Mobil kontentni sotish . Foydalanuvchi mobil telefonlar uchun maxsus optimallashtirilgan rasmlar, audio fayllar, matnli fayllar va boshqalarning ulkan ma’lumotlar bazalarini ko‘rishi mumkin bo‘lgan ko‘plab saytlar mavjud (hajmi / sifatini pa- saytirish orqali).
Bunday ma’lumotlar bazalari egalaridan foyda olishning mashhur varianti bu fayllarni SMS evaziga sotish tizimi. Foydalanuvchi ma’lum bir kodni o‘z ichiga olgan SMS-xa- barni yuboradi va javoban unga qiziqqan faylga havolani oladi.
Web-sayt kontentiga kirishni cheklash. Eng keng tarqalgan ishlash tartibi - bu saytga tashrif buyuruvchi o‘zi qiziqtirgan ma’lumotni bepul ko‘rishi va uni to‘liq ko‘rish uchun SMS-xa- barni yuborishi kerak. Bunday ma’lumotlar ko‘pincha pullik reklamalar, badiiy filmlar (Internetda ko‘rish uchun), har xil testlar va munajjimlar bashorati bo‘lishi mumkin.
Turli hil ijtimoiy xizmatlarda raqamli ko‘rsatgichlar kopayishi. Bu turli xil ijtimoiy tarmoqlarda, tanishuv xizmatlari yoki onlayn-o‘yinlarda "reyting"ni anglatadi. Bunday ko‘rsatkich- lar, qoyda tariqasida, hech qanday mazmuni yuklamaydi va faqat o‘z egalarining ahamiyatini his qilish ko‘rsatkichidir. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab foydalanuvchilar "reytingini" ko‘tarish uchun pul to‘lashga tayyor.
Bunday xizmatlarning kamdan-kam misoli ijtimoiy xiz- matlardan foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, masalan, fotosuratlar, fayllar yoki musiqa uchun qo‘shimcha disk maydoni taqdim etish, boshqa foydalanuvchilar to‘g‘risidagi kengaytirilgan ma’lumotlarga kirish, foydalanuvchilarga virtual sovg‘alar berish imkoniyati va boshqalar.
Haqiqiy pulni turli xil o‘yin tizimlarda virtualga o‘tkazish. Koplab onlayn-o‘yinlarda ichki o‘yin valyutasi mavjud bo‘ladi va ularni turli maxsus yo‘llar bilan ishlatish mumkin.
Qoida tariqasida, ushbu pulni haqiqiy pulni sarf qilmasdan olish usullari mavjud, ammo o‘yinchining xohishi o‘yin dunyosi tomonidan qo‘yilgan imkoniyatlardan oshib ketganda, u ko‘pincha o‘yin dunyosida o‘z istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun real pul sarflashga tayyor bo‘ladi . Bunday tizimlarda oda- tiy qoida bu teskari operatsiyani bajarishning mumkin emasligi - virtual pulni haqiqiy pulga aylantirish.
Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga asoslangan xizmatlar
Uyali aloqaning ovozsiz imkoniyatlari - bu uyali telefon foydalanuvchisi manzilini aniqlash, mobil telefondan elektron chipta sifatida foydalanish, oqimli translyatsiyalar, onlayn radiou- zatishlar va hk.
Bunday xizmatlarning odatiy namunalarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |