M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Aloqa xizmatlari hisobiga SMS orqali to‘lanadi
Download 1.59 Mb.
|
raqam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulni yuborish / olish uchun mobil telefonlardan foyda- lanish;
- 2.7.1-rasm.
Aloqa xizmatlari hisobiga SMS orqali to‘lanadi
"Takroriy" xizmatlar uchun elektron to‘lovlarni to‘lash: kommunal to‘lovlar, aloqa, Internet va h.q; Mikro - to‘lovlar toifasi Pulni yuborish / olish uchun mobil telefonlardan foyda- lanish; Uyali aloqa operatori tizi- midan yoki bank hisobla- ridan foydalanish Mobil telefon yordamida bankdagi hisob qaydno- masini boshqarish 2.7.1-rasm. Mobil tijoratning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari qaysilar? SMS matnli elektron xabar nima? Mobil internet nima? Mobil ilovalarni ishlatadigan elektron tijoratning biznes- modellarini ayting. Mobil tijoratning xizmatlari aniqlang. SIM - karta nima ? SIM- kartaning vazifalari nimada ? Mobil to‘lovlar nima? Mobil tijoratning imkoniyatlari qanday? Mobil banking nima? SMS billing xizmatlar mohiyati nimada ? BOB. INTERNET-MARKETING 3.1. Internet marketing asoslari Tushuncha va asosiy elementlar Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida Internet hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Bu, ayniqsa marketing tadqiqotlari sohasida sezi- larli. XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan Internet, XXI asrning boshiga kelib, dunyoning turli burchaklaridan to‘plangan, ichki aloqalari, elektron tijoratuchun asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan katta ma’lumot manbalari kutubxonasiga aylandi. Bugungi kunga kelib, Internet marketologlar uchun kuchli vosita va manbaga aylandi. Internetning rivojlanishi Internet-marketingning tijorat tashkilotlarining marketing faoliyatida alohida va muhim yo‘nalish sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Internet-marketing marketing va axborot texnologiyalari fan- larning to‘qnashuvida paydo bo‘ldi. 1990-yilgacha Internetdan biznes maqsadlarda foydalanish AQSH Milliy Ilmiy Jamg‘armasi tomonidan taqiqlangan edi, ammo keyinchalik yirik kompaniyalar unga kirishgan. 1992-yilda Internet boshqaruvi shaxsiy qo‘llarga berilganidan so‘ng, iste’molchilar va Internet-provayderlar doirasi sezilarli darajada kengaydi va tarmoq butun dunyo bo‘ylab mil- lionlab odamlar va kompyuterlarni uladi.O‘sha yili Charlz Stekning kitob sotadigan birinchi onlayn-do‘koni ochildi. 1994- yilda Amazon kompaniyasi ochildi va 1995-yil iyul oyida o‘z internet-do‘konini ishga tushirdi. 1994-yil oktyabr oyida First Virtual kompaniyao‘zining onlayn to‘lov xizmatlarini taklif qila boshladi va Internetdagi birinchi elektron to‘lov tizimiga aylandi. 1996-yilda MasterCard va Visa SET deb nomlangan plastik kartalar yordamida Internetda to‘lovlarni himoya qilish uchun ochiq yagona standart yaratilishini e’lon qildi. Birozdan keyin bi- rinchi qidiruv tizimlari paydo bo‘la boshlaydi. Hozirgi kunda Internet eng samarali tarqatish kanallaridan biriga aylandi. Internet-marketing raqamli iqtisodiyotning banner rekla- masi, jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations, PR), Internetda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xususan, talab va iste’molchilar auditoriyasini o‘rganish, brendni bozorda to‘g‘ri joylashtirish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Aytishimiz mumkinki, Internet-marketing Internetning gipermedia muhitida marketingni tashkil etish nazariyasi va metodologiyasi. Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular an’anaviy marketing vositalaridan farq qiladi. Internet-marketingning ba’zi bir asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling