M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari


Download 1.59 Mb.
bet89/138
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1306044
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Bog'liq
raqam

Mobil operatsiyalari bugungi kunda SIM-karta imkoni- yatlariga asoslangan mobil tijoratning xizmati yuqori talabga ega bo‘liadi. Mobil to‘lovlarni amalga oshirish uchun telefon bo‘lishi va uni uyali tarmoqqa ulanish imkoni bo‘lish kerak.
Mobil to‘lovtijorat tizimlariga qo‘yiladigan talablar:

  • operatsiyalarning xavfsizligi;

  • foydalanish qulayligi;

  • daxlsizlik (terminal uskunasiga);

  • bitimlarning huquqiy ahamiyati.

SIM - kartdagi mobil ilovalardan foydalanish - to‘lov oper- atsiyalarini bajarish uchun qulay va xavfsiz.
Mobil Banking -xizmati
Bank hisob-varaq egasini identifikatsiya qilish vositasi sifat­ida mobil telefon yordamida bank hisob varag‘ini boshqarishni ifodalaydi. To‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda bank hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalaniladi. Bundan tashqari, foydalanuvchiga taqdim etiladigan xizmatlar doirasi juda kengdir

  • hisobraqam bilan bank operatsiyalari, doimiy ravishda xiz­matlarni to‘lash (kommunal xizmatlar, aloqa, televidenie), tovarlar va xizmatlar uchun bir martalik to‘lovlar.

Mobil bank xizmatining eng oddiy turi foydalanuvchiga SMS-xabar orqali uning bankdagi hisob raqamidagi joriy operatsiyalar (hisob raqami yoki kredit holati, hisobvaraqdan mablag ‘olish, muddatli depozit operatsiyalari va boshqalar) haqida xabar berishdir.
Mobil to‘lovlar - xizmat sifatida
To‘lovchining bank mahsulotiga ("mobil hamyon") oldindan to‘langan pul mablag‘lari joylashtirilgan mobil telefon yordamida to‘lovni amalga oshirish vositasi. Shu bilan birga, to‘lovchi bi- rinchi bo‘lib pulni mobil aloqa operatoridagi shaxsiy hisobidan "mobil hamyon" deb nomlangan pulni o‘z mobil telefonida oper- atsiyalarni amalga oshirish orqali o‘tkazadi (yakuniy harakatlar).
Mobil to‘lovlar o‘zlarining shaxsiy hisobraqamlariga ega bo‘lmagan yoki mobil savdo xizmatlaridan foydalanishni istamaydigan uyali aloqa abonentlari uchun ham xizmat qi­ladi. Odatda, bunday to‘lovlar kichik miqdorda, ya’ni, mikro to‘lovlar, bir martalik xaridlarda, shuningdek, doimiy asosda (kommunal, telefon, televizor) xizmatlar uchun haq olishni, to‘lovlar bo‘lishi mumkin.
Mobil terminallar yordamida amalga oshiriladigan pul mablag‘lar bilan opratsiyalar masofaviy va bevosita sotish nuqtalarida qilinadiganlarga, hamda mikro-to‘lovlar va makro- to‘lovlarga bo‘linadi. Micro - to‘lov jamoat transportida, parki, kino chiptalari uchun to‘lov hisoblanadi. Makro to‘lovlar deganda “yirik” mollarni va xizmatlarni xarid qilish, yoqilg‘I shahob- chalarida, restoranlarda, do‘konlarda haridlarni, aviachiptalarni sotib olish va hokazo (2.7.1-rasm).
Mobil tijoratning iste’molchilarga afzalligi aniq.
Bu hisoblarning soddaligi va qulayligi, harakatchanlik, to‘lovlarni qayta ishlashning yuqori tezligi. Bundan tashqari, mo­bil aloqadan keng foydalanish tufayli bunday "mobil hamyon" ning tabiiy mavjudligi muhimdir.
Mobil tijorat muhim salohiytga va bir qator qo‘shimcha biznes imkoniyatlariga ega:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling