M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
Shaxs aniqlashni (identifikatsiya) boshqarish
Internetda identifikatsiyani yanada samarali boshqarish uchun ehtiyoj mavjud. Shaxsingizni tasdiqlash qobiliyati Internetda amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning asosidir. Biroq, web - tijorat bilan bog‘liq bo‘lgan xavf - xatarlardan himoya choralari mukammal emas. Blokcheyn texnologiyasi shaxsingizni tasdiqlashning ilg‘or usullarini, shuningdek, shaxsiy hujjatlarni raqamlashtirish imkoniyatini taklif etadi. Xavfsiz identifikatsiya ma’lumotlari mavjudligi, shuningdek, birgalikda foydalanish iqtisodiyoti o‘zaro ta’sir o‘tkazish uchun muhimdir. Raqamli identifikatsiya standartlarini ishlab chiqish juda murakkab jarayon. Texnik muammolarga qo‘shimcha ravishda, identifikatsiya qilish muammosini universal onlayn hal qilish xususiy tashkilotlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni talab qiladi. Ma’lumotlarni boshqarish Bugungi kunda shaxsiy ma’lumotlar evaziga odamlar Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlardan bepul foydalanishlari mumkin. Kelajakda foydalanuvchilar o‘zlarining onlayn faoliyati yaratadigan ma’lumotlarni boshqarish va sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kichik bo‘lingan hajmini osonlikcha taqsimlanishi mumkinligi sababli, Bitcoin yoki boshqa kriptovalyuta ushbu turdagi tranzaksiyalar uchun ishlatiladigan valyuta bo‘ladi. Yerga egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish Jamoat reestrlari singari blokcheyin mulkni hisobga olishning barcha turlarini yanada samaraliroq qilishi mumkin. Masalan, yerga egalik. Ularni boshqarish odatda qimmat va vaqt talab etadi. Blokcheyn asosida yer kadastri loyihalari bir qator mamlakatlarda allaqachon amalga oshirilmoqda. Aksiyalar savdosi Aksiyalar hisob-kitoblari samaradorligini oshirish salohiyatli birja savdolarida blokcheyndan samarali foydalanishga imkon beradi. Tengdosh bitimlarni amalga oshirayotganda, savdoni tasdiqlash deyarli birdaniga aylanadi (uch kunlik ijrodan farqli o‘laroq). Bu, kliring markazi, auditorlar va nazoratchilar kabi vositachilarning ushbu jarayonda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotganligini anglatadi. Avstraliya fond birjasi (ASX), Frankfurt fond birjasi (Deutsche Borse) va JPX (Japan Exchange Group) kabi ko‘plab fond va tovar birjalari blokcheyn xizmatlarini taqdim etish uchun prototip dasturlardir. Ushbu sohada kashshof Nasdaqning Linq platformasi bo‘lib, u xususiy bozorda (odatda IPO boshlan- g‘ichlari va investorlar orasida) savdo qilish uchun mo‘ljallangan. Blokcheynning afzalliklari va kamchiliklari
I* O‘z- o‘zini tekshirish savollari Konsensus nima? Qanday konsensus algoritmlarini bilasiz? Blokcheynning qamrovi qanday? Blokcheynning afzalliklari va kamchiliklari nimada? Kriptovalyuta texnologiyasi, olish jarayoni va mayning fermalar Kriptovalyutalar paydo bo‘lishi va tarixi 1982-yilda kriptograf Devid Chaum xarid qilingan tovarlar yoki mijoz tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotni kuzatishni taklif qildi. Savdo va moliyaviy operatsiyalarni ishonchli amalga oshirish uchun Devid Chaum 1989-yilda DigiCash korporatsiyasini tashkil etdi, u birinchi anonim to‘lov tizimini taqdim etdi. DigiCash to‘lov tizimi Internet orqali tranzaktsiyalarni o‘tqazish xavfsiz usuli edi. O‘sha davrdagi aksariyat tizimlar, shu jumladan Visa va Mastercard, katta hajmdagi mahsulotlarni faqat elektron usulda qayta ishlashi mumkin edi. Bunga javoban, tizim kichik tranzaktsiyalarni yuborishga imkon berdi. DigiCash to‘lov tizimi Devid Chaumom tomonidan ishlab chiqilgan "ko‘r imzo" texnologiyasiga asoslangan edi. Ko‘relekt- ron raqamli imzo - elektron raqamli imzoning (ERI) muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘lib, unda imzo chekuvchi imzolangan hujjatning mazmunini ishonchli bilmaydi. Uning asosiy qo‘llash sohasi - bank sektori, shuningdek, elektron ovoz berish sohasi. Elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishda bank doimo pul mablag‘larini kim, qayerda, qachon va kimga o‘tkazganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega. Ushbu fakt foydalanuv- chilarning shaxsiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling