M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorda yangi bo‘lgan yuqori texnologik mollar
- Arzonlashtirilgan tovarlar.
- Yaqinda sotilganlar.
- (Short Message Service- qisqa xabar xizmati)
- Multimedia Messaging Service
Kompyuter mahsulotlari. Ushbu turdagi tovarlarning po- tensial iste’molchilari Internetdan foydalanuvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, kim oshdi savdosi talabni baholash va maq- bul bozor narxini aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin .
Bozorda yangi bo‘lgan yuqori texnologik mollar . Internet auditoriyasi yangi mahsulotlar va yangi texnologiyalarga moyil va kim oshdi savdosi talabni aniqlash va maqbul bozor narxini aniqlash uchun qulay vosita bo‘lishi mumkin. Arzonlashtirilgan tovarlar. Tashqi ko‘rinishi talabga javob bermaydigan, shuningdek qaytarilgan mahsulotlar. Sekin harakatlanadigan tovarlar. Eski yoki o‘z talabiga ega bo‘lmay qolgan tovarlardan qutilish uchun vosita. Yaqinda sotilganlar. Yangi model rahbarlari tomonidan al- mashtirilganligi sababli eskirgan mahsulotlar . Noyob tovarlar . Ushbu turdagi mahsulot yuqori darajadagi raqobat bilan ajralib turadigan o‘zining maxsus auditoriyasiga ega. (❖ O‘z-o ‘zini tekshirish savollarp Internet-do‘kon mohiyati nimada? Internet do‘kon va an’anaviy do‘kon o‘rtasidagi farqi nimada? Internet-do‘kon o‘z egasiga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Internet-do‘kon xaridorga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Internet do‘kon tuzilishining asosiy elementlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat? Elektron peshtaxtaning vazifasi nima? Internet tizimining vazifasi nimada? Internet-do‘konlarning turlari qanday ? Internet-do‘konlar modellarini ayting. Onlayn auksionlarning turlari qanday? Mobil tijorat Paydo bo‘lishning qisqacha tarixi yilda Finlyandiya poytaxti Xelsinki ko‘chalarida SMS orqali ichimliklarni sotadigan Coca - Cola kompaniyaning ikkita mashinasi o‘rnatilgan edi. So‘ngra Merita bank of Finland mijozlariga mobil banking xizmatlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi . yilda Finlyandiyaning Radionlinja uyali aloqa operatori tijorat qo‘ng‘irog‘i xizmatini ishga tushirganida, uyali tele- fon yordamida raqamli kontentni sotish imkoni paydo bo‘ldi . yilda Filippindagi Smart kompaniyasi Smart Money milliy to‘lov platformasini ishga tushirdi. Deyarli bir vaqtning o‘zida Yaponiyada NTT DoCoMo kompaniyasi i-Mode deb nom- langan birinchi mobil Internet platformasini ishga tushirdi. Kuzda 1999-yilda Fransiya Telecom «Iti Achat» deb nom- langan mobil bazasi asosida xavfsiz tizimi ochilishini e’lon qildi. Fransiya Telecomga tegishli bo‘lgan GSM tizimi abonent- larga Internet yoki mobil telefon orqali haridlarni amalga oshirish imkonini yaratgan. GSM telefoniga o‘rnatilgan kredit kartalarin- ing tizim xavfsizligini kafolatlaydi. 1999-yil noyabr oyida Millicom International Cellular (Lyuksemburg ) GiS Moquril mashinani chiqarilishini e’lonqildi, bu mobil telefony ordamida Internetga xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Xaridor o‘z mobil telefon raqamini ajratilgan Internet kanalidan foydalangan holda olingan raqamni GiSMo operatsion markaziga uzatgan sotuvchiga beradi, u yerda olingan ma’lumotlar asosida shaxsiy identifikatsiya kodi yarati- ladi. Ushbu kod, shuningdek, xaridorning mobil telefoniga uza- tiladi. Xaridor sotuvchiga tasdiqlash kodini taqdim etishi kerak. Hisob-varaqalar har oyi mijozlarga e - mail orqali jo‘natiladi. 1982-yilda Yevropa pochta va telekommunikatsiya ma’mu- riyatlarining Yevropa konferensiyasi (CEPT) Groupe Special Mobile ( GSM ) mobil aloqasini rivojlantirish uchun maxsus guruhni yaratdi . GSM birinchi raqamli standartlardan biri bo‘lib, ikkinchi avlod tizimlariga o‘tishni tasdiqlaydi. Yangi aloqa standart tizimin- ing tijorat faoliyati o‘n yildan so‘ng, 1992-yilda boshlandi. GSM va boshqa ikkinchi avlod uyali tarmoqlarining afzalliklari analog standartlarga nisbatan ancha ishonchli ishlash, turli xil ovozli xizmatlarning paydo bo‘lishi, masalan qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirish, qo‘ng‘iroqni kutish, rouming xizmatlari va boshqa imkoniyatlarning paydo bo‘lishi 1997-yilda GSM ikkinchi bosqich bilan bog‘liq. GSM standartining ikkinchi bosqichini joylashtirishning eng muhim oqibatlaridan biri paketli ma’lumotlarni uzatish GPRS (General Packet RadioService) paydo bo‘lishi edi. Aynan shu narsa mobil Internetni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Qisqa matnli va multimedia xabarlarini qabul qilish va uzatish texnologiyasi Qabul texnologiyasi va qisqa matnli xabarlarni yuborish SMS (Short Message Service- qisqa xabar xizmati) GSMPhase standarti tarkibiy qismi sifatida yaratilgan. Xizmatni amalga oshirish g‘oyasi 1984-yilda paydo bo‘lgan va 1989-yilga kelib bir guruh muhandislar tomonidan amalga oshirilgan, jumladan: Fridgel Xilbrand (Deutsche Telekom), Bernard Gilbert (PTT), Finn Trosbi (Telenor), Kevin Xolli (Cellnet), Ian Xarris (Vodafone). Dastlab qisqa xabar tizimi Buyuk Britaniyada Evropa bozor- ida GSM standarti paydo bo‘lgandan keyin bir yil o‘tgach 1992- yil dekabr oyida Vodafone kompaniyaning GSM tarmog‘ida mobil telefon tarmog‘i uchun kompyuterdan matni uzatish uchun sinalgan. Birinchi SMS xabari: "Merry Christmas!" Vodafone mu- handisi Neil Papworth tomonidan junatilgan edi. Keyinchalik - MMS ( Multimedia Messaging Service ) mul- timediali xabarlar xizmatlari joriy ishga tushirilgan. MMS - xa- barlarning paydo bo‘lishi uchun XXI asrning boshlarida mobil In- ternetning rivojlanishi sabab bo‘ldi va GPRS paketli ma’lumotlar texnologiyasi joriy etilgandan so‘ng amalga oshirildi. Mobil Internet Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling