M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet39/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138
Bog'liq
raqam

1.7.1-rasm. Sun’iy aql tuzilishi

Tabiiy tillar bilan ishlash


Tabiiy tilni qayta ishlash muhim yo‘nalish bo‘lib, uning doirasida "inson" tilida matnlarni tushunish, qayta ishlash va generatsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, bu yerda matnlarni bir tildan boshqasiga mashinali tarjima qilish muam- mosi hal qilinmagan. Zamonaviy dunyoda ma’lumotni ahtarish usullarini ishlab chiqish katta rol o‘ynaydi. O‘zining tabiati boyicha Tyuring original testi bu yo‘nalish bilan bog‘liq.
Bilimlarni to‘plash va ulardan foydalanish
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, aqlning muhim xusu- siyati o‘rganish qobiliyatidir. Shunday qilib, bilimlar muhandisligi oddiy ma’lumotlardan bilimlarni olish, uni tizimlashtirish va ulardan foydalanish vazifalarini birlashtirgan holda birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu sohadagi yutuqlar sun’iy intellekt tadqi- qotlarining deyarli barcha sohalariga ta’sir qiladi .
Bu yerda ikkita muhim sohalarini ajratish kerak.
Ularning birinchisi - mashina ta’limi - ishlash jarayoniga mustqil ravishda bilimni intellektual ishlab chiqarish tizimiga tegishli.
Ikkinchisi ekspert tizimlarini yaratish bilan bog‘liq - har qanday muammo bo‘yicha ishonchli xulosalar chiqarish uchun maxsus bilim bazalaridan foydalanadigan dasturlar .
Shakllarni aniqlash muammolarining katta sinfi mashinali o‘rganish sohasiga tegishli. Masalan, qo‘l yozuvini, nutqni aniqlash,matn tahlili. Ayniqsa, robototexnika bilan bog‘liq bo‘lgan kompyuterni ko‘rish qobiliyati ta’kidlash kerak .

  1. Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari

Sun’iy intellektni qo‘llash sohalari juda keng bo‘lib, ham texnologiyalarni, ham ommaviy qo‘llashdan uzoq bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni ham qamrab oladi.
Sun’iy intellektni tijoratlashtirish yo‘nalishlari
Biznesda sun’iy intellekt
Xarajatlarni minimallashtirish va daromadlarni ko‘paytirish, shuningdek, ish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida turli xil texnologiyalar qo‘llaniladi. Sun’iy intellektning biznesdagi eng keng tarqalgan usullari:

  • shaxsiy tavsiyalarni yaratish, ya’ni kompaniyalar sotuvlar va reklama samaradorligini oshirish uchun mijozga qanday xiz­matlar kerakligini bilib olishlari mumkin;

  • do‘konlarning samaradorligini oshirish, ya’ni SI yangi punktlarni ochish uchun eng yaxshi joyni tanlaydi, tuman aholis- ining ehtiyojlarini hisobga olgan holda assortimentni ishlab chiqadi va hokazo.

  • texnik yordamni optimallashtirish, ya’ni mijoz sun’iy intel­lekt bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, eng yaqin do‘konni topishga, karta bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirishga va individual chegirmalar olishga yordam beradi;

  • fmbgarlikka qarshi kurashish, takliflarni shaxsiylashtirish va xodimlarning samaradorligini oshirish;

  • sanoatda ishlab chiqarishni optimallashtirish, masalan, xom ashyoni to‘g‘ri sarflash, qurilmaning maqbul parametrlarini tan- lash va boshqalar.

Savdo va marketing tahlili
Ovozli va boshqa virtual yordamchilar birinchi navbat- da mijozlar bilan to4g‘ridan-to4g‘ri aloqa o‘rnatishni talab qi- ladigan chakana savdo-sotiqdan farqli o‘laroq, so‘nggi yillar- da ma’lumotlarni intellektual tahlil texnologiyalarga katta talab mavjud.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling