M porsaev, B. Sh. Safarov, D. Q. Usmanova raqamliiqtisodiyot asoslari
Download 1.59 Mb.
|
raqam
Birinchidan, marketing Internetda yuqori darajada shaxsiy- lashtirishga ega.
An’anaviy marketing ommaviy iste’molchiga qaratilgan bo‘lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum darajada) va hamma bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Boshqacha ay- tganda, Internetda (siljitish) reklama yagona mijozlarni jalb qi- lishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek, reklama kampaniyalarida aniq targetinga (butun auditoriyadan belgilangan mezonlarga javob beradigan qismni ajratib ko‘rsatish) imkon beradi. Ikkinchidan, Internet-marketing interfaollik bilan tavsifla- nadi: mijozlar ko‘plab biznes jarayonlarda faol ishtirok etadilar. Bunga so‘rovlarda qatnashish, kompaniyaning obro‘sini oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi. Bundan tashqari, mijozlar kompaniya tomonidan yaratilgan Internet xizmati orqali buyurtmalarni joylashtirish, qo‘ng‘iroqlarga buyurtma berish va onlayn maslahatchilar bilan bog‘lanish kabi muhim vazifalarni ba- jarishlari mumkin. Internet marketing - offlaynda olib bo‘lmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan farqlanadi. Misol uchun, Internetda reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng ko‘lamli qayta aloqani, raqobatbardoshlikni oshirish kabilarni ishonchlikning yuqori darajada baholash mumkin. Xususan, marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani yoki tovarlarni sinovdan o‘tkazish) Internetda offlaynga qaraganda xarajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini talab qiladi. Internet-marketing - marketingning asosiy elementlari hisoblanadigan narhi, mahsulot, sotuv joyi, siljitish kabilarga tegishli bo‘lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha jihatlaridan foydalanish amaliyoti. Asosiy maqsadi - saytning potentsial auditoriyasidan eng yuqori foydani olish. Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko‘pincha elektron marketing deb ataladi. U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit, mahsulotni ilgari surish, brending, vositachilar bilan ishlash, savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish. Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi vositalari paydo bo‘lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi ko‘zatilmoqda. Internet marketingining kontsepsiyalari va asosiy elementlari Hozirgi vaqtda Internet - marketingda ushbu hodisaning evolyutsiyasini aks ettiradigan uchta kontseptsiya shakllantirildi (3.1.1-jadval). Internet marketing 1.0 kontseptsiyasi Internetni rivojlantirish jarayonida ishlatilgan. Asosiy maqsad Internetda bo‘lish edi, ya’ni, marketing strategiyasi web-saytni ishlab chiqish va nashr etish bilan cheklangan. Bunda asosiysi miqdoriy ko‘rsatkichlarni hisoblash edi, masalan tashriflar soni, sahifalarni ko‘rish soni, foydalanuvchilarning saytga sarflagan o‘rtacha vaqti va boshqalar. Internet marketing 2.0 konsepsiyasi (mavjud va bo‘lishi mumkin mijozlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan Internet-market- ingni rivojlantirish) bugungi kunda ko‘pgina tijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu bosqichda oddiy korporativ web- saytlar va yirik mavzuli portallar ishlab chiqilmoqda. Strategiya maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, masalan, qidiruv tizimida birinchi darajali qidiruv so‘rovlari uchun birinchi o‘rinni egallash, maqsadli auditoriyaning maksimal sonini jalb qilish. 3.1.1-jadval Internet - marketing konsepsiyasining evolyutsiyasi
Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling