pol algoritmi (Proof - of - Importance, muhimligini tasdiqlovchi dalil) - tarmoqning qaysi a’zolari blokcheynga blok qo‘shish huquqini va blok uchun mukofot sifatida tranzaksiya komissiyalarini olish huquqini aniqlash uchun ishlatiladigan konsensus algoritmi.
Blokni qo‘shish va blokga kiritish tranzaktsiyalar uchun undan komissiyalarni (to‘lovlarni) olishga vakil sifatida tanlash
uchun "muhimligi" reytingi yuqori bo‘lgan akkauntlarning ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, mavjud konsensus algoritmlari ideal emas va markazlashtirilmagan yoki qisman markazlashtiril- magan tizimda kelishuvga erishish uchun universal usul mavjud emas. Har bir mexanizm o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

  1. Blokcheyn qo‘llash sohalari

Blokcheyn dunyodagi birinchi kriptovalyuta Bitcoin bilan birga paydo bo‘ldi.
V. Buterin va uning hamkasblari ikkinchi avlod kriptovalyuta bilan bog‘liq bo‘lgan Ethereum kriptovalyuta blokcheynni yaratib, oldinga qadam tashlashdi. Uning o‘ziga xos tuzish xususiyatlari bor. Agar Bitcoin blokcheyn dastlab moliyaviy tranzaksiyalar uchun modellashtirilgan bo‘lsa, Ethereum ishlab chiquvchilari dasturlashtirilgan algoritmlarni bajarilishi mumkin bo‘lgan hisoblashtengdosh tarmog‘ini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular aqlli yoki smart - kontraktlar deb nomlanadi. Bunday smart - kontraktlarning mohiyati shundan iboratki, ularning bajarilishi ma’lum shartlar bajarilganda yuz beradi.
Qanday biznes - ilovalarni blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilishi yoki allaqachon yaratilishini ko‘rib chiqamiz.


  1. Download 1.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling