M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
-rasm. Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi
Download 1.59 Mb.
|
raqam
4.3.4-rasm. Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi
Xavfsizlik va himoyalanganlik Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi buzilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Blokcheyn bilan bu mumkin emas. Bloklardan birini buzish va undagi ma’lumotni o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki barcha bloklarni buzish kerak va bu juda katta hisoblash quvvatini talab qiladi - chunki yangi bloklarda oldingi bloklar to‘g‘risidagi shifrlangan ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun, buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari tomonidan seziladi. Elektron raqamli imzo bilan bir qatorda, xesh- funksiya- laridan foydalangan holda kuchli shifrlash algoritmi firibgarlikka to‘sqinlik qiladi. Imzo ikkita kalitdan foydalanadi - ochiq va yopiq. Birinchisi, imzoning o‘zini tekshirish uchun kerak, ikkinchisi uni yaratish uchun ishlatiladi va maxfiydir. Kalitlar ishtirokchilarga ma’lum ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. Ochiqlik va shaffoflik Hamma ma’lumotlar bazasi jamoat mulki hisoblanadi va shuning uchun har kim bu yoki boshqa blok ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin. Bir foydalanuvchi pulni boshqa foydalanuv- chiga o‘tkazishi mumkin - agar xohlasangiz, hamma bu haqda bilib olishi mumkin. Ammo kim pulni kimga o‘tkazganligi sirligicha qolmoqda. Ushbu ma’lumotlar almashuv bevosita ishtirokchilari uchun mavjud, agar ular o‘zlari buni oshkor qilishni istamasalar. Yozuvning doimiyligi Yangi ma’lumotlarni yozib olish uchun blokcheyn tugunlarining kelishuvi talab qilinadi (4.3.2 - bandga qarang). Bu sizga operatsiyalarni filtrlash va faqat qonuniy tranzaktsiyalarni yozib olish imkonini beradi. Xeshni almashtirish imkoniyati yo‘q. Blokcheynning ishlashiga misol (4.3.5-rasm). A mijoz pulni B mijoziga o‘tkazishmoqchi; Tranzaktsiyalar tarmoqqa o‘tkaziladi va bloklarga yig‘iladi, har bir blokda oldingi blokning raqami va xeshi mavjud; Bloklar tizimning barcha ishtirokchilariga tekshirish uchun yuboriladi; Agar xato bo‘lmasa, har bir ishtirokchi o‘z ma’lumotlar bazasi blokiga blok yozadi; Blok blok zanjiriga qo‘shiladi, unda avvalgi barcha operatsiyalar haqida ma’lumotlar mavjud; Pul A mijozidan B mijoziga o‘tkaziladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling